Leksemalarning (leksosememalarning)



Download 265 Kb.
bet4/10
Sana31.12.2021
Hajmi265 Kb.
#240436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
leksemalarning
Yangi kitob, uchta, Bajardi, ахборотнома , Chizma geometriya fanidan topshiriqlarni bajarish boyicha uslubiy, adobe photoshop dastur haqida umumiy malumot., HISOBOT DAFTARI YUZIGA, ВСЕОБЩАЯ ИСТОРИЯ СКИФЫ, Город-среда обитания человека., G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari, G‘o‘za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari, HISOBOT DAFTARI YUZIGA, Город-среда обитания человека., harflar
A r x a i z m

Eskilik bo‘yog‘i bor til birligi arxaizm deyiladi (yunoncha arshaios - qadimgi). Leksemalardagi turiga leksik arxizm deyiladi.

Leksik arxaizm o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki guruhni tashkil qiladi:

a) Leksema yaxlitligicha arxaizm bo‘ladi. Buni arxaizm-leksema deb nomlash mumkin: sas- (G‘afur G‘ulom, "Avval o‘qi"), yit- (G‘afur G‘ulom, "Biz tinchlik istaymiz"), zamla- (G‘afur G‘ulom, "Ozarbayjonlik paxtakor qardoshlarga") kabi.

b) Leksema emas, balki uning sememalaridan biri arxaizm bo‘ladi. Buni arxaizm-semema deb nomlash mumkin: tik- (ek- ma'nosida - G‘afur G‘ulom, "Тerimchi qizlarga") kabi.

Leksik arxaizmning har ikki turi leksik ma'noga asoslanadi. Shunga ko‘ra arxaizmning bu turlarini "leksik arxaizm", "semantik arxaizm" deb nomlash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Arxaizm-leksema monosemem leksemaning eskirishi natijasida, arxaizm-semema esa polisemem leksemaga xos sememalardan birining eskirishi natijasida yuzaga keladi.

Har ikki turdagi arxaizmning voqe bo‘lishi tilning o‘z taraqqiyot yo‘li bilan bog‘liq (arxaizmga aylanuvchi leksik ma'noni o‘z leksema yoki o‘zlashgan leksema anglatishidan qat'i nazar).

Arxaizm-sememaga nisbatan arxaizm-leksema ko‘p bo‘ladi.

Leksemaning (sememaning) eski bo‘lishi boshqa-yu, eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lishi boshqa. Arxaizm hozirgi tilning lug‘atiga xos bo‘lib, boshqa lug‘aviy birliklardan eskilik bo‘yog‘i borligi bilan farqlanib turadi.

Hozir ishlatishdan umuman chiqib ketgan, til taraqqiyotining o‘tmish bosqichiga mansub bo‘lgan leksik birliklarni bugungi kun nuqtayi nazaridan arxaizm deb baholash mumkin emas. Bular o‘tmishning leksik birliklari bo‘lib, arxaizm yoki arxaizm emasligi til taraqqiyotining o‘sha bosqichiga ko‘ra belgilanadi. Masalan, ulus- (xalq), oqcha- (pul), qusur- (kamchilik, nuqson) kabi leksemalar, nuqta- leksemasining o‘rin, tomon ma'nosi, et- leksemasining go‘sht ma'nosi (Bu ma'no ba'zi dialektlarda, shuningdek maqol va matallar tarkibida saqlangan) – o‘tmish lug‘atiga mansub birliklar. Bunday leksik birliklar o‘tmishda yaratilgan yoki o‘tmish tasvirlangan asarlarda ishlatiladi. Bular o‘sha davr koloritini hosil qilish uchun hozir yaratilgan asarlarga ham kiritiladi.

Hozirgi o‘zbek tilida yozilgan hamda davrimizni tasvirlaydigan asarlarda o‘tmish lug‘aviy birliklarini ishlatmagan ma'qul. Bunday lug‘aviy birliklarning hatto poetik nutqda ishlatilishini ham oqlab bo‘lmaydi.

Eski leksemani boshqa tilga mansub leksemani ishlatishdan farqlash kerak. Ba'zan na hozirgi o‘zbek tilida va na o‘tmish o‘zbek tilida yo‘q leksemani ishlatish ham uchraydi. Bunday leksema o‘zbeklar uchun mutlaqo notanish bo‘ladi, chunki bular o‘zbek tili lug‘atidan emas, balki boshqa til lug‘atidan olib ishlatiladi. Masalan, zufof- leksemasi (asli arabcha zifofun - nikoh to‘yi- ma'nosidagi leksema - G‘afur G‘ulom, "Qor"; bu she'rning keyingi nashrida zufof oqshom o‘rniga to‘y oqshomi deb berilgan) arab tili lug‘atidan olib, tulup- so‘zi (po‘stin: Oyoqda valenka, egnida tulup.. - G‘afur G‘ulom, "Qish") rus tili lug‘atidan olib ishlatilgan.

Arxaizmning paydo bo‘lish sababini izohlash ko‘pincha qiyin bo‘ladi. Arxaizm asli leksik birlikning biror jihati eskirib, o‘z o‘rnini boshqa leksik birlikka bo‘shata borishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu jarayon turli-tuman sabablar bilan voqe bo‘ladi. Arxaizm umuman sinonimiyaga asoslanadi, shunga ko‘ra arxaizmning paydo bo‘lishini izohlashda sinonimik munosabatdagi leksik birliklarning holatiga, taraqqiyotiga suyanish lozim. Bunda asosan quyidagi sabablar ko‘rsatiladi:

1) Sinonimlar nutqda bir xil ishlatilmasligi tufayli ulardan ba'zilari arxaizmga aylanadi: avvallari ko‘p yoki boshqalari bilan teng ishlatilgan leksik birlik o‘z sinonim(lar)iga qaraganda nutqda oz ishlatilib, arxaik tus oladi. Masalan, yordam-, ko‘mak- sinonimlaridan ko‘mak- leksemasi arxaizmga aylangan.

2) Polisemem leksemaning o‘z sinonimi bor sememasi, bir tomondan, shunday sinonimning mavjudligi ta'sirida, ikkinchi tomondan, shu polisemem leksemaning boshqa sememasi ta'sirida o‘z o‘rnini bo‘shata boradi. Natijada bunday sememaning ham, sinonimning ham tildagi mavqei o‘zgaradi. Masa-lan, boq- leksemasida tarbiyala-, parvarish qil- sememasi ustun bo‘la bori-shi bilan bu leksemaning ko‘z tashla- sememasi arxaizmga aylanmoqda (ko‘z tashla- ma'nosi hozir asosan qara- leksemasi bilan anglatiladi).

Yuqoridagi holatlar arxaizmning paydo bo‘lishini chuqur izohlab bermaydi. Arxaizmning paydo bo‘lishidagi asl sabablarni aniqlash murakkab lingvistik tekshirishlar o‘tkazishni talab qiladi. Chunki arxaizmning yuzaga kelishi tilda sodir bo‘lib turadigan hodisa bilan – leksemalarga xos semantik taraqqiyot, siljish, o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bunday jarayonni, bir tomondan, til taraqqiyotining faqat hozirgi bosqichi bilan chegaralangan holda o‘rganib bo‘lmaydi; ikkinchidan, arxaizmga olib keladigan har bir jarayon har gal individual yondashishni talab qiladi.

Arxaizm tilda avvalo uslubiy vosita sifatida yashaydi va shunga ko‘ra arxaizmdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

1) nutqqa ko‘tarinki, nazokatli ruh berish uchun. Bunday vazifa bilan arxaizm asosan she'rlarda ishlatiladi. Shunday xususiyat ayniqsa G‘afur G‘ulom she'riyatiga xos:



Siz ko‘kning q o p q a s i n qoqqan soatda

Quyosh ko‘z uqalab uyg‘anar edi.

("Ko‘k b o‘ s a g‘ a s i d a");



Har bitta shaftolu misoli kulgu,

Shafaqday nim pushti, s a r i n, beg‘ubor.

("Sog‘inish");

2) nutqqa hazil-mutoyiba, kinoya, masxara ruhini berish uchun. Arxaizmdan bunday foydalanish avvalgisiga nisbatan oz uchraydi. Masalan, quyidagi matnda arxaizm achchiq kinoya ifodalash maqsadi bilan ishlatilgan: Bular ketgandan keyin Said Jalolxon g‘ayratiga chidolmay sh a m sh i r sug‘urdi va havoda o‘ynatib, askarga f a r m o n b e r d i (Abdulla Qahhor, "Bashorat").

Arxaizmning kinoya, masxaralash ruhini hosil etish uchun ishlatilgani matndan ochiq sezilmasa, uni ohang yordamida, yozuvda esa qo‘shtirnoqlar vositasida maxsus ifodalash zaruriyati tug‘iladi. Masalan, quyidagi matnda bunday leksema qo‘shtirnoqlarga olingan: Yag‘rin tashlab, jilmayib o‘tar ekan, Biz aminning "ehson"iga minnatdor (G‘afur G‘ulom, "Ikki vasiqa").



Download 265 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti