Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi –



Download 2,05 Mb.
bet2/22
Sana12.07.2022
Hajmi2,05 Mb.
#780578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi – umumta’lim maktablarida “nformatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda elektron ta’limning zamonaviy tizimlaridan foydalanish” ni takomillashtirish.
Mazkur bitiruv malakaviy ishining vazifalari:

  • Bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid mavjud pedagogik adabiyotlar, ilmiy metodik ishlarni tahlil etish;

  • Umumta’lim maktablarida elektron ta’limning zamonaviy tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishish;

  • Elektron ta’limning zamonaviy tizimlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish;

  • Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan tajriba–sinov ishlarini oʻtkazish, uning samaradorligini aniqlash.

Mazkur bitiruv malakaviy ishining ob’yekti - Umumta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda elektron ta’limning zamonaviy tizimlaridan foydalanish.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti - Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida elektron ta’limning zamonaviy tizimlaridan foydalanishning usul, vosita va texnologiyalari.

I BOB. ELEKTRON TA’LIM TIZIMLARI HAQIDA TUSHUNCHA
1.1. Elektron ta’limning zamonaviy tizimlari tavsifi
Ta’limda axborot texnologiyalarining asosiy vazifasi: shaxs faoliyatini boshqarish, interfaol o‘qitish vositalarini va ta’limiy resurslarga samarali bog‘lanishdan iborat. Bunda kompyuter – texnik vositalar majmui sifatida, matnli, grafikli, va multimediali axborotlarni kiritish, saqlash, chiqarish va o‘zgartirishni ta’minlaydi. U yordamida ma’lumotnoma tizimlaridan boshlab to ayrim holatlarni modellashtirish vositalarini qo‘llashgacha bo‘lgan amallarni bajarish mumkin.
Bu dunyo ilm-fanida ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgani, sohaga qiziqish va talabning juda yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
G.I.Dasyuk dissertatsiyasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning didaktik tamoyillari, metodik yondashuvlari yoritilgan [42].
Badrul H. Khan tadqiqotlarida elektron ta’lim konsepsiyasidagi muhim sakkizta jihatni sanab o‘tadi: pedagogik, texnologik, pedagogik interfeys dizayni, baholash, boshqarish, resurslarni qo‘llab-quvvatlash, etik asoslar, uskunaviy vositalar [146].
Badrul H. Khan elektron ta’limning P3 modelini ishlab chiqqan bo‘lib, unda muallif mavjud mexanizmni odamlar – jarayon – mahsulot doimiyligi (People-Process-Product Continuum) ketma-ketligi asosida tushuntiradi.


1.2-rasm. Elektron ta’limning Badrul H. Khan tavsiya etgan P3 modeli.
Michael Hamilton ta’lim dasturiy ta’minotining asosiy turlari sifatida quyidagi modelni keltirgan [153].

1.3-rasm. Ta’lim dasturiy ta’minoti asosiy turlari
V.I. Jukovaning ishlarida pedagogik dasturiy vositalar uchta asosiy blokdan iborat bo‘lib, ularning nomlari vazifalarini anglatadi [177]: axborot-ma’lumotnoma bloki; o‘qitishni boshqarish bloki; diagnostika bloki.
N.O.Raximov o‘zining «Elektron axborot resurslarini shakllantirishda produksion bilimlar bazasini yaratish usul va algoritmlarini ishlab chiqish» mavzusidagi dissertatsiyasida1 elektron axborot resurslari boshqaruv hamda axborot olish tizimlari uchun qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi qaror muqobillarini shakllantirishga hamda axborot so‘rovlarini qanoatlantirishga xizmat qiluvchi asosiy manba sifatida baholab, elektron axborot resurslarini quyidagicha tasniflaydi [107]:

  • egalik ko‘rinishga ko‘ra;

  • saqlanish turiga ko‘ra;

  • materialning umumiy yo‘naltirilganiga ko‘ra;

  • foydalanish huquqining belgilanishiga ko‘ra.

Elektron axborot resurslari xarakatlanishiga ko‘ra turkumlanishi quyidagicha bo‘ladi [107]:

  1. Darajadan darajaga jismoniy xarakatlanishi;

  2. Veb-saytning to‘la xaritasi bo‘yicha xarakatlanishi;

  3. Kontent ichidagi ichki xarakatlanishi;

  4. Qidiruv shakli orqali xarakatlanishi;

  5. Sahifalar nomi bo‘yicha xarakatlanishi;

  6. Internet tarmog‘i yoki tizim ichidagi mavzuga oid xarakatlanishi;

  7. Foydalanuvchi nuqtai nazari (predmet sohalar) bo‘yicha xarakatlanishi;

  8. Bog‘liq sahifalar yoki jadval qismlari bo‘yicha xarakatlanishi;

  9. Teglar bo‘yicha xarakatlanishi;

  10. O‘xshashliklar asosidagi xarakatlanishi.


Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish