208
jazoning o‗talmay qolgan qismi mobaynida qasddan sodir etgan jinoyati uchun sud
tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o‗tab bo‗lganidan keyin
qo‗llanishi mumkin.
Sud jazoning qolgan qismini yengilrog‗i bilan almashtirishni hal qilish
vaqtida jazoning maqsadiga boshqa yengilroq turdagi jazo orqali ham erishish
mumkin degan xulosaga kelgan bo‗lishi kerak.
O‗n sakkiz yoshga to‗lguncha sodir etgan jinoyati uchun ozodlikni cheklash,
ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlarini yengilroq turdagi jazo bilan
almashtirishda sud faqat voyaga yetmaganlarga tayinlanishi mumkin bo‗lgan
JKning 81-moddasida nazarda tutilgan yengilroq jazo turi bilan almashtirishi
mumkin.
Jinoyat sodir qilish paytida o‗n sakkiz yoshga to‗lmaganlarga nisbatan jazoni
qolgan qismini yengilrog‗i bilan almashtirishning asoslari jazoning o‗tash tartib-
qoidalar talablarini bajarganligi, mehnatga halol munosabatda bo‗lganligidan
tashqari o‗qishga halol munosabatda bo‗lganligi ham talab qilinadi. Jinoyat sodir
qilish paytida o‗n sakkiz yoshga to‗lmaganlarning jazosini yengilrog‗i bilan
almashtirish uchun asos bo‗ladigan jazoning o‗talgan qismi ancha qisqartilirgan,
ya‘ni:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan yoki uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyat uchun
tayinlangan jazo muddatining kamida beshdan bir qismini;
b) og‗ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to‗rtdan bir
qismini;
d) o‗ta og‗ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun,
agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga
hukm qilingan bo‗lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini
haqiqatda o‗tab bo‗lgandan keyin qo‗llanishi mumkin.
O‗zR JPK 536-moddasida belgilanishiga ko‗ra, jazoning o‗talmay qolgan
qismini yengilroq jazo bilan almashtirish jazoni ijro etish muassasasi
ma‘muriyatining taqdimnomasiga binoan sudya tomonidan qo‗llaniladi. O‗n sakkiz
yoshga to‗lmay jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasasi
ma‘muriyati va voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‗ullanuvchi komissiyasining
birgalikdagi taqdimnomasiga binoan yoxud mahkumning,
uning himoyachisining
iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan ko‗rib chiqiladi.
Jazoning qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish to‗g‗risida taqdim
etilgan iltimosnomalar rad etilgan kundan boshlab kamida olti oy o‗tgach qayta
ko‗rib chiqilishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum qilishning o‗talmay qolgan qismi axloq tuzatish ishlari
bilan almashtirilganda, almashtirilgan jazoning muddati shu jazo turi uchun
ko‗rsatilgan muddatlar doirasida tayinlanadi. Bunda almashtirilgan axloq tuzatish
ishlari olti oydan kam, uch yildan ko‗p bo‗lmasligi kerak.
O‗n sakkiz yoshga to‗lguncha sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan
ozodlikdan mahrum qilish axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda esa bir
yildan ko‗p bo‗lmasligi kerak.
209
Ozodlikdan mahrum qilishning qolgan qismi axloq
tuzatish ishlari bilan
almashtirilganda, almashtirilgan jazo muddati ozodlikdan mahrum qilishning
qolgan qismining muddati bilan teng bo‗lishi kerak.
JK 74-moddasining oltinchi qismida jazosi yengilroq jazo bilan
almashtirilgan shaxslar yengilroq jazoning tegishli qismini o‗tab bo‗lganlaridan
keyin JK 73-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan jazodan muddatidan
ilgari shartli ozod qilinishi mumkinligi bayon qilingan. Bunda oldingi hukm
bo‗yicha va almashtirilgan jazolar qo‗shib hisoblanganda 73-moddada nazarda
tutilgan muddatlar nazarda tutilmoqdami yoki faqat almashtirilgan yengilroq
turdagi jazoning tegishli qismi o‗tab bo‗lganidan keyin jazodan
muddatidan ilgari
jazodan ozod qilish mumkinmi degan savol tug‗iladi.
JK 74-moddasi oltinchi qismining mazmuniga ko‗ra, almashtirilgan
yengilroq turdagi jazoning 73-moddasida belgilangan qismi o‗tab bo‗lganligi
munosabati bilan muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilishni
qo‗llanishi mumkin.
Masalan, aytaylik, uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyati uchun to‗rt yil muddatga
ozodlikdan mahrum qilingan shaxs jazoning to‗rtdan bir qismini (ya‘ni bir yilini)
o‗tab bo‗lganidan keyin qolgan uch yili uch yil muddatga axloq tuzatish ishlari
bilan almashtirilgan bo‗lsa, ana shu almashtirilgan ikki yil axloq tuzatish
ishlarining uchdan bir qismini (ya‘ni 8 oyini) o‗tab bo‗lganidan keyin jazodan
muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‗llanishi mumkin.
Jazoning qolgan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilgan
shaxs jazoning
o‗talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga JK
60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi. Bunda keyingi
jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatiga almashtirilgan yengilroq turdagi
jazoning o‗talmay qolgan qismi JK 61-moddasi qoidalari asosida qisman yoki to‗la
qo‗shilib bir necha hukmlar yuzasidan 60-modda qoidalari asosida qat‘iy jazo
tayinlanadi.
Jazoning qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxslarning
sudlanganlik muddatini hisoblash dastlabki hukm bo‗yicha tayinlangan ozodlikdan
mahrum qilishning haqiqatda o‗talgan qismidan JK 78-moddasida ko‗rsatilgan
muddatlarga qarab hisoblanadi. Ammo sudlanganlik muddati almashtirilgan
yengilroq turdagi jazoni o‗ta bo‗lgan kundan boshlab hisoblanadi.
Jazoni yengilrog‗i bilan almashtirish mumkin bo‗lmagan mahkumlar
ro‗yxati cheklangan va qonunda aniq ko‗rsatib qo‗yilgan. Bular JK 73-moddasi
to‗rtinchi qismida ko‗rsatilgan shaxslardir.
Jazoning qolgan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilgan
vaqtda shaxsning
xulqi qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar, qonunda shaxsning oldingi jazoni o‗tash
joyiga qaytarish nazarda tutilmagan. Bundan tashqari, shaxs almashtirilgan jazoni
o‗tash muddati mobaynida ehtiyotsizlikdan jinoyat sodir etsa, 60-modda tartibida
jazo tayinlanmay, faqat ehtiyotsizlikdan qilgan jinoyati uchun jazo tayinlanadi,
almashtirilgan jazoni o‗tash muddati mobaynida qilgan jinoyat uchun jazo
tayinlanishi munosabati bilan almashtirilgan jazoning qolgan qismi o‗talmay qolib
ketaveradi.