JINOYAT SUBYEKTI
JINOYAT QONINCHILIGIDA NAZARDA TUTILGAN JINOYATNI SODIR ETGAN VA USHBU QONUNDA BELGILANGA YOSHGA YETGAN AQLI RASO JISMONIY SHAXS
Yuridik shaxslar(tashkilot,muassasa,korxona va hokazo)lar jinoyatning subyekti bola olmaydi.Shuni ham ta’kidlab o’tish joyizki,bir qator chet el davlatlarining jinoyat qonuniga kora yuridik shaxslar ham jinoyatning subyekti bo’la olmaydi. Lekin tashkilot,muassasa,korxona faoliyati bilan bog’lig jinoiy oqibatlar uchu to’g’ridan-to’g’ri uning rahbari va ma’sul shaxslar javob beradi.bular asosan ekologiya sohasidagi jinoyatlardir.Masalan: Atrof tabiiy muhit ifloslantirish(193-m),yerdan,yer osti boyliklaridan foydalanish va qo’riqlash qoidalarini buzish(197-m),o’simlik,o’rmon va boshqa ekinlarrni yo’q qilish yoki zarar yeetkazish(198-m)va boshqalar.
JINOYAT SUBYEKTINING ZARURIY ELEMENTLARI
JISMONIY SHAXSLILIGI
AQLI RASOLIGI
Jkga muvofiq jinoiy javobgarligni keltirib chiqaruvchi subyektning yoshi
JINOYAT SUBYEKTINING YOSHI Jinoyat qonini boyicha javobgarlika tortish yoshiga yetgan shaxsgina jinoyatning subyekti boladi.qonun chiqaruvchi ma’lum bir yoshni belgilash vaqtida shaxsning hayotiy tajribasini,psixofizologikva ijtimoiy ruhiy holatining darajasini hisobga olish kerak. O’zbekiston Respublikasi jinoyat qonunida birinchi marta jinoiy javobgarlika tortilishiga asos bo’lishi uchun subyektning yoshini 4 darajasi belgilangan. Ular:
Jkning 17-moddasi 1-qismiga ko’ra jinoyat qonuniga ko’ra 16 yoshga to’lgan shaxs javobgarlikka tortiladi
JKning 17-moddasi 2-qismiga ko’ra jinoyat sodir etgunga qadar 13 yoshga tolgan shaxslar javobgarlikning og’irlashtirilgan(97-m 2-q)uchungina javobgarlika tortiladi
Jkning 17-moddasi 3-qismiga ko’ra jinoyat sodir etgunga qadar 14 yoshga to’lagan shaxslar javobgarlika tortiladi.(97-m 1-q,98,104-106,118,119,137 va b.
Jkning 17-moddasi 4-qismi ko’ra jinoyat sodir etgunga qadar 18 yoshga tolgan sshaxslar javobgarlika tortiladi.(122,123,144,146,193-195va b)
Jinoyat subyektinig aqli rasolik belgisi. Aqli rasolik, bu jinoyat sub`yektining zaruriy belgilaridan biridir. Jinoyat kodeksining 18-moddasida: «Jinoyat sodir etish vaqtiida o`z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o`z harakatlarini boshqara olgan shaxs aqli raso deb topiladi», deyiladi. Shunga ko`ra “Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo`lgan, ya`ni surunkali ruhiy kasalligi, ruhiy holati vaqtincha bo`zilganligi, aqli zaifligi yoki boshqa tarzdagi ruhiy kasalligi sababli o`z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi”(Jinoyat kodeksining 18-moddasi 2-qismi).
Lekin bu aqli noraso shaxsga qilmishi uchun hech qanday chora ko`rilmaydi, degani emas. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan va sud tomonidan aqli noraso deb topilgan shaxsga nisbatan tibbiy yo`sindagi majburlov choralari qo`llanilishi mumkin(18-modda 3-qismi). Tibbiy yo`sindagi majburlov choralari bemor shaxsga hukm e`lon qilingunga qadar yoki belgilangan jazoni o`tayotgan vaqtida yoki ozodlikda qoldirilgan, ammo uning harakatlari atrofidagilarga xavf tug`dirganida, qo`llaniladi.
Aqli norasolik 2 ta: yuridik va tibbiy mezonlar bilan ifodalanadi. Shaxsni aqli noraso deb topish uchun har ikki mezon bir vaqtda mavjud bo`lishi shart. Har qanday ishdagi yuridik ko`rsatkich, ya`ni jinoyatni sodir etgan shaxs haqiqatan o`z harakati va uning oqibati uchun javob bera oladimi yoki yo`qmi, degan masalalar sud tomonidan to`la aniqlanishi kerak. Tibbiy ko`rsatkich belgilariga ega bo`lgan ruhiy kasalliklarga: a. surunkali ruhiy kasallik; b. vaqtinchalik ruhiy kasallik; c. aqlning pastligi; d. kasallikning boshqa holatlari kiradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |