Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


 Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo„qotishi munosabati bilan uni



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

17.3. Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo„qotishi munosabati bilan uni 
jazodan ozod qilish 
Jinoyat kodeksi 70-moddasiga ko‗ra jinoyat sodir etgan shaxs agar ish sudda 
ko‗rilayotgan vaqtgacha sharoit o‗zgardi yoki shaxs namunali xulqi, mehnatga 
yoki o‗qishga halol munosabati bilan o‗zini ko‗rsatib, ijtimoiy xavfliligini 
yo‗qotadi deb e‘tirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin. 
Bundan oldingi bobda qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‗qotganligi 
munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (65-modda) bayon qilingan edi. Unda 
shaxsga nisbatan jazo tayinlanmasdan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish to‗g‗risida 
tushuntirish berilgan. 
JKning 70-moddasida esa shaxsga jazo tayinlab, so‗ng jinoiy jazodan ozod 
qilish nazarda tutiladi. Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‗qotishi 
munosabati bilan uni jazodan ozod qilish birinchi marta 1994-yil 22-sentabrda 
qabul qilingan amaldagi Jinoyat kodeksida o‗z ifodasini topdi.
JK 70-moddasining mazmuniga ko‗ra, shaxsni jazodan ozod qilish uchun 
quyidagi shartlarning bo‗lishi talab etiladi: 
a) ish sudda ko‗rilayotgan vaqtgacha sharoitning o‗zgarganligi; 
b) shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki o‗qishga halol munosabatda 
bo‗lganligi bilan o‗zini ko‗rsatganligi munosabati bilan sud shaxsning ijtimoiy 
xavflilik xususiyatini yo‗qotgan deb, jazodan ozod qilishi mumkin. Demak, qonun 
shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‗qotgan deb topish uchun ana shu ikkita 
holatdan birining mavjud bo‗lishi yetarlidir. 
Ish sudda ko‗rilayotgan vaqtgacha sharoitning o‗zgarganligi deganda jinoyat 
ishi yuzasidan surishtiruv olib borish, tergov qilish va sudda ko‗rish bosqichlarida 
sharoit o‗zgarganligi tufayli shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‗qotdi deb 
topilishi kerak. 
Jazodan ozod qilishning bu turi faqat sodir etilgan jinoyat to‗la ochilgan
tegishli tergov materiallari orqali to‗la ibotlangan bo‗lsagina qo‗llanilishi kerak. 
Sharoitning o‗zgarganligi tushunchasi JKning 65-moddasida berilgan. 
Shaxsning jinoyat sodir etganidan keyingi xulqi deganda shaxsning o‗zi 
sodir qilgan jinoyatga nisbatan munosabati, shaxsning huquq normalaridagi va 
jamiyatdagi umume‘tirof etgan barcha qoidalari va talablariga to‗la rioya 
etganligidir. Mehnatga yoki o‗qishga halol munosabati deganda, shaxsning asosiy 
ish joyida yoki o‗qish joyida unga yuklatilgan vazifalarni aniq tashabbuskorlik 
bilan samarali bajarishi tushuniladi. 


194 
Jazodan ozod qilishning bu turini kimlarga nisbatan qo‗llanishi yoki 
qo‗llanmasligi qonunda ko‗rsatilmagan, ya‘ni biron-bir cheklash nazarda 
tutilmagan. Shunga ko‗ra, jazodan ozod qilishning mazkur turi voyaga yetganlarga 
ham voyaga yetmaganlarga ham birdek qo‗llanishi mumkin. Ammo takroran 
jinoyat sodir etilgan, retsidiv jinoyat sodir etilgan taqdirda jazodan ozod qilishning 
bu turini qo‗llash-qo‗llanmaslik masalasini ko‗rish vaqtida sud JKning 56-
moddaning 1-qismi ―n‖ bandidagi og‗irlashtiruvchi holatga ahamiyat berishi kerak. 
Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‗qotgan deb hisoblashda, sud 
sharoitning o‗zgarishi bilan bog‗liq bo‗lgan holatlardan tashqari shaxs 
xususiyatlariga tegishli barcha tafsilotlarni hisobga oladi. 
JKning 70-moddasining qoidalari asosida jazodan ozod qilishda, aybdorga 
jinoyat qonunida nazarda tutilgan jinoiy jazolardan biri tayinlanib, so‗ngra jazodan 
ozod qilinadi. Shunga ko‗ra, ushbu modda asosida jazodan ozod qilingan shaxslar 
sudlangan hisoblanadimi yoki yo‗qmi, degan savol tug‗iladi. Jinoiy jazodan ozod 
qilish nazarda tutilgan barcha moddalarda faqat jazodan ozod qilish to‗g‗risida so‗z 
boradi. Jazodan ozod qilish bilan birga sudlanganlikni olib tashlash masalasi 
qonunda nazarda tutilmagan. Jinoyt kodeksi 79-moddasining birinchi qismida sud 
Jinoyat kodeksining 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida yarmi 
o‗tganidan keyingina uning sudlanganligini olib tashlash mumkinligi to‗g‗risida 
bayon qilinadi. Ammo JK 77-moddasida (sudlanganlikning huquqiy ahamiyati) 
jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab 
hisoblanishi, sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb 
hisoblanishi bayon qilingan. 
O‗zR JK 70-moddasi qoidalari asosida jazodan ozod qilingan shaxslar hukm 
hali qonuniy kuchga kirmasdan jazodan ozod qilinganligini hisobga olinadigan 
bo‗lsa, jazodan ozod qilingan shaxslar sudlanmagan hisoblanadi. Shu munosabat 
bilan yana bir qator muammolar vujudga keladi. Ya‘ni 70-modda asosida jazodan 
ozod qilingan shaxs jazodan ozod qilinganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir 
qilsa, qanday kvalifikatsiya qilinishi kerak? 
Shaxs oldingi jinoyati uchun (Jinoyat kodeksining 77-moddasi 2-qismiga 
binoan) sudlanmagan deb hisoblanganligi sababli yangi sodir etilgan jinoyat 
birinchi marta sodir etilgan hisoblanadi va qilmish retsidiv jinoyat hisoblanmaydi. 
Aslida sud faqat jazodan ozod qiladi, sudlanganligini olib tashlay olmaydi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish