117-Guruh Abdurashidov Ulug’bek
Mavzu: Shartli va shartsiz reflekslar
Shartli reflekslar - odam va hayvonlarning shaxsiy xayoti davomida orttirgan moslashuv reaksiyalari sistemasi; shartli (signal) qoʻzgʻatuvchi bilan shartsiz reflektor qoʻzgʻatuvchi oʻrtasida vujudga keladigan muvaqqat bogʻlanish tufayli paydo boʻladi. Shartli reflekslar markaziy nerv sistemasiga ega barcha hayvonlarda bor. "SH.r." terminini I.P. Pavlov taklif etgan (1903). Shartli reflekslar hosil qilinadigan reaksiyaga befarq boʻlgan qoʻzgʻatuvchi (signal), yaʼni shartli. taʼsirlovchining organizmga. uzluksiz taʼsiri bilan bogʻliq. Mac, chiroq yoqilganida ovqatlanishga nisbatan Shartli reflekslar hosil boʻlishi uchun itga chiroq yoqilgandan soʻng ovqat berib turish kerak. Tashqi yoki ichki muhitning har qanday oʻzgarishi shartli taʼsirlovchi boʻlishi mumkin. Ilgari befarq boʻlgan, lekin vaqt jihatdan biror shartsiz refleksning namoyon boʻlishi bilan moye keladigan har qanday taʼsirlovchi shartli signal boʻlishi mumkin.
SH.r.ning shakllanishida markaziy nerv sistemasining oliy qismlari (baliqlarda oʻrta miya va miyacha, sudralib yuruvchilar va qushlarda bosh miya yarim sharlari, odam va sut emizuvchilarda bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻi) asosiy ahamiyatga ega. Shartli reflekslar asosida har xil shartsiz reflekslar oʻrtasida ikki tomonlama boglanish boʻlsa kerak, deb taxmin qilinadi. Shartli va shartsiz taʼsirlovchilarni bir xil neyronlardagi konvergensiyasi va bosh miya har xil markazlari faolligining oʻzaro moye kelishi Shartli reflekslar hosil boʻlishining asosiy sharti hisoblanadi. Shartsiz qoʻzgʻatuvchi tomonidan mustahkamlanib turilmagan Shartli reflekslar tormozlanadi, baʼzan yoʻqolib ketadi. Shuning uchun Shartli reflekslarning biologik ahamiyati organizmning moslanish imkoniyatlarini kengaytirishdan va uning xattiharakatlarini har xil sharoitga moslanishiga yordam berishdan iborat. Organizmning filogenetik taraqqiyoti va individual rivojlanishi davomida Shartli reflekslar ham tobora murakkablashib boradi (yana qarang Oliy nerv faoliyati).
Shartsiz reflekslar, tur reflekslari — organizmning ichki va tashqi qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan oʻzgarmas, genotip bilan bogʻliq boʻlgan, yaʼni irsiylanadigan reaksiyasi. "SH.r." terminini I.P. Pavlov muayyan qoʻzgʻatuvchilarning retseptorlarga taʼsiri natijasida yuzaga keladigan reflekslar (ogʻizga ovqat tushganida soʻlak ajralishi, barmoqqa oʻtkir narsa sanchilganida tortib olinishi va boshqalar)ni ifodalash uchun fanga kiritgan (1903). Shartsiz reflekslar, asosan, markaziy nerv sistemasining quyi boʻlimlari (gangliylar, orqa miya, bosh miya dastasi va boshqalar) bilan bogʻliq. Shartsiz reflekslarda qoʻzgʻalishning retseptorlardan effektorga oʻtadigan yoʻli reflektor yoyi deyiladi. Shartsiz reflekslar turning barcha individlari uchun umumiy boʻlib, organizm xattiharakatini doimiy (oʻzgarmas) muhit sharoitiga moslanishini taʼminlaydi.
SH.r. ontogenez va filogenezla. oʻzgarib boradi. Chaqaloqlarda hayot davomida yoʻqolib boradigan emish refleksi sof holdagi Shartsiz reflekslarga misol boʻla oladi. Odam voyaga yetgan sari yangi (mas, jinsiy) reflekslar paydo boʻla boradi. Voyaga yetgan odam va hayvonlarda Shartsiz reflekslar sof holda uchramaydi; Shartsiz reflekslar shartli reflekslar bilan qoʻshilib ketadi. Shartsiz va shartli reflekslar oʻrtasidagi farq nisbiy boʻlganidan ularni tasnif qilish ancha qiyin. Taʼsirlovchi taʼsiri xususiyatiga va javob reaksiyasining biologik mohiyatiga binoan Shartsiz reflekslarni himoya, oziqlanish, jinsiy, moʻljal olish va boshqa xillarga ajratiladi. Murakkab bir xil xattiharakatlardan iborat tugma reflekslar instinkt deyiladi. Baʼzan instinkt mazmunan Shartsiz reflekslarga tenglashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |