O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
AQLI ZAIF BOLALAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB, MAKTAB-INTERNATLARI UCHUN
O’QUV DASTURI
KOSIBCHILIK
VI-X SINFLAR
Respublika ta’lim Markazi
Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim
muassasalarini metodik ta’minlash bo‘limining
IlmiyMetodik Kengashida 2018 yil
21-martdagi 2 - sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Toshkent -2018
Tuzuvchilar:
Drozdova G.V. – 103 maktab internat o‘qituvchisi.
Ataxodjaev B.S. – 66-yordamchi maktab o‘qituvchisi.
Ismailova G.A. – 103 maktab internat o‘qituvchisi.
Qarshiev B.Q. – 103 maktab internat o‘qituvchisi.
Tushuntirish xati
O‘quvchilarni mehnatga tayyorlash – bu ta’lim va tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan masala, ammo uni amalga oshirishda mehnat ta’limi tizimining maxsus amaliyoti alohida o‘rin tutadi. Mehnat ta’limi o‘quv predmeti sifatida ushbu tizimda asosiy zveno hisoblanadi. O‘quvchilar mehnat ta’limi jarayonida turli tuman mehnat ko‘nikmalarining majmuasini egallash bilan birga o‘zlarining texnik, texnalogik, iqtisodiy bilimlarining birlamchi malakalarini aniq bir kasbni egallashda, zamonaviy ishlab chiqarish yoki maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar, o‘quvchilarni mehnat qilishga tayyorgarligini shaklantirish maqsadida mehnat ta’limi yo‘nalishlarini kengaytirish, uning ish uslublari va mazmunini takomilashtirish zarurligi aniqlandi. 10-sinf o‘quvchilari uchun mehnat ta’limi alohida e’tibor talab etadi, chunki bitiruvchilar ta’lim yakuniga qadar har bir kasbiy faoliyatda kerak bo‘lgan umumiy bilimlar bilan birga elementar qobiliyatlarning rivojlanishiga, kasbiy sifatlarning shakllanishiga yordam berib o‘nlab mashg‘ulotlarni bajarishga imkon beradi, kasbiy mahoratni oshiradi, lozim bo‘lganda faoliyat turini o‘zgartirishi imkonini beradi. SHu bilan birga yordamchi maktab o‘quvchilarni ijtimoiy reabilitsiyasi bo‘lgan muhim vazifalarni hal etishi ham lozim, mehnat ta’limi yo‘nalishlarning kengaygani aqliy zaiflikka ega bo‘lgan bolalarning nuqsonlarini korreksiyalashda mo‘‘tadil sharoit yaratib beradi, yordamchi maktab bituruvchilari kasbga yo‘naltirishda, ularning jamiyatda ijtimoiy ahamiyatlarini ko‘tarishda-korreksion yondoshuv, mehnat tal’mining aniq tashkil etilgani, yangi pedogogik texnologiyalarining qo‘llanilishi va tal’mning interfaol metodlari katta yordam beradi. Demak, shunga yarasha o‘quvchilarning mehnat faoliyati yuksaladi.
Mehnat ta’limining poyafzalsozlik yo‘nalishi bo‘yicha dastur tuzilayotganda asosiy mehnat yo‘nalishlari – tikuvchilik, duradgorlik, chilangangarlik yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘liklikda bo‘lib muhim vazifani xal etadi: o‘quvchilarda ijobiy shaxsiy sifatlarni tarbialash, ularning texnik va texnologik bilimlarini shakillantirish, biron vazifani bajarishda uni rejalashtirish, nazorat qilish, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish, suxbat va savol – javob jarayonida nutq boyligini oshirish, bajarilgan ish haqida gapirib hisobot berishini rivojlantirish; kosibchilik mutaxasisligi bo‘yicha ta’lim berish; mehnat madaniyatini tarbiyalash; mehnat ahliga nisbatan hurmat; mehnat sifatlarini shakillantirish, mehnatda intizomlilikni va mustaqillilikni rivojlantirish, odob – axloq va xavfsizlik qoidalarini bilish va rioya qilish, ustaxonada sanitar-gigenik talablariga rioya qilish. Kosibchilik ishi mashg‘ulotlari yordamchi maktablarida o‘quvchilarning aqliy faoliyatini korreksiyalash, jsmoniy qo‘l matorikasini rivojlantirishi masalalarini xaletshida yordam beradi. Korreksion ish biron vazifani bajarayotganda ko‘nikmalarni shakillantiradi, ishning ketma – ketligini rejalashtirish, nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholashni o‘rgatadi. Mehnat ta’limi jarayonida bilim faoliyatidagi nuqsonlar bartaraf etiladi, kuzatuvchanlik, tasavvur, nutq rivojlantirilib ular maqsad sari yo‘naltiriladi. Mazkur dastur aqli zaif bolalarning bilish faoliyatlaridagi xususiyatlarini xisobga olgan holda, o‘quvchilarning har tomonlama shaxs sifatida rivojlanishlari, aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyalarini ko‘tarish sari yo‘naltiriladi.
Dasturda kerakli bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati berilgan bo‘lib mashg‘ulotlar maxsus jixozlangan va kosibchilik uskunalari bilan ta’minlangan ustaxonada o‘tkazilishi kerak. Dastur tizimli tuzilgan bo‘lib mashg‘ulotlar nazariy va amaliy berilib bolalardagi bilim, ko‘nikma va malakalarning shakillantirilishi maqsad qilib olingan . undan tashqari fanlararo bog‘liqlik ham xisobga olinadi. Dasturga asosan har chorak yakunida mustaqil ish, o‘quv yili yakunida nazorat ishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa bolalarning o‘rganilayotgan fanidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaxkamlashga imkon beradi .eng yaxshi ishlar ko‘rgazmasi mashg‘ulotlarga yakun yasash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari xunarmandlar ko‘rgazmalariga, muzeylarga, payafzal fabrikalariga oyoq kiyim ta’mirlash va tikish ustaxonalariga ekskursiyalar uyushtirish zarur. Ekuskrsiyalar har bir o‘quvchilarning kasb tanlashlarida, estetik rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |