4- dars. Mavzu: Kitobim — oftobim
Maqsad:
a) talimiy: o'quvchilarda mavzuga oid bilim va ko'nikma hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o'quvchilarda kitobga muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash; kitob o'qish madaniyatini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda muammoli vaziyatlarda fikr bera olishni shakllantirish, mantiqiy fikrlashga o'rgatish,
Dars uslubi: innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
Dars jihozi: darslik, qo'shimcha adabiyotlar, testli kartochkalar, tarqatma materiallar.
Dars texnologiyasi
Dars elementlari
|
I
|
II-1
|
II-2
|
II-3
|
III-1
|
III-2
|
III-3
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
1
|
3
|
4
|
2
|
10
|
10
|
10
|
3
|
1
|
1
|
Texnologik xarita
Dars jarayonining borishi
|
Tashkiliy qism.
Uy vazifasini tekshirish, o'tilgan mavzu yuzasidan olingan bilimlarni aniqlash.
Yangi mavzu ustida ishlash.
Umumlashtirish va xulosalash.
Baholash.
Uyga vazifa berish.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: innovatsion texnologiyalar ("aqliy hujum"). Shakl: frontal, yakka. Yosita: so'z; Nazorat: yakka kuzatish, frontal. Baholash: javoblardan kelib chiqib.
|
Kutilayotgan natijalar
|
O'qituvchi: darsni maroqli o'tadi, sama- radorlikka erishadi, o'quvchilarda fanga qiziqish uyg'otadi.
|
O'quvchi: o'ylaganini ayta bilish malakasi ortadi; she'r, matnlarni ongli tahlil qilishga intiladi.
|
Kelgusi rejalar
|
O'qituvchi: yangi-yangi usullarni qo'llashga intiladi.
|
O'quvchi: ko'p kitoblar o'qishga intiladi, uy vazifasini bajaradi.
|
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish.
II. O'tilgan dars yuzasidan olingan o'quvchilar bilimlarini aniqlash:
1. Testli kartochkalar tarqatilib, javoblar olinadi.
2. Tarqatma materiallar bilan ishlanadi.
3. O'quvchilar tuzib kelgan jumboqlar bilan tanishib chiqib, mazmunli ishlar rag'batlantiriladi.
III. Yangi mavzu ustida ishlash.
1. "Aqliy hujum".
O'qituvchi: Siz kitob do'koniga kirdingiz, deylik. Maqsadingiz, o'qish uchun kitob tanlab olish. Do'kon xilma-xil kitoblarga juda boy. Unda "Badiiy adabiyotlar", "Tibbiyot", "Qishloq xo'jaligi", "Ovchilik", "Kasbga oid adabiyotlar" va h.k. bo'limlar bor. O'ylanib qoldingiz: Qanday kitob olsam ekan?
Savol: Siz qaysi bo'limga yaqinlashasiz, u bo'lim nima deb ataladi va qanday kitob harid qilasiz?
(Javob: "Bolalar adabiyoti" bo'limidan o'zimga yoqqan bolalar shoiri va yozuvchilarining kitoblaridan olaman).
Savol: Bolalar shoiri va yozuvchilaridan kimlarni bilasiz?
2. Darslik bilan ishlash.
— Darslikdagi rasm asosida kitoblarga bo'lgan ikki xil munosabat muhokama qilinadi.
— Darslikdagi matn mazmuni tushuntiriladi.
— "Kitob" (A. Turdiyev) she'rining mazmuni o'rganiladi. (Dam olish lahzasi).
— Topishmoq javobi topiladi: kitob. 3. Qo'shimcha adabiyot bilan ishlash.
O'qituvchi: Obid Rasulning quyidagi she'rini o'qib beradi, she'r o'quvchilar bilan muhokama qilinib, davr bilan bog'lanadi:
Kitob
Darslik kitob qo'lingda, Berilgandir u senga. Yirtma ko'zday asragin, Kerak ukang Erkinga.
Erkin ham but yuritsa, Muallim xursand bo'lar. Kitobga mehri ko'pni, Sinfdoshlar xush ko'rar.
Kitobing qo'ldan-qo'lga, O'tib borsa top-toza. Undan ko'plar shodlanib, Olishadi andoza.
Kitob — bilim manbayi, Bu barchaga ayon — haq. Kitob o'qib yashasang, Umring o'tar xushchaqchaq.
IV. Umumlashtirish va xulosalash.
V. Baholash.
VI. Uyga vazifa: "Kitobim — oftobim" mavzusida kichik matn tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |