Masofaviy ta’lim tizimi. Coldevay (1986) o‘quv jarayonida ikkita o‘zgaruvchi sifatida vaqt va joyni belgiladi. Ushbu o‘zgaruvchilardan har biri ikki xil o‘rganish usulini ta’minlaydi: joy jihatidan ishlaydigan va uzoqroq, vaqt jihatidan sinxron va boshqalar. 1.1-rasmda Coldevayning ikki o‘lchovli masofaviy o‘qitish modeli ko‘rsatilgan, unda to‘rt xil o‘rganish usullari aniqlangan. [64]
1.1-rasm. Soldevay masofaviy o‘qitish modeli.
1.1-rasmdagi to‘rtta chorak orasida, chapdan chapga an’anaviy o‘quv uslubi bo‘lib, u vaqt va joy jihatidan hech qanday to‘siqlarga ega emas, shuning uchun barcha talabalardan belgilangan vaqtda yuzma-yuz o‘qish uchun belgilangan joyda bo‘lishlarini talab qiladi, ya’ni buni biz xozirgi kunda onlayn dars jarayoni deb nomlaymiz. Masofadan o‘qitish yuqori masofadagi o‘ng kvadratda, o‘qitish uzoq joyda asinxron rejimda amalga oshiriladi. Masofaviy o‘qitish- oldinlari asosan noan’anaviy, katta yoshdagi talabalar uchun tanlangan, ular vaqt va joyga cheklovlar tufayli –yotoqxonadan va ma’lum bir joydan kelish kerak bo‘lgan masofa, ish jadvallari, oilaviy majburiyatlar, harbiy majburiyatlar, nogironlar va boshqalarni inobatga olgan holda o‘qitish kirgan. Ikkita qo‘shimcha kvadratlar mavjud, ulardan ikkitasidan bittasida cheklovlar mavjud. Yuqoridagi chap kvadratda cheklovlar mavjud, shuning uchun sinxron o‘rganish masofadan turib eshittirish tizimi, yopiq elektron televizion tizim yoki sun’iy yo‘ldosh tizimi orqali amalga oshiriladi. Vaqt cheklovi pastki o‘ng kvadratda qo‘llaniladi, u yerda asinxron o‘rganish o‘qish laboratoriyasi kabi belgilangan joyda bo‘ladi. Garchi bunday gibrid (aralash ta’lim- blended learning) ta’limning ikki turi mavjud bo‘lsada, masofaviy o‘qishda sof rejim ustunlik qiladi.
Masofaviy o‘qitishning boshlang‘ich shakli «sirtqi ta’lim» deb nomlangan, bu yerda kontentni yetkazib berish asosan bosma, audio-video yoki videotasvirlardan iborat bo‘lgan. Keyinchalik, masofadan turib o‘qitish jarayonida talabalarni o‘qituvchilar bilan qayta aloqaga (flipped classroom) o‘rnatish va samarali bog‘lash uchun ko‘plab aloqa texnologiyalaridan foydalanildi. Virjiniya jamoat kolleji tizimida (VJKT) masofaviy ta’limga mo‘ljallangan sayt yaratilgan bo‘lib, ushbu saytda talaba kalit so‘z (mavzu doirasi), oliy ta’lim muasasasiga, yo‘nalishiga, muddatga va o‘qish muddatiga ko‘ra masofaviy o‘qitish kursini qidiradi. Bu qidiruv mezonlari orasida masofaviy o‘qitish kursini an’anaviy kursdan ajratib turadigan yagona usul mavjud. Ma’lumotni yetkazib berish vositasi - bu Internet, siqilgan video, videotasvirlar, tele-kurs, elektron pochta, CD-ROM, bosma nashr, IP / televizor, avtomatlashtirilgan ko‘rsatma, analogli sun’iy yo‘ldosh, raqamli sun’iy yo‘ldosh, ish stol videosi, videoni efirga uzatish vositalari, audiografika, ovozli pochta, darsdagi ma’ruza va boshqa masofaviy o‘qitish rejimini uzatadi. Ushbu o‘n oltitaning aksariyati Internet paydo bo‘lishidan oldingi masofadan turib o‘qitish davrining qoldiqlari. Qisqa vaqt ichida Internet yetkazib berishning boshqa usullaridan foydalanish qulayligi, sifatliligi, tezligi, moslashuvchanligi va arzonligi nuqtai nazaridan ustunligi tufayli, yetkazib berishning eng muhim turiga aylandi. Shimoliy Karolina Jamiyat Tizimlarida Internetga asoslangan kurslar 2003-2004 yillarda masofaviy o‘qishga TVE (to‘liq vaqt ekvivalenti) ning 78 foizini, 15% ni esa tele-kurslar va ikki tomonlama video kabi boshqa kurslarni tashkil etdi. Bunda, 2001-2002 yillardagidan 29% dan ikki baravar kamaydi. Bundan tashqari, bir necha sinf uchrashuvlarini talab qiladigan aralashtirilgan kurslar kabi yangi kurslar ikki yil ichida 2% dan 7% gacha ko‘tarildi. [36]
Uzluksiz ta’lim tizimida oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalar masofaviy ta’limning pedagogik texnologiyalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini baholash natijasida yaqin kelajakda didaktik samaradorligi an’anaviy ta’lim tizimlarining samaradorligidan bir necha baravar yuqori bo‘lgan o‘qitishning tubdan yangi usullari (usullari, texnologiyalari) qo‘llanilishi nazarda tutildi. Shu kunlarda raqamli texnologiyalarda o‘quv muhitini rivojlantish uchun Internet va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatiga qaratilgan.
Masofali o‘qitish zamonaviy ta’limning eng muhim va tobora ommaviylashib borayotgan shakli sanaladi. Zamonaviy sharoitda axborot- kommunikasion texnologiyalarning tezkor rivojlanishi ta’lim jarayonida ularning imkoniyatlaridan foydalanish uchun qulay sharoitni vujudga keltirdi. Ayni vaqtda yetakchi xorijiy mamlakatlar masofadan o‘qitish borasida boy tajriba to‘plangan.
Masofaviy ta’lim– muayyan nuqtadan axborot-kommunikasiya vositalari (video, audio, kompyuter, multimedia, radio, televidenie va b.) yordamida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta’limiy mahsulotlarni tarqatish va yetkazib berishda an’anaviy hamda innovasion shakl, metod, vositalarga asoslangan holda ta’lim resurslaridan foydalanishga yo‘naltirilgan ta’lim.
Binolarga xizmat ko‘rsatish, jihozlar va laboratoriya uchun harajatlar, o‘qituvchi, ma’muriyatlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar shtati qisqaradi. Ta’lim oluvchilarga filiallar tarmog‘i, telestudiya va kompyuter tarmog‘i orqali maslahatlar beriladi.
Masofaviy ta’lim oluvchilar va o‘qituvchilarning bir-birlari hamda o‘qitish vositalari bilan o‘zaro ta’sirining maqsadga yo‘naltirilgan interfaol jarayonidan iborat bo‘lib, bunda ta’lim jarayoni ularning geografik fazoviy joylashishiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Ta’lim jarayoni kichik tizimlardan iborat, ya’ni o‘qitish maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllari, nazorat, o‘quv - moddiy, moliyaviy-iqtisodiy, me’yoriy-huquqiy va marketing kabi elementlarni qamrab olgan o‘ziga xos pedagogik tizimda kechadi.
Axborot-ta’lim muhiti ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot resurslari, o‘zaro muloqot bayonlari, foydalanuvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan apparat-dasturiy, tashkiliy-uslubiy ta’minot va boshqalar masofadan ta’limning tizimiy-tashkiliy majmui sanaladi.
Masofaviy ta’lim o‘qitishning an’anaviy usullaridan foydalanish, turg‘un sharoitda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, imkoniyatlari tibbiy shart-sharoitlar tufayli chegaralangan shaxslar, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari, xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalarida o‘qitish istagida bo‘lgan abiturientlar, ikkinchi mutaxassislikni egallashni xohlovchi kadrlarga juda qulay sharoitni yaratib beradi.
Mazkur ta’limni tashkil etishda o‘qituvchilarning faoliyati faqat o‘quv axborotlarini uzatish bilan cheklanmaydi. Shu sababli bu turdagi ta’limni tashkil etishga bir necha mutaxassis jalb qilinadi. Ular o‘z vazifalariga ko‘ra turlicha nomlanadi. Xususan:
1. O‘qituvchi – masofaviy ta’limni tashkil etishda foydalaniladigan o‘quv-metodik qo‘llanmalarning muallifi.
2. Moderator – masofaviy ta’lim negizida tashkil etilayotgan seminar, trening, davra suhbati va forumlarga boshchilik qiluvchi (boshqaruvchi) pedagog (muloqot jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi, bildirilayotgan fikrlarni umumlashtiradi, zarur bo‘lganda ularni to‘g‘rilaydi, ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, bilish faoliyatlarini faollashtiradi).
3. Tyutor (lot. “tutorem”) – o‘quv kurslari uchun interfaol metodlarni tanlovchi, ma’ruza o‘qituvchisi bilan talaba o‘rtasida ta’limiy aloqani o‘rnatuvchi pedagog (ustoz, murabbiy).
4. Edvayzer (fr. “avisen” – “o‘ylamoq”, “advisor” – “o‘ylovchi”) bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarining ta’lim oluvchilar tomonidan individual, mustaqil bajarilishi vaqtida metodik yordam beradigan maslahatchi.
5. Fasilitator (lot. “facilis”, ingl. “facilitator” –yengil, qulay)–masofaviy ta’lim xizmatidan foydalanayotgan guruhlarning faoliyatini muammoning yechimini topishga yo‘naltiruvchi, guruhlarda yuzaga keladigan muloqotni rivojlantiruvchi, shuningdek, guruhlar faoliyatini xolis, samarali baholovchi pedagog.
6. Invigilator – masofaviy ta’lim asosida tashkil etiladigan o‘qitish natijalarini nazorat qiluvchi mutaxassis -pedagog. Masofaviy ta’lim tizimida produktiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik va ilmiy izlanish (tadqiqot) metodlari qo‘llaniladi.
Mazkur tizimda o‘qitish vositalari sifatida quyidagilardan foydalaniladi: Kitoblar (bosma va elektron shaklda); didaktik materiallar; kompyuter o‘quv tizimlari (oddiy va multimedia shaklida); audio o‘quv axborotlari; video o‘quv axborotlari; virtual stendlar;trenajyorlar; ma’lumotlar bazasi; texnik vositalar radio, televidenie, magnitofon, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor, videoproektor, kodoskop, kompyuter, Internet tarmog‘i va b.
O‘quv kurslarida bir tinglovchining o‘rniga boshqa tinglovchi qatnashishi, uning o‘rniga sinov topshiriqlarini topshirishning oldini olish maqsadida masofaviy ta’lim tizimida nazorat videokonferensiyalarni tashkil etilishiga asoslanadi.
Masofaviy ta’lim tizimiga ko‘ra mashg‘ulotlar ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg‘uloti, kurs ishi, sinov, imtihon, maslahat, mustaqil ish kabi shakllarda yo‘lga qo‘yiladi.
Avvaldan yozib olingan videoma’ruzalar ta’lim oluvchilarga ma’ruzalarni tinglash va ko‘rish uchun sharoit yaratsa, faksimal aloqa, xabar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga o‘zaro teskari aloqa orqali o‘qitish imkonini beradi. Zamonaviy sharoitda telekommunikasiya vositalari – bosma matnlar, audio va videoyozuvlar o‘rni elektron o‘quv-axborot resurslari, dasturlari bilan to‘ldirilmoqda.
Masofadan o‘qitishning tashkiliy-metodik modeli sifatida quyidagilar tavsiflanadi:
- eksternat asosida o‘qitish;
- bir universitet negizida o‘qitish;
- bir necha o‘quv yurtining hamkorligi;
- maxsus masofaviy o‘qitish maqsadida tashkil etilgan avtonom ta’lim muassasalari;
- avtonom o‘qitish tizimlari;
- multimedia dasturi asosida norasmiy integrallashgan masofali o‘qitish;
- yagonalik modeli va b.
Masofaviy ta’lim ham barcha ta’lim turlari kasbi muayyan tamoyillar asosida tashkil etiladi. (1.2-rasm).
«Tamoyil» so‘zining ma’nosi xulqning, xatti-harakatning asosiy qoidasi, yetakchi g‘oya deganidir. Bu ta’lim jarayoni qonuniyatlari, mazmuni va metodlarini belgilab beruvchi o‘qitish tamoyillari hisoblanadi. Shuning uchun ham o‘qituvchining pedagogik mahorati va ta’lim oluvchining o‘rganuvchanlik faoliyatini bir qolipga solib, belgilangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan qoidalar majmuasi ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan didaktik tamoyillar mohiyatini tashkil etadi.
Didaktik tamoyillar nazariy va amaliy ta’limda maqsad, mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari, o‘qitish vositalari va usullari, mehnat va tarbiyaviy faoliyat, ta’limning turli bosqichlari hamda pedagogik va mehnat jarayonlari, ta’lim oluvchilarning jamoaviy rivojlanishi va har birining alohida rivojlanishi o‘rtasidagi aloqadorliklarni aks ettiradi.
Didaktika tamoyillarining tarixi shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar dars oldidan ko‘zlangan maqsadlariga ko‘p kuch va vaqt sarflamay aniq yetishlari uchun, bir necha avlod olimlari izlanishlar olib borib, didaktika tamoyillari majmuasi yaratilishiga sababchi bo‘lgan. Bu sohadagi tajribalar shuni ko‘rsatadiki, qonuniyat turg‘un bo‘lib, ular asosida yaratilgan qonun va tamoyillar o‘zgarib turishi ham mumkin ekan. Ba’zi eski tamoyillar o‘rniga boshqa yangi tamoyillar kiritilishi mumkin ekan.
O‘qitishning har xil tamoyillari tavsiya etilgan va etilayotgan bo‘lsada barcha tadqiqotchi-o‘qituvchilar uchun umumiy qator tamoyillar mavjud.
Ular quyidagilardan iborat:
1. O‘qitishning tarbiyalovchi va kamol toptiruvchi tamoyili.
2. Ilmiylik, tizimlilik va izchillik.
3. Ta’limning hayot bilan bog‘lanishi.
4. Onglilik va faollik.
5. Ko‘rsatmalilik.
6. Tushunarlilik.
7. Puxtalik.
…….
Do'stlaringiz bilan baham: |