1.8-rasm. PDVlarga qo‘yiladigan talablar
D.V.Kuxtin o‘quv dasturini baholash xususiyatlarini uchta komponentlarda jamlangan bo‘lishi kerakligini keltirgan [178]. Shundan kelib chiqqan holda quyidagi chizmani shakllantirdik:
1.9-rasm. O‘rgatuvchi dasturlarning sifat xususiyatlari
Michael Hamilton ta’limiy dasturiy ta’minot quyidagi omillarini muhim deb hisoblaydi [153]: 1. Foydalanuvchining yoshi; 2. Ko‘zda tutilgan maqsad; 3. Yordamchi grafikalar; 4. Yordamchi matn; 5. Tezkor teskari aloqa; 6. Hamkorlikda o‘qitish; 7. Tanqidiy fikrlash; 8. Asliga muvofiq ssenariylar; 9. Integratsiyaning soddaligi/tematik bloklar; 10. Talabalarni nazorati; 11. Baholash; 12. Aholining maxsus qatlami; 13. Auditoriyaning xilma-xilligi.
N.O. Raximov o‘zining dissertatsiyasida elektron axborot resurslarni quyidagi tashkiliy elementlar tuzilmasi ko‘rinishida ifodalagan [107]: elektron axborot bazasi; dasturiy ta’minot; tarmoq kommunikatsiya tizimlari; foydalanuvchi tizimi; predmet soha. Shuningdek, dissertatsiyada elektron axborot resurslari zamonaviy talablardan kelib chiqib quyidagicha tasniflanadi [107]: 1. Sodda elektron hujjat ko‘rinishidagi resurslar; 2. Audioresurslar; 3. Videoresurslar; 4. Elektron jadvallar; 5. Multimedia materiallaridan tashkil topgan resurslar; 6. Veb-hujjatlardan tarkib topgan resurslar; 7. Ma’lumotlar bazasi; 8. Aralash kontentli resurslar.
Sh.X.Pozilovaning “Pedagogik dasturiy vositalar” nomli o‘quv qo‘llanmasida pedagogik dasturiy vositalar yaratish bosqichlari va ularga qo‘yiladigan talablar yoritilgan. Unga ko‘ra, pedagogik dasturiy vositalarni yaratish 6 bosqichdan iborat. Talablar esa didaktik, metodik, psixologik, texnik, tarmoq, estetik, maxsus talablar, ergonomik kabi turlarni o‘z ichiga oladi. Olim pedagogik dasturiy vositalar yaratishda amal qilish lozim bo‘lgan tamoyillarni ham 6ta guruhga bo‘lib o‘rganishni lozim deb hisoblaydi [103].
Shu qatorda F.H.G‘affarov o‘zining «Maxsus fanlar bo‘yicha elektron ta’lim resurslari bazasini yaratish va ularning masofadan foydalanish metodikasi» mavzusidagi dissertatsiyasida elektron ta’lim resursining asosiy tarkibiy qismlarini ta’lim jarayonining komponenti sifatida baholaydi. U elektron ta’lim resurslari tarkibini: didaktik tarkibiy qism, axborot-texnologik tarkibiy qism, me’yoriy–huquqiy tarkibiy qism, axborot-izlash ma’lumotli tizimlar, matematik va imitatsion modellashtirish vositalari tarzida guruhlashni taklif qiladi [144].
Mazkur tasnif va tasniflar fanda katta yutuqlar qo‘lga kiritilishiga omil bo‘ladi. Axborot asrida kompyuterlar hayotning deyarli barcha jabhalariga kirib keldi va har bir odamdan ma’lum bir fanni egallash, savodxon bo‘lish bilan birga nafaqat yoza oladigan, o‘qiy oladigan, sanay oladigan, balki axborot–kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘zini anglashga qodir bo‘lish talab qilinadi. Shu sababli ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat o‘rganish, balki ularni o‘qituvchi o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llashi masalasi ham dolzarb bo‘lib bormoqda.
Elektron o‘quv qo‘llanmasini baholash tizimini shakllantirishda quyidagi talablarga asoslaniladi:
Didaktik talablar.
Ergonomik talablar.
Xarakatlanishi tizimiga talablar.
Texnik talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |