OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
|
“Himoyaga ruxsat etilsin”
Fakultet dekani, f.-m.f.n.
_______________ Gʻ.F.Djabbarov
“_____” _____________________ 2022-yil
|
“5110700 – informatika oʻqitish metodikasi” ta’lim yoʻnalishi 4-kurs talabasi
Sharipov Ravshan Zoyirovich oʻgʻlining
“Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda elektron ta’limning zamonaviy tizimlaridan foydalanish “
mavzusidagi
B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I
|
Talaba: ____________R.Z.Sharipov
|
|
|
|
Ilmiy rahbar: “Informatika” kafedrasi dotsenti, p.f.n.
_______________ S.Tursunov
|
|
Taqrizchilar:
|
|
“Informatika” kafedrasi mudiri, dotsent
______________M.Mamarajabov
|
|
|
|
|
“Himoyaga tavsiya etilsin”
“Informatika” kafedrasi mudiri, dotsent
_______________ M.Mamarajabov
“_____” ______________ 2021-yil
|
|
Toshkent - 2021
Mundarija
KIRISH 3
I BOB. ELEKTRON TA’LIM TIZIMLARI HAQIDA TUSHUNCHA Error: Reference source not found
1.1. Elektron ta’limning zamonaviy tizimlari tavsifi Error: Reference source not found
1.2. Elektron ta’limning texnik va dasturiy ta’minoti 15
Birinchi bob boʻyich xulosa 20
II BOB. INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O’QITISHDA ELEKTRON TA’LIMNING ZAMONAVIY TIZIMLARIDAN FOYDALANISH USULLARI 23
2.1. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda elektron ta’limning zamonaviy tizimlaridan foydalanishning o’rni va ahamiyati Error: Reference source not found
2.2. Elektron ta’limning zamonaviy tizimlari yaratish texnologiyasi Error: Reference source not found
2.3. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda elektron ta’limning zamonaviy tizimlaridan foydalanish metodikasi 47
Ikkinchi bob boʻyich xulosa 49
III BOB. ELEKTRON TA’LIMNING PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA ULARNING TAHLILI 52
3.1 Elektron ta’limning pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish 54
3.2 Elektron ta’limning pedagogik tajriba-sinov ishlarini natijalari va ularning tahlili
Uchinchi bob boʻyicha xulosa Error: Reference source not found
UMUMIY XULOSA
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
KIRISH
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida 2017-2021 yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yoʻnalishdan toʻrtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Farmonga binoan ta’lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqildi. Bunda xalq ta’limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolarni barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan toʻliq ta’minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Umumiy oʻrta ta’lim sifatini tubdan oshirishda, qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda oʻqitishga alohida e’tibor qaratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Xalqaro tajribalar asosida barcha shahar va tumanlar markazlarida raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini tashkil etish boʻyicha topshiriq berildi.[3]
Bugungi kunda axborot texnologiyalari bizning hayot tarzimizga tobora koʻproq kirib kelmoqda. Ularsiz biron bir faoliyat sohasini tasavvur etib boʻlmaydi. Kundalik hayotda elektron kompyuterlardan foydalanish orqali insoniyat rivojlanishda ulkan yutuqlarga erishdi.
Raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi davlat va jamiyat boshqaruvi samaradorligini oshirishga, ijtimoiy sohani rivojlantirishga, bir soʻz bilan aytganda, odamlar hayotini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi “- bu soʻzlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2020 –“ Ilm-fan, ta’lim va raqamli rivojlanish yili “deb e’lon qilganida aytgan edi.”[4]
Soʻnggi on yillik dunyoda kompyuter revolyusiyasi davri booʻldi. Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez oʻzgaruvchan dinamik turi booʻlgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e’tiborini tortish, qiziqtirish uchun ma’lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda etkazish mumkinligi tooʻgoʻrisida savol tugoʻiladi.
Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e’tiborini kooʻproq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi. Ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha ooʻn minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga chooʻziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch ooʻlchamli grafikalarni ooʻz ichiga olgan booʻlishiga qaramay, kooʻpaytirish harajatlarining kamligini va saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi.
Bitiruv malakaviy ishning hajmi va tuzilishi. Ishning matni kompyuterda yozilgan .. bet hajmdan iborat boʻlib, uning strukturasini kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati, glossary va ilovalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |