Reja: Leksema ta’rifi



Download 32,55 Kb.
bet1/2
Sana16.04.2022
Hajmi32,55 Kb.
#557499
  1   2
Bog'liq
Leksikologiyaning asosiy tushunchalari Leksema va so‘z tarifi Leksemaning


Leksikologiyaning asosiy tushunchalari. Leksema va so‘z tarifi. Leksemaning mazmuni.


Reja:



  1. Leksema ta’rifi.

  2. Leksemaning tayyorligi.

  3. Umumiy so’z yasash qoliplari.

  4. So’z yasashning unumsiz (tarixiy) qoliplari.

  5. Morfologik soddalanish va yaxlitlanish.

  6. Leksema va so’z.


Leksema ta’rifi. An’anaviy leksikologiya til va nutq hodisalarini, birliklarini farqlamaganligi sababli bevosita kuzatishda berilgan matn yoki lug’atlarda qayd etilgan So’zlar bilan, ular orasidagi shakl va ma’no munosabatlari kabi masalalar bilan shug’ullanib keldi. Sistem tilshunoslik nuqtai nazaridan bevosita kuzatishda berilgan matn va lugatlarda qayd etilgan so’zlar nutq birliklari hisoblanadi. Til birliklari bevosita kuzatishda berilmagan bo’lib, ular jamiyat a’zolari uchun tayyor, umumiy va majburiy bo’lishi lozim. Bu ta’rifdagi «tayyor» tushunchasi sis­tem leksikologiyaning o’rganish ob’ektini, manbaini belgilashda bosh mezon vazifasini o’taydi. «Tayyor»lik talabiga ko’ra yasamaligi aniq bo’lgan, ma’lum bir qolip asosida hosil qilingan so’zlar ta’rif uchun maqsadga muvofiq emas. Chunki ular tayyor (lug’aviy) va qo’shimcha morfemalar hosilasi, ma’lum bir qolipning mahsuli bo’lib, jamiyat a’zolari uchun tayyor bo’lmagan nutq birliklaridir. Aytilganlarga ko’ra, tilning asosiy birliklarini sanab o’tganimizda, lug’aviy birlikni alohida ajratmadik. Morfemaning bir turi sifatida o’zak va lug’aviy morfemalarni ajratdik. Ayni vaqtda lug’aviy morfemalarni umumlashgan ma’noli grammatik qo’shimchalardan — affiksal morfemalardan farqlash zarur. Shu sababli sistem tilshunoslikka leksema tushunchasi va atamasi kiritilgan. Leksema nima? Jamiyat a’zolari uchun tay­yor, umumiy, majburiy bo’lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan, voqelikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, nutq va lugatda grammatik morfemalarni o’ziga biriktira oladigan morfema turi leksemadir. Bu ta’rif, birinchidan, morfema ta’rifiga zid emas, aksincha, u morfema ta’rifini to’ldiradi, morfemalarni leksemalarga va qo’shimchalarga ajratadi. Ikkinchidan, ayni ta’rif grammatik morfemalar bilan leksemalar orasida katta to’siq yo’qligi tufayli, asosiy farq leksemalarning nutqda grammatik morfemalarni (qo’shimchalarni) o’ziga ergashtira olishidan iboratligini ta’kidlaydi. Leksemalar bilan grammatik morfemalar orasida katta to’siqning yo’qligi leksemalar bilan qo’shimcha morfemalar orasidagi ziddiyatning noto’liq (privativ) tabiatga egaligi bilan belgilanadi. Bu ziddiyat gapda mustaqil o’rin egallay olmaydi» degan fikr asosida tuziladi. Bu holda qushimchalar kuchli a’zoni, leksemalar esa zaif a’zoni tashkil etadi. Leksemalarning zaif a’zo vazifasida bo’lishiga sabab shuki, lek­semalar uchun xos belgi ziddiyat belgisining teskarisi, ya’ni gap qurilishida mustaqil o’ringa ega bo’lishdir. Lekin leksemalar ichida shundaylari ham borki, ular gapda mustaqil o’rinni egallay olmaydilar. Bunday leksemalar sirasiga yordamchi so’zlar (bog’lovchilar, sof ot, fe’l, ravish, ko’makchi, yuklama, nisbiy so’zlar va b; ham, hamda, biroq, lekin; uchun, bilan, sari, sayin; tag, ost, bo’y, old; sara; boshla, yubor, bo’l, so’ng, kabi, yanglig’, burun kabilar) kiradi. Mohiyatan ushbu yordam­chi leksemalar grammatik morfemalardir. Ular leksemalarga o’xshab, nutqda alohidalik xususiyatiga, ko’mak­chi ot, sifat, olmosh, ravish va fe’llar esa o’zicha gram­matik morfemalarni ergashtirish qobilyatiga egadir. Boshqacha aytganda, yordamchi so’zlar, leksemalar va qo’shimchalar orasida “oraliq uchinchi” bo’lib, ham lekse­malar, ham grammatik morfemalar xususiyatini o’zida mujassamlashtiradi. Ammo ular na leksemalarga, na grammatik morfemalarga to’liq teng bo’la olmaydi. Leksemalar bilan (lug’aviy morfemalar bilan) qo’shimchalar (grammatik, affiksal morfemalar) orasidagi ana shunday dialektik bog’lanishni, birining ikkinchisiga o’tish xususiyatini hisobga olmaslik an’anaviy tilshunoslikda so’z ta’rifini behad chigallashtirib yubordi. Natijada so’zga ta’rif berib bo’lmaydigan darajaga kelib qoldi. Sistem leksikologiya esa bu qarama-qarshilikka barham berdi.
Leksemaning tayyorligi. Aytilganidek, leksemaning eng asosiy xususiyati uning «tayyor»ligi, ya’ni yasama emasligidir. Demak, leksema muayyan qolipning, muayyan qonuniyatning mahsuli, xosilasi bo’lmasligi lozim. Masalan, [kitob], [uy], [biz], [o’g’il], [kel], [ket], [qoch], [qol], [cho’zib], [ajoyib], [uch], [besh] kabi minglab tayyor birliklar voqelikdagi narsa, belgi, miqdor, harakat, holat, xususiyatlarni atab, ifodalab keladi. Ular jamiatning barcha a’zolari uchun tayyorligi bilan ajralib turadi. Bu birliklar nutqda grammatik qo’shimchalarni, umumlashma ma’noli turlicha affiksal morfemalarni o’zlariga ergashtirib, ularning nutqda ishtirok etishlariga asos bo’ladi. Masalan, (Bog’imizda gullar o’sadi) gapida [bog’], [gul], [o’s] leksemalarining ushbu ko’rinishlari yakka xilda bo’lmay, balki ular­ning har biri o’zlarining qo’shnichilik munosabatlarining bir qismini voqelashtirgan holda kelgan, Ular o’zlari birika oladigan turlicha qo’shimchalardan ba’zilari bilan birga gapda turli-tuman vazifalardan birini ado etgan.
Leksemalarning «tayyor»lik belgisi an’anaviy til­shunoslikning «tub so’zlar», «o’zaklar» tushunchasiga mos kelganday ko’rinadi. Aslida esa bunday emas. Haqiqatan ham, an’anaviy tilshunoslikning «tub so’zlari» va «o’zaklari» tildagi leksemalarning nutqda voqelashishining bir turidir. Ammo leksemalar tarkibi «o’zak» va «tub so’zlar»ga nisbatan keng. Buning asosiy sababi «tayyorlik» belgisining «yasama emaslik» belgisidan kengligidadir. Quyida «tayyorlik» va «yasama emaslik» tushunchalari, ularning an’anaviy va sistem tilshunoslikda talqin qilinishi, baholanishi haqida fikr yuritamiz. Bu esa bizdan so’z yasash qoliplarining xususiyatlari ustida to’xtab o’tishimizni talab etadi.
Unumli so’z yasash qoliplari. Sistem tilshunos­likda “qolip”, til birliklarining o’zaro birikish tizimi va bu brikishning — nutqiy hosilaning mohiyati sifatida tushuniladi. Ya’ni har qanday qolip ikki (qismdan iborat bo’ladi. Bu qismlar tenglamalar kabi ( = ) belgisi bilan ajratiladi.
Masalan, 1) [[aniq ot] + [chi] = (ot anglatgan narsa-predmet bilan shug’ullanuvchi, aloqador shaxs atamasi)]; 2) [ot] + [li] = (ot anglatgan narsaga egalikni ifodalovchi sifatlar)]; 3) [aniq ot, sifat+ [lik] = (aniq ot yoki sifatdan hosil qilingan mavhum ot); 4) [ [joy nomi, oykonim] + [lik] = (muayyan joyda yashovchi, shu joyning tub vakili bo’lgan shaxs)].
So’z yasash qolipi uch qismdan iborat bo’ladi: 1) so’z yasashga asos bo’luvchi lug’aviy morfema—leksima; 2) leksemaning ma’nosini o’zgartiruvchi qo’shimcha — yasovchi qo’shimcha; 3) birikish hosilasining tabiati, mohiyati.
Qolipning har uchala qismidagi cheklanish muayyan qoida (qonuniyat) bilan belgilanishi va tasodifiyliklardan holi bo’lishi kerak. Bu fikr, aynisa, I va III qsimlarga oiddir. Aniqrog’i, yuqorida qayd etilgan qoliplardan birinchisini olaylik. Bu qolipning birinchi qismida ma’lum bir aniq ot kelishi mumkin. Masalan, (etikchi, asalchi, bo’zchi, gulchi).


Bunday yasama otlarning miqdori cheksiz+. Lekin nutqiy me’yorga ko’ra ayrim aniq otlar [-chi] bilan birikmaydi. Qiyoslang, lug’atlarimizda (choynakchi), (piyolachi), (papiroschi), (noschi) kabi so’zlar yo’q. Ammo bu so’zlar o’zbeklar uchun tushunarli va o’zbek tili jamiyati bunday so’zlarni yasashi, tushunishi, ulardan nutqida foydalanishi mumkin. Ya’ni (noschi) so’zi o’zbek nutqida ikki ma’nodan birida qo’llana oladi: 1) nos tayyorlaydigan, sotadigan va h. k. shaxs; 2) nosni ko’p chekadigan shaxs. qolgan so’zlarga nisbatan ham shunday fikrni aytish mumkin. Demak, o’zbek nutqida (nutq me’yorida) ishlatilmaydigan so’zlarda ham birinchi qolipning barcha qismlari to’da saqlanadi. 2- va 3- qoliplarimiz o’zbek nutqi me’yorida deyarli hech qanday mustasnoga ega emas. Bu o’rinda :qo-lipning birinchi qismida ko’rsatilgan biror turga oid leksema kela oladi. Bu holda ushbu qolip o’ziga xos bo’lgan nutqiy hosilani beradi va uning mohiyatini aks ettiradi. Qayd etilgan qoliplarning hosilalari cheklanmaganligi sababli ular o’zbek tili lug’atlarida to’liq qayd etilishi mumkin emas. Til birligi bo’lgan qolipga qo’yiladigan asosiy talablardan biri shudir. Chunki til birliklarining nutqiy ko’rinishlari, nutqiy namoyon bo’lishlari cheksizdir.
So’z yasash qolipida u yoki bu qism (asosan, birinchi qism) muayyan tur, xil yoki miqdor bilan cheklangan bo’lishi mumkin. Ayni vaqtda bu cheklanishning o’zi ham muayyan qoida yoki miqdor bilan chegaralangan bo’lishi shart. Masalan: 5) {[ikkidan — beshgacha miqdor nomi] + [ov] = (jamlovchi son)}. Bu qolip atigi 4 (to’rtta) leksemani o’z ichiga oladi. Shunga qaramasdan bu qonuniyat, qoida sifatida mavjud. Shuning uchun 5- qolip ham til birligi hisoblanadi;
6) [sanoq son] + [-inchi] = (tartib son) ]. Bu qolip esa hech qanday cheklanishni bilmaydi. U cheksiz miqdorda tartib sonlarni berishi mumkin. 5- va 6- qoliplarni qiyoslasak, ular orasidagi farq seziladi. Har ikkala qolip ham unumli, «tirik», yashayapti. Ammo 5- qolip kam mahsul, 6- qolip esa sermahsul. Shunga ko’ra so’z yasash qoliplari unumli sermaxsul va unumli kammaxsul qoliplarga ajratiladi. Qolip qanchalik sermahsul bo’lsa, uning hosilalari, «mahsuloti» jamiyat a’zolari uchun shunchalik bo’linuvchan, hosilalarning ma’nolari esa bir xil, o’xshash bo’ladi.
Yuqorida aytilganlardan quyidagi xulosaga kelish mumkin:
1. So’z yasash qolipi til birligi bo’lishi uchun bu qolipning tarkibiy qismlari, qolipning ishlash jarayoni muayyan qonun-qoidalar bilan belgilangan bo’lishi shart.
2. Til birligi bo’lgan o’ta sermaxsul so’z yasash qoliplari hosilalarining miqdori sanalishi, lugatlarda qayd etilishi mumkin emas, chunki ular cheksiz miqdordadir.
3. Unumli so’z yasash qoliplarining hosilalari jamiyat a’zolari uchun bo’linuvchan, yasamadir. Ular jamiyat a’zolari uchun tayyor holda emas. Shu sababli unumli so’z yasash qoliplarining hosilalari til birliklari (leksemalar) emas, balki nutq birliklari, yasama so’zlar hisoblanadi.
Yuqoridagi xulosalardan keyin, maqsadga muvofiq, birinchi qolipga qaytamiz: 1) [ [aniq, ot] + [-chi] = (ot ifodalagan narsa bilan shug’ullanuvchi, aloqador shaxs) ].
Nutqimizda (ishchi), (xizmatchi), (tajribachi), (g’alvachi) kabi so’zlar ham bo’lib, ularning I qismida aniq, otemas, balki mavhum ot kelgan. Shunga asoslanib, o’zbek tilda 1a) [ [mavhum ot] + [-chi] = (ot ifodalagan tushunchaga aloqador shaxs)] qolipi bor deb xulosa chiqara olamizmi? Afsuski, yo’q. Chunki biz (haqchi), adolatchi), (go’zallikchi) kabi, so’zlarni yasay olmaymiz. Demak, (1a) qolipi til birligi bo’la olmaydi. Ammo (1a) qolipiga biroz aniqlik kiritsak, u til bir­ligi bo’la oladi. 1b)-kasb nomini va ayni vaqtda harakat nomini ifodalovchi leksemalar +-chi = (shu kasb bi­lan shug’ullanuvchi shaxs). Ushbu qolip, ehtimol, til birligi bo’la olsa kerak. Chunki lug’atlarda bu qolipning juda ko’p hosilasini berishadi. Jumladan, o’zbek tilining ters lug’atida quyidagi 58 so’z beriladi: (tajribachi, g’alvachi, poygachi, postanovkachi, shtampovkachi, razvedkachi, atletikachi, gimnastikachi, svarkachi va h. k). Keltirilgan misollar (nutqiy hosilalar) shuni ko’rsatib turibdiki, harakat nomi -chi bilan birikishi uchun uning o’zi leksema (tub) bo’lishi kerak. Shunga ko’ra ayni qolip (yozishchi, ko’chirishchi) kabi hosilalar bera olmaydi. Chunki (yozish, ko’chirish) kabi so’zlar lek­sema emas, balki nutq hosilalari, yasama so’zlardir. O’zbek tilining so’z yasash t i z i m i, umuman, o’rganilgan emas. Shu sababli biz bu o’rinda aniq, dalillar keltira olmaymiz. Unumli sermaxsul va unumli kammaxsul qoliplar haqidagi tafsilotlarni aniqlashni kelajakka qoldirib, qoliplar bilan aloqador bo’l­gan boshqa masalaga o’tamiz. Navbatdagi tahlil so’z yasashning unumsiz (yoki tarixiy) qoliplari ustida boradi.
So’z yasashning unumsiz (tarixiy) qoliplari. Ters lug’atdagi (-gin) va uning tovush ko’rinishlari bo’lmish (-qin), (-g’in), (-kin), (-gun), (-kun), (-qun) qo’shimchali so’zlarni ko’rib o’tamiz. Ular quyidagilar: (1) tizgin, 2)Keskin, 3) yolqin, 4) to’lqin, 5) yorqin, 6) itirqin, 7) Pispinqin, 8) bosqin, 9) to’sqin, 10) sotqin, 11) qochqin,. 12) toshqin, 13) shoshqin, 14) quvg’in, 15) qizg’in, 16) ozg’in, 17) o’zg’in, 18) so’lg’in, 19) tolg’in, 20) to’lg’in, 21) yong’in, 22) qirrin, 23) so’zgun, 24) surgun, 25) durkun, .26) uchqun, 27) buzg’un, 28) uyg’un, 29) tuyg’un).
Keltirilgan 29 ta misolning barchasi fe’l o’zaklardan yasalgan. Ularga -tin morfemasi turli fonetik ko’rinishlarda qo’shilib, ot va sifat hosil qilgan. Shunga asoslanib, biz 7-qolipni ajrata olamiz: 7—{[fe’l] + + [-gin] = (ot yoki sifat)} shaklida tuzilgan qolipimiz: nuqsonli. Uning o’ng qismi o’ta noaniq (ot yoki sifat), So’z yasash qolipida esa bunday bo’lishi mumkin emas. Qolipda, yuqorida (1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 1 b qoliplari) ko’rib o’tganimizdek, hosilalarning ma’no turi aniq kursa'tilishi kerak 7- qolipning yuqorida qayd etilgan hosilalarida esa ma’no to’rini aniqlab bo’lmaydi. Chun­ki ularning ichida harakat nomlari ham (8-, 12-, 14-, 15-, 22-, 24- misollar), narsa-predmet nomlari ham (1-, 4-, 9-, 21-, 26-misollar), shaxs otlari ham (10-, 11-, 13-, 23-misollar), belgi ifodalovchi sifatlar ham (2-, 3-, 5> 7-, 15-, 16-, 17-, 18-, 19-, 20-, 25-, 27-, 28-, 29-misollar) bor. Sifatlar ham ma’no jihatdan turlichadir. Aytilganlar 7- qolipning o’ng tomondagi til birliklariga qo’yiladigan talablarga javob bera olmasligiga ishoradir.
Qolipning chap tomoniga murojaat qilamiz. Bu o’rinda birinchi qism fe’l deb qo’yilgan, xolos. Tekshiramiz. Misollardan ko’rinib turibdiki, ular, asosan SGS (undosh-unli-undosh) va GS (unli-undosh) qurilishiga ega fe’llardir. Shunga o’xshash bor-, kel-, ket-, yot-, chop-, yur-, o’l-,o’t- kabi fe’llarga (-gin) qo’shimchasini qo’shamiz va quyidagi hosilani olamiz: (borgin, kelgin, ketgin,, yotgin, chopgin, yurgin, o’lgin, o’tgin). Natijada o’zbek uchun umuman tushunarli bo’lmagan «so’zlar»ni hosil qildik. Demak, qolipning chap tomoni ham til birligiga qo’yiladigan talablarga javob bera olmaydi. [-gin] qo’shimchasining qanday so’zlarga (o’zaklarga) qo’shila olishi va qanday ma’no ifodalashi ma’lum qonun-qoidalar bilan emas, balki o’zbek tilining lug’ati bilan belgilanadi. Qolip hosilalarining miqdori, bu hosilalarning aniq, ma’nolari lug’at orqali belgilansa, bunday so’z yasash qoliplari unumsiz deb aytiladi. Ushbu so’z yasash qoliplari ham sermahsul va kammahsul bo’lishi mumkin. Unumsiz so’z yasash qoliplarining mahsuli yasama so’zlar emas, balki mustaqil leksemalardir. Chunki ularning hosil qilinishi ma’lum bir qoida bilan belgilanmaydi, balki lug’at orqali aniqlanadi. Unumsiz (tarixiy) so’z yasash qoliplarining hosilalarida ma’no ixtisoslashishi, hosilalar ma’nolarining bir-biridan uzilishi, har bir hosilaning mustaqil ma’no kashf etishi kuchayadi. Shuning uchun 7- qolip hosilalari ma’no jihatidan rang-barang bo’lib, ma’lum qonuniyatga bo’ysunmaydi. Buning sababi shundaki, qolip tilda o’z unumliligini yuqotgach, uning til birligi sifatidagi ta’sir kuchi qolmaydi. Natijada uning hosilalari mustaqil leksemalar sifatida rivojlanadi va turlicha ma’nolar kashf etadi. Unumsiz (tarixiy) so’z yasash qoliplarining o’zbek tilidagi miqdori yuzga yaqindir. Bunday qolip hosilalari E. V. Sevortyan, A. G’ulomov, A. N. Kononov, va A. Hojiyevlarning ishlarida atroflicha o’rganilgan. Leksemalarning miqdori tub so’zlarga nisbatan ancha ko’p deyishimizning asosiy sababi ham shunda. Chunki o’zbek tilida unumsiz (tarixiy) so’z yasash qoliplari­ning hosilasi bo’lgan, bugungi kunda o’z yasamaligini yo’qotgan mustaqil til birliklariga aylangan leksemalar miqdori o’zaklardan va tub so’zlardan 4 — 5 marta ko’pdir (balki bundan ham ko’proqdir). Barqaror (sinxronik) holatni va tarixiylikni izchil farqlamaydigan an’anaviy tilshunoslikda, jumladan, so’z yasalishida haligacha o’zbek tilida mavjud so’z yasash qoliplarining unumliligi va mahsuldorligi qay darajada ekanligi haqida aniq ma’lumot yo’q. An’anaviy tilshu­noslikda anchagina unumli deb hisoblanilayotgan qoliplar allaqachon o’z unumdorligini yo’qotganga o’xshaydi. [ot] + [la] = (o’timli fe’l)] qolipi ana shunday qoliplardandir. Qanday Bo’lmasin, so’z yasalishini tizim qonuniyatlari asosida jiddiy o’rganish o’zbek tilshunosligining dolzarb masalalaridan biridir. Chunki hozirgi kunda ayni sohada T. Xolmurodovning ishidan boshqa tadqikotga ega emasmiz.
Leksemalar hosil bo’lishining navbatdagi faol usuli morfologik soddalanish va yaxlitlanish (ideomatizatsiya)dir. Soddalanish deb, muayyan so’z yasash qolipining hosilasida yoki so’zning ma’lum bir shaklida o’zak bilan qo’shimchaning o’zaro birikib, shaklan ajralmas butunlikka o’tishiga va shunga muvofiq yangi ma’no ifodalanishiga aytiladi. Soddalanish tilda juda keng tarqalgan hodisadir. Hozirgi o’zbek tilida tub deb sanaladigan [sin-], [bog’la-], [tingla-], [to’y-], [to’l-], [to’q] kabi fe’llar tarixan [si-], [ba-], [ting-], [to’-] kabi o’zaklarning turlicha qo’shimchalar bilan birikishidan tashkil topgan. O’zbek tili lugatlarini ko’zdan kechirsak [birin-ketin, qishin-yozin, oldin, keyin, ostin-ustun, olg’a, ilgari, tashqari, yuqori, teskari, ichkari, ushoq, uvoq, yom’gir, tangri, quyosh, dengiz, yaylov, qirg’oq, botqoq, eshkak] kabi yuzlab ikki va undan ortiq bo’g’inli turkiy o’zakli so’zlarni uchratamiz. Shu kungi tilimiz nuqtai nazaridan muayyan so’z yasash qolipining hosilasi bo’la olmaydigan bu so’zlarning barchasi tub so’zlar bo’lib, nutqda tayyor leksemalar sifatida voqelashadi. Tarixan esa ular leksema emas, balki nutqiy hosilalar — yasama so’zlar va so’z formalari (shakllari)dir. Soddalanish hozirgi kunda ham davom etayotgan, sodir bo’layotgan hodisadir. Biz hozir [birdan, birga, boshqa, o’zga, bu yoqqa, u yoqqa, qasddan, haqiqatan, tasodifan, aftidan...] kabi til birliklaridagi jo’nalish kelishigi qo’shimchasi [-ga], chiqish kelishigi qo’shimchasi [-dan], ravish yasovchi qo’shimcha [-an]larni ajrata olmaymiz. Bu so’zlar shu holida soddalashib, tay­yor leksemalarga aylangan.
Leksemalar paydo bo’lishining yana bir keng tarqalgan usuli yaxlitlanish (ideomatizatsiya)dir. Yaxlitlanish deb tarixan yasama bo’lgan leksema ma’nosining so’z yasash (yoki forma yasash) qolipi ma’nosidan uzilishiga, uzoqlashishiga, ixtisoslashishiga aytiladi. Masalan, [o’ynash] leksemasini olib ko’raylik. Birinchidan, bu so’z 9—[[fe’l] + [ish] harakat nomi] qolipining hosilasi, nutq birligidir: (bolalar ko’chaga o’y nashga chiqishdi]. Lekin boshqa [o’ynash] leksemasi ham mavjud bo’lib, u xususiy ma’noga ega. Bu ma’no ruscha «lyubovnik» (lyubovnitsa) so’zlari orqali beriladi. Ushbu ma’noda [o’ynash] so’zi alohida leksema sifatida tilda tayyordir. [o’xshash, qarash, yo’nalish, jo’nalish, qurilish, yigilish, tanish, ko’rinish ...] kabi tarixan 9- qolip hosilasi bo’lmish bu so’zlar ham ixtisoslashgan ma’noga ega bo’lgan, yaxlitlangan va leksemalarga ay­langan. Yaxlitlanish natijasida nutq birliklarining til birliklariga — leksemalarga o’tishi kunda sodir bo’layot'gan faol jarayondir.


Download 32,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish