2. Ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasida chaqiriqlar oqimini o‘rganishda xabar, chaqiriq, band qilish va ozod qilish kabi tushunchalar keng qo‘llaniladi.
Xabarlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
xizmat ko‘rsatilgan - tarmoq orqali iste’molchiga etkazilgan xabarlar;
yo‘qotilgan - ulash yo‘llarining bandligi, nosozligi yoki qabul qiluvchining javob bermasligi sababli manzilga etkazilmagan xabarlar;
kutayotgan – uzatilishini kutayotgan xabarlar;
shartli yo‘qotilgan – kutishi mumkin bo‘lgan vaqtdan oshgan xabarlar.
3. Chaqiruvlar tushish mometlari yoki ularning tushish oraliqlarining vaqt bo‘yicha ketma-ketligi telefon chaqiriqlari oqimi deyiladi. Tasodifiy bo‘lmagan (determinant) va tasodifiy chaqiruv oqimlari mavjud. Tasodifiy bo‘lmagan chaqiruv oqimi deb vaqt bo‘yicha tushish momentlari yoki chaqiruvlar oralig‘i avvaldan ma’lum bo‘lgan oqimlarga aytiladi. Bunga misol qilib oldindan o‘rnatilgan aniq jadval bo‘yicha amalga oshirilgan telefon chaqiruvlari ketma-ketligini ko‘rsatish mumkin. Agar chaqiriqlarning vaqt bo‘yicha tushish momentlari yoki ular oralig‘i tasodifiy qiymatli jarayon bo‘lsa, bunday oqim tasodifiy chaqiriqlari oqimi deyiladi.
4. Vaqt o‘qining t momentidagi tasodifiy oqim parametri t deb, (t, t+t) vaqt oralig‘ida bittadan kam bo‘lmagan chaqiriq tushish ehtimolligi Ri≥1(t, t+t) ning shu vaqt oralig‘i t ga nisbatining vaqt oralig‘i t nolga intilgandagi limitiga aytiladi:
t= lim [Ri≥1(t, t+t)]/ t.
t
5. Vaqt o‘qining t momentidagi tasodifiy oqim jadalligi (t) deb, (t, t+t) vaqt oralig‘ida tushadigan chaqiriqlar soni matematik kutilgan qiymati shu vaqt oralig‘iga nisbatining vaqt oralig‘i t nolga intilgandagi limitiga aytiladi:
(t)= lim [(0,t)- (0,t+t)] / t,
t
6. Ordinar chaqiriqlar oqimi deb, qisqa t vaqt oralig‘ida bittadan ortiq chaqiriqning tushish ehtimolligi shu oraliq qiymatiga nisbatan juda kichik bo‘lgan oqimlarga aytiladi, ya’ni
Ri≥2(t) = (t),
bu erda (t) t ga nisbatan juda kichik son, Ri≥2(t) esa t vaqt oralig‘ida ikki va undan ortiq chaqiruvlar tushish ehtimolligi.
7. Bir vaqtning o‘zida uchta - yakkalik, o‘zgarmaslik va keyingi ta’sir yo‘qligi xususiyatlariga ega bo‘lgan tasodifiy chaqiriqlari oqimi oddiy chaqiriqlar oqimi deyiladi.
8. Oddiy oqim uchun t vaqt oralig‘ida aniq k ta chaqiriq tushish ehtimolligi Pk(t) Puasson formulasi yordamida aniqlanadi:
Pk (t)= . (5.1)
(5.1) - ifodaning chaqiriqlar soni k bo‘yicha taqsimoti Puasson taqsimoti deyiladi. 5.1-rasmda Puasson taqsimoti t ning bir necha qiymatlarida ko‘rsatilgan. Puasson taqsimoti uchun Pk (t)=1 o‘rinli.
9. Soni cheklangan manbalar chaqiriqlari oqimi deb, parametri erkin (bo‘sh) manbalar soniga proporsional bo‘lgan tasodifiy yakkalik (ordinar) xususyatiga ega bo‘lgan oqimga aytiladi. Bu oqim parametri λi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi
λi = (N-i) , (2.8)
bu yerda -bo‘sh manba parametri yoki jadalligi (manba band bo‘lganda =0); N-chaqiriq manbalarining umumiy soni; i - band holatdagi manbalar soni.
10. Umumiy holda xizmat ko‘rsatish vaqti tasodifiy qiymatga ega bo‘lib uni ehtimollik taqsimoti qonuni bilan ifodalash mumkin. Amaliyotda ko‘p hollarda shunday taqsimot sifatida manfiy eksponensial taqsimotni qo‘llash o‘rinli:
P(t) =1-
bu yerda -tasodifiy xizmat ko‘rsatish vaqti; P(t) - tasodifiy xizmat ko‘rsatish vaqti avvaldan berilgan t vaqtdan katta bo‘lmaslik ehtimolligi; h= M[] tasodifiy xizmat ko‘rsatish vaqtining matematik kutilgan qiymati ( = 1/h – xizmat ko‘rsatish jadalligi).
11. Oddiy oqim uchun t vaqt oralig‘ida aniq k ta chaqiriq tushish ehtimolligi Pk(t) Puasson formulasi yordamida aniqlanadi:
Pk (t)= . (5.1)
(5.1) - ifodaning chaqiriqlar soni k bo‘yicha taqsimoti Puasson taqsimoti deyiladi. 5.1-rasmda Puasson taqsimoti t ning bir necha qiymatlarida ko‘rsatilgan. Puasson taqsimoti uchun Pk (t)=1 o‘rinli.
12. OXN modeli elementlari:
chaqiruvlar oqimi O ;
axborot taqsimlash (xizmat) tizimi ATT;
xizmat ko‘rsatish tartibi XKT;
xizmat ko‘rsatish vaqti XKV.
13. CHaqiruvlar oqimi yuqoridagi uchta xususiyat, ya’ni yakkalik (ordinarlik), o‘zgarmaslik (statsionarlik) va keyingi ta’sirning yo‘qligi bo‘yicha siniflarga bo’linadi.
14. Agar chaqiriqlarning vaqt bo‘yicha tushish momentlari yoki ular oralig‘i tasodifiy qiymatli jarayon bo‘lsa, bunday oqim tasodifiy chaqiriqlari oqimi deyiladi. Teletrafika nazariyasida asosan tasodifiy oqimlar ko‘riladi.
15. Agar tasodifiy miqdor chekli yoki sanoqli sondagi qiymatlar qabul qilsa, bunday tasodifiy miqdor diskret tasodifiy miqdor deyiladi.
Chekli yoki cheksiz oraliqdagi barcha qiymatlarni qabul qilishi mumkin bo’lgan miqdorga uzluksiz tasodifiy miqdor deyiladi.
16.
17.
18. Ma’lum vaqt oralig‘ida tushgan chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida xizmat ko’rsatish tizimi qurilmalari band bo‘lishini talab qiluvchi umumiy vaqtga yuklama deyiladi.
Talablar yuklamasi vaqt birligi (odatda bir soat) ichidagi qiymatiga talablar yuklamasi jadalligi deyiladi. O‘zgarmas talablar oqimi uchun tushayotgan yuklama jadalligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi
19. Ma’lum vaqt oralig‘ida tushgan chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida xizmat ko’rsatish tizimi qurilmalari band bo‘lishini talab qiluvchi umumiy vaqtga yuklama deyiladi.
O’lchov birligi soat*egallash. Yuklama jadalligi (qisqacha yuklama) birligi qilib Erlang (Erl) qabul qilingan. 1 Erl deb, xizmat ko’rsatish qurilmasini bir soat mobaynida uzluksiz egallanishini talab qiluvchi talablar oqimining jadalligiga aytiladi yoki boshqacha aytganda 1 Erlang bir soat ichida bir soat-egallashga teng ( 1 Erl = 1soat.egal./ soat.).
tarmog‘i elementlarini hisoblash uchun yuklamani eng yuqori bo‘lgan bir soat ichidagi qiymati olinadi. Eng yuqori yuklama soati (EYuYuS) deb, yuklamasining eng yuqori bo‘ligan 60 minutdan iborat uzluksiz vaqt oralig‘iga aytiladi. EYuYuS da yuklama zichligi darajasi yuklama zichligi koeffitsienti bilan baholanadi.
Extimolliklar zichligining taqsimlanishi
f (t) = e-β t , t 0 .
Do'stlaringiz bilan baham: |