205
qo‗llanib, ularni ozod qilishning asoslari sifatida yuqorida ko‗rsatilganlardan
tashqari yana o‗qishga bo‗lgan munosabati ham nazarda tutilgan.
Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish tartibi O‗zR JPKning
536-moddasida belgilangan bo‗lib, jazoni ijro etish muassasasi ma‘muriyatining
taqdimnomasiga binoan sudya tomonidan qo‗llaniladi. O‗n sakkiz yoshga
to‗lmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasasi
ma‘muriyati va voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‗ullanuvchi
komissiyaning
birgalikda
bergan
taqdimnomasiga
binoan
yoxud
mahkumning,
uning
himoyachisining iltimosnomasiga asosan sudya tomonidan qo‗llaniladi.
Jazoni o‗tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishning asoslaridan biri
sud tomonidan tayinlangan jazo muddatini qonunda ko‗rsatilgan qismining o‗tab
bo‗lganligidir. JK 73-moddasining uchinchi qismida belgilanishiga ko‗ra, mahkum
jazoning quyidagi qismini haqiqatda o‗tab bo‗lgan bo‗lishi kerak:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan yoki uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyati uchun
sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini;
b) og‗ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar
shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm
qilingan bo‗lsa, sud tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini;
d) o‗ta og‗ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli
ozod qilingan yoki jazosi yengilrog‗i bilan almashtirilgan shaxs jazoning
o‗talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etilganligi uchun hukm
qilingan bo‗lsa, sud tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini
haqiqatdan o‗tab bo‗lganidan keyin qo‗llanishi mumkin.
Jinoyat sodir qilish paytida o‗n sakkiz yoshga to‗lmaganlarga
nisbatan esa
jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish uchun asos bo‗ladigan jazoning
o‗talgan qismi jiddiy qisqartirilgan va quyidagi muddatlari belgilangan.
a) ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan yoki uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyat uchun
tayinlangan jazo muddatining kamida to‗rtdan bir qismi;
b) og‗ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir
qismi;
d) o‗ta og‗ir jinoyat uchun, shuningdek, qasddan sodir etgan jinoyati uchun,
agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga
hukm qilingan bo‗lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda
o‗tab bo‗lganidan keyin qo‗llaniladi.
Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxs biron-bir shart
qo‗yilmasdan jazoning qolgan qismini o‗tashdan to‗la ozod qilinadi. Bundan
tashqari, shaxsga nisbatan sud tomonidan tayinlangan qo‗shimcha
jazodan ham
butunlay ozod qilinishi mumkin.
Sud shaxsni muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilishda,
shaxsning jazodan ozod etilganidan keyingi yashash sharoiti, oilaviy ahvoli, yaqin
qarindosh-urug‗larining yordami va munosabati, ishga joylashish imkoniyatlarni
ham hisobga olishi kerak.
Sudlar qonunda nazarda tutilmagan asoslarni sabab qilib, masalan, jazoning
yengilligi, jazoni o‗talgan qismi qonunda belgilangan muddat talabiga to‗g‗ri
206
kelsa-da, uning oz qismini o‗taganligi, jazoni o‗tash koloniyasida oz vaqt
bo‗lganligini vaj qilib shartli ozod qilish to‗g‗risidagi taqdimnomani qabul qilishni
rad qilishga haqli emas. Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish to‗g‗risidagi
taqdimnomani ko‗rib chiqishga majbur. Shartli ozod qilishga asoslar yetarli
bo‗lmasagina, asoslar yetarli bo‗lguncha ishni qaytarish mumkin.
O‗zR
Jinoyat-ijroiya
kodeksining
164-moddasida
belgilanishicha,
ma‘muriyat mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishga taqdim
etishni
rad qilsa, mahkum yoki uning advokati sudga tegishli iltimosnoma bilan
murojaat etishga haqli.
Sud jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni rad etgan taqdirda, bu
haqida ajrim chiqqan kundan boshlab kamida olti oy o‗tganidan keyin taqdimnoma
takroran berilishi yoki iltimosnoma takroran berilishi mumkin.
Sud shaxsni O‗zR JKning 73-moddasi asosida jazodan muddatidan ilgari
shartli ozod qilishni qo‗llash vaqtida jazoning qolgan qismini shartli hukm qilish,
jazoning qolgan qismini qisqartirishga haqli emas. Sud yo jazodan muddatidan
ilgari shartli ozod qiladi yoki bunday ozod qilishni rad etadi, faqat tegishli hujjatlar
olinguncha bu ishni ko‗rishni kechiktirishi mumkin. Muddatidan ilgari shartli
ravishda jazodan ozod qilishda shaxsga nisbatan sinov muddati belgilamaydi,
jazoning qolgan qismining o‗zi sinov muddati hisoblanadi.
O‗zR JK 73-moddasining beshinchi qismida belgilanishiga ko‗ra, jazoni
o‗tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxs, jazoning o‗talmay qolgan
qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan O‗zR JKning
60-moddasida belgilangan tartibda jazo tayinlaydi. Bunda keyingi qasddan qilgan
jinoyati uchun tayinlangan jazo muddatiga oldingi hukm bo‗yicha jazoning
o‗talmay qolgan qismini to‗la yoki qisman qo‗shib, bir necha hukmlar yuzasidan
qat‘iy jazo tayinlaydi. Bunda qonun mazmuniga ko‗ra, oldingi jinoyati qasddan
yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilganligining ahamiyati yo‗q. Ammo jazodan
muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxs ehtiyotsizlikdan jinoyat sodir qilsa,
faqat ehtiyotsizlikdan qilgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‗tayveradi. Oldingi
jinoyati uchun muddatidan ilgari ozod qilingan shartli muddat esa ehtiyotsizlikdan
qilgan jinoyati uchun tayinlangan jazo o‗tash muddati mobaynida davom etaveradi.
O‗zR JKning 73-moddasi to‗rtinchi qismida jazodan muddatidan ilgari
shartli ravishda ozod qilishni qo‗llanishi mumkin bo‗lmagan
shaxslar doirasi
berilgan. Bular:
a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan
shaxsga;
b) o‗ta xavfli residivistga;
d)
uyushgan
guruh
yoki
jinoiy
uyushmaning
tashkilotchi
va
qatnashuvchilariga;
e) javobgarlikni og‗irlashtiradigan holatlar qasddan odam o‗ldirish
(97-moddasining 2-qismi), o‗n to‗rt yoshga to‗lmaganligi aybdorga ayon bo‗lgan
jabrlanuvchining nomusiga tegish (118-moddasining 4-qismi) yoki unga nisbatan
zo‗rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojini tabiiy usulda qondirish (119-moddasining
4-qismi), O‗zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyat (157-163-moddalar), tinchlik
207
va insoniyat xavfsizligiga (150-156-moddalar) qarshi jinoyat sodir etish
,
yadroviy,
kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg‗in qurollarini (255-modda),
shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon bo‗lgan
material va uskunalarni, kontrabanda qilish uchun hukm qilingan shaxslarga
nisbatan qo‗llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: