Davlat talim talablari
Kosibchilik kasbining xususiyatlari quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlari kerak.
Mehnat darsida o‘quvchilar o‘z burchlarini, odob-axloq qoidalarini bilish.
Asboblarning nomlarini, nima uchun mo‘ljallanganligini hamda ulardanish jarayonida foydalanishini bilish.
Asbob uskunalar bilan ishlayotganda texnika xafsizligi qoidalarinibajarish.
O‘z ish joyini tashkil etishni bilish, uni ozoda saqlashva jihozlarga ehtiyot bo‘lish.
Oyoq kiyim tikuv mashinasida chok tikish.
Oyoq kiyimning mayda va o‘rta ta’miri haqida elementar tasavvurga ega bo‘lish.
Eng oson kosibchilik choklarini bilish.
Oyoq kiyim tikilish va ta’miri uchun xom-ashyo xususiyatlarni bilish.
Mahsulot namunasidan o‘rnak olish.
Erkaklar, ayollar va bolalar oyoq kiyimlarining ba’zi turlari nomini bilish.
Oyoq kiyim detallarining nomini bilish.
Fan bo‘yicha texnologik xaritadan foydalanishni bilish.
Bajarilgan ish yuzasidan xisobot berishni bilish.
Mahsulot turlarini oddiy modellashtirishni bilish.
Darsdagi ish vaqtini samarali o‘tkazish.
Dastur alohida bo‘limlardan iborat bo‘lib ular aniq mavzular ketma-ketligi asosida tuzilgan hamda poyafzal ta’mir ishining maydasidan boshlanib o‘rta ta’mir va murakkab ta’mirlashga qadar o‘zgarib boradi.
Dastur uch asosiy bo‘limni o‘z ichiga oladi.
“Poyafzal mayda ta’miri” bo‘limini o‘rganish davomida ta’lim oluvchilar detallarni elimlash, mixlash va tikish usullarini o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
“Poyafzal o‘rta ta’miri” axborot materiali va ba’zi detallarini almashtirish bilan bog‘liq amaliy ishlarni o‘rgatiladi.
Uchinchi bo‘lim o‘z ichiga nazariy bilimlarni mustaxkamlash va poyafzalning mayda, o‘rta hamda murakkab turlarida ta’mirlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni jamlab, poyafzal ustki va ostki qismlaridagi detallarni almashtirish ishlarni qamrab oladi.
Dastur mazmuni quydagi tamoyillarga yo‘naltirilgan:
Tizimli mustaxkamlik tamoyili
Komplekslik tamoyili
Differesiallashish va individuallashish tamoyili
Bilimdonlik, faollik va intensivlik tamoyili.
Kommunikativlik tamoyili
Ketma-ketlik, ilmiylik tamoyili
Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Ta’lim Markazining 2006 yilda tavsiya etilgan maxsus umumta’lim maktablari va aqli zaif o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan dastur asosida tuzilgan.
O‘quv rejasidagi o‘quv predmeti joyini belgilash. “Kosibchilik” predmeti ta’lim soxasining “Mehnat tayyorgarligi”ga kiradi.
O‘quv dasturi quyidagicha xisoblangan:
6 sinf – 272 soat, haftasiga 8 soat, 34 o‘quv haftasi;
7 sinf – 340 soat, haftasiga 10 soat, 34 o‘quv haftasi;
8 sinf – 340 soat, haftasiga 10 soat, 34 o‘quv haftasi;
9 sinf – 476 soat, haftasiga 14 soat, 34 o‘quv haftasi;
10 sinf – 612 soat, haftasiga 18 soat, 34 o‘quv haftasi;
Agar mehnat ta’limida o‘quv yuklamasi bir necha yo‘nalishlarga bo‘linsa, dastur mo‘ljallangan soatlar soni bo‘yicha moslashtiriladi. O‘qituvchi mazkur predmet uslub birlashmasi bilan kelishilgan holda u yoki bu mavzuni o‘rganishda soatlar sonini o‘zgartirish, yaxlitlik va ketma-ketlik buzilmagani holda ba’zi mavzularni qisqartirish xuquqiga ega.
Bilim va ko‘nikmalarni baxolash meyorlari va kreteriyalari (mezonlari)
Baholashda o‘zlashtirish nazoratini maqsad qilib olish, bolalarning ruhiy hususiyatlarini va individual imkoniyatlarini xisobga olish maqsadida muvofiq bo‘ladi. Umumiy baho chiqarishda esa bajarilgan amaliy topshiriqni baholash to‘g‘ri deb hisoblanadi.
Nazariy bilimlarni baholash meyorlari og‘zaki javob berayotgan ta’lim oluvchi “Texnik til”dan to‘g‘ri foydalanishi va terminlarni talaffuz etishi kerak.
Ta’lim oluvchiga “5” baho qo‘yiladi, agar:
O‘quv materialini o‘zlashtirsa;
Uni o‘z so‘zlari bilan bayon eta olsa;
Javoblarni konkret misollar bilan tasdiqlasa;
O‘qituvchining qo‘shimcha savollariga to‘g‘ri javob bersa.
Ta’lim oluvchiga “4” baho qo‘yiladi, agar:
O‘quv materiallarning asosini o‘zlashtirsa;
O‘z so‘zlari bilan bayon qilayotganda ahamiyatsiz xatolarga yo‘l qo‘ysa;
Javoblarni konkret misollar bilan tasdiqlasa;
O‘qituvchining qo‘shimcha savollariga javob bersa.
Ta’lim oluvchiga “3” baho qo‘yiladi, agar:
O‘quv materiallariningmohiyatli qismini o‘zlashtirmagan bo‘lsa;
O‘z so‘zlarini bayon qilayotganda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa;
Javoblarni konkret misollar bilan tasdiqlashda qiynalsa;
Qo‘shimcha savollarga javob berishda qiynalsa;
O‘quvchilar tomonidan bajarilgan amaliy topshiriqlarni baholash me’yorlari o‘qituvchi ta’lim oluvchilarga bajarilgan amaliy topshiriqni baholashda o‘quvchilarning mehnat jarayonini kuzatish xulosalarini hamda bajarilgan ta’mir sifatini nazarda tutishni nazarda tutadi.
Ta’lim oluvchiga “5” baho qo‘yiladi, agar:
Mehnat puxta rejalashtirilgan va ish joyini ratsional tashkil etilsa;
Mehnat usullari to‘g‘ri bajarisa, ish mustaqil bajarilsa;
Mahsulot o‘rnatilgan talablarni nazarda tutib ta’mirlansa;
Texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilinsa;
Ta’lim oluvchiga “4” baho qo‘yiladi, agar:
-Mehnatni rejalashtirish va ish joyini tashkil etganda ahamiyatsiz kamchiliklarga yo‘l qo‘yilsa;
- Mehnat usullari deyarli to‘g‘ri bajarilsa;
- Mahsulot ahamiyatsiz nuqsonlar bilan bajarilgan bo‘lsa;
- Texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilinsa;
Ta’lim oluvchiga “3” baho qo‘yiladi, agar:
Mehnatni rejalashtirish va ish joyini tashkil etishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilsa;
Alohida mehnat usullari noto‘g‘ri bajarilsa;
Ishda mustaqillik darajasi past bo‘lsa;
Mahsulot alohida talablarni buzgan holda bajarilgan bo‘lsa;
Texnika xavfsizligi qoidalariga qisman amal qilingan bo‘lsa;
“2” va “1” baholari qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |