Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


Afv etish asosida jazodan ozod qilish



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Afv etish asosida jazodan ozod qilish.
Afv etish asosida jazodan ozod 
qilish O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga 
binoan O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatiga kiradi.
Darhaqiqat, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi 
―O‗zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‗g‗risidagi 
nizomini tasdiqlash haqida‖gi PF-5439-sonli Farmoni qabul qilinganishi 
munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-martdagi 
―O‗zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‗g‗risidagi 
nizomni tasdiqlash haqida‖gi PF-4094-son Farmoni o‗z kuchini yo‗qotdi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi ―O‗zbekiston 
Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‗g‗risidagi nizomini tasdiqlash 
haqida‖gi PF-5439-sonli Farmoniga ilova qilingan ―O‗zbekiston Respublikasida 
afv etishni amalga oshirish tartibi to‗g‗risida‖gi Nizomiga asosan, ―Afv etish 
mahkumni jazodan to‗liq yoki qisman ozod etadigan yoki sud tomonidan 
tayinlangan jazoni boshqa yengilroq jazo bilan almashtiradigan yoxud 
sudlanganlikni olib tashlaydigan insonparvarlik akti hisoblanadi. Afv etish 
muayyan mahkumga nisbatan individual tartibda amalga oshiriladi hamda uni 
oqlaydigan va u tomonidan jinoyat sodir etganlik faktini bartaraf qiladigan holat 
hisoblanmaydi. Afv etish O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini qabul qilish orqali amalga 
oshiriladi‖. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti o‗z ixtiyoriga ko‗ra istalgan 
mahkumni yoki jazoni o‗tab bo‗lgan shaxsni afv etishi mumkin. Afv etish 
O‗zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan O‗zbekiston 
Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‗lmagan shaxslarga 
nisbatan qo‗llaniladi. Afv etish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: 
1)
asosiy va ijro etilmagan qo‗shimcha jazodan to‗liq yoki qisman 
ozod qilish; 
2)
jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish; 
3)
umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini yoki jazoning 
o‗talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish; 
4)
sudlanganlikni olib tashlash. 
Afv etish to‗g‗risidagi iltimosnoma mahkum yoki jazoni o‗tab bo‗lgan 
shaxs, shuningdek qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa shaxs (organ)lar 
tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yozma shaklda beriladi. 


213 
Afv etish to‗g‗risidagi iltimosnoma sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan keyin 
quyidagi muddatlarda berilishi mumkin: 
a) umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u 
tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda o‗tab bo‗lganidan keyin, agar 
jazoni o‗tash davrida mahkum qat'iy tuzalish yo‗liga o‗tgan, belgilangan tartibni 
buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va o‗qishga nisbatan vijdonan 
munosabatda bo‗layotgan, tarbiyaviy tadbirlar o‗tkazishda faol ishtirok etayotgan 
taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda o‗tab bo‗lganidan 
keyin; 
b) uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxs 
tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda o‗tab 
bo‗lganidan keyin, agar jazoni o‗tash davrida mahkum qat'iy tuzalish yo‗liga 
o‗tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va 
o‗qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‗layotgan, tarbiyaviy tadbirlar 
o‗tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning o‗n besh 
yilini haqiqatda o‗tab bo‗lganidan keyin; 
v) boshqa jazoga hukm etilgan shaxs tomonidan o‗talgan (ijro etilgan) jazo 
muddati (hajmi)dan qat‘iy nazar, ushbu bandning «g» kichik bandida ko‗rsatilgan 
shaxslar bundan mustasno; 
g) ilgari amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan, shartli 
hukm qilingan, muddatidan ilgari shartli ravishda, amnistiya akti va afv etish 
asosida jazodan ozod qilingan, shuningdek, o‗ziga nisbatan yengilroq jazo bilan 
almashtirish qo‗llanilgan hamda yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxs, xuddi 
shuningdek, o‗ta xavfli residivist tomonidan u tayinlangan jazo muddatining 
kamida uchdan bir qismini haqiqatda o‗tab bo‗lganidan keyin, ushbu bandning «a» 
va «b» kichik bandlarida ko‗rsatilgan shaxslar bundan mustasno. 
Afv etish to‗g‗risidagi iltimosnomani Komissiya tomonidan ko‗rib chiqish 
muddati iltimosnoma kelib tushgan kundan boshlab uch oydan oshmasligi lozim. 
Afv etish to‗g‗risidagi iltimosnomani ko‗rib chiqishda Komissiya tomonidan 
quyidagilar e‘tiborga olinadi: 
a) sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi; 
b) jazoni o‗tash yoki ijro etish vaqtida mahkumning xulq-atvori (tuzalishi); 
v) o‗talgan (ijro etilgan) jazo muddati (hajmi); 
g) mahkumga nisbatan muqaddam amnistiya akti, afv etish qo‗llanilganligi 
yoki jazodan muddatidan ilgari shartli ozod etilganligi, jazoning yengilroq jazo 
bilan almashtirilganligi; 
d) jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning qoplanganligi; 
e) mahkumning shaxsi, sog‗lig‗i holati, sudlanganligi, oilaviy ahvoli va 
yoshi; 
j) O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Davlat 
xavfsizlik xizmatining xulosalari; 
z) Komissiya iltimosnomani ko‗rib chiqish uchun muhim deb hisoblagan 
boshqa holatlar. 


214 
Afv etish to‗g‗risidagi iltimosnomani ko‗rib chiqishda qo‗shimcha 
tekshirilishi zarur bo‗lgan masalalar kelib chiqqan hollarda, Komissiya 
iltimosnomani ko‗rib chiqishdan olib tashlash, iltimosnoma ko‗rib chiqiladigan 
muddat davomida, jumladan joyiga chiqqan hamda manfaatdor organlar va 
tashkilotlar vakillarini jalb qilgan holda tegishli organlarga o‗rganish o‗tkazish 
haqida topshiriq berish yoki o‗rganishni mustaqil tashkil etishga haqli. O‗rganish 
yakuni bo‗yicha Komissiyaga o‗rganilgan masala yuzasidan xulosa kiritiladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining afv etish to‗g‗risidagi farmoni ijro 
qilish uchun: 
jarima jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan — O‗zbekiston 
Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga; 
muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish 
ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish, uzoq muddatga ozodlikdan 
mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga hukm 
qilingan shaxslarga, shuningdek, sudlanganligi olib tashlangan shaxslarga nisbatan 
— O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki sud tomonidan jazoni ijro 
etish zimmasiga yuklangan boshqa organga; 
xizmat bo‗yicha cheklash, intizomiy qismga jo‗natish tariqasidagi jazoga 
hukm qilingan shaxslarga nisbatan — O‗zbekiston Respublikasi Mudofaa 
vazirligiga yoki jazoni ijro etuvchi boshqa organlarga yuboriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining afv etish to‗g‗risidagi farmoni 
ma‘lumot uchun va ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun tegishli ravishda 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Bosh prokuraturasiga yuboriladi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish