Mavzu: Ona-Vatan



Download 0,78 Mb.
bet1/35
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#210463
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Mavzu Ona-Vatan-fayllar.org
CRM mustaqil ish, iyua2men uzl e6d6a, Atamalar va kasb-hunar so’zlarining ma’noviy-vazifaviy xususiyat, tohir malikning shaytanat asarin, simsiz tarmoq texnalogiyalari (1), simsiz tarmoq texnalogiyalari (1), Buxoro, Xiva va Qo`qon xonliklarida ijtimoiy-iqtisodiy madaniy h, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish v, ОНА ТИЛИ-281, 10, osimliklar monitoringi, 01-malumotnoma-namuna, Ишчи дастур, sosial xizmat., sosial xizmat.

Mavzu: Ona-Vatan

1- dars.

Bizning Vatanimiz — O'zbekiston

Mavzu: Ona-Vatan

Maqsad:

a) ta'limiy: o'quvchilarga bizning Vatanimiz O'zbekiston, uning poytaxti Toshkent ekanligi; Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz ekanligi haqida bilim va ko'nikmalar berish;

b) tarbiyaviy: o'quvchilarda Vatanga muhabbat, uni qadrlash va g'urur, iftihor tuyg'ularini tarbiyalash.

d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish.

Dars uslubi: bayon etish, suhbat.

Dars jihozi: darslik, rasmli plakatlar, qo'shiqli disklar.

Dars texnologiyasi



Dars elementlari


I

II

III-1

III-2

IV

V

VI

Davomiyligi

1

10

20

10

2

1

1

Texnologik xarita


Mavzu


Ona-Vatan

Maqsad va vazifalar


O'qituvchi: Mavzuni mazmunli yoritish; o'quv- chilar o'zlashtirishiga erishish.


Dars jarayonining borishi


  1. Tashkiliy qism.


  2. Birinchi sinf bilimlari bilan uzviylikka erishish.


  3. Darslikka kirish va mavzu ustida ishlash.


  4. Ijodiy ishlash.


  5. Rag'batlantirish va uy vazifasini berish.


O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi


Uslub: bayon etish, suhbat. Shakl: frontal, yakka. Vosita: so'z-suhbat.




Nazorat: frontal, yakka kuzatish. Baholash: yakka, javoblardan kelib chiqib.


Kutilayotgan natijalar


O'qituvchi: darsni samarali o'tadi, o'quv- chilarni shu fanga qiziqtira oladi.


O'quvchi: darsga faol qatnashadi, ijodiy fikrlaydi.


Kelgusi rejalar


O'qituvchi: dars o'tishning samarali usullarini tanlaydi.


O'quvchi: uy vazifasini bajaradi, mavzuni puxta o'rganadi


Darsning borishi:

I. Darsni tashkil etish.

II. Kirish suhbati.

O'qituvchi: Qadrli bolajonlarim, biz siz bilan bugundan boshlab ikkinchi yil odob saboqlarini o'rganishni davom ettiramiz. Qani kim eslaydi, o'tgan o'quv yilida nimalar haqida bilim olgan edik? (O'quvchilar birma-bir o'tgan yil saboqlarini eslay boshlaydilar):

— 1- sentabr - Mustaqillik bayrami saboqlarini bildik.

— Davlatimiz ramzlarini o'rgandik.

— Oila, oila a'zolariga mehr-muhabbat tuyg'ulari haqida bildik.

— Salomlashish odobini bildik.

Maktab qoidalari, kiyinish odobini o'rgandik.

— Kattalarni hurmat qilishni, kichiklarga izzat ko'rsatishni bildik.

— Yigit, qizlar odobini o'rgandik.

— Ilm-hunar haqida saboq oldik.

— O'z salomatligimizni saqlashni o'rgandik.

— Milliy o'yinlarimiz haqida saboq oldik, o'yin odobini o'rgandik.

— Ona tabiatga muhabbat, uni asrashni o'rgandik.

— 9- may — Xotira va qadrlash kuni ekanligi, ziyorat odobini o'rgandik va h.k.

O'qituvchi: Bu yil 2- sinfda odob saboqlarini mana shu darsligimiz o'rgatadi (darslik ko'rsatilib, uning mualliflari haqida ma'lumot beriladi).

III. Yangi mavzu ustida ishlash.

1. Darslik bilan ishlash.

— Darslikning 3-, 4- sahifasida berilgan rasmlar asosida suhbat uyushtiriladi. O'quvchilar 1- topshiriqni shartiga binoan bajaradilar.

— Shu sahifadagi 2- topshiriq sharti bajariladi: Tursunboy Adashboyevning «Vatan — Ona» she'ri o'qilib, she'r mazmuni rasmlar bilan bog'lanadi.

— Tushuntirish matni o'qilib, uning mohiyati o'qituvchi tomonidan ochib beriladi.

(Musiqali dam olish daqiqasi).

— Islom Karimovning «Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch» asaridan olingan sitata mazmuni ustida ishlanib, ushbu asar ko'rsatiladi.

— 6- sahifadagi topshiriq o'quvchilar tomonidan bajariladi.

— «Jumboqni yeching» belgisi ostida berilgan boshqotirma yechiladi. Javob: Vatani borning davlati bor.

2. Muammoli savol bilan ishlash.

— Vatandan uzoqqa ketdingiz, deylik. O'zingizni qanday xis qilasiz? (Tez kunda Vatanimni sog'inib qolaman, degan javobga kela bilish lozim). Xulosa: Vatanning har bir qarich yeri inson uchun aziz!

IV. Umumlashtirish va xulosalash.

V. Baholash.

VI . Uyga vazifa:

Darslikning 3-6- sahifalaridagi saboqlarni o'rganish; "Ozod va obod Vatan" mavzusida ijodiy hikoya tuzish.


2- dars.

Mavzu: Ajdodlar merosi — faxr va iftixorimiz

Maqsad:

a) ta'Iimiy: o'quvchilarga mavzu yuzasidan bilim berish;

b) tarbiyaviy: o'quvchilarda ajdodlar merosiga muhabbat tuyg'ularini. tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarni ijodiy fikrlashga, o'rganganlaridan xulosa chiqara olishga o'rgatish.

Dars uslubi: muloqot, innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Dars jihozi: testli kartochkalar, tarqatma materiallar.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
saqlash vazirligi
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti