- FUQAROLIK PROTSESSIDA ISBOTLASH VA DALILLAR
- QONUNCHILIK
- 01.12.2020
- 1. Ayblanuvchi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda jinoyat sodir etganlikda aybdor ekanligi isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb topiladi.
- 2. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi aybsizligini isbotlashga majbur emas. Ayblanuvchini isbotlash va gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini himoya qilishda keltirilgan dalillarni rad etish vazifasi prokuratura zimmasiga yuklangan.
- 3. Ayblanuvchining aybiga nisbatan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bartaraf etilmaydigan barcha shubhalar ayblanuvchining foydasiga talqin qilinishi kerak.
- 4. Sudlanganlik taxminlarga asoslanishi mumkin emas.
- Fuqarolik protsessida isbotlash va dalillar tushunchasi. Isbotlash predmeti
- Fuqarolik protsessida ishtirok etuvchi taraflarning nizolarini to`g`ri hal qilish uchun sud ularning o`zaro huquqiy munosabatlari mazmunini belgilashi, da`vogarning talablari, javobgarning da`voga qarshi e`tirozlari asosli bo`lishligini tekshirishi, da`vogarning huquqi buzilgan-buzilmaganligini, da`vogarning buzilgan huquqini javobgar deb faraz qilingan shaxs tiklashga majbur bo`lish-bo`lmasligini aniqlashi lozim. Bu masalalarning hammasini nizoli huquqiy munosabatga oid bo`lgan faktik holatlar belgilangandan so`nggina hal qilish mumkin bo`ladi.
- Nizosiz fuqarolik ishlarida, chunonchi, alohida tartibda ko`riladigan ishlarda muayyan yuridik faktlar belgilanadi. Buning uchun muddaosini arz qiluvchi shaxs muayyan faktik holatni, masalan, meros olish yoki pensiya olish uchun biron-bir shaxsning qaramog`ida bo`lganligini belgilash uchun asos borligini isbotlashi lozim bo`ladi.
- Binobarin, isbotlash deb fuqarolik protsessi subyektlari bo`lgan taraflar, sud, prokuror va boshqa shaxslarning fuqarolik ishini hal qilish uchun zarur bo`lgan faktlarning mavjud bo`lish-bo`lmasligini aniqlashga qaratilgan faoliyatlariga aytiladi. Isbotlash taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning sudga dalillar keltirishidan, bayonotlar berishlaridan, qarshi tomonning tushuntirishlaridan va keltirilgan dalillarga qarshi e`tiroz bildirishdan, dalillarni tahlil qilishdan, nizoli faktlar to`g`risidagi dalillardan xulosalar chiqarishdan iborat bo`ladi.
- SUDLAR TOMONIDAN FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA DALILLAR VA ISBOTLASHGA OID QONUN NORMALARINI QO‘LLASH AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA
- Yangi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) amalga kiritilishi munosabati bilan, shuningdek fuqarolik ishlari bo‘yicha dalillarga oid qonun normalari sudlar tomonidan to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
- 1. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 71-moddasiga ko‘ra, fuqarolik ishi bo‘yicha dalillar deganda, taraflar o‘z talablari va e’tirozlarini asoslayotgan holatlar, shuningdek ishning to‘g‘ri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa har qanday holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini sud qonunda belgilangan tartibda aniqlashi uchun asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumotlar tushuniladi. Bu ma’lumotlar quyidagilardan olinishi mumkin:
- taraflar va uchinchi shaxslar tushuntirishlaridan;
- guvohlar ko‘rsatuvlaridan;
- yozma va ashyoviy dalillardan;
- audio- va videoyozuvlardan;
- ekspertlar xulosalaridan;
- mutaxassislar maslahatlari (tushuntirishlari)dan.
- Dalillarning daxldorligi to`g`risidagi qoida bilan FPKning 71, 72, 75, 79 va 81-moddalarida belgilangan normalar bog`liqdir. Bu qonunlarda guvohlarning chaqirilishini, yozma yoki ashyoviy dalillar keltirilishini yoki ularning talab qilib olishini iltimos qiluvchi shaxs qanday holatlar guvohlarning guvohliklari bilan tasdiqlanishi yoki yozma yoxud ashyoviy dalillar bilan aniqlanishi mumkinligini ko`rsatishga majbur ekanligi aytilgan.Dalillarning ishga daxldor bo`lish-bo`lmasligi prinsipini qo`llashda sudyalar o`zlarining ichki tushunchalariga asoslanib ish ko`radilar. Fuqarolik ishini sudda ko`rishga tayyorlash vaqtida taraflar tomonidan ko`rsatilgan yoki prokuror taklif qilgan guvohlardan kimlarni sud majlisiga chaqirish, yozma va ashyoviy dalillardan qaysi birini qabul qilishlik masalasini yakka o`zi hal qiladi. Ammo bu to`g`ridagi takliflar sud majlisida qilinsa, qonunda ko`rsatilgan holda masalani qollegial tartibda hal qilinadi va bu to`g`rida ajrim chiqariladi. Sudning dalillar qabul qilishni yoki talab qilishni rad etish to`g`risidagi ajrimi asoslantirilgan bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |