17.5. Shartli hukm qilish
JKning 72-moddasida keltirilgan shartli hukm qilish aybdorni jazodan ozod
qilishning alohida shakli bo‗lib, u o‗zida insonparvarlik, jazoni individuallashtirish
va uning muqarrarligi tamoyillarini ifoda etadi. Shartli hukm qilish qonun bilan
belgilangan shartlar mavjud bo‗lganda ma‘lum sinov muddati belgilangan holda
shaxsni sud tomonidan belgilagan jazoni amalda o‗tashdan ozod qilishdan iborat,
ushbu muddat davomida mahkum ustidan sud tomonidan qabul qilingan qarorning
to‗g‗riligini tekshirish va shaxsga ko‗rsatilgan ishonchni oqlaganligini tekshirish
maqsadida amalga oshiriladi.
JKning 72-moddasi 1-qismiga asosan agar sud ozodlikdan mahrum qilish,
intizomiy qismga jo‗natish, xizmat bo‗yicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari
jazolarini tayinlash vaqtida sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik
darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa holatlarni e‘tiborga olib, aybdor
tayinlangan jazoni o‗tamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali
tuzatish mumkin, degan qat‘iy fikrga kelsa, shartli hukm qo‗llashi mumkin.
Bunday holda sud, basharti, belgilangan sinov muddati davomida jazoning
shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa, tayinlangan jazoni ijro etmaslik
to‗g‗risida qaror chiqaradi. Shartli hukm qilishning mohiyati shundan iboratki, sud
198
ayblov hukmini chiqara turib, mahkum shaxsga muayyan jazo turini tayinlaydi va
uning miqdorini belgilaydi, lekin tayinlangan jazoni shartli deb hisoblashga qaror
qiladi, ya‘ni mahkum shaxsning muayyan talablarni bajarishi sharti bilan jazoni
ijro etmasligni qaror qiladi demak, shartli hukm qilishning yuridik mohiyati
mahkum shaxsni unga tayinlangan jazoni amalda o‗tashdan shartli ozod qilishdan
iborat. Shartli hukm qilish jinoyat qonuni bilan belgilangan jazo maqsadlariga
amaldagi jazoni qo‗llash orqali emas, balki mahkumga ijtmoiy ta‘sir bilan birga
keluvchi ma'lum majburiy ta‘sir choralarini qo‗llash vositasida erishilishini
ta‘minlaydi (sinov muddati davomida mahkum ustidan nazoratni amalga oshirish;
unga sudning ixtiyoriga ko‗ra turli majburiyatlarni yuklash). Shartli hukm qilishda
shartsiz hukm chiqariladi, u belgilangan tartibda qonuniy kuchga kiradi. Ushbu
hukm ustidan shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin. JPKning 484, 492
va 513-moddalarining mazmuniga ko‗ra, ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat
tartibida ko‗rib chiqish natijasida sud ushbu shartli hukm qilish yuzasidan hukmni
o‗zgartirishsiz qoldirish, uni bekor qilib, ishni qaytadan sudda ko‗rishga
yo‗naltirish, sud hukmini bekor qilish va ishni tugatishi yoki shartli hukm qilish
o‗rniga jazoning ijro etilishini belgilashga haqlidir. Shunday qilib bunday sud
hukmini chiqarishda faqat jazo shartli bo‗lib qoladi. Shuni ta‘kidalash lozimki,
ko‗p holatlarda sud shartli hukm chiqarganda, uning muddatini katta belgilamaydi
(5 yilgacha). Ahloq tuzatish ishlarini belgilashda esa, xizmat bo‗yicha cheklash,
intizomiy qismga jo‗natish yoki ozodlikdan mahrum qilishning muddatlarini
5 yildan ko‗p muddatga belgilanadi. JK-72-moddasi kamdan-kam qo‗llaniladi,
chunki qo‗llanishning mazmuni va asosi mavjud. Tayinlangan jazoning faqat tula
muddatiga nisbatangina shartli hukm qo‗llanilishi mumkin. Masalan, agar
sudlanuvchi biron-bir sodir etilgan jinoyat uchun besh yil muddatga ozodlikdan
mahkum qilish jazosiga hukm qilingan bo‗lsa, uni nisbatan 2 yil real ozodlikdan
mahrum qilishga hukm qilib bo‗lmaydi. Aybdorning hech bo‗lmaganda jazoning
bir qismini real o‗tashi zaruriyat sezilmasa, bu sudning mahkumga nisbatan
ishonchi yo‗qligidan dalolat beradi, bundan esa unga nisbatan shartli hukmni
qo‗llash imkoni yo‗qligi kelib chiqadi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi ―Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash
amaliyoti to‗g‗risida‖gi 1-sonli Qarorining 31-bandiga asosan, ―Agar sud bir yoki
bir necha jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan shartli hukm qo‗llash lozimligi
haqida xulosaga kelsa, bunday qaror har bir jinoyat uchun alohida emas, balki
jinoyatlar majmui bo‗yicha uzil-kesil jazo tayinlash paytida qabul qilinadi.Shartli
hukm faqat JK 72-moddasining birinchi qismida ko‗rsatilgan bir yoki bir necha
jazo turi tayinlangan shaxslarga nisbatan qo‗llanilishi mumkin. Agar tayinlangan
jazo turidan biri qonunning ushbu normasida ko‗rsatilmagan bo‗lsa, sud JK
72-moddasi birinchi qismida qayd etilgan jinoyatlarga nisbatan shartli hukm
qo‗llab, boshqa turdagi jazoni (masalan, muayyan huquqdan mahrum qilish,
jarima) real ijro etish to‗g‗risida qaror qiladi‖.
Demak, shartli hukm qilish jinoyatlar jamida ham alohida ahamiyat kasb
etadi. Bunday hollarda shartli hukm majmuiga kiruvchi jinoyatlardan biriga emas,
―balki aybdor shaxsi va qilmishining butun majmuini inobatga olib qo‗llaniladi‖.
199
Bir necha jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan shartli hukm qo‗llashni sud
lozim topgan hollarda, har bir jinoyat uchun alohida jazoni aniqlab jinoyatlar jami
bo‗yicha jazoni shartli tayinlash zarur. Shartli hukm qilishda sud sodir etilgan
jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini va xususiyatini, aybdorning shaxsini,
javobgarlikni og‗irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olishi
lozim.
Shartli hukm qilishning asosiy jihatlaridan biri shundan iboratki, sud
tomonidan ikki muddat tayinlanadi: jazo muddati (ozodlikdan mahrum qilish,
axloq tuzatish ishlari va boshqalar.) va sinov muddati. Jazo muddati doimiy
o‗lchov, chunki (ozodlikdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va boshqa
turdagi) jazo amalda ijro qilinmaydi va to‗la hajmda uni ijro etish xavf butun sinov
muddati davomida doimo mahbusga bosim o‗tkazadi.
Sinov muddati vaqt mobaynida shartli hukm qilingan shaxs o‗z xulqi bilan
o‗zgarganligini isbotlashi zarur bo‗lgan muayyan davrdir. Sinov muddati
davomiyligiga shartli hukmni kuzatib boruvchi majburlov hajmi ham bog‗liq
(muayyan majburiyatlar, sudlanganlik holati, huquqbuzarlik sodir etilganda shartli
hukm real jazoga almashtirilishi mumkin va shartli hukm muddati davrida sodir
etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlashda Jinoyat kodeksining 60-moddasiga asosan
shartli tayinlangan jazo qisman yoki to‗la qo‗shish yo‗li bilan sud tomonidan
amalga oshiriladi).
JKning 72-moddasi 2-qismiga muvofiq, sinov muddatining davomiyligi bir
yildan uch yilga tengdir va hukmni e‘lon qilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar
shartli hukm yuqorida turuvchi sud tomonidan qabul qilingan bulsa, shu kundan
boshlab sinov muddati hisoblanishni boshlaydi. Sinov muddatini eng kam
miqdorini kamaytirish yoki ko‗p miqdorini uzaytirish mumkin. Qonun sinov
muddatini davomiyligini tayinlangan jazoning muddati bilan bog‗lamaydi. Bu
masala har safar sodir etilgan jinoyat va sudlanuvchining shaxsidan kelib chiqqan
holda sud tomonidan hal qilinadi.
Agar shartli hukm apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instantsiyasi sudi
tomonidan qo‗llanilgan bo‗lsa, bunday holda ham sinov muddati hukm e‘lon
qilingan kundan boshlab hisoblanadi (JK 72-moddasi ikkinchi qismi).
Shartli hukm qilishda belgilangan sinov muddatini qisqartirish masalasi JPK
541-moddasining uchinchi qismiga muvofiq mahkumning yashash joyidagi jinoyat
ishlari bo‗yicha tuman (shahar) sudi sudyasi tomonidan hal qilinadi. Bu asosan
shartli ravishda hukm qilingan voyaga yetmaganlarga, yoshlarga, tashqi ta‘sirga tez
beriladigan jamoaning va mehnat jamosining tarbiyasiga tashqi ta‘sir etadigan
shaxslarga, ayniqsa, zarurdir. Shartli hukm qilingan shaxsni jamoat tashkilotiga
yoki mehnat jamoasiga topshirish faqatgina mahkum o‗zining namunali xulqi
bilan, shuningdek, sidqidildan mehnat qilib to‗g‗ri yo‗lga tuzalishiga va‘da bergan
holdagina yo‗l qo‗yiladi.
Shartli hukm qilish aybdorga bildirilgan ishonch ekanligi sababli, sinov
muddati hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi, ya‘ni jinoyat-protsessual
qonun hujjatlaridan kelib chiqilsa, hukm o‗qib eshittirilgan paytdan boshlab
(JPKning 454, 473-moddalari) aybdor shaxs muayyan talablarni bajarishga majbur.
200
Shartli hukm qilishni hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab emas, balki
hukm o‗qib eshittirilgan vaqtdan boshlab qo‗llash shaxsning muayyan sifatlari va
xulqi tufayli jazoni o‗tashdan ozod etilganligi to‗g‗risida dalolat beradi. Bu holat
bilan ham boshqa holatni ya‘ni yuqori sud noto‗g‗ri kvalifikatsiya va
sudlanuvchini yomon ahvolini kuzatib shartli hukm chiqarish aniqlanadi.
Sud shartli hukm qilish bilan birga aybdorga bir qator majburiyatlarni
yuklaydi. Bular: ―Ma‘lum bir vaqtda sudlanuvchini yetkazilgan zararni bartaraf
etishga majburlov, ishga yoki o‗qishga kirish, yashash joyi yoki o‗qishini
o‗zgartirsa, bu haqdi shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib
boruvchi organga xabar berib turishi, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlar
ro‗yxatidan o‗tib turishi; ayrim joylarga bormaslik, ma‘lum bir vaqt davomida
yashash joyda muayyan istiqomat qilish, giyohvandlik, alkogolizm yoki tanosil
kasalligidan davolanish kursini o‗tashi kabilardan iboratdir‖ (JK ning 72-moddasi,
3-qismi).
Mazkur shartlarning har biri sodir etilgan jinoyatdan, tayinlangan jazodan kelib
chiqqan holda mahkum zimmasiga yuklatiladi. Bunday hollarda zararni qoplash
o‗g‗irlangan, yo‗q qilingan narsaning o‗rnini qoplashda, davolanishga sarf
qilinadigan moddiy xarajatlarni qoplashda, ma'naviy zararni qoplashda kechirim
so‗rashda namoyon bo‗lishi mumkin. Ishga yoki o‗qishga kirish majburiyati shaxs
ishlamagan yoki ma‘lumot olmagan hollarda yuzaga keladi. Ishlash yoki o‗qish
majburiyat emas, balki har bir shaxsning shaxsiy huquqidir (umumiy o‗rta
ma‘lumot bundan mustasno) va uni foydali mehnatga jalb qilish aybdorni
ijtimoiylashganligi to‗g‗risida dalolat beradi, o‗qishga kirishi esa, mahkumni
muayyan kasbni egallamoqchi ekanligini tasdiqlaydi va bu shubhasiz, uni turli xil
nojo‗ya xatti-harakatlarni sodir qilishdan tiyib turadi. Shuni inobatta olish lozimki,
ushbu majburiyatlar har doim ham mahkumning imkoniyatidan kelib chiqmaydi,
chunki ishga joylashish mehnat bozoridagi talab va taklifga bog‗liqdir. Shuning
uchun davlat tomonidan mahkumlarni va jazoni o‗tab chiqqan shaxslarni ishga
joylashtirish masalasiga imkon boricha ustuvor daraja sifatida qaraladi
(O‗zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 58-moddasi). Ma‘lumot olishga
kelsak, bu ma‘noda ham mahkum foydalangan imkoniyatlarga e‘tibor qaratish
lozim. Bunday hollarda ishga joylashmaganligi va o‗qishga kirmaganligi sinov
muddati mobaynida belgilangan baholashga, shuningdek, shartli hukmni bekor
qilishga asos bo‗lmaydi. Shartli hukm qilinganlar muayyan vaqt davomida shartli
sudlanganlar ustidan nazorat qiluvchi organlariga (O‗zbekiston Respublikasi
IIBning maxsuslashtirilgan organlari) kelishi va yashash joyi, o‗qishi yoki ishi
o‗zgarganligi to‗g‗risida ma‘lumot yetkazishlari shart. Bu majburiyat shartli
majburiyatlar bajarilmagan, deb sudlanganlarning JKning 72-moddasi 1-qismida
ko‗rsatilgan jazolarni har biriga teng ravishda qo‗llaniladi, chunki shartli
sudlanganlarni ustidan nazorat jazoni o‗tashdan ozod qilish asosi turini
qo‗llashsharti xisoblanadi.Qonun chiqaruvchi va sud fikriga ko‗ra, mahkumlarning
xulqini tuzatishga to‗sqinlik qilayotgan va uning xulqiga salbiy ta`sir
ko‗rsatayotgan va sud tomonidan belgilangan muayyan joylarga bormaslik
majburiyati (masalan restoran, bar, kazino, bozor va boshqalar). Mazkur
201
majburiyat asosan voyaga yetmaganlarga qo‗llaniladi, chunki ular tashqi salbiy
ta'sirlarga tez beriladigan bo‗ladilar.Muayyan vaqtda yashash joyida bo‗lish
majburiyati qisman cheklanish hisoblanib va shartli ravishda hukm qilingan
shaxsdan turar joyida muayyan vaqtda bo‗lishini talab qiladi. Mazkur majburiyat
ham asosan voyaga yetmaganlarga qo‗llaniladi, chunki ular bezorlikka va boshqa
ijtimoiy xavfli harakatlarni sodir qilishga moyil bo‗lishadi. Giyohvandlik,
zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kurslarni o‗tash majburiyati
tibbiy yo‗sindagi majburlov choralarini statsionar tartibda qo‗llash maqsadga
muvofiq bo‗lmagan yoki bunga imkoniyat bo‗lmagan sharoitlarda qo‗llaniladi.
Qonunda to‗g‗ridan-to‗g‗ri ko‗rsatilgan majburiyatlardan tashqari sud
mahkumning tuzalishiga ijobiy ta‘sir qiladigan boshqa bir qator majburiyatlarni
ham yuklashi mumkin. Sud shartli hukm qilish to‗g‗risida hukm chiqarayotganida
JKning 72-moddasi beshinchi qismda belgilangan tartibda mahkumning oila
a‘zolariga moddiy yordam ko‗rsatish va boshqa majburiyatlarni yuklashi mumkin.
Ko‗rsatilgan majburiyatlar jami holda yoki alohida-alohida yuklanishi mumkin.
JKning 72-moddasi 4-qismiga ko‗ra, shartli hukm qilinganlar ustidan nazoratni
ichki ishlar organlari va harbiy xizmatchilar ustidan harbiy qism yoki muassasa
qo‗mondonligi amalga oshiradi. Ushbu organlar sifatida shartli hukm qilinganlar
ustidan nazoratni ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilar ustidan harbiy qism
yoki muassasa qo‗mondonligi amalga oshiradi. Voyaga yetmaganlar ustidan esa
nazoratni hokimiyatlar huzurida tashkil etilgan voyaga yetmaganlar ishlari
bo‗yicha komissiya amalga oshiradi. Mahkumlar xulqi ustidan olib boriladigan
mazkur nazoratning maqsadi qonun tomonidan o‗rnatilgan majburiyatning
bajarilishini ta‘minlash va ular tomonidan huquqbuzarlik sodir etilishining oldini
olishdan iboratdir. JKning 72-moddasi 5-qismiga ko‗ra ―hukm qilingan shaxsning
xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organning taqdimi bilan sud sinov muddati
davomida unga yuklatilgan majburiyatlarning hammasini yoki bir qismini olib
tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi mumkin‖. Agar
bunday holatda sudlanuvchi mazkur qarorlarga sudning sinov muddat mobaynida
mahkum o‗zini ijobiy tomondan ko‗rsatganligi haqida tavsiflanishi bois nazorat
yuklangan organning belgilangan majburiyatni to‗liq yoki qisman bekor qilish
to‗g‗risidagi taqdimnomasi yoki aksincha, mazmundagi xulosasi asos bo‗lishi
mumkin. Bu holatada sudga sudlanganning ishonchni oqlayotganligi tufayli uni
ustidan qattiq nazoratni shart emasligi ko‗rsatiladi. Shu sabablar va asoslar
bo‗yicha sud shartli hukmda sinov muddatini qisqartirish masalasini ham ko‗rishi
mumkin. JPKning 541- moddasi 3-qismiga ko‗ra bu masala tuman (shahar) sudlari
tomonidan ko‗riladi: ―Ozodlikdan mahrum etishga shartli ravishda hukm
qilinganda sinov muddatini qisqartirish yoki shartli hukmni bekor qilib, mahkumni
hukmda belgilangan jazoni o‗tash uchun jo‗natish haqidagi, hukmning ijro etilishi
kechiktirilgan mahkumni jazodan ozod etish, shuningdek hukmning ijrosini
kechiktirishni bekor qilish va mahkumni ozodlikdan mahrum etishni o‗tash uchun
yuborish to‗g‗risidagi, sudlanganlikni olib tashlash haqidagi masalalar shu
mahkumning istiqomat joyidagi jinoyat ishlari bo‗yicha tuman (shahar) sudi
sud‘yasi tomonidan hal qilinadi.
202
JKning 72-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, agar shartli hukm
qilingan shaxs sinov muddati davomida sud tomonidan unga yuklatilgan
majburiyatlarini bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi
uchun unga ma'muriy yoki intizomiy ta‘sir chorasi qo‗llanilgan bo‗lsa, sud bunday
shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan
jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda belgilangan jazoni ijro etish to‗g‗risida
qaror qabul qilishga haqli. Shu bilan birga, sodir etilgan huquqbuzarlikning
hususiyati va muayyan holatlarini, mahkumning shaxsi va sinov muddati
davomidagi xulq-atvoriga doir ma‘lumotlarni hisobga olib, sud shartli hukmni
aslicha qoldirish to‗g‗risida qaror qabul qilishi mumkin .
Mazkur norma quyidagi asoslar mavjud bo‗lganda hukm bilan belgilangan
real jazoni bajarish bilan shartli hukmni bekor qilishni nazarda tutadi:
- sud tomonidan belgilangan majburiyatlarni shartli hukm qilingan shaxs
bajarishdan bo‗yin tovlashi;
- jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga ma‘muriy
yoki intizomiy ta‘sir chorasi qo‗llanganligi.
Majburiyatlarni bajarishdan bo‗yin tovlash deganda, sud tomonidan shartli
hukm qilingan shaxsning belgilangan majburiyatlarni uzoq vaqt mobaynida
bajarmaslik tushuniladi. Bunday hollarda sud tomonidan shartli hukm etilgan
shaxsning haqiqatan ham majburiyatlarni bajarmaganligini va nima sababdan
bajarmaganligi aniqlanishi lozim. Masalan, agar shaxsga qonunda ko‗rsatilmagan
majburiyatlar yuklatilgani aniqlansa yoki bu majburiyatlar (talablar) unga bog‗liq
bo‗lmagan vaziyatlar tufayli, ya‘ni uzrli sabablarga ko‗ra bajarilmaganda, sud
shartli hukmni bekor qilish va haqiqiy jazoni o‗tishni qo‗llashdan voz kechadi.
Shartlilikning bekor qilinish va jazoni amalda o‗tashning belgilanishiga ikkinchi
asos bo‗lib jamoat tartibi yoki mehnat intizomining buzilishi hisoblanadi. Har
qanday huquqbuzarlik javobgarlikni keltirib chiqaradi. Jumladan, jamoat tartibini
buzgan shartli hukm qilingan shaxs ma‘muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Shartli hukmni bekor bo‗lishiga asos bo‗lgan boshqa huquqbuzarlik sifatida
mehnat intizomini buzish ham qaralishi mumkin. Mehnat intizomi mehnat
qonunchiligi hamda tashkilot va muassasalarning mehnat to‗g‗risidagi ichki
me‘yoriy aktlari bilan belgilanadi.
Ro‗yxatga olingan yoki avvalgi ish joyini qoldirgan kundan boshlab 15 kun
ichida uzrsiz sabablarga ko‗ra ishga kirmaslik;
yangi yashash joyiga ko‗chib kelgandan so‗ng 15 kun ichida uzrsiz
sabablarga ko‗ra axloq tuzatish ishlari jazosini nazorat qiluvchi organlarga
uchramaslik;
tayinlangan jazo muddati davomida muttasil tarzda uzrsiz sabab bilan ishga
chiqmaslik (progul) yoki ish joyida mast holda bo‗lish — mehnat intizomini
buzish hisoblanadi.
Sud shartli hukmni bekor qilish to‗g‗risida taqdimnomani ko‗rib
chiqayotganida mahkumning sinov muddati mobaynida unga nisbatan jazo
tayinlangan-tayinlanmaganligi, belgilangan biron-bir shartlari bajarmaganligini
aniqlashi lozim. Bunday holatda sud mahkumga nisbatan ma'muriy jazo qo‗llanish
203
qonuniyligini hamda intizomiy javobgarlikka tortish to‗g‗risidagi qarorning
asosliligini aniqlaydi.
Mahkum zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan bo‗yin tovlagan
yoki ma‘muriy yoxud intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda mahkum xulq-
atvori ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ jinoyat huquqiy ta‘sir chorasini
bekor qilishi hamda hukmda tayinlangan jazo chorasini ijro etish to‗g‗risida
taqdimnomani kiritishi mumkin. Sud ushbu taqdimnomaga asosan, shartli jazoni
bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish to‗g‗risida ajrim chiqarishi
mumkin. Agar sud nazorat qiluvchi organning kiritgan taqdimnomasini
ko‗rayotganda shartli hukm qilingan shaxsning xulqida sinov shartlarini buzganlik
alomatlarini ko‗rmasa (topmasa), hukm ijro etilmaydi.
Biron-bir jinoyatni sodir etilishi shartli hukmni bekor qilishga asos bo‗ladi,
holbuki, ushbu holat sharhlanayotgan moddada ko‗rsatilmagan bo‗lsa ham. Ushbu
xulosa sinov muddati mobaynida yangi jinoyatni sodir etgan shaxsni shartli hukm
qilishning imkoni yo‗qligiga asoslanadi. Bunday holat shartli sudlangan shaxsni
o‗zgarayotganligiga dalil bo‗la olmaydi. Yangi jinoyatning sodir etilishi shaxsning
g‗ayrihuquqiy xulq-atvoridan darak berib va shartli sudlanishga nisbatan qattiqroq
jazo choralarini ko‗rishini talab qiladi. Shuning uchun qonun chiqaruvchi JKning
72-moddasida yangi jinoyatni sodir etish shartli sudlanishni bekor qilish asosi
hisoblanishini ko‗rsatmagan, chunki shartli sudlanishni bekor qilish asosi sifatidagi
huquqbuzarlikning mavjudligi jinoyat sodir etishda shartli sudlanishni so‗zsiz
bekor qilishiga guvohlik beradi.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil, 3-fevraldagi
―Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‗g‗risida‖gi 1-sonli
Qarorining 36
1
-bandiga asosan, shartli hukm yuridik tabiatiga ko‗ra, jinoiy jazodan
ozod qilinishining bir turi hisoblanganligi sababli sudlar JKning 72-moddasida
shartli hukmni bekor qilish uchun asos bo‗ladigan holatlar doirasi qat‘iy
belgilanganligini nazarda tutishlari lozim. Shu bilan birga, shartli hukm qilingan
shaxsning shu ish bo‗yicha hukm chiqarilgunga qadar sodir etilgan boshqa
jinoyatda ham aybdorligi aniqlangan hollarda, birinchi hukm bo‗yicha jazo
tayinlashda aybdorning shaxsiga doir barcha holatlar sudga ma‘lum bo‗lmaganligi
sababli uning xulqini nazorat qilish sharoitida jazoni o‗tamasdan turib ham tuzatish
mumkinligi haqida barvaqt xulosaga kelganligidan kelib chiqish lozim. Shularni
e‘tiborga olib, sud birinchi hukm bo‗yicha shartli sudlanganlikni bekor qilib, JK
59-moddasining 8-qismi tartibida uzil-kesil jazo tayinlaydi. Sudlar shuni ham
nazarda tutishlari lozimki, birinchi hukm bo‗yicha shartli sudlanganlik bekor
qilinganida, JKning 72-moddasida ko‗rsatilgan asoslarga ko‗ra, sud JK
59-moddasining 8-qismi tartibida uzil-kesil tayinlangan jazoni yana shartli deb
topish masalasini muhokama qilishi mumkin. Bir necha jinoyat sodir etganlik
uchun JKning 59-moddasining 8-qismi tartibida uzil-kesil jazo tayinlanganligi
shaxsning bitta sudlanganligini nazarda tutadi, shartli deb esa JKning
72-moddasiga asosan faqat uzil-kesil tayinlangan jazo topilishi mumkin. Shunga
ko‗ra, bunday hollarda dastlabki sud hukmlari qonuniy kuchga kirganidan so‗ng
bir yildan ko‗p bo‗lgan muddat o‗tgan holatlarda ham sud JKning 72-moddasiga
204
asosan shartli jazo asosli tayinlanganligini muhokama qilishi mumkin. JKning
72-moddasi yettinchi qismida shartli hukm o‗ta og‗ir jinoyati uchun hukm
qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan
mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‗llanilmaydi.
Belgilangan chegaralanishlar quyidagi holatlarga tegishli emas:
–
o‗n sakkiz yoshga to‗lmagan shaxslarga nisbatan;
–
birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga;
–
ayollarga;
–
60 yoshdan oshgan erkaklarga.
Shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir
etsa, sud unga nisbatan Jinoyat kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar
bo‗yicha jazo tayinlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |