Leksemalarning (leksosememalarning)



Download 265 Kb.
bet1/10
Sana31.12.2021
Hajmi265 Kb.
#240436
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
leksemalarning
Yangi kitob, uchta, Bajardi, ахборотнома , Chizma geometriya fanidan topshiriqlarni bajarish boyicha uslubiy, adobe photoshop dastur haqida umumiy malumot., HISOBOT DAFTARI YUZIGA, ВСЕОБЩАЯ ИСТОРИЯ СКИФЫ, Город-среда обитания человека., G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari, G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari, HISOBOT DAFTARI YUZIGA, Город-среда обитания человека., harflar



Reja:


1. Leksemalarning (leksosememalarning) zamoniyligi

2. Leksemalarning (leksosememalarning) zamoniyligi

3. N e o l o g i z m

4. A r x a i z m

5. I s t o r i z m

6. Arxaizm va istorizm

7. Lug‘aт boyligidagi o‘z qaтlam va o‘zlashgan qaтlam

8. Hozirgi adabiy o‘zbek тili тasvirlangan lug‘aтlar haqida

Leksemalar ishlatilish doirasi jihatidan avvalo ikkiga guruhlanadi: ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlam va ishlatilish doirasi chegaralangan qatlam.

Ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamni barcha o‘zbeklar uchun umumiy bo‘lgan leksemalar tashkil qiladi. Bu qatlamdagi leksemalar, yashash joyi, kasbi, madaniy saviyasi, jinsi, yoshi va boshqa belgilaridan qat'i nazar, o‘zbekcha gapiradigan har bir kishining nutqida ishlatiladi, o‘zbek tilida gapiruvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘ladi. O‘z-o‘zidan, bunday leksemalar kundalik turmushda zarur narsa, belgi kabilarning nomi bo‘ladi.

Тurkum nuqtayi nazaridan yondashilsa, ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamga butunicha (ba'zi juz'iy istisnolar bilan, albatta) yordamchilar deb nomlanadigan grammatik turkumlarga mansub birliklar kiritilishi lozim. Chunki, birinchidan, bunday birliklar o‘zi ko‘p emas, har gal shu oz miqdordagi birliklarga murojaat qilinadi. Ikkinchidan, bular asli grammatik vositalar sirasiga kiradi: leksik tomondan ko‘ra grammatik tomon ustun turadi, bu hol ularning umumiy va zururiy bo‘lishini ta'minlaydi. Undovlar ham ishlatilish doirasi jihatidan grammatik turkumlar qatori baholanadi.

Mustaqil turkumlardan son leksemalar va olmosh leksemalarning deyarli barchasi ishlatilish doirasiga ko‘ra chegaralanmagan. Qolgan turkumlarda (ot, sifat, fe'l, ravish, shuningdek modal birliklarda) har bir leksema alohida yondashib baholanishi kerak. Dialektlarga ko‘ra voqe bo‘ladigan ba'zi fonetik ayirmalarni hisobga olmaganda (chunki bu leksemalar adabiy tilda yagona talaffuz me'yoriga bo‘ysunadi), ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamga ko‘z-, qo‘l-, oyoq-, bilak-, tirsak-, yaxshi-, yomon-, qora-, sariq-, ko‘k-, kel-, ket-, o‘tir-, tur-, yur-, tez-, sekin-, erta-, kech- kabi juda ko‘p misollar keltirish mumkin. Hozirgi adabiy o‘zbek tili leksik boyligining asosini xuddi shunday leksemalar tashkil qiladi.

Leksemalarning ishlatilish doirasi jihatidan chegaralanishi turlicha. Shunga ko‘ra chegaralangan qatlam o‘z navbatida ikkiga guruhlanadi: ishlatilishi territoriyaga ko‘ra chegaralangan leksemalar va ishlatilishi kasb-korga ko‘ra chegaralangan leksemalar.

Ishlatilishi territoriyaga ko‘ra chegaralangan til hodisalari dialektizm deyi-ladi (yunoncha dialеktos - tilning mahalliy ko‘rinishi).

Dialektizm – umumtilga emas, balki shu umumtilning mahalliy ko‘ri-nishlari bo‘lgan dialektlarga xos hodisa; shunga ko‘ra bular odatda biror dialektning vakillari nutqida ishlatilib, ko‘pincha boshqa dialektlarning vakillariga, shuningdek adabiy tilga ham xos bo‘lmaydi.

Dialektizm asosan uch turli:

1. Lug‘aviy dialektizm – lug‘aviy birliklardagi turi (Misollari quyiroq-da).

2. Grammatik dialektizm – grammatik hodisalardagi turi (masalan, ba'zi dialektlarda o‘rin ma'nosi uchun -ga, aksincha, jo‘nalish ma'nosi uchun -da ishlatilishi kabi).

3. Fonetik dialektizm – tovush talaffuzi va tovush o‘zgarishiga bog‘liq turi (masalan, unlilarning ba'zi dialektlarda cho‘ziqroq va yumshoqroq talaffuz qilinishi, ayrim dialektlarda bir tovush o‘rniga boshqa tovushning kelishi va b.).

Adabiy tilning lug‘atiga birinchi galda barcha o‘zbeklar uchun umumiy bo‘lgan leksemalar tanlab olinadi. Bu umumiy qatlam ayrim dialektlarga xos leksemalar hisobiga boyitib boriladi.

Aslida adabiy til lug‘atining bir qismi avval dialektlarniki bo‘lib, adabiy tilga xos deb qaralishi bunday leksemaning umumlashib ketishiga sabab bo‘lgan.

Dialektizm umumtil lug‘at boyligining nisbatan oz miqdorini tashkil etadi. Shu oz miqdordagi leksemalardan ham adabiy tilga saylab kiritiladi. Dialektizmlarning umumtil boyligiga aylanishi ma'lum shart-sharoitga bog‘liq. Masalan, shu dialektizm anglatgan ma'no uchun adabiy tilda boshqa nom bo‘lmasligi kerak; agar adabiy tilda shunday ma'noni anglatuvchi leksema bo‘lsa, yangi qabul qilinayotgan leksema leksik ma'no qirrasida, baho semasida, nutq ko‘rinishlariga xoslanish belgisida va boshqa jihatlarida ayrimlikka ega bo‘lishi lozim.

Biror dialektizmning adabiy tilga ko‘chishini boshqa bir hodisadan – dialektizmning badiiy asarda ishlatilishidan farqlash kerak. Badiiy asarda ishlatilgan har bir leksema adabiy tilga qabul qilingan deb qaralmaydi. Badiiy asar voqelikni qanday bo‘lsa – shunday aks ettirishi sababli unda til hodisalari ham o‘z tabiiy holatida namoyon bo‘ladi. Agar dialektizm biror muallif asarida-gina uchrab qolmay, barcha ishlatadigan lug‘aviy birlikka aylansa, umumlashib ketsa, shunda bunday birlik adabiy tilga kirib boradi. Aks holda, badiiy asarda ishlatilganidan qat'i nazar, dialektizmligicha qolaveradi.

Masalan, Abdulla Qahhor o‘z povestini ("Sinchalak") dialektizm bilan atadi, bu leksemani povest matnida ham ishlatdi. Lekin shu bilan sinchalak- leksemasi adabiy til lug‘atiga o‘tdi deb bo‘lmaydi, albatta (Adabiy tilda shu ma'no chittak- leksemasi bilan anglatiladi). Demak, yozuvchi dialektizmni badiiy asar matniga kiritadi, bunday leksemaning adabiy til lug‘aviy birligiga aylanishi esa til amaliyotiga bog‘liq.

Тilning biror mahalliy ko‘rinishida ishlatiladigan barcha leksemalar shu dialektniki deb qaraladi, lekin dialektizm deb shulardan bir qismi-gina ajratiladi. Bunda adabiy til bilan dialekt uchun mushtarak leksemalar hisobdan chiqariladi.

Dialektdagi leksema adabiy tildagi leksemadan ko‘pincha tovush jihati bilan farqlanib turadi: ayni bir leksema adabiy tilda va turli dialektlarda har xil talaffuz qilanadi. Masalan, kangul- – ko‘ngul- - ko‘ngil-, oka- - aka-, jur- - yur-, gal- - kel-, bala- - bola, turpoq- - tuproq- kabi. Bular – tilning mahalliy ko‘rinishlariga xos bir necha leksema emas, balki umumtilda bor bir leksemaning turlicha talaffuzi; shunga ko‘ra bunday farqlanishlar leksik dialektizm deyilmaydi.

3- §. Dialektizm deb belgilanuvchi birlik adabiy tilda (shuningdek boshqa dialektlarda ham) umuman yo‘q bo‘lishi yoki o‘z leksik ma'nosida, leksik ma'nosining tarmoqlanishida, baho semasida va boshqa jihatlarida farq-lanib turishi kerak.

Leksik dialektizm ikki turli bo‘ladi: a) dialektizm-leksema, b) dialektizm-semema.

Faqat shu dialektda-gina ishlatilsa-yu, adabiy tilda yo‘q bo‘lsa, dialektizm-leksema deyiladi. Bunday leksema lug‘aviy birlik sifatida adabiy til uchun bus-butun yangi, noma'lum bo‘ladi. Masalan, xamak-, sapcha-, balacha-, tugunak- (tuynak-) leksemalaridan har biri boshqa-boshqa dialektniki, bulardan birortasi ham adabiy tilga qabul qilinmagan. Hozirgacha har bir territoriyada shu predmet o‘z leksemasi bilan anglatiladi.

Xuddi shuningdek holat narvon-, shoti-, zangi- leksemalariga ham xos. Lekin bu misoldagi birinchi leksema, har holda, adabiy tilga olingan deb qaraladi (Markaz joylashgan dialektning leksemasi ekanligi bilan izohlansa kerak). Demak, dialektlardan biriniki bo‘lgan leksema adabiy tilga xos leksemaga aylanadi, qolganlari dealektizmligicha turadi.

Dialektga xos leksema adabiy tilga ba'zan yakka o‘zi emas, balki turg‘un birikma tarkibida kirib kelishi mumkin. Masalan, shiypon- leksemasi adabiy tilga dala shiyponi- turg‘un birikmasi tarkibida o‘tdi.

Ba'zi hollarda biror dialektdagi leksema boshqa dialektdagi leksema bilan yoki adabiy tildagi leksema bilan ifoda jihatiga ko‘ra bir xil bo‘ladi-yu, mazmun jihatiga ko‘ra farqlanib turadi. Buni dialektizm-semema deyiladi. Masalan, pashsha- - chivin-, chivin- - pashsha-, lagan- - tovoq-, tovoq- - lagan- leksemalarida bo‘lgani kabi. Bu yerda ayni bir leksik ma'no har xil dialektda boshqa-boshqa leksemaning lug‘aviy mundarijasini tashkil qiladi: ruscha muxa bir dialektda pashsha- deyilsa, boshqa bir dialektda chivin- deyi-ladi; aksincha, ruscha komar avvalgi dialektda chivin- deyilsa, keyingi dialektda pashsha- deyiladi va b. Bu yerda leksemalar go‘yo o‘rin almashib qolgandek bo‘ladi.

Dialektlarga ko‘ra ba'zan leksemalarning ma'no hajmida ham farq mavjud bo‘ladi. Buni dialektizm-sememaning bir ko‘rinishi deb baholash kerak. Masalan, ba'zi dialektlarda meva turlaridan birining ho‘li ham, qurug‘i ham o‘rik- deb nomlanaveradi, boshqa bir dialektda esa o‘rik- deb faqat ho‘l mevaga aytiladi, qurug‘i esa turshak- deyiladi. Demak, o‘rik- leksemasining ma'no hajmi bir dialektda keng, boshqa dialektda esa tor bo‘lib chiqadi.

Ishlatilish doirasi kasb-korga ko‘ra chegaralangan lug‘aviy birliklar professionalizm deyiladi (lot. professio - kasb-kor, mutaxassislik).

Dialektizm ma'lum joyda yashovchilar uchun-gina tushunarli bo‘lsa, professionalizm ma'lum kasb-kor egalari doirasida ishlatilib, shularga tushunarli bo‘ladi.

O‘z dialektining ta'siri bilan izohlanadigan ba'zi ayrimliklarni hisobga olmaganda, shu kasb egasi qaysi territoriyada yashashidan qat'i nazar, professionalizm ular uchun odatda umumiy bo‘ladi.

Professionalizmlarning asosiy qismini har bir kasb-korda shu sohaning terminlari tashkil qiladi. Masalan, ipakchilik terminlari kabi. Professionalizm turli fan-texnika, maktab-ma'orif sohalarida, ma'muriy-xo‘jalik ishlarida va boshqa sohalarda ham mavjud.

Dialektizmda bo‘lganidek, professionalizmlik ham nisbiy tushuncha. Bunday birlik o‘z sohasidan chiqib, ishlatish doirasidagi chegaralanish yo‘qolib, umumtil mulkiga aylansa, professionalizmlik muhrini yo‘qotadi. Ko‘pgina ma'muriy-xo‘jalik, fan-texnika, maktab-ma'orif, qishloq xo‘jaligi terminlari keng ommalashib, umumlashib, umumtil birligiga aylanib ketgan: shartnoma-, qonun-, kredit-, kultivatsiya- va b.

Yakka leksemalardan tashqari, madaniy-oqartuv muassasalari-, mehnat daftarchasi- kabi ko‘pgina turg‘un birikmalar ham mavjud. Bunday professionalizm ayniqsa matematika, fizika, kibernetika kabi fan sohalarida ko‘p uchraydi.

Ishlatilish doirasi chegaralangan qatlamlar sifatida jargonizm, argotizm kabi hodisalar ham tilga olinadi.

Biror kasb-kor egalari nutqida yoki ijtimoiy tabaqa vakillari nutqida ishlatilib, umumtildagidan o‘zgacha leksik ma'no anglatuvchi lug‘aviy birlik jargonizm deyiladi (fr. jargon - lahja). Jargon asli bir qancha leksemalarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, bular shu tildagi leksemalarning o‘zi bo‘ladi yoki boshqa tildan olib ishlatiladi. Jargonda bunday leksema umumtildagi leksik ma'nosida emas, o‘zgacha ma'noda ishlatiladi. Masalan, Ishlar besh, Akang gapni qiyadi kabi jumlalardagi besh-, qiy- leksemalari shu ishlatilishida jargonizm bo‘ladi.

Argotizm ham asli jargonizmning bir ko‘rinishi bo‘lib, tarbiyasi buzuq, qo‘li egri shaxslar orasida shu guruhning o‘ziga-gina tushunarli ma'noda ishlatiladigan leksemalar yig‘indisidan iborat (fr. argot - lahja) Masalan, loy- (pul ma'nosida), bedana- (nagan ma'nosida), xit- (xavf ma'nosida) kabi.



Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa