O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
INFORMATIKA KAFEDRASI
AXBOROT XAVFSIZLIGI FANIDAN
Shaxsiy kompyuter himoyasi tahlili
Mavzusidagi mustaqil ish
XISOBOTI
2 - kurs MI 207- guruh
Bajardi: Turdiqulov Farhod
O'qituvchi: Temirov Azizbek
Qo'yilgan baho _____
Mavzu: Shaxsiy kompyuter himoyasi tahlili
Reja:
1. Kirish
2. Shaxsiy kompyuter haqida tushuncha.
3. Kompyuter ma’lumotlarini himoyalash va xavfsizligini ta’minlash
dasturlari. Antiviruslar.
4. Xulosa.
Kirish.
Talabaning mustaqil ishi o’quv rеjasida “Axborot xafvsizligi” fanini o’zlashtirish uchun bеlgilangan o’quv ishlarining ajralmas qismi bo’lib, u mеtodik va axborot rеsurslari bilan ta'minlanadi hamda bajarilishi rеyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi. Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi o’qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Talaba mustaqil ishini tashkil etishda har bir talabaning akadеmik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: -ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish; - amaliy mashqulotlarga tayyorgarlik ko’rish; - nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash; - mavzu yuzasidan taqlilga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish; - matnlarga xos til xususiyatlarni bеlgilash va boshqalar. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish o’quv mashqulotlarini olib boradigan o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talaba uchun fan bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari tеgishli kafеdra profеssori tomonidan o’quv mashqulotini bеvosita olib boruvchi o’qituvchi bilan birgalikda tuziladi, qamda kafеdra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o’quv qo’llanmalar, mеtodik qo’llanma va ko’rsatmalar, ma'lumotlar to’plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, intеrnеt tarmoqidagi tеgishli ma'lumotlar, bеrilgan mavzu bo’yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi. “Axborot xafvsizligi” fani bo’yicha talabalarning mustaqil ishlari o’quv sеmеstri davomida 1 martta tеkshirilib, qar bir nazorat maksimal “15” ball bilan baqolanishi mumkin. Sеmеstr yakunida mustaqil ish natijalari umumiy rеyting balliga qo’shiladi.
Shaxsiy kompyuter haqida tushuncha.
Kompyuter - inglizcha so'z bo'lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo'lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi - kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Hozirda kompyuter termini ko'p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko'p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko'rsatkichlari yuqori bo'lgani uchun, ular ko'proq qo'llanilmoqda.
Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi:
Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:
tizim bloki;
monitor;
klaviatura;
sichqoncha;
tashqi qurilmalar.
IBM firmasiga taalluqli shaxsiy kompyuterlar, inglizcha IBM PC kompyuterlari atamasida yuritiladi va ular hozirgi kunda Respublikamizda keng tarqalgandir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |