JAZO TUSHUNCHASI VA MAQSADI
Reja :
Jazo tushunchasi va belgilari
Jazoning maqsadi
1. Jazo tushunchasi va belgilari
Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qо‘llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir (JK 42-m. 1-q.).
Jazo davlat tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashda, hamda jinoyat qonunchiligi vazifalarini amalga oshirishda, ya’ni shaxsga, uning huquq va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga, mulkka, tabiiy muhitga, tinchlikka, insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoiy tajovuzlardan qо‘riqlashda, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni mamlakatimiz Konstitusiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashda foydalaniladigan muhim choralardan biridir.
Jazoning belgilari quyidagilardan iborat:
1) davlatning alohida majburlov chorasi ekanligi;
2) qat’iy xususiy tavsifga egaligi;
3) jinoyat sodir qilgan shaxsning huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liqligi;
4) qonunda jinoyat sifatida kо‘rsatilgan qilmishni sodir etgan shaxsga nisbatan qо‘llanishi mumkinligi;
5) faqat sud hukmiga kо‘ra tayinlanishi;
6) alohida jinoiy-huquqiy oqibat - sudlanganlikni keltirib chiqarishi.
2. Jazoning maqsadi
О‘zR JKning 42-moddasining 2-qismiga kо‘ra, jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga tо‘sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qо‘llaniladi.
Mahkumning axloqini tuzatish jazodan kо‘zlangan maqsad bо‘lib, jazoni о‘tash jaryonida shaxsda salbiy ijtimoiy-ruhiy qarashlar о‘rniga jinoiy bо‘lmagan ijobiy qarashlar paydo bо‘ladi va ular shaxsning yangi jinoyatlar sodir etishiga tо‘sqinlik qiladi.
Mahkumning jinoiy faoliyatini davom ettirishga tо‘sqinlik qilish jinoyat qonunchiligining umumiy vazifalaridan, va ayniqsa, jamiyatni jinoiy tajovuzlardan himoya qilish vazifasidan kelib chiqadi. Kо‘pgina jazo turlarining mazmuni ham aynan bir qator huquqlarni cheklash hisoblanadi. Ularni qо‘llash jinoyatchini boshqa jinoyatlarni sodir etish imkoniyatidan mahrum etishga qaratilgan. Bu bilan jamiyat uzoq muddatga о‘zini jinoyatchidan himoyalaydi (shu bilan birga jinoyatning ham oldini oladi, albatta).
Mahkumlar jinoyat sodir etishning oldini olish choralari shunda namoyon bо‘ladiki, birinchidan, ularga nisbatan sud shu mahkumning yangi jinoyat sodir etmasligi uchun jazo turi va chegarlarini belgilaydi. Aynan jazo, jinoyat sodir qilgan shaxsning jinoiy faoliyatiga chek qо‘yadi. Ikkinchidan, yaxshi xulqqa ega bо‘lmagan shaxslarga ta’sir о‘tkazib, jazo qо‘llash tahdidi bilan ularni jinoyat qonuni bilan jazolanadigan qilmishlarni sodir etishdan saqlaydi.
Jazolashdan kо‘zlangan maqsad boshqa shaxslar jinoyat sodir etishining oldini olish (umumiy prevensiya) sifatida muayyan bir shaxsga qaratilgan emas, aksincha hali jinoyat sodir etmagan shaxslarga qaratilgandir. Umuman olganda, jazodan kо‘zlangan ushbu maqsad davlat huquqiy choralarining kompleksi sifatida fuqarolarni jinoyat sodir etishdan qaytarishga qaratilgan. U insonlarning ongi va irodasiga ta’sir etuvchi, jinoyat sodir etishdan tiyib turishga qodir bо‘lgan maxsus tarbiyaviy-psixologik choralar tizimi sifatida namoyon bо‘ladi
Foydalanilgan adabiyotlar
Karimov I.A. Adolat-qonun ustuvorligida: Ikkinchi chaqiriq О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VI sessiyasidagi ma’ruza. “Xalq sо‘zi” gazetasi, 2001 yil 30 avgust.
Karimov I.A. Yangi hayotni eskicha qarash va yondashuvlar bilan qurib bо‘lmaydi. “Xalq sо‘zi” gazetasi, 2005 yil 18 fevral.
I.A.Karimov. Bizning bosh vazifamiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. «Qishloq haqiqati» 29 yanvar 2005
I.A.Karimov. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari-eng oliy qadriyat.T., «О‘zbekiston» 2005.
Karimov I.A. Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash faoliyatimiz mezoni bо‘lishi darkor. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida sizlagan nutq. «О‘zbekiston ovozi», 2006 yil 25 fevral
I.A.Karimov. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim. О‘zMU. T., 2006
Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish-barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15. T., О‘zbekiston 2007
Karimov I.A.Demokratik huquqiy davlat, erkin iqtisodiyot talablarini tо‘liq joriy etish, fuqarolik jamiyati pasoslarini qurish- farovon hayotimiz garovidir. T., О‘zbekiston 2007
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2008
Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yо‘lida. T. 16. T., О‘zbekiston 2008
Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash-bizning oliy maqsadimiz. Xalq sо‘zi. 2008 yil 6 dekabr.
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, О‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yо‘llari va choralari. T., О‘zbekiston 2009
Karimov I..A. Bu muqaddas Vatanda azizdir inson «Halq sо‘zi» 2010 yil 1 sentabr. №171.
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.18.12.2010 yildagi О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qо‘shma majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq sо‘zi” gazetasi, 2010 yil 13 noyabr.
Do'stlaringiz bilan baham: |