Italiya va ispaniya r e j a



Download 46,5 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi46,5 Kb.
#678701
Bog'liq
1918-1939 Italiya va Ispaniya


1918-1939 ITALIYA VA ISPANIYA
R E J A



  1. Birinchi jahon urushining Italiya uchun oqibatlari.

  2. Orlando hukumatining ichki va tashqi siyosati.

  3. Fashizmning hokimiyat tepasiga kelishi.

  4. Ichki siyosat.

  5. Mamlakatda totalitar diktaturaning qaror topishi.

  6. Mussolinining tashqi siyosati.

  7. Birinchi jahon urushining Ispaniyaga ta’siri.

  8. Harbiy fashistik diktatura o’rnatilishi.

  9. 1931 – yil inqilobi. Monarxiyaning qulashi.

  10. O’ng kuchlarning hokimiyat tepasiga kelishi.

  11. Xalq fronti g’alabasi.

  12. Fashistik diktatura o’rnatilishi.

ITALIYA VA ISPANIYA

Italiya ham urushda g'olib davlatlardan biri edi. Biroq bu g'oliblik unga juda qimmatga tushgan. Italiya urushda 650 ming fuqarosini yo'qotdi. 800 mingdan ortiq kishi mayib-majruh bo'lib qoldi.


Mamlakat harbiy xarajatlari 46 mlrd. lirni tashkil etdi. Urush mamlakatni moliyaviy jihatdan xoldan toydirdi.
Ayni paytda Italiya Buyuk Britaniyadan 2,5 mlrd., AQSHdan esa 1,5 mlrd. dollar qarz bo'lib qoldi. Shu tariqa Italiyaning chet el mahsulotlariga, kreditlarga qaramligi yanada kuchaydi.
Urushgacha ham qishloq xo'jaligi Italiya iqtisodiyotining nihoyatda qoloq sohasi edi. Urush esa bu sohani yanada xarob qildi. Yft egaligida o'rta asrchilik qoldiqlari hamon davom etardi. Chunonchi, 40 ming yirik yer egalari 10 mln. gektar yerga egalik qilgani holda, 2,5 mln. dehqon atiga 6 mln. gektar yerga egalik qilardi. Dehqon oilalarining deyarli yarmida hech qanday yer yo'q- edi. Ular og'ir shartlar asosida ijaraga yer olib hayot kechirganlar. Italiyaning janubida (Sitsiliya va Sardiniyada) ahvol undan ham og'ir edi.
Italiyaning yirik siyosiy arboblaridan biri Orlando 1917-yilning oktabrida bosh vazir lavozimini egal-lagan. Orlando hukumati Italiyaning jahon uru-shida qatnashishini davom ettirdi. Bu hukumat Antantaning Sovet Rossiyasiga qarshi kurashida Italiya ishtirokining tarafdori bo'ldi. Shuning uchun ham 1918-yili o'z qo'shinlarini Odessa, Murmansk va Vladivostokka yubordi.
Antantaning Sovet hukumatini harbiy yo'l bilan bo'g'ib tashlashga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi awalgi mavzulardan ma'lum. Chunonchi, Italiyaning g'oliblar ichida mag'lub bo'lib qolishi Orlando hukumatining katta yo'qotishi edi va uning obro'sini tushirib yubordi. Chunki Italiya o'zi da'vo qilgan Dalmatsiya, Valoniya, Simernadan birortasini ham ololmadi. Buning ustiga, Turkiyaga qarashli Simernani bosib olish uchun 1919-yilning may oyida hujum boshladi va mag'lubiyatga uchradi.
Bundan tashqari, Italiya Albaniyani ham tashlab chiqishga majbur bo'ldi. Hukumat tashqi savdo bozorlarining qo'ldan ketishi hamda tashqi kredit uzilib qolishining oldini ololmadi. Natijada urushdan biroz keyin mamlakatda iqtisodiy inqiroz boshlandi. Oqibatda ish haqi keskin pasaydi, inflatsiya kuchaydi. Armiya safidan bo'shatilgan harbiylar ishsiz qoldilar. Ana shunday sharoitda (1919-yil iyun oyida) Orlando hukumati iste'fo berishga majbur bo'lgan.
1919-yil noyabr oyida bo'lib o'tgan parlament saylovida Italiya Sotsialistik partiyasi g'alaba qozongan bo'lsa-da, bu mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatni yumshatishga olib kelmadi.
1919 — 1920-yillar Italiya tarixiga ham «Qizil ikki yillik» nomi bilan kirdi. Bu ibora shuni bildiradiki, shu ikki yil ichida Italiyada ham Sovet Rossiyasida (bolsheviklar qizil deb ham atalardi) amalda oshirilgan ba'zi tadbirlar amalga oshirildi. Chunonchi, Shimoliy Italiyada ishchilar zavod va fabrikalarni egallab oldilar va ishlab chiqarish ustidan o'z nazoratlarini o'rnatdilar. Zavod va fabrikalarni qo'riqlash uchun qizil gvardiya tuzdilar.
Italiya armiyasi mamlakat ichkarisidagi siyosiy voqealarga nisbatan o'z betarafligini e'lon qilganligi uchun hukumat ishchilarning bunday «o'zboshimcha»ligini bostirish uchun armiyani yubora olmadi. Natijada hukumat va korxona egalari yon berishga majbur bo'ldilar. Xususan, 8 soatlik ish vaqti belgilandi. Narxlar o'sishining aholiga ko'rsatadigan oqibatini pasaytirish maqsadida ish haqiga qo'shimcha to'lov (kompensatsiya) lo'lanishi e'lon qilindi.
Yer egalariga yollanib ishlovchilar, ijaraga yer olib ishlovchilar uchun shartlar nisbatan yengillashtirildi. Mamlakat janubida dehqonlar yer egalaridan tortib olgan yerlarning bir qismi ularga qonunlashtirilib berildi.
1920-yilda Italiya mehnatkashlari hokimiyatni egallab olish imkoniga cga bo'ldilar. Biroq ularning harakatini uyushtirishga qodir, bu ishni parlament yo'li bilan amalga oshirish tomon yetaklaydigan jiddiy siyosiy partiya yo'q edi.
Ichki siyosatda iqtisodiyot masalasiga alohida e'ti-bor berildi. Mussolinining maqsadi iqtisodiyotda korporativ tartibni to'la qaror toptirish edi. Shu maqsadda 1927-yilda «Mehnat xartiyasi»deb nomlangan hujjat qabul qilindi.
Iqtisodda joriy etilgan korporativ tartibga ko'ra, ishlab chiqarish muammolarini birgalikda hal etish uchun ishchilar va sarmoyadorlar yagona Kasaba uyushmasining teng huquqli a'zosiga aylandi. Xalq xo'jaligi bo'yicha turli sohalarda 22 ta korporatsiya tuzildi va ular Korporatsiyalar Milliy Kengashiga birlashtirildi. Milliy Kengash tarkibi ishbilarmonlardan va fashistlar partiyasi vakillaridan iborat edi. Korporatsiyalar yirik mulkdorlar mavqeiga putur yetkazgani yo'q.
Ayni paytda Italiya iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi ortib bordi. Bu Italiya fashizmining o'ziga xos belgilaridan biri edi.
30-yillar davomida siyosiy hayotda ham totalitar diktatura to'la qaror topdi. Demokratiyaning barcha ko'rinishlari, jumladan, parlament ham tugatildi. Parlament o'rniga fashistlar partiyasi va korporatsiya vakillari palatasi tuzildi. Uning deputatlari davlat tomonidan tayinlanadigan bo'ldi va fashist partiyasi davlat tizimi bilan qo'shilib ketdi. Partiya davlat xizmatini bajaruvchi fuqaro militsiyasiga aylandi.
Ommaviy axborot vositalari to'la fashist davlati xizmatiga bo'ysundiril-di. Oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari B. Mussoliniga — Duchega sodiqlikka qasamyod qildirildi. Barcha vositalar yordamida fashist mafkurasi ommaga singdirildi.
B. Mussolini ilohiylashtirildi. U o'zining nutqlarida fashizm demokratiya tufayli buzilgan Yevropani yangilaydi va sog'lomlashtiradi, deb qayta-qayta uqtirar edi. Yosh avlod fashistlarning bolalar va o'smirlar tashkilotlariga jalb etildi.
Mussolini tashqi siyosatining asosiy maqsadi Buyuk Italiya davlatini barpo etish orzusiga bo'ysundirilgan edi. Bu davlat butun O'rta dengiz bo'ylarini o'z ichiga olishi va u Buyuk Italiyaning ichki dengiziga aylanishi hamda Qadimgi Rim imperiyasi tarkibiga kirgan barcha hududlarni bir-lashtirishi lozim edi.
1923-yilda Italiya Gretsiyaga qarashli Korfu orolini bosib oldi. Biroq Buyuk Britaniyaning talabi bilan orolni tashlab chiqishga majbur bo'ldi. 1924-yilda Yugoslaviyaga qarashli Fiuma porti Italiyaga o'tdi. Italiya shu yili Sovet Rossiyasini tan oldi va u bilan diplomatik aloqa o'rnatdi.
1927-yilda Albaniya ustidan amalda o'z protektoratini o'rnatdi. 1935-yil З^оЙаЬгйа 600 ming kishilik Italiya armiyasi Efiopiyaga bostirib kirdi. l936-yi\may oyiga kelib Efiopiyani bosib olish nihoyasiga yetdi. Shu yil yozida Italiya armiyasi Ispaniyada fashistik diktatura o'rnatish uchun general I'Yankoga yordamga yuborildi. Chunki Gitler Frankoni qo'llab-quwatlar edi. Shu tariqa Germaniya bilan yaqinlashuv boshlandi.
Ispaniya jamiyati bu davrda mamlakatni rivojlan-tirish uchun monarxiyani tugatish va respublika o'rnatish, agrar islohot o'tkazish, katolik cherkovi hukmronligiga barham berish, armiyani demokratlashtirish, aholi turmush darajasini oshirish, milliy masalani hal etish kabi muammolarni yechishga muhtoj edi, chunki bu muammolarni hal etmay turitf Ispaniyada siyosiy barqarorlikni ta'minlab bo'lmas edi.
So'l kuchlar koalitsion hukumatining ichki va tashqi siyosatdagi tadbirlari o'ng kuchlarni tash-vishga solib qo'ydi. Ular qanday bo'lmasin hokimiyatni egallashga bel bog'ladilar. Shu maqsadda 1932-yilda «Ispaniya avtonom o'nglar konferensiyasi» (SEDA)ga birlashdilar. Bu tashkilotda sarmoyadorlar, cherkov va harbiy doiralar bilan liamkorlik qilayotgan katta yer egalari yetakchilik qilardilar. Bu tashkilotni ayni paytda dehqonlarning o'ziga to'q qismi ham qo'llab-quwatlay bosh-ladi.
Fashistlar esa 1933-yilda «Ispan falangasi» deb atalgan partiya tuzdilar. O'ng kuchlar faollashuviga xalq ommasining so'l kuchlar hukumati (Asanya hukumati) siyosatidan noroziligi ham sabab bo'lgan. Hukumatning islohotlarni o'tkazishdagi qat'iyatsizligi xalq ommasi ko'z o'ngida uning obro'sini to'ka boshladi. Xususan, agrar islohot nihoyatda sustkashlik bilan hayotga yarim-yorti tatbiq etila boshladi. Masalan, 2 yil davomida atigi 7 mingdan ortiq dehqon xo'jaligi yer ololgan, xolos.
Fashizm tobora chuqur ildiz ota boshlagan bir sharoitda so'l kuchlar birlashish zarurligini anglab yetdilar. 1936-yil 15-yanvarda ular xalq fronti haqida bitim imzoladilar.
Xalq fronti o'zining saylov oldi dasturida saylovchilarga siyosiy mah-buslarni avf etishga, ishdan bo'shatilganlarni ishga tiklashga, repressiya aybdorlarini jazolashga, armiya va davlat apparatini demokratlashtirishga, dehqonlarga soliq va ijara haqini kamaytirishga, ishsiziikni tugatish uchun jamoat ishlarini tashkil etishga, ijtimoiy sug'urta to'g'risidagi qonunni tiklashga va'da berdilar.
1936-yil sentabrda isyonchi fashistlar mamlakat poytaxti Madridga hujum boshladilar. Fashistlar harbiy aslaha sifati va miqdori jihatidan katta ustunlikka ega edi. Respublikachilar ularga qarshi mardonavor jang qildilar. Biroq kuchlar teng emas edi. Fashizm g'alaba qozondi. 1939-yil 28-martda Madrid egallandi. G'arb davlatlari F. Franko hukumatini darhol tan oldilar.
Buyuk Britaniya va Fransiya haii qonuniy hukumat qulamagan payt-dayoq isyonchi fashist hukumatini tan olgan bo'lsalar, AQSH 1939-yilning 1-aprelida tan oldi. Shu tariqa fashistik davlatlar soni yana bittaga ko'paydi.
Download 46,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish