XVII BOB. JAZODAN OZOD QILISH TUSHUNCHASI VA TURLARI
Mazkur mavzuning yuridik texnikum o'quvchilar tomonidan o„rganilishi
jazodan ozod qilish tushunchasi va turlari, jinoyat-huquqiy tavsifi, jazodan ozod
qilishning javobgarlikdan ozod qilishdan farqi, uning huquqiy belgilari va
turlarini yuridik tahlil qilish imkonini beradi.
17.1. Jazodan ozod qilish tushunchasi va turlari
Ma‘lumki, sud tomonidan tayinlangan jazoning muayyan qismi o‗talganidan
keyin, shaxsning jamiyat uchun ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‗qotganligi
munosabati bilan jazoning maqsadiga ertaroq erishilganligi tufayli jazoni o‗tashni
davom ettirishi maqsadga muvofiq bo‗lmay qoladi. Jinoyat kodeksida jazodan
ozod qilishning har xil turlari nazarda tutilganligi asosli va jinoyat qonunining
insonparvarlik prinsipiga (7-modda) to‗la muvofiq keladi.
Jinoyat qonuni sudlangan shaxsning sud tomonidan belgilangan jazoni
o‗tashdan to‗liq yoki qisman ozod etgan holda jinoiy javobgarlikni amalga
oshirishni ko‗zda tutadi. Jazodan ozod qilish uni ijro etishning mumkin bo‗lmasligi
(masalan, sudlangan shaxsning kasalligi, uning mehnatga layoqatidan mahrum
bo‗lishi, jazoni ijro etish muddatining o‗tib ketishi) yoki maqsadga muvofiq
emasligi (masalan, sudlangan shaxsning chin ko‗ngildan pushaymon bo‗lishi) bilan
belgilab beriladi.
Qonun sudga, agar shaxs ijtimoiy xavfli bo‗lmay qolgan bo‗lsa yoki kam
ahamiyatli ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan bo‗lsa, shaxsga nisbatan jazoni
qo‗llamaslik yoki uni jazo o‗tashdan ozod qilish va keyinchalik boshqa huquqiy
ta‘sir choralarini qo‗llashga imkon beradi, va bunday holda ushbu shaxsning jinoiy
javobgarligi to‗liq emas, qisman amalga oshiriladi, lekin bu jinoyatchilik bilan
jinoyat-huquqiy kurashni ta‘minlash uchun yetarli bo‗ladi. Jumladan, hukm
chiqarish paytiga kelib, ya‘ni shaxsni mahkum etish bosqichida, yoki mahkumning
tayinlangan jazoning bir qismini o‗tab bo‗lganida aybdor shaxs o‗zining mehnatga,
o‗qishga bo‗lgan vijdonan munosabati, ijobiy tomonga o‗zgargan ma‘naviy
shaxsiy yo‗nalishlari bilan o‗zining tuzalganligini va qonunga bo‗ysunuvchan
fuqaroning halol hayoti bilan yashashga ichidan tayyorligini isbotlagani va
ko`rsatgani tufayli jazoning maqsadlariga amalda erishilganligi ochiq-oydin bo‗lib
qolishi mumkin. Bunday holatlar bo‗lganda jazoni tayinlash yoki keyingi o‗tash
davlatning qonunni buzgan shaxsni jamiyatga uning foydali azosi sifatida qaytarib
berishga qaratilgan urinishlarini yo‗qqa chiqarishi mumkin. Natijada jazo
maqsadiga erishilmaydi, shaxs esa jazoni o‘taganidan keyin uning sudlanishidan
ilgari holatiga qaraganda jamiyat uchun ko`proq xavf solishi mumkin. Va nihoyat,
yo sudlangan shaxs hatto tuzalmagan holda ham, og‗ir kasalligi tufayli jazoni o‗tay
olmaydigan holatlar ham uchraydi. Bunday shaxsga nisbatan jazo vazifalarini
amalga oshirish o‗z ma'nosini yo‗qotishi mumkinligi tushunarli.
188
Jazodan ozod qilish – bu davlatning sudlangan shaxsga nisbatan jinoyat
qonunida ko‗zda tutilgan asoslar va shartlar mavjud bo‗lgan holda jazoni
tayinlashdan yoki jazoni ijro etishdan voz kechishidir
25
. Ya‘ni jinoyat sodir etishda
ayblanib, sud tomonidan muayyan jazo turiga hukm qilingan shaxsni jazodan
ozod qilinishi tushuniladi.
Amaldagi Jinoyat kodeksi Umumiy qismining XIII bobida jazodan ozod
qilishning turlari nazarda tutilgan bo‗lib, ular quyidagilardir:
1) jazoni ijro etish muddati o‗tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod
qilish ( JKning 69-moddasi);
2) shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‗qotishi munosabati bilan uni
jazodan ozod qilish (70-modda);
3) aybdor o‗z qilmishiga amalda
pushaymon bo‗lganligi munosabati bilan
jazodan ozod qilish (71-modda);
4) shartli hukm qilish (72-modda);
5) jazoni o‗tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish (73-modda);
6) jazoni yengilrog‗i bilan almashtirish (74-modda);
7) kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‗qotishi oqibatida jazodan ozod qilish
(75-modda);
8) amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish (76-modda).
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish aybdor shaxsni jinoiy javobgarlikka tortib,
jazo tayinlamasdan turib, javobgarlikdan ozod qilishdan iboratdir. Jazodan ozod
qilish esa jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlab, so‗ng
jazodan ozod qilish yoki jazoning muayyan qismi o‗tab bo‗linganidan keyin ozod
qilishdan iboratdir.
Jinoiy jazodan ozod qilish oqlov hukmi chiqarishdan butunlay farqlanadi.
Shaxsning jinoyat sodir etishda aybi yo‗qligi aniqlansa, sud tomonidan oqlov
hukmi chiqariladi. Jazodan ozod qilishda esa jinoyat hodisasi sodir etilgan, tegishli
tergov hujjatlari orqali jinoyat to‗la isbotlangan va jinoyat sodir etishda ayblangan
shaxs o‗z aybini tan olgan shaxslarga nisbatan qo‗llanadi.
Javobgarlikdan ozod qilish va jazodan ozod qilish bir xil tushunchalar
bo‗lmay, o‗z qo‗llanish asoslariga, mazmuniga, ozod qilish qo‗llanayotgan
subyektgalariga ko‗ra farq qiladi. Ularni ozod qilishning maqsadi ham bir xil
bo‗lsa-da, ammo javobgarlikdan ozod qilishda jinoyat sodir etishda ayblanayotgan
shaxsni jamiyat uchun jiddiy xavf tug‗dirmasligini hisobga olib, uni javobgarlikka
tortish maqsadga muvofiq emas degan xulosaga kelinsa, jinoiy javobgarlikdan
ozod qilinadi.
Jinoiy jazodan ozod qilishni ikki guruhga bo‗lish mumkin:
Birinchi guruhga jinoiy jazoni o‗tashdan to‗la ozod qilish turlari kiradi.
Bularga:
1) jazoni ijro etish muddati o‗tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod
qilish (69-modda);
25
Рустамбаев М.Ҳ. Ўзбекистон Республикаси Жиноят ҳуқуқи курси. Т.2. Умумий қисм.
Дарслик. – Тошкент: ILM ZIYO, 2011. – Б. 177.
189
2) shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‗qotishi munosabati bilan uni
jazodan ozod qilish (70-modda);
3) aybdor o‗z qilmishiga amalda
pushaymon bo‗lganligi munosabati bilan
jazodan ozod qilish (71-modda);
4) shartli hukm qilish (72-modda).
Jazodan ozod qilishning bu turlarida sud ayblov hukmi chiqaradi. Ya‘ni
jazo tayinlanib, so‗ngra tayinlangan jazoni ijro etish maqsadga muvofiq emas deb
hisoblab, jazoni ijro etmaslik to‗g‗risida qaror chiqaradi.
Ikkinchi guruhga sud tomonidan tayinlangan jazoning qolgan qismidan
ozod qilish turlarini kiritish mumkin. Bularga:
1) jazoni o‗tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish (73-modda);
2) jazoni yengilrog‗i bilan almashtirish (74-modda);
3) kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‗qotish oqibatida jazodan ozod qilish
(75-modda);
4) afv etish asosida jazodan ozod qilish (76-modda);
5) amnistiya akti orqali jazodan ozod qilishi mumkin.
Ma‘lumki, jinoiy jazo faqat sud tomonidan tayinlanadi. Shunga muvofiq
ravishda jazodan ozod qilish ham faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. (Bundan
amnistiya va afv etish orqali jazodan ozod qilish mustasno) Afv etish va amnistiya
orqali jazodan ozod qilish O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatiga
kiradi.
JK Umumiy qismida nazarda tutilgan jazodan ozod qilishning bu turlari, JK
Maxsus qismida nazarda tutilgan (jazodan ozod qilish mumkin bo‗lgan) barcha
jinoyatlar uchun birdek qo‗llanishi mumkin. Bulardan tashqari, JK Maxsus
qismining bir qator moddalarida jazodan ozod qilish nazarda tutilgan. Jumladan,
157-moddaning (davlatga xoinlik qilish) uchinchi qismi; 159-moddaning
(O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) beshinchi
qismi; 160-moddaning (josuslik) uchinchi qismi va hokazolar.
Sud-huquq tizimini liberallashtirilishi munosabati bilan JK Maxsus
qismining anchagina moddalari yangi mazmun bilan to‗ldirilib, unda yetkazilgan
moddiy zarar uch karra miqdorida qoplanganda ozodlikdan mahrum qilish yoki
ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo tayinlanmasligi belgilanadi. Masalan, 132-
moddaning (tarix yoki madaniyat yodgorliklarini nobud qilish, buzish yoki ularga
shikast yetkazish) to‗rtinchi qismi; 173-moddaning (mulkni qasddan nobud qilish
yoki unga zarar yetkazish) to‗rtinchi qismi va hokazolar. Shuningdek, bir qator
moddalar ―Yetkazilgan moddiy zararning o‗rni qoplangan taqdirda ozodlikdan
mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‗llanilmaydi‖ degan qism bilan to‗ldirildi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan bunday to‗ldirishlarni jazodan ozod qilish deb
hisoblash mumkinmi?
Ushbu JKga kiritilgan to‗ldirishlarni javobgarlikdan ozod qilish deb ham,
jazodan ozod qilish deb ham hisoblanmay jazo tayinlashning yangi usuli deb aytish
mumkin. Chunki jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxs qonunda belgilangan
muayyan shartlarni bajarsa, sud og‗irroq jazo tayinlamay, aybdorning qilmishi
190
kvalifikatsiya qilingan normaning sanksiyasida nazarda tutilgan ozodlikdan
mahrum qilishni tayinlamay, boshqa yengilroq turdagi jazo turini tayinlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |