Mavzu: O‘zbek adabiy tilida chiziqcha bilan yozish imlosi
Reja:
1. Juft so’zlar imlosi
2. Takroriy so’zlar imlosi
3. Qo’shimcha yuklamalar imlosi
4. Chiiziqcha va tirening farqi
Tayanch so’z va iboralar:
imlo qoidalari, juft so‟zlar, takroriy so‟zlar,
yuklamalar
El-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-
sekin, uch-to„rt, o„n-o„n beshta (10-15 ta), bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi,
don-dun, oz-moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, o„ylab-netib, so„ramay-netmay, kiyim-
kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-minglab),
bitta-bitta (bitta-bittalab), baland-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin-
yaqinlargacha, hamma-hammasi, uy-uyiga, ich-ichidan
kabi.
Juft yoki takror so‘zlarning o‘rtasida chiziqcha ishlatiladi:
ota-ona, orzu-umid,
kecha-kunduz, qing„ir-qiyshiq; tog„-tog„, sekin-tez
kabi.
Juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘zlar ham chiziqcha bilan
yoziladi:
baxt-saodatli, xayr-xo„shlashmoq
kabi;
Juft so‘z qismlari orasida
-u (-yu)
bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha
qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi:
do„st-u dushman (do„st-dushman), kecha-
yu kunduz (kecha-kunduz)
kabi;
Yetakchi va ko‘makchi fe’l bir xil shaklda bo‘lsa, chiziqcha bilan yoziladi:
yozdi-
otdi, borasan-qo„yasan, uxlabman-qolibman
kabi.
Belgini kuchaytiruvchi
qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi,
to„ppa-to„g„ri, bab-barobar
kabi
so‘z shakllari chiziqcha bilan yoziladi.
(lekin
oppoq
so‘zi qo‘shib yoziladi).
So‘zning
-ma, ba-
yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yozila-
di:
ko„chama-ko„cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam
kabi. Lekin mustaqil
ishlatilmaydigan
qism qatnashsa,
bunday so‘zlar qo‘shib yoziladi:
ro„baro„,
darbadar
kabi.
Rus tilidan aynan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan olingan so‘zlar asliga
muvofiq chiziqcha bilan yoziladi:
unter-ofitser, kilovatt-soat
kabi.
-
chi, -a (-ya), -ku, -u (-yu), -da, -e, -ey (-yey)
qo’shimcha
yuklamalari chiziqcha
bilan yoziladi
:
sen-chi, boraylik-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku,
kelgan-u, yaxshi-yu, yaxshi-da, qo„y-e, yashang-e, o„g„lim-ey, keldi-yey
kabi.
Ammo
-mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (-kina,-qina)
qo’shimcha yuklamalari
o‘zidan oldin kelgan so‘zga qo‘shib yoziladi:
keliboq, o„ziyoq, ko„rganov, ko„rdiyov,
mengina, qo‟shiqqina
kabi.
Tartib son arab raqamlari bilan yozilsa,
-nchi
qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-)
qo‘yiladi:
7-sinf, 5-“A” sinfi, 3-, 7-, 8-sinf o„quvchilari, 60-yillar, 1991-yilning
1-sentabri
kabi. Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha
yozilmaydi:
XX asr, X sinf
kabi.
Chiziqcha orfografiya bo’limida o’rganilsa, tire tinish belgilarda o’raganiladi.
Masalan: asta-sekin, tez-tez; Hamal keldi
-
amal keldi
,
Qo’shning tinch
-
sen tinch
kabi.
1.
Mashg’ulot. So‘zlarni o‘qing. Ular ishtirokida gaplar tuzing, so‘ng
daftaringizga ko‘chirib yozing.
Orzu-umid, aka-uka, chol-kampir, issiq-sovuq, kecha-kunduz, el-yurt, asta-sekin;
baxt-u saodat, ota-yu ona, qop-qora, ko‘m-ko‘k, rang-barang, men-a, bor-e, bolam-ey,
biz-chi.
2.
Mashg’ulot. Gaplarni o‘qing, chiziqcha va tirening ishlatilish sabablarini
ayting.
Mehribon kishining pand-nasihatlarini olgin — ular seni saodatga yetaklaydi.
Ko‘zing sog‘ida ezgulik qil, mol-dunyong borida ulash, yedir.
(Yusuf Xos Hojib)
Beva-
bechora, mayib-majruh, xor-u zor insonlarga ko‘ngildan chiqarib berilgan moddiy
yordam: pul-non, mayiz-yong‘oq, kiyim-bosh va hokazolarga xayr-sadaqa deyiladi.
(M. Sattor)
Go‘zallik shunday narsaki, u insonda mehr-muhabbat, shodlik, erkinlik va
shunga o‘xshash tuyg‘ularni uyg‘ota olishi shart.
(A. Oripov)
G‘o‘zalarim tiniqib-tiniqib
suv icha berdi. G‘o‘zalarim qonib-qonib suv icha berdi. Chilla suv — tilla suv bo‘ldi.
(T. Murod)
Aravakash uning so‘zini ilib oldi:
— Shirin-shirin gap o‘rnida shirin-shirin ashuladan bo‘lsin, opa, ta’rifingiz eshitib
jigarlarimiz laxta-laxta qon bo‘lib ketgan.
(A. Cho„lpon)
Do'stlaringiz bilan baham: |