Aim.uz
Hukm, ajrim, qarorlar ijro ettirish tushunchasi.
Reja:
1.Hukm,ajrim,qarorlarni ijro ettirish tushunchasi.
2.Hukmni ijro etish bosqichlari.
3.Hukmni ijro etish bosqichida isbotlash.
Hukm, ajrim, qarorlarni ijro ettirish tushunchasi kki ma'noda qo'llaniladi:
1. Jinoyat protsessining alohida bosqichi ma'nosida.
2. Sudlarning protsessual faoliyati ma'nosida.
Hukm, ajrim va qarorlarni ijro etish hali jinoyat sudlov ishiarini yuritishning yakun topganligini bildirmaydi. Sudlarning sinov muddati, sudlanganlikni olib tashlash, axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo'shish, xizmat bo'yicha cheklash, intizomiy qismda saqlash vaqtini hisobga kiritish to'g'risidagi iltimosnomalarni va boshqa masalalarni ko'rib chiqish vakolati mavjud bo'ladi. Demak, hali ish jinoyat protsessi doirasida bo'ladi. Bosqich sifatida hukm, ajrim va qarorlarni ijro etish jinoyat protsessining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. U hukm, ajrim, qarorlarning qonuniy kuchga kirishi bilan boshlanadi va o'zida ushbu protsessual huijatlarni hayotga real qo'llashga qaratilgan protsessual harakatlarni qamrab oladi.
Sud qarorlarini ijro etish bosqichining maqsadi hukm, ajrim va qarorlarning samarali amalga oshirish uchun sharoitni ta'minlash hisoblanadi. Hukm, ajrim va qarorlarni ijro etish bosqichi o'ziga xos jinoyat protsessining ishtirokchilariga ega. Bular qarorni chiqargan sud, jazo, tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi yoki boshqa ta'sir chorasini ijro etish joyidagi sud, prokuror, mahkum, uning qonuniy vakili, yaqin qarindoshlari, himoyachisi, jazoni ijro etish bilan bog'liq masalalami ijro etishda yuzaga keladigan masalalarni hal etish to'g'risida taqdimnoma kiritgan muassasa yoki organ vakili, shuningdek, jazoni o'tayotgan shaxslardir. .
Hukmni ijro etish bosqichi quyidagi o'ziga xos belgilarga ega:
1. Ushbu bosqichda jinoyat protsessiga tegishli bo'lgan umumiy vazifalar hal qilinadi. Uning o'ziga xos xususiyati va mazmuni odil sudlov hujjati bo'lmish hukmning umummajburiyligi, o'z vaqtida va to’la ijro etilishi bilan asoslantiriladi. Sudya quyidagilarga majbur: 1) hukm qonuniy kuchga kirishi
bilan uni ijroga qaratish lozim; 2) hukmni ijro etish vaqtida yuzaga keladigan protsessual masalalarni hal qilish; 3) qonunda ko'rsatilgan hollarda hukmni to’la yoki bir qismini bevosita ijro etish (bunda hukm chiqarilishi bilan darhol sudyaning yakka o'zi yoki sud tomonidan amalga oshiriladi). 2. Hukmni ijro etish bosqichida muayyan ishtirokchilar doirasi ishtirok etadi. Ayrim istisno hollardan tashqari protsessual masalalarni quyidagi sudlar ko'rib chiqadi:
a) hukm chiqargan sud; b) mahkum tomonidan jazoni o'tash joyidagi sud;
d) mahkumning yashash joyidagi sud. Jumladan, JPK ning 541- moddasi qaysi masalalar qaysi sud ish yurituviga tegishliligini hal qiladi. Ushbu bosqichda jazoni ijro etish muassasalari, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari yoki ularning vakillari, mahkum, uning himoyachisi, fuqaroviy da'vogar, prokuror, sud ijrochilari ishtirok etadi.
3. Hukmni ijro etish bosqichi alohida protsessual tartibga ega. Hukmni ijro etish bosqichida sud faoliyati o'zida odil sudlov faoliyatining bir shaklini namoyon qiladi. U jinoyat protsessual qonuni bilan mustahkamlangan bolib, sud majlisi o'tkazish vositasida hukmni amalda qo'llash bilan bevosita bog'liq, shuningdek, mahkumning keyingi taqdiri bilan bog'liq masalalar hal qilinadi. Hukmni ijro etish vaqtida jinoyat protsessining bir necha prinsiplari amal qiladi. Bunda qonuniylik prinsipi jazo tayinlash, shartii hukm chiqarish, hukmning ijrosini kechiktirish bilan bog'liq moddiy qonun me'yorlarining qo'llanilishida namoyon bo'ladi. Chunki hukmni ijro etish bilan bog'liq ayrim protsessual masalalar jinoyat qonuni bilan tartibga solinadi.
JPK ning 24- moddasi ga binoan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta'minlash hukmni ijro etish bosqichiga ham tegishli. Ushbu prinsip mailkumning hukmni ijroga qaratish bilan bog'liq huquq va-manfaatlarini himoya qilishga yo'naltirilganligi bilan
xarakterlanadi. Hukmni ijro etish bosqichida isbotlash ham o'ziga xos
xususiyatlarga ega. Agar jinoyat protsessining oldingi bosqichlarida isbotlash shaxsning aybliligi to'g'risidagi masalani hal qilish bilan bog'liq bo'lsa, hukmni ijro etish bosqichida esa isbotlash predmeti bilan bog'liq emas. Bunda sud majlisida hukm qonuniy kuchga kirgandan keyingi, hukmni haqiqatan ijro etish bilan bog'liq holatlar muhokama qilinadi. Hukmni ijro etish bosqichida aniqlanishi lozim bo'lgan holatlar turli xil bo’lib, ularni ushbu bosqichda isbotlash predmeti qilib shakllantirishning imkoniyati yo'q. Ko'p hollarda sudya mahkumning jazoni o'tab bo'lgan muddatini, ish va o'qishga munosabatini, tartib-intizomining buzilish holatlarini, sinov muddatini, jazoning haqiqatan o'talgan vaqtini yoki hukmning ijrosini kechiktirish bilan bog'liq holatlarni aniqlashi lozim.
Hukmni ijro etish bosqichi yuqorida keltirilgan xususiyatlardan tashqari yana alohida o'ziga xos xususiyatlarga ega. Jinoyat protsessining boshqa bosqichlarida protsessual harakatlarning boshlanish va tugash payti, ularning davomiyligi aniq qilib belgilangan. Hukmni ijro etish bosqichi esa uzluksiz bosqich bo’lib, hukm qonuniy kuchga kirgandan keyin boshlanadi. Hukm majburiy tartibda ijroga qaratiladi. Hukmni ijro etish bosqichining bir marta yoki bir necha marta takrorlanishi JPK ning 533-546- moddalarida ko'rsatilgan protsessual masalalarni ko'rib chiqish zaruratining vujudga kelish-kelmasligi bilan bog'liq.
Hukm, ajnm va qarorlar, ya'ni sud qarorlarini ijro etish ularda bildirilgan talablarni amalga oshirish bo'yicha protsessual faoliyat hisoblanadi. Ushbu faoliyatni turii subyektlar amalga oshiradilar. Sud chiqargan hukm, ajrim va qarorlarni bevosita ijro etish bo'yicha amaliy faoliyat bilan jazoni ijro etish muassasalari, sud ijrochilari va boshqa organlar. Hamda mansabdor shaxslar shug'ullanadilar. JPK ning 29- moddasiga muvofiq sudlarga hukmni ijro ettirish vakolati ham berilgan. Sudlar ham maxsus funksiya va faoliyatning maxsus usul va shakllarni amalga oshirib, hukm, ajrim va qarorlarni ijro etishda ishtirok etadilar. JPK ning 531- moddasida hukm, ajrim va qarorni ijro ettirish ularni qabul qilgan sud zimmasiga yuklatilishi aytib o'tilgan. Sud qarorlarini ijro etishda sudlarning ishtiroki bilvosita, ya'ni boshqa organlar yoki mansabdor shaxslar orqali ishtirok etganligi, hukm, ajrim va qarorlardagi talablarni shaxsan „ ijro etmasligi bois ularning bu boradagi faoliyati «hukm, ajrim va qarorlarni ijro ettirish» deb nomlanadi.
Hukmni ijro etish bosqichida jinoyat protsessual xususiyatga ega bo'lgan va jmoyat protsessual qonuni bilan mustahkamlangan sud harakatlari va qarorlari amalga oshiriladi. Hukmni bevosita ijro etuvchi davlatning ma'muriy organlari, muassasalari tomonidan olib boriladigan harakatlar jinoyat protsessidan tashqarida bo’lib, hukmni ijro etish bosqichi mazmuniga kirmaydi. Bunday faoliyat jinoyat-ijroiya, ma'muriy va boshqa huquq sohalari qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Biroq hukmni ijro etuvchi organlar o'z faoliyatlarida muayyan jinoyat protsessual faoliyatini ham amalga oshirishlari mumkin. Misol uchun JPK ning 536- moddasi I- qismiga binoan jazoni ijroetish muassasasi ma'muriyati sudga mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartii ozod qilish vajazoni yengilrog'i bilan almashtirish to'g'risida taqdimnoma kiritishi mumkin. Sudya jazoni ijro etish muassasasi tomonidan kiritilgan taqdimnomani ko'rib chiqishi shart.
Shunday qilib, hukm, ajrim va qarorlarni ijro etish bosqichida sud faoliyatining mazmuni quyidagi vazifalarni hal qilishdan iboratdir:
- har qanday mazmundagi hukm, ajrim va qarorlarni ijro ettirish;
- hukm, ajrim va qarorlarni ijroga qaratish;
- hukm, ajrim, qarorlarni ijro etish bosqichida yuzaga keladigan masalalarni hal qilish.
Sud jazo chorasi sifatida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq ayblov hukmi chiqarganda mahkumning voyaga yetmagan farzandlarini homiylikka berish, qarovsiz qolgan mol- mulki va turar joyini qo'riqlash choralarini ko'rishi lozim.
Bunda sud mahkumning voyaga yetmagan farzandlarini muassasalarning, qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning homiyligiga berish to'g'risida qaror qabul qilishi va bu haqda bolalar turgan joydagi vasiylik organi va mahkumga xabar qilishi lozim.
JPK ning 532- moddasiga ko'ra mahkum:
a) sudga hukmning ijrosini kechiktirish haqida, kasalligi yoki nogironligi tufayli jazodan ozod qilish haqida, jazoning o'talmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish va muddatidan ilgari shartli ozod qilish haqida, jazoni ijro etish joylarida saqlash sharoitlarini o'zgartirish va JPK da nazarda tutilgan boshqa masalalar bo'yicha arizalar berishga;
-
sud majlisida ishtirok etishga va ko'rsatuvlar berishga, dalillar taqdim qilishga, iltimoslar qilishga va rad etishga;
d) ishdagi barcha materiallar bilan tanishishga, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar berishga haqli.
Hukm, ajrim, qarorlarni ijro etish bosqichida yuzaga keladigan masalalarni hal qilish
Hukm, ajrim va qarorlar chiqarilgandan so'ng ularning ijrosini qiyinlashtiradigan, jazoning maqsadiga to'g'ri kelmaydigan yoki ijro etishga to'sqinlik qiladigan holatlar vujudga kelishi mumkin.
Bunday holatlarni hal qilmay turib hukm, ajrim va qarorlarni ijroga qaratib bo'lmaydi. Ulami hal qilishga hukm, ajrim va qarorlar bevosita ijro etadigan organlar emas, baiki sudlar-vakolatli hisoblanadilar.
Amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligiga ko'ra hukm, ajrim, qarorlarni ijro etish bosqichida yuzaga keladigan masalalar quyidagilar bolishi mumkin:
— hukmning ijrosini kechiktirish;
—kasalligi tufayli jazoni o'tashdan ozod qilish;
— lazoning shartlilisini bekor qilish:
— jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog'i bilan almashtirish;
-
ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash sharoitini jazoni o'tash vaqtida o'zgartirish;
— mahkumni tergov hibsxonasida saqlab turish;
— jarima solishni va axloq tuzatish ishlarini jazoning boshqa tun bilan almashtirib turish;
— ijro qilinmagan boshqa hukmlar mavjud bo'lgan taqdirda hukmni ijro etish;
— sinov muddati to'g'risidagi masala;
— sudlanganlikni olib tashlash to'g'risidagi masala;
— axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtnmg mahkumning umumiy mehnat stajiga qo'shish to'g'risidagi iltimosnomalar;
— xizmat bo'yicha cheklash, intizomiy qismda saqiash vaqtini hisobga kiritish to'g'risidagi iltimosnomalar.
Hukm, ajrim, qarorlarni ijro etish bosqichida yuzaga keladigan masalalar ularni hal etish vaqtiga ko'ra 3 kategoriyaga bo'linadi. Ular:
1. Hukm, ajrim, qarorlar ijroga qaratilgunga qadar hal qilinadigan masalalar (masalan, mahkumni tergov hibsxonasida saqlab turish).
2. Hukm, ajrim, qarorlarni ijro etish vaqtida vujudga keladigan masalalar (masalan, ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash sharoitini, jazoni o'zgartirish).
3. Jazo o'talgandan keyin hal qiladigan masalalar (masalan, sudlanganlikni olib tashlash).
Hukm, ajrim, qarorlarni ijro etish bosqichida yuzaga keladigan masalalarni hal qilishga quyidagi sudlar vakolatii:
1. Hukm, ajrim, qarorlarni chiqargan sud.
2. Mahkum jazoni o'tagan yoki tibbiy yo'sindagi majburiov chorasini o'tash joyidagi sud. ;
3. Mahkum istiqomat joyidagi sud.Aynan qaysi sud masalani hal qilishi hukm, ajrim, qarorlarni ijro etish bosqichida yuzaga keladigan masalalarning xarakteriga bog'liq. JPK ning 541- moddasiga ko'ra hukm, ajrim va qarorlarni ijro etish bosqichida har bir sudga quyidagi masalalarni hal qilish vakolati berilgan:
oygacha kechiktirish yoki tolovlarni bo’lib-bo’lib to'lash masalasini sudya ishning muayyan holatlarini va mahkumning moddiy ahvolini e'tiborga olib hal qiladi.
O'ta xavfli residivistlarga va o'ta og'ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hukmnmg ijrosini kechiktirish mumkin emas.
Kasalligi tufayli jazoni o'tashdan ozod qilish larlibi.
Mahkum jazoni o'tayotgan vaqtida jazoni o'tashga monelik qiladigan surunkali ruhiy kasallikka yoki boshqa og'ir kasallikka duchor bo’lgan taqdirda sudya jazoning ijro qilmishiga mutasaddi organning taqdimnomasiga binoan maxsus tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan mahkumni o'talmay qolgan jazoni o'tashdan ozod qilish to'g'risida ajrim chiqarishga haqlidir.
Surunkali ruhiy kasallikka duchor bo'lgan mahkumni o'talmay qolgan jazodan ozod qilishda sudya unga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini qo'llashga yoki uni sog'liqni saqlash organlari yoxud qarindoshlari vasiyligiga berishga haqlidir. Bunday shaxslar sog'aygan taqdirda, basharti bu jazoning ijro etish muddati tugashiga qadar sodir bo'lsa, sud tayinlangan jazoni ijro etish to'g'risida ajrim chiqaradi. Ruhiy kasallikka duchor bo'lgan shaxslardan tashqari og'ir kasallikka duchor bo'lgan shaxslarni o'talmay qolgan jazodan ozod qilish masalasini hal qilishda sudya sodir etilgan jinoyatning og'irligini, mahkumning shaxsini va boshqa holatlarni hisobga oladi.
Mahkumni o'talmay qolgan jazodan kasalligi tufayli ozod qilganda sudya uni faqat asosiy jazodan emas, balki qo'shimcha jazo chorasidan ham ozod qilishga haqli, bu ajrimda ko'rsatilishi lozim.
Jazo fling shartliligini bekor qilish tartibi. Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga ma'muriy yoki intizomiy ta'sir chorasi qo'llanilgan bo'lsa, sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan Jinoyat Kodeksining 72- moddasi 6- qismiga muvofiq jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish to'g'risida ajrim chiqarishi mumkin.
Jazo muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog'i bilan almashtirish fartibi. Jinoyat Kodeksining 73 va 74- moddalarida nazarda tutilgan hollarda jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning o'talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatining taqdimnomasiga binoan sudya tomonidan amalga oshiriladi.
Intizomiy qismda jazoni o'tayotganlarga nisbatan ana shu choralar intizomiy qism qo'mondonligining taqdimnomasiga binoan sudya tomonidan qo'llaniladi.
Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning o'talmagan qismini yengilroq j'azo bilan almashtirish o'n sakkiz yoshga to'lmay jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyati va voyaga yetmaganlarishi bilan shug'ullanuvchi komissiyaning birgalikdagi taqdimnomasiga binoan yoxud mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga asosan sudya tomonidan amalga oshiriladi.Muayyan huquqdan mahrum etish tarzidagi jazodan ozod qilish jamoat bilashmasi, jamoa, mahkumning o'zi yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu masalalar yuzasidan taqdim etilgan iltimosnomalar ularni rad etish to'g'risida qaror chiqqan kundan boshlab kamida olti oy o'tgach qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum etish Jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash sharoitlini jazoni o’tash vaqtida o'zgartirish. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga va koloniyadan turmaga o'tkazish jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatining
taqdimnomasiga binoan, shuningdek, mahkumning yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga ko'ra sudya tomonidan amalga oshiriladi.
Sudya jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga, koloniyadan turmaga o'tkazishni rad etsa, bu masala yuzasidan kiritilgan taqdimnoma yoki iltimosnoma rad qilish haqida qaror chiqarilgan kundan boshlab kamida olti oy o'tgach qayta ko'rib chiqilishi mumkin. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga va umumiy tartibli tarbiya koloniyasidan kuchaytirilgan tartibli tarbiya koloniyasiga o'tkazish tarbiya koloniyasi ma'muriyatming voyaga yetmaganlar ishi bilan shug'ullanuvchi komissiya bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan sudya tomonidan amalga
oshiriladi. O'n sakkiz yoshga to'lgan mahkumni tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga o'tkazish masalasini hal etishda sudya uning tuzalish darajasini hisobga olishi lozim. Mahkum tarbiya koloniyasida jazoni o'tash muddatini davorn ettirish uchun uzog'i bilan yigirma yoshga to'lgunga qadar qoldirilishi mumkin.
Mahkumm tergov hibsxonasida saqlab turish. Boshqa shaxs sodir etgan jinoyat haqidagi ish yuzasidan tergov harakatlari olib borish zarur bo'lganda jazoni ijro etish koloniyasi yoki tarbiya koloniyasida o'tash sharti bilan ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan mahkum tergov hibsxonasiga Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan — uch oygacha muddatga, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosarlarining roziligi bilan - olti oygacha muddatga yoki ish sudda
ko'rilishi munosabati bilan — sud ajrimiga binoan ish ko'rilib bo'lgunga qadar ushlab turilishi mumkin.
Jarima solishni va axloq tuzatish ishlarini jazoning boshqalari bilan almashtirish tartibi. Jarima solishni va axloq tuzatish ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish Jinoyat Kodeksining 44 va 46- moddalariga muvofiq sudya tomonidan Ichki ishlar organi taqdimnomasi bilan yoki jamoat birlashmasi yoxud jamoaning iltimosnomasi bo'yicha amalga oshiriladi.
Ijro qilinmagan boshqa hukmlar mavjud bo'lgan taqdirda hukmni ijro etish tartibi. Mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud bo’lib, keyingi hukmni chiqargan sud bundan bexabar bo'lsa, hukm ijro etilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudi hukm qilingan shaxsga Jinoyat K 60- moddasiga amal qilib, mazkur
hukmlarning hammasida belgilangan jazolarni qo'llash to'g'risida ajrim chiqaradi.
Sinov muddati to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish. Sudya shartli hukm qilingan shaxsning sinov muddatini qisqartirish bilan bog'liq bo'lgan masalalarni ko'rib chiqayotganida sud majlisiga ana shu shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat olib boruvchi organlarning, shuningdek, mahkumni kuzatib turuvchi
va u bilan tarbiyaviy ish olib boruvchi jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakillari taklif etiladi.
Sudlanganlikni olib tashlash to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish. Sudlanganlikni olib tashlash to'g'risidagi masala sudya tomonidan jazoni o'tab bo'lgan shaxsning, uning himoyachisi yoki qonuniy vakilining yoxud jamoat birlashmasi yoki jamoaning iltimosnomasiga asosan ko'rib chiqiladi.
Sudlanganlikni olib tashlash to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqishda iltimosnoma kim haqida berilgan bo'lsa, shu shaxsning sud majlisida qatnashishi shart. U himoyachi olish huquqi bilan ta'minlanadi. Sudlanganlikni olib tashlash to'g'risidagi iltimosnoma jamoat birlashmasi yoki jamoa tomonidan berilgan bo'lsa, ularning vakillari sud majlisida ishtirok etishi shart. Sudlanganlikni olib tashlash to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish taqdim qilingan iltimosnomani o'qib eshittirishdan boshlanadi, so'ng sudya sudda hozir bo'lganlarning fikrlarini eshitadi va ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. Sudlanganlikni olib tashlash rad etilsa, sudyaga bu masalaga doir qayta iltimosnoma ajrim chiqqan kundan boshlab kamida bir yil o'tganidan keyin kiritilishi mumkin.
Axloq tuzafish ishlari o(talgan vaqini mahkumning umumiy mehnat stajiga qo'shish to'g'risidagi iltimosnomalarni ko'rib chiqish. Axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo'shish to'g'risidagi masala jamoat birlashmasi yoki jamoa iltimosnomasi bo'yicha, jazoni o'tab chiqqan shaxs mehnatga qobiliyatsiz bo'lgan taqdirda esa uning iltimosnomasi bo'yicha ham mazkur shaxs turgan joydagi tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan ko'rib chiqiladi.
Mavzu bo’yicha nazorat savollari va topshiriqlar:
-
Hukm, ajrim va qarorlarni ijro etish bosqichining mohiyati va ahamiyati nimadan iborat.
-
Hukmni ijroga qaratish va ijro etishning o’zaro farqi qanday.
-
Hukm, ajrim va qarorlarni ijro etishning tartibi qanday.
-
hukmni ijro etishning bosqichida mahkumning huquqlari qanday.
-
Hukmning ijrosini kechiktirish asoslari nimadan iborat.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |