Kelajakka poydevor…



Download 19,83 Kb.
bet1/2
Sana13.05.2022
Hajmi19,83 Kb.
#602566
  1   2
Bog'liq
Otamurodova Dilrabo birinchi ustozm


Kelajakka poydevor…
Kelajakka poydevor… Albatta kelajakga poydevor ilk bor maktabga qadam qo‘ygan kunimizdan boshlanadi. Biroq men bugun kelajagim uchun poydevor qilishimda menga tirgak bo‘lgan boshqa inson haqida suxbatlashsak.
O‘quvchilik davrim…
2007-yil 4-sentabr, Toshkent shahar, Shoyhontohur tumani, 41-sonli umumta’lim maktabi, ilk qo‘ng‘iroq, birinchi muallima Aliyeva Lobar. Anglaganingizdek, men ilk bilimlarimni 41-sonli umumta’lim maktabida olganman. 2013-yil taxminan noyabr oylari, ba’zi sabablarga ko‘ra biz Toshkent shahar, Mirzo Ulug ‘bek tumaniga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldik va men ilk maktabimni tashlab, Mirzo Ulug ‘bek tumanidagi 27-sonli umumta’lim maktabida o‘qishni davom ettirishga majbur bo‘ldim. Kunlar, oylar, yillar o‘tdi va mana biz o‘sha orzuqib hayajon ila kutgan so‘nggi qo‘ng‘iroq. 2016-yil 25-may.
Maktabni tamomlab ota-onam va Feruza Parhodovnaning maslahatlari bilan Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instityti qoshidagi Olmazor akademik litseyi Xorijiy filalogiya Xitoy tili yo‘nalishiga hujjatkarimni topshirdim. 2016-yil Sentabr oyi litsey ostonasiga qadam bosdim. O‘sha paytlar ota-onamning uyi uzoq bo‘lganligi sababli Feruza Parhodovning uylarida yashar edim. 3 yil, ha 3 yil ularning uylarida yashadim. Ular menga shu 3 yil davomida ko‘p saboq berdilar. Oradan 3 yil o‘tdi. 2019-yil may oyi. Litseyni tamomladim. 2019-yil iyun oyi men Feruza Parhodovna bilan Toshkent Davlat Sharqshunoslik Institutiga hujjat topshirdim. Biroq, 2019-yil talabalik baxti menga nasib qilmadi. Lekin bundan hech qachon afsuslanmayman.
Kelajak eshiklar…
Feruza Parhodovna Olmazor tumanida joylashgan 224-sonli umumta’lim maktabida o ‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritar edilar.
2019 yil avgust oyi. Men uchun kelajak eshiklari ochildi. Feruza Parhodovna uyimizga mehmon bo‘lib keldilar va menga o‘zlari ishlayotgan maktabda bo‘sh ish o‘rin mavjudligi va meni shu bo‘sh ish o‘ringa ya’ni maktabda yoshlar masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari (yoshlar ittifoqi yetakchisi) lavozimiga ishga kirishimni taklif qildilar. Bu menga bildirilgan kata ishonch edi. Kechagidek yodimda, barcha ishlarini chetga surib, meni ishga joylashtirish maqsadida Olmazor tumani yoshlar ittifoqi kengashi Shukrullo Anvarovning oldilariga birga borganliklari. Ha o‘shanda Shukrullo aka meni maktabda yoshlar yetakchisi lavozimida ishlay olishimga ishonmaganlar. O‘sha paytda 19 yosh bo‘lsamda ko‘rinishim juda kichkina edi. Meni suxbatdan o‘tkazishdi va 2019-yil sentabr oyidan ish faoliyatim boshlandi…
Feruza Parhodovna menga rahbar xodimlari bilan qanday muomalada bo‘lishi kerakligini, muomala madaniyatini, jamoat oldida o ‘zini qanday tutish kerakligini, kampyuterda ishlashni, hujjatni yurg‘izish tartibini o‘rgatdilar. Feruza Parhodovnani Olmazor tumanida obro‘si juda yuqori edi. Mana oradan vaqr o‘tdi. 2020-yil Yanvar oyi. Olmazor tumani Yoshlar ittifoqi kengashining yig‘ilishlaridan biri. Tumandagi 35 ta umumta’lim maktab yetakchlari hamda rahbarlar. 6 oylik sarhisob. 6 oy davomida eng faol bo‘lgan yetakchilar taqdirlanmoqda. Shu paytda Shukrullo akani qulog‘imga Otamurodova Dilrabo Farhodovna degan so‘zlari eshitildi. O‘sha paytdagi holatimni tasvirlashning aslo iloji yo‘q. Ko‘zimda quvonchdan qalqigan yosh, labimda tabassum, yurakda hayajon. Ohista qadamlar ila menga atalgan “Tashakkurnoma”ni olish uchun Shukrullo aka tarafga yura boshladim. Shu paytda meni olqishlayotgan qarsaklar sadosi orasidan Shukrullo akaning “Bizning eng kichkina xodimimiz, bu qiz ishga kelgan payti ochig‘i yig‘lab arizasini yozib ketsa kerak deb o‘ylagan edim, lekin adashgan ekanman” – degan so‘zlari eshitildi. Shu asnoda mening “Tashakkurnoma”larim soni orta boshladi.

Download 19,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish