Iqtisodiy jinoyatchilikka oid qonunchilik
Reja
- Iqtisodiy jinoyatlar haqida tushuncha
- Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish
- O’zbekistonda iqtisodiy jinoyatchilikka oid qonunchilik
Iqtisodiy jinoyatlar - milliy iqtisodiyotga, uning tarmoqlari yoki sohalariga ziyon yetkazadigan yoki ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan va jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Bunday jinoyatlarning sodir etilishi natijasida jamiyat, jamoat birlashmalari yoki ayrim fuqarolarga moddiy ziyon yetkaziladi, jamiyatning iqtisodiy negizlariga tajovuz qilinadi. Iqtisodiy jinoyatga:
- oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish;
- oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bogʻliq boʻlmagan ji-noyatlar;
- iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar;
- xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar kiradi.
Moddiy neʼmatlar i.ch. va mehnat mahsuli boʻlgan boyliklarni taqsimlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi jinoyatlardan eng xavflisi oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish hisoblanadi.
Oʻzgalar mulkini oʻzlashtirish usuliga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi JKda talon-taroj qilishning: bosqinchilik, tov-lamachilik, talonchilik, oʻzlashtirish (rastrata), firibgarlik, oʻgʻrilik kabi shakllari ajratilgan (164—169-moddalar). Talon-tarojning predmeta moddiy qiymati, pul bahosiga ega boʻlgan va oʻzgalar mulki hisoblangan pul, qimmatbaho qogʻozlar va sh.k.dir. Oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jinoyatlarga aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish, jinoiy yoʻl bilan topilgan mulkni olish yoki oʻtkazish, mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish, mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, axborotlashtirish qoidalarini buzish kabi qilmishlar kiradi (Oʻzbekiston Res-publikasining JK, 170—174-moddalar).
Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar sirasiga OʻzR manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish, qalbaki pul yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish, valyuta bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, chet el valyutasini yashirish, soxta tadbirkorlik, soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish, bojxona toʻgʻrisidagi qonunlarni buzish, rangli metallar, ularning parcha va rezgichiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish kabilar kiradi. Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar esa sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish, etil spirtli, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda i.ch. yoki muomalaga kiritish, savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shugʻullanish, savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish, qonunga xilof ravishda axborot toʻplash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish, raqobatchilikni ob-roʻsizlantirish kabilardan iborat.
2001 yilda DSQ huzuridagi Soliq sohasidagi qonun buzilishlariga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi bazasida Bosh prokuratura huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tashkil etilgan. 5 yil oʻtgach u Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga aylantirilgan. Oʻsha vaqtda, 2006 yilda, uning tuzilmasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi tashkil etilgan.
Qabul qilingan hujjat navbatdagi oʻzgarishni nazarda tutadi. Endi bu Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. Unda quyidagilar tashkil etildi:
Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi - Soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻlimi, Valyutaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻlimi, Iste’mol bozorini himoya qilish boʻlimi, Tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi negizida;
Aхborot-tahlil boʻlimi va Tashkiliy-nazorat boʻlimi - Yigʻma aхborot-tahlil boshqarmasi negizida.
Departament iqtisodiy va korrupsiyaviy jinoyatlar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlari boʻyicha tezkor-qidiruv faoliyati, tepgovga qadar tekshiruv va surishtiruvni amalga oshiradi. Uning vakolatiga kiritilgan jinoyatlar roʻyхati oʻzgarishi yoki oʻzgarmasligi JPKga tegishli tuzatishlar kiritilgandan keyin tushunarli boʻladi.
Bir vaqtning oʻzida unda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha maхsus vakolatli davlat organi funksiyalari saqlab qolindi. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiradigan alohida sub’yektlarga nisbatan nazorat funksiyalari nazarda tutilayotir
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 14 mart kuni “Iqtisodiy huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.
Hujjatda aytilishicha, “Iqtisodiy huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi davlat organlarining ish shakli va uslublari, eng avvalo axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi sababli hozirgi kun talablariga to‘liq javob bermaydi”.
Davlat idoralari aksariyat hollarda huquqbuzarliklar profilaktikasini faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholab, oqibatda ushbu faoliyatga lozim darajada e'tibor qaratmayotgani ham qayd etildi.
Hujjatga ko‘ra O‘zbekistonda Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarni tegishincha Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar etib qayta tashkil etiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari huzurida prokuratura, ichki ishlar va O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tajribali xodimlaridan iborat doimiy faoliyat yurituvchi idoralararo tezkor-tergov guruhlari tashkil etilishi belgilab qo‘yildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi quyidagi komissiyalar bo‘yicha yagona muvofiqlashtiruvchi organ etib belgilandi:
- Iqtisodiy huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi;
- Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi;
- Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |