KIRISH
XX asr tilshunoslik fanidagi keskin burilish nimadan iborat? Bu tilg‘a tizim sifatida yondashish hamda til va nutq hodisalarini farqlashdan iborat- dir. Nazariyotchi tilshunoslarning ushbu savolga shunday javob berishlari ayni haqiqat. Binobarin, til va nutq hodisalarini farqlash, tilga tizim sifatida yondashish, tilni tizim qonuniyatlari asosida o‘rganish tilshunoslikda katta burilish yasadi va tilshunoslik fanining rivojiga jiddiy turtki bo‘ldi. Bu haqda qa- tor asarlar yozildi (1, 2, 3, 4, 5)1.
Sistem tilshunoslikka shvetsariyalik tilshunos olim Ferdinand de Sossyur (1857—1913) asos soldi. Sos- syurning vafotidan so‘ng uch yil o‘tgach, uning ta’limoti shogirdlari SHarlь Balli va Antuan Seshelar tomoni- dan to‘planib, «Umumiy tilshunoslik kursi» (6) nomi ostida fransuz tilida nashr qilindi. Ayni vaqtda bu asar ingliz, nemis, italьyan, ispan, rus, rumin va boshqa tillarga ham tarjima qilindi. SHu kungacha Sossyur ta’limoti bilan bog‘liq bo‘lgan tilshunoslik maktab- lari va yo‘nalishlari «struktur tilshunoslik» (7), «sistem (yoki sistemaviy) tilshunoslik», «sistem-struk- tur tilshunoslik» kabi umumiy atamalar bilan nomla- nib kelinmoqda. Ammo bu yo‘nalishlar yaxlit, bir butun emas. Ular bir necha oqim va maktablarga bo‘linadi. Ularning har biri turlicha (chunonchi, glossematika, funksional linpvistika, deskripti[V lintistika va h. (1, 2, 3, 4)) nomlar bilan atalmoqda. Ayni vaqtda bu yo‘nalish va maktablarning barchasida umumiy tomonlar bo‘lib, bu til va nutqni farqlashda, tilga tizim sifatida yondashishda ko‘rinadi. «An’anaviy (tradidion) tilshunoelik» va «hozirgi tilshunoslik» deb o‘zaro qa- rama-qarshi qo‘yilishi ham aslida sistem tilshunoslik- ning shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq hol- da yuzaga keldi. «Hozirgi tilshunoslik» deyilganda, F. de Sossyur ta’limotiga asoslanib, ish olib borish yo‘llari, tahlil usullari tushunilsa, «an’anaviy til- shunoslik» deyilganda, XIX asrning boshlarida G. Ost- gof, K- Brugman, G. Paulь, YA. Grimm ta’limotlarida shakllangan, rus tilshunosligida F. F. Fortunatov (1848—1914), A. M. Peshkovskiy (1878—1933), V. V. Vi- nogradov (1895—1969)lar ta’limotida yuksak cho‘qqi- larga ko‘tarilgan tilni tahlil etish. usul ,va .yo‘llari tushuniladi. Rus tilshunosligi orqali ayni tahlil usullari va yo‘dlari turkiyshunoslikka., jumladan, o‘z- bek tilshunosligiga ham katta ta’sir ko‘rsatdd, XX asr- ning 30—60-yillari yangi o‘zbek tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishiga asos bo‘ldi. «Hozirgi» va «an’anaviy» tilshunoslik deyilganda, aynan mana shular nazarda tutiladi. Hzbek tilining an’anaviy leksikologiyasi F. Kamolov, 3. Ma’rufov, YA. D. Pin- xasov, S. Usmonov, SH.,U: Rahmatullaev, A. P. Hojiev va boshqalar nomlari bilan bog‘liq bo‘lsa, (qar. 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14), sistem leksikologi.ya SH. U. Rahmatullaev (15, 16), I. Qo‘chqortoev (17, 18), E. Begmatov (31, 32), A. A.ssalkalamanidze (19, 20), R. Rasulov (21, 22, 23), I. Abdurahmonov (24), S. G. G‘iyosov (25, 26, 27), B. Jo‘- raev, (28), R. Safarova (29), M. J. Narzieva (30), SH. Orifjonova, 3. YUnusova, X. Saidova kabi tad- 'Qiqotchila,r'Ning nomLari bidan bog‘liqdir. Ush;bu tad- qiqotlar o‘zbek tilshunosligida sistem leksikologiya asoslarini ayni, qo‘llanmada umumlashtirib, oliy o‘quv yurtlari talabalari diqqatiga havola etishga imkoniyat yaratdi. Ishonchimiz komilki, ushbu qo‘llanma o‘zbek til- shunosligida sistem tahlil ueulining, yo‘nalishining kuchayishiga xizmat qiladi.
SHuni ta’kiddash lozimki, sistem tilshunoslik, jumladan, sistem leksikologiya tahlilueuli va yo‘llariga ko‘ra ko‘p jihatdan anik fanlarga (fizika, ximiya, ma- tematikaga) o‘xshaydi. SHuning. uchun o‘rta maktabning V— IX sinflarida beriladigan til haqidagi nazariy va amaliy bilimlarga to‘liq ega bo‘lmay turib, sistem leksiqologiyani o‘zlashtirish mumkin emas. SHuningdek, sistem leksikologiyani Do‘la o‘zlashtirish uchun o‘rta maktabda «Jamiyatshunoslik» fanidan o‘tiladigan tu- shunchalarny*' zkumladan, «Oig va olam haqida falsafiy bilimdar^.bo‘limini bilish talab etiladi. Agar ta- labalarimiz «Dialektik materializm» darsligyni o‘qish va uqishdan boshlasalar, mansadga muvofiq bo‘* ladi.
Sistem leksikologiya sistem tilshunoslikning bir qismidir. SHunga ko‘ra o‘quvchilarimiz prof. A. Abduazi- zovning 1992 yilda nashr etilgan sistem foiologiya va morfologiya tahliliga bag‘ishlaigan ishi bilan tanishib chiqsalar, sistem tahlil usullarini chuqurroq o‘zlash- tiradilar va sistem leksikologiya asoslarini yanada osonroq egallaydilar. \
Qo‘llanmamiz «Uzbek tili sistem leksikologiyasi asoslari» deb nomlangan bo‘lsa ham, bunda bevosita sistem leksikologiyaga oyd ma’lumotlar qo‘llanma maz- munining 70—75 foizini tashkil qiladi. Qolgan 25— 30 foizi sistem tilshunoslik tushunchalarining izohi- dir. Xususan, ishning birinchi bobi shu masalaga qara- tilgan. CHunki sistem tilshunoslikning asosiy tushun- chalari hozirgi o‘zbek tilshunosligida keng ommalash- maganligi tufayli biz shunday ish yuritishni lozim topdik. Aks holda qo‘llanmada berilgan ilmiy-nazariy ma’lumotlarning talabalarimizga etib borishi nihoyat- da mushkuldir. Umidvormizki, 5—10 yildan keyin tala- balarimiz «Tilshunoslikka kirish» fanidan sistem tilshunoslikning asosiy tushunchalarini to‘liq egallab oladilar va ushbu qo‘llanmada berilganidek, bunday ma’lumotdarni takrorlashga o‘rin qolmaydi. Hozircha esa mo‘ljaldagi umumiy ma’lumotlar fanimizning il- damlashishi uchun juda zarur.
SHuni ham ta’kidlash lozimki, uzoq yillar davomi- da sistem tilshunoslik tahlil usullari asosida o‘zbek tili qurilishini o‘rganishga bag‘ishlab, o‘zbek tilida yozilgan ishlarda (asosan, ilmiy maqola va kitoblarda) sistem tilshunoslikning asosiy tushunchalarini ifoda- lovchi atamalar rus tilidan yoki rus tili orqali boshqa tillardan olingai ol^nmalar edi. Bu ishlarda op- pozitsiya, oppozitsiya markazi, sintagmatika, paradigma- tika, denotatsiya, konnotatsiya, ottenka, paradigma, deno- tat, signifikat, designat va h. k. kabi o‘nlab termin- lar — olinmalar shundayligicha ishlatilib kelindi. Hozirgi davr talablarini hisobga olib, biz bu olin- malarni o‘zimizga yaqin so‘zlar bilan almashtirdik.
Binobarin, bunday so‘z almashtirishlarning barchasini ham muvaffaqiyatli chiqqan deb . aytolmaymiz. Uzbek tilshunosligida ishlatilgan olinmalarni ba’zi o‘rin- larda qavsda keltirdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |