222
sudlanganlik holati joriy qilinadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, hukm e‘lon
qilinganidan birinchi hukm bo‗yicha jazoni o‗tab bo‗lguncha (asosiy va
qo‗shimcha jazolarni) yangi jinoyat sodir etilsa, JKning 60-moddasi qoidalarini
qo‗llab
jazo tayinlansa, hukm e‘lon qilingan vaqt va JK 78-moddasida nazarda
tutilgan muddatlar qilmishni retsidiv jinoyat deb hisoblash muddatlari
hisoblanadi
29
.
JKning 34,77-moddalaridagi ―sudlangan‖ degan tushunchalar bilan bir xil.
Retsidiv jinoyatdagi ―sudlangan‖ degan tushunchada ham sud hukmi qonuniy
kuchga kirgandan so‗ng sodir etilgan jinoyatlar tushuniladi.
JKning 59-moddasida bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash
tartibi belgilangan bo‗lib, unga ko‗ra ulardan birortasi uchun ham sudlangan
bo‗lmasa, jinoyatlar majmui bo‗yicha jazo tayinlanadi.
Agar shaxs sud hukmi
qonuniy kuchga kirmay turib, ya‘ni sudlanmasdan
oldin jinoyat sodir qilsa, qilmish yoki takroran jinoyat sodir etish yoki jinoyatlar
jami deb topiladi
30
. Demak, sud hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar jinoyat
sodir etilsa, jinoyatlar jami yoki takroran jinoyat sodir
etish deb kvalifikatsiya
qilinishi, agar hukm qonuniy kuchga kirgandan so‗ng jinoyat sodir etilsa retsidiv
jinoyat deb kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Sudlanganlik holatining tugallanishi yoki sudlanganlikni olib tashlash
muddati asosiy va qo‗shimcha jazoning o‗talgan yoki ijro etilgan kundan boshlab
hisoblanadi.
JK 80-moddasi 2-qismida shaxs tayinlangan jazodan qonunda belgilangan
tartibda muddatdan ilgari ozod qilingan yoki jazo yengilrog‗i bilan almashtirilgan
bo‗lsa, sudlanganlik muddati muddatidan ilgari ozod qilingan yoki yengilrog‗i
bilan almashtirilgan jazoning amalda o‗tab bo‗lingan qismidan hisoblanishi
kerakligi ko‗rsatib o‗tilgan.
Jazodan shartli ozod qilingan shaxslarga nisbatan ham sudlanganlik holati
joriy etiladi. Intizomiy qismga jo‗natish jazosidan shartli ozod qilinganda,
sudlanganlik holati ozod qilingan paytdan boshlab tamom bo‗ladi,
axloq tuzatish
ishlariga hukm qilinganlar jazodan shartli ozod qilinganda esa bir yildan so‗ng
sudlanganlikning huquqiy oqibatlari tamom bo‗ladi. Ozodlikdan mahrum qilish
jazosida esa sudlanganlik jazoning amalda o‗talgan qismidan boshlab hisoblanadi.
JK 73-moddasidan jazoni o‗tashdan muddatidan avval shartli ozod qilish
faqat asosiy jazolarga nisbatan qo‗llanishi mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Jinoyat kodeksida qo‗shimcha jazodan ham muddatidan ilgari ozod qilish
mumkinligi haqida hech qanday fikr berilmagan. Bizning fikrimizcha, mahkum
asosoiy
jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadigan bo‗lsa,
unga nisbatan
qo‗shimcha jazodan ham ozod qilish masalasini ko‗rish lozim.
Agar sud qo‗shimcha jazoni o‗tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilmasa,
sudlanganlik muddatidan kelib chiqishi kerak
.
Jazo yengilrog‗i bilan
29
Усмоналиев М. Судланганлик: унинг ҳуқуқий оқибатлари ва либераллаштириш
муаммолари. –Т.: Янги аср авлоди, 2005. –Б. 14.
30
Назараченко Г.В. Русское уголовное право. Общая часть: Курс лекций. –М., 2000.
–С.218-219.
223
almashtirilganda, amalda o‗talgan muddat hukmga ko‗ra belgilangan va o‗talgan
jazo muddati va sud ajrimi bo‗yicha yengilroq almashtirilgan jazo muddatini
qo‗shish yo‗li bilan aniqlanadi.
Shu bilan birga, yengilroq jazo turi jazolarni
qo‗shib hisoblash qoidalariga muvofiq og‗irroq jazo turiga ko‗chirilishi kerak.
Agar ozodlikdan mahrum etish JKning 74-moddasidagi asos bo‗yicha axloq
tuzatish ishlari bilan almashtirilgan bo‗lsa, ozodlikdan mahrum qilishning amalda
o‗talgan muddati va axloq tuzatish ishlarining o‗talgan muddati qo‗shiladi.
JKning 80-moddasida sudlanganlik muddati muddatidan ilgari ozod qilingan
yoki yengilrog‗i bilan almashtirilgan jazoning amalda o‗tab bo‗lingan qismidan
hisoblanishi kerakligi aniq ko‗rsatib qo‗yilgan.
Jazoga mahkum etilgan shaxs jarima to‗lashdan (JK 44-moddasi) yoki axloq
tuzatish ishlaridan bo‗yin tovlaganda (JK 46-moddasi),
mazkur jazo turlari
qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‗ra boshqa jazolar bilan almashtirilishi
lozim. Ayni vaqtda sudlanganlikning tugallanishi yoki sudlanganlikni olib
tashlanishi uchun sud hukmi bilan belgilangan jazoni amalda o‗talganligi asos
bo‗ladi. Agar shaxs amalda ikki turdagi jazoni o‗tagan bo‗lsa, u holda
sudlanganlikning tugallanishi yoki olib tashlanishi uchun sud hukmi bilan
tayinlangan jazo hisobga olinadi. Masalan, shaxs axloq tuzatish ishlariga hukm
etilgan bo‗lib, keyinchalik jazo JK 46-moddasining 4-qismida
nazarda tutilgan
asoslarga ko‗ra ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirilgan bo‗lsa,
sudlanganlik muddatining tugallanishi yoki sudlanganlikni olib tashlash axloq
tuzatish ishlar shaklidagi jazodan kelib chiqib hisoblanadi va ozodlikdan mahrum
etishning amalda o‗talgan muddati axloq tuzatish ishlariga ko‗chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: