Jazodan ozod qilish tushunchasi va turlari
Jazodan ozod qilish – bu davlatning sudlangan shaxsga nisbatan jinoyat qonunida ko’zda tutilgan asoslar va shartlar mavjud bo’lgan holda jazoni tayinlashdan yoki jazoni ijro etishdan voz kechishdir. Ya’ni jinoyat sodir etishda ayblanib, sud tomonmidan muayyan jazo turiga hukm qilingan shaxsni jazodan ozod qilish tushuniladi.
Amaldagi Jinoyat kodeksi Umumiy qismining XIII bobida jazodan ozod qilishning turlari nazarda tutilgan bo’lib, ular quyidagilar:
1)jazoni ijro etish muddati o’tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish (Jkning 69-moddasi)
2)Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo’qotishi munosabati bilan jazodan ozod qilish(Jkning 70-moddasi)
3)Aybdor o’z qilmishiga amalda pushaymon bo’lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish(71-modda)
4)Shartli hukm qilish(72-modda)
5)Jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish(73-modda)
6)Jazoni yengilrog’I bilan almashtirish(74-modda)
7)Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo’qotishi oqibatida jazodan ozod qilish(75-modda)
8)Amnitsiya akti yoki avf etish asosida jazodan ozod qilish(76-modda)
Jinoiy jazodan ozod qilishni ikki guruhga bo’lish mumkin:
- Jinoiy jazoni o’tashdan to’la ozod qilish turlari.
2. Sud tomonidan tayinlangan jazoning qolgan qismidan ozod qilish turlarini kiritish mumkin.
Birinchi guruhga:
1)Jazoni ijro etish muddati o’tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish;
2)Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo’qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish;
3)Aybdor o’z qilmishiga amalda pushaymon bo’lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish;
4)Shartli hukm chiqarish.
Jazodan ozod qilishning yuqoridagi turlarida sud ayblov hukmi chiqaradi.Ya’ni jazo tayinlanib, so’ngra tayinlangan jazoni ijro etish maqsadga muvofiq emas deb hisoblab, jazoni ijro etmaslik to’g’risida qaror chiqaradi.
Ikkinchi guruhga sud tomonidan tayinlangan jazoning qolgan qismidan ozod qilish turlarini kiritish mumkin.
Bularga:
1)Jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish;
2)Jazoni yengilrog’I bilan almashtirish;
3)Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo’qotish oqibatida jazodan ozod qilish;
4)Avf etish asosida jazodan ozod qilish;
5)Amnistiya akti orqali jazodan ozod qilish mumkin.
Avf etish va amnistiya orqali jazodan ozod qilish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |