Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti



Download 2,05 Mb.
bet13/22
Sana12.07.2022
Hajmi2,05 Mb.
#780578
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Raqamli texnologiyalarning qisqacha tarixi, afzalliklari va kamchiliklari.
Raqamli atamasi-digital, Digitus so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, lotincha «barmoq» degan ma’noni anglatadi. Odamlar uzoq vaqt davomida raqamlarni oddiygina barmoqlari bilan sanashganligi sababli, o‘nlik sanoq tizimi asosiy tizimga aylandi. Biroq, barmoqlarda faqat butun sonlarni hisoblash mumkin, shu sababli «raqamli» atamasi diskret qiymatlar oralig‘ida ishlaydigan qurilmani belgilash uchun ishlatiladi.
Raqamli texnologiyalar deganda nimani tushunamiz? Raqamli texnologiyalar analog texnologiyalardan farq qiladi. Analog signallar uzluksiz to‘lqinlar, raqamli ma’lumotlar esa qabul qiluvchi uskunalar tomonidan konvertatsiya qilinishi kerak bo‘lgan ikkilik kod sifatida uzatiladi. Ushbu kod ikkita holatni ifodalovchi birlar va nollarda joylashtirilgan bitlardan (ikkilik raqamlardan) iborat. Bir va nollarning joylashuvi ushbu materialning qanday dekodlanishi va birlashtirilishini aniqlaydi.
Raqamli texnologiyalar - bu ma’lumotlarini kodlash va ekranga uzatish uslublariga asoslangan, nisbatan qisqa vaqt ichida turli xil muammolarni hal qilishga imkon beruvchi diskret tizim desak xato bo‘lmaydi. Analog uzatmalarga xalaqit berilishi (raqobatchi signallar bilan uzilishi) va tez-tez nus’halash mumkin bo‘lsa, raqamli ma’lumotlar yaxshi qabul qilinadi yoki umuman qabul qilinmaydi (yoqilgan yoki o‘chirilgan) va sifatni yo‘qotmasdan muddatsiz takrorlanishi mumkin. Bu interaktivlikni ta’minlashning ijobiy tomoniga ega, ammo ma’lumot yo‘qotishdan yiroq bo‘lmagan salbiy tomoni ham mavjud. Raqamli texnologiyalar yaxshi siqiladi. Binobarin: - juda katta miqdordagi ma’lumotlarni raqamlashtirish va kichik hajmda saqlash mumkin, masalan, bitta diskda, usb(fleshka)da yoki tarmoq serverida; - bu o‘zini manipulyatsiya qilishga majbur qiladi: ya’ni siz materialni yaratilishdan yetkazib berishgacha va ishlatishga qadar doimiy ravishda o‘zgartirishingiz mumkin; - tarmoqdan foydalanish uchun raqamli texnologiyalarga osonlik bilan kirish mumkin:
Raqamlilashtirish quyidagilarga imkon beradi:
- tarkibni bir nechta platformalar bo‘yicha tarqatish;
- ma’lumotni ancha tezroq tarqatish;
- tarkibni interaktiv holga keltirish;
- axborotni yaratish va undan foydalanishda foydalanuvchilar sonini raqamli qurilmalar orqali kengaytirish.
Ma’lumotlarning raqamlashtirilishi har qachongidan ham ko‘proq ma’lumotni saqlash, boshqarish va tahlil qilish mumkinligini anglatadi. 
Raqamli signalning afzalliklari: Raqamli tizimning analogga nisbatan asosiy ustunligi signalni buzilmasdan yetkazish qobiliyatidir. Raqamli tizimlar asosida qurilgan qurilmalarni maxsus dasturlar yordamida boshqarish mumkin. Bunda apparat bilan qayta jihozlanmasdan qurilmaning imkoniyatlarini kengaytirish mumkin (masalan, yangi funksiyalarni qo‘shish). Buni bazan oddiy dasturiy ta’minot (proshivka) yangilanishi amalga oshiradi. Ushbu xususiyat har qanday sharoit o‘zgarganda qurilmani shunchaki moslashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, raqamli tizimlarda juda murakkab algoritmlardan foydalanish mumkin, ular analog tizimlar uchun deyarli imkonsiz yoki amalga oshirishning yuqori har ajatlari bilan bog‘liq. Analog shaklga qaraganda ma’lumotlarni raqamli kodlar shaklida saqlash ancha oson. Interferensiyalarga qarshi mustaxkamlikni oshirish ma’lumotni xatosiz saqlash va o‘qish imkonini beradi. To‘lqin interferentsiyasi - bu ikki (yoki undan ortiq) to‘lqinlarning qo‘shilishi, unda turli nuqtalarda hosil bo‘lgan to‘lqin amplitudasining ko‘payishi yoki kamayishidir. Analog tizimlarda apparat eskirishi vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘lishi mumkin, bu esa ma’lumotlarning ba’zi sohalariga zarar yetkazishiga olib keladi. Raqamli tizimlarda, agar shovqin darajasi ma’lum darajadan past bo‘lsa, u holda ma’lumotni yo‘qotishsiz tiklash mumkin.
Raqamli tizimlarning kamchiliklari: Ba’zida raqamli tizimlar xuddi shu vazifalar uchun analog tizimlarga qaraganda ko‘proq quvvat sarf qiladilar. Bunday holda, ko‘proq issiqlik energiyasi chiqariladi, bu qurilmaning murakkabligini talab qiladi (masalan, sovutish o‘rnatilgan bo‘lishi kerak). Bu batareyalar bilan ishlaydigan qurilmalarda bunday tizimlardan foydalanishni cheklaydi. Bazan, agar bitta raqamli ma’lumot yo‘qolsa, xabarning ma’nosi butunlay o‘zgarishi mumkin. Raqamli texnologiyalarni qo‘llash sohalari internetda har qanday odam topishi mumkin bo‘lgan juda katta miqdordagi axborot oqimlari o‘quv jarayonini bunday istagi bo‘lgan har bir kishiga taqdim etadi. Bundan kelib chiqqan holda rivojlanishning yangi ta’lim tizimida uzluksiz ta’limni rivojlantirishda masofadan turib ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish va buni sirtqi ta’limda qo‘llashda uchraydigan dolzarb muammolarni onlayn dars jarayoni davomida bartaraf etish mumkin. [23]
Rivojlanish bosqichlaridan ko‘rinib turibdiki, texnik aloqa vositalarining rivojlanishi natijasida sirtqi ta’limda qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari tegishli evolyusiyani boshidan kechirdi. 4 va 5 bosqichlarda axborot-texnik aloqa vositalarini masofaviy o‘qitish amaliyotiga joriy etish masofaviy ta’limning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limning pedagogik texnologiyalarini tanlash va ulardan oqilona foydalanish uning mazmuni va tashkiliy shakllariga bog‘liqdir.
Pedagogik imkoniyatlarning ortib borishi natijasida esa o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar, jumladan, elektron dasturiy mahsulotlar, multimedia ilovalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Axborotning elektron tovush, tasvir, matn ko‘rinishlaridan o‘quv-tarbiya maqsadini ro‘yobga chiqarishda samarali hisoblangan kompyuterli o‘qitish metodikasi ta’limga kirib keldi. O‘qitishning bunday metodikasining ahamiyati talabaning bilish jarayonidagi quyidagi psixologik holatlarida ko‘rinadi:
- diqqatni jamlashda;
- ma’lumot to‘g‘risidagi tasavvurni kengaytirishda;
- o‘quv predmeti, darsga qiziqishning ortishi va bilimlarni ixtiyoriy tarzda o‘zlashtirishda;
- izlanuvchanlik, ijodkorlik va mustaqil faoliyatga faol kirishishda; - o‘zini boshqa o‘quvchilarga nisbatan baholashda.
O‘z navbatida, o‘qituvchi faoliyatida kompyuterli o‘qitish:
- ish vaqtini to‘g‘ri taqsimlashda;
- o‘quv materiali mazmun-mohiyatining yorqin va ishonarli bo‘lishini ta’minlashda;
- berilayotgan axborotning ko‘lamini oshirishda;
- o‘quv topshirig‘ining turlarini kengaytirishda;
- sog‘lom raqobat, ijodiy muhitni yuzaga keltirishda;
- kasbiy malakani muntazam oshirib borishda ahamiyatli sanaladi. Kompyuterli o‘qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati – o‘qitish jarayonining barcha bosqichlari, jumladan, yangi o‘quv materiallarini tushuntirish, takrorlash, umumlashtirish, talaba (tinglovchi)larning fan bo‘yicha erishgan bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirishda namoyon bo‘ladi. Bunday jarayonlarda kompyuter talaba (tinglovchi) uchun turli vazifalar, xususan, pedagogik, ta’lim vositasi, ta’lim ob’ekti, o‘zaro muloqot hamkori kabi funksiyalarni bajaradi. Shu bilan birga bilimlarni baholash va ularning tegishli standart va talablarga mosligi monitoringini tashkil etishdagi afzalliklari uning o‘qitish tizimiga keng joriy etilishiga sabab bo‘ldi. Aloqa tizimlari va kompyuter texnikasining integratsiyalashuvi insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari hisoblangan axborot texnologiyalari imkoniyatlarining yuqori cho‘qqiga 1 Begimkulov U.Sh. Pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti. Pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – T.: 2007. –305-b.[18] chiqishiga olib keldi. Bunda kompyuterning lokal tarmoqlari, keyinchalik mintaqaviy hamda global (xalqaro) tarmoqlar, ular ishini ta’minlovchi tarmoq qurilmalarining yaratilishi, katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, uzatish, saqlash va talab qilingan axborotni tez izlab topish kabi vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan axborot tizimlarining yo‘lga qo‘yilishi ahamiyatlidir. Ayniqsa, dunyo bo‘ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmui hisoblangan internet (Xalqaro axborot tarmog‘i) va uning tarkibiy qismi hisoblangan, tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning imkonini beruvchi World Wide Web (WWW) bugungi kunda axborot almashishning asosiy vositasi hisoblanadi. Aloqa tizimlari va kompyuter texnikasining integratsiyalashuvi, kommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi, internet imkoniyatlari axborotni real vaqtda ko‘pchilikka va ko‘p hududga qulay yetkazish, saqlash, raqamli ovoz, tasvir, yozuv axborotlarini qayta ishlash, yetkazish bilan birga qayta aloqani amalga oshirish, virtual muloqotni hosil qilishdagi texnik va texnologik yechimlar orqali masofaviy o‘qitishni yangi bosqichdagi pedagogik tizim darajasiga yetishiga sabab bo‘ldi. Masofadan o‘qitish texnologiyalari ta’lim jarayoniga kirib kelgan vaqtdan beri o‘tgan davr mobaynida axborot uzatish va qabul qilish vositalarining imkoniyatlariga mos holda ushbu pedagogik tizimni modellashtirishga ko‘p ahamiyat qaratib kelingan. Qator olimlar (Ye.S.Polat, M.Yu.Buharkina, N.A.Muslimov, A.A. Abduqodirov, N.I.Taylaqov, M.V.Moiseeva kabi olimlar)[48] tomonidan masofali ta’lim modellarining quyidagi ko‘rinishlari to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi: Birlamchi. Masofaviy shaklda ta’lim berishda mashg‘ulot o‘tkazish shart emas, barcha o‘qitish ma’lum masofada tashkil etiladi. Lekin ta’lim oluvchilar unga biriktirilgan o‘qituvchilar bilan doimiy aloqada bo‘ladilar. Ikkilamchi. Ta’lim muassasasida o‘qish ham an’anaviy ta’limda, ham qisman masofaviy ta’limda olib boriladi. Har ikkalasida dars jadvali va o‘qitish dasturi bir xil. Aralashgan(Blended learning). Bu model masofali o‘qitishning turli shakllarini qamrab oladi, to‘g‘rirog‘i, turli masalalar integratsiyasi, masalan, ta’lim oluvchilar o‘quv materialining ma’lum bir qismini masofali o‘qitish bilan ketma-ket, boshqa qismini parallel ravishda an’anaviy o‘qitish orqali oladi. Konsorsium. Ushbu model ikkita ta’lim muassasasining o‘zaro aloqasida olib boriladi, ya’ni o‘quv materiallarini ishlab chiqarish va ularni masofali o‘qitishda ayrim funksiyalarni o‘zaro bo‘lib olishga asoslanadi. Franchayzing. Franchayzing tamoyiliga asoslangan bu modelda muloqotdagi ta’lim muassasalari o‘zaro o‘zlari yaratgan masofaviy kurslarni almashadi. Validatsiya. Muloqotda bo‘lgan barcha ta’lim muassasalari o‘zaro teng darajada masofali o‘qitish bo‘yicha bitim tuzadilar. Yiroqlashgan auditoriya. Ma’lum bir ta’­lim muassasasida tashkil etilgan o‘quv kurslari, ma’ruza va seminarlar sinxron teleko‘rsatuv, videokonferensiya, radioaloqa tarzida telekommunikatsiya kanallari orqali talabalar yig‘ilgan yiroqdagi auditoriyalarga namoyish qilinadi. Loyihalar. Ushbu modeldan davlat ahamiyatiga molik yirik masshtabli loyihalarni joriy qilishda foydalaniladi. Ushbu modelda asosiy rol o‘quv materiallarini yaratgan malakali kadrlar, o‘qituvchilar, olimlar yig‘ilgan ilmiy-metodik markazga beriladi. Eksternat turida o‘qitish. Qandaydir sabablarga ko‘ra ta’lim muassasasiga bora olmagan talabalar uchun mo‘ljallangan. Bir universitet negizida o‘qitish. Masofadan turib, sirtdan yoki masofali yangi raqamli texnologiyalar asosida (off-campus) o‘qiyotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Bir nechta ta’lim muassasasi hamkorligi. Sirtqi va masofali o‘qitish dasturini amalga oshirishdagi hamkorlik. Bunda ta’limni sifatliroq va kam har ajat bo‘lishi ta’minlanadi. Avtonom ta’lim muassasalari. Maxsus masofali o‘qitish maqsadida tashkil etilgan muassasa faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Avtonom o‘qitish tizimlari. Bunday tizimlar doirasida o‘qitish TV va radiodasturlar, shuningdek, qo‘shimcha nashr etilgan qo‘llanmalar asosida olib boriladi. Integrallashgan (birlashtirilgan). Bunday dasturlar qandaydir sabablarga ko‘ra maktabni tamomlay olmagan yoshi katta tinglovchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, rasmiy ta’lim dasturlarining qismi bo‘lishi mumkin. Turli darajali andragogik. Bunda andragogika tamoyillari asosida masofadan malaka oshirish ko‘zda tutiladi. O‘quvchining mustaqil ishi. Asosan asinxron rejimda o‘quvchining istalgan vaqtda ta’lim olishini ko‘zda tutadi. Ochiq ta’lim + sinf. Talabaning mustaqil ravishda ishlashini ta’minlovchi an’anaviy bosma materiallari va elektron ma’lumotlardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Kunduzgi va masofali ta’lim integratsiyalashgan. Bunda materialning qaysidir aniq qismi kunduzgi, yana aniq qismi masofadan va belgilangan ma’lum qismi kunduzgi yoki masofali tarzda amalga oshiriladi. Tarmoqli ta’lim (avtonom tarmoq kurslari va axborot-ta’lim muhiti). Bu model nogiron bolalar, yiroq hududlarda yashovchilar, o‘z kasbiy darajasini oshirish istagidagi talabalar va katta yoshlilar uchun mo‘ljallangan. Tarmoqli ta’lim va keys-texnologiyalari. Bu model ta’limni differensiallashtirishga mo‘ljallangan. Interaktiv televidenie (Two-way TV), videokonferensiyalar. Masofadan mashg‘ulotlarni translyatsiya qilish bilan bog‘liq model hisoblanadi. Model – haqiqiy ob’ektning izlanish olib borilayotgan sohadagi ma’lum talablariga javob beradigan nus’hasi bo‘lib, bu tushuncha biror maqsad uchun bajarilgan hodisaning mavjudligini sodda tushunish, voqelikning tavsifi sifatida qo‘llaniladi. Modellashtirish – bu ilmiy tadqiqotning nazariy uslullaridan biri, o‘z turi bo‘yicha mantiqan soddalashtirish, o‘quv materiallari yoki ta’lim mazmunini yaxlit tizimga keltirilishi ekanligi, ta’limda uning ikki jihatga egaligi: o‘quvchilar o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan ta’lim mazmunini modellashtirish va ta’lim vositalaridan iborat o‘quv harakatini modellashtirish tushunchalari ma’lum. Umuman olganda, pedagog kadrlarning va talabalarning masofaviy ta’lim jarayonini individuallashtirish metodikasida ta’lim jarayonining mazmuni, tarkibiy-tashkiliy qismlarini raqamli texnologiyalar va vositalari imkoniyatlarini inobatga olgan holda uzviylashtirish va tizimlashtirish sifatida keltirish mumkin. Masofaviy ta’lim jarayonini modellashtirish orqali soxtalikning oldini olish kafolatlanadi, ya’ni pedagogik jarayondagi oldindan aytib berish mumkin bo‘lmagan o‘zgarishlar hisobiga mavhumlik yuzaga kelishiga barham berilib, ilmiy jihatdan ishonchli taxmin qilish, avvaldan natijasi aniq bo‘lgan samaradorlikni ko‘rish imkoni vujudga keladi. [30]
Ko‘plab mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, Xitoy, Polsha va boshqalar) sirtqi ta’lim muassasalari talabalar uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturlar bo‘yicha o‘qishni tashkil qilishgan. Shu bilan birga, ta’lim mazmunining amaliy xususiyatini kuchaytirishga e’tibor qaratiladi.
Zamonaviy rus tadqiqotchilari M.K. Kaminskiy, I.Z. Yusupov [35] va boshqalar oliy ta’limda masofaviy ta’lim mazmunini shakllantirish uchun quyidagi fikrlarni asoslagan:
• ta’lim g‘oyasi, unga ko‘ra ta’lim mazmunini biron bir qatnashuv shaklidagi o‘quv jarayoniga, masalan, materiallarni o‘zlashtirish, bilim, ko‘nikma va hokazolarni rivojlantirish uchun qisqartirish mumkin emas, shaxsning ijtimoiy faoliyatga yaxlit integrasiyalashuvi nuqtai nazaridan ta’limni tushunishni talab qiladi;
• tizim g‘oyasi, unga ko‘ra ta’lim mazmunining nazariy modeli o‘quv faoliyati, uzluksiz va uzviy ta’limda o‘quv faoliyati bilan bir vaqtda ishlab chiqarish faoliyati, talabalarni mustaqil ta’lim olish bilan birga fanlarni o‘zlashtira olmaslikka emas, aksincha, shaxsning hayot tizimiga integrasiyalashishini hisobga oladi;
• axborotning barcha shakllarining mavjudligi asosli bo‘lib, shu asosda shaxsning ijodiy shaxsini shakllantirish jarayoni sodir bo‘ladigan materiyaning universal mulki sifatida aks ettirish g‘oyasi.
Oliy ta’lim tizimida uzluksiz ta’limni rivojlantirar ekanmiz masofaviy ta’lim mazmuni muammosi muhokamasi munosabati bilan dissertasiya o‘qishni ochiq rejalashtirishni tahlil qiladi, bu o‘qituvchi va talabaning yakka o‘quv dasturini birgalikda tayyorlash erkinligini anglatadi. Talabalar tomonidan o‘qituvchini (o‘qituvchisini) tanlab olish va istalgan vaqtda u bilan maslahatlashish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, o‘qituvchining vazifasi o‘quvchiga ta’lim yo‘nalishini rejalashtirish, mustaqil bilim jarayonini muvofiqlashtirish va tarmoq texnologiyalaridan foydalangan holda loyihalarni boshqarish imkoniyatini berishdir. Videokonferensiyaviy aloqa imkoniyati uzluksiz ta’limda istalgan masofadan turib talabani o‘qituvchiga yaqinlashtiradi va bilvosita kamchiliklarini yo‘q qiladi.
Ochiq ta’lim talabalarga o‘qish vaqti va sur’atini tanlash erkinligini ta’minlaydi-talabalarni yil davomida universitetga qabul qilish, belgilangan o‘qish davrlarining yo‘qligi asosiy kasbiy faoliyat bilan bir vaqtning o‘zida o‘qish imkoniyatini beradi. Ushbu imkoniyat talabalar populyatsiyasining o‘zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tobora dolzarb bo‘lib bormoqda.
Bu shuningdek o‘qish joyini tanlash erkinligini ham o‘z ichiga oladi, talabalar o‘qish vaqtining katta qismi uchun o‘quv xonasida bo‘lmasliklari, o‘zlari uchun qulay sharoitda qaerda o‘qish kerakligini mustaqil tanlashlari mumkin. Ochiq ta’limning asosiy omili bu shaxsning erkin rivojlanishidir.
Tadqiqotlar masofaviy o‘qishni tashkil qilish uchun uchta xalqaro modelni aniqladi: moslashtirish; sheriklik; televizion yoki kompyuter aloqalariga asoslangan «virtual ta’lim tizimlari».
Masofaviy ta’limni rivojlantirishda yangi tendensiyalar kashf qilindi: YuNESKO qoshidagi Ta’limni rejalashtirish xalqaro instituti XXI-asrda ta’limning modulli asosiga qurilgan «virtual» ta’lim gruppalarini yaratishga harakat qildi.
Masofaviy ta’limda Oliy ta’lim tizimining mazmuni va tashkiliy shakllari dizayni moslashuvchanlik, pedagog va talabaning individual yondashishlari, o‘zaro munosabati, targ‘ib qilish jarayonida mustaqillik, baholash va akkreditasiya tizimlari, xilma-xillik, ochiqlik, vertikal va gorizontal integrasiya, ijtimoiy o‘zgarishlarda ishtirok etish, qadriyatlarning mustahkam tizimi, elitizm yo‘qligi, professionallikni ta’minlaydi.
Biz rivojlangan oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limda uzluksiz ta’limning rivojlanish davriga muvofiq, masofaviy ta’limda uning pedagogik texnologiyalarining evolyusiyasi tasvirlangan.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, dastlabki bosqichlarda pochta orqali yuborilgan ma’lumotlardan ta’lim texnologiyalari sifatida foydalanilgan va talabalar o‘qituvchilar bilan aloqa qilmasdan, bir-birlarini tanimasdan o‘qiyganlar. Pedagogik etakchilik XX asr o‘rtalarida Angliyada ishchi kuchlarining bilim darajasini oshirish zarurati munosabati bilan paydo bo‘ldi. 1850 yilda Rossiyada masofadan o‘qitish instituti tashkil etildi. 1858 yilda London Universiteti abiturientlarning tezislar himoyasiga oldindan tayyorgarliksiz qabul qilinishiga ruxsat berdi, vaqt o‘tishi bilan universitet bunday «tashqi» mashg‘ulotlarni tashqaridan o‘rganishga o‘tdi. Bu tashabbuslar AQSh, Shotlandiya, Kanada, Rossiya, Avstraliyaning boshqa universitetlari tomonidan davom ettirildi. Uchinchi bosqich 60-yillarning boshlarida boshlanadi va 1969 yilgacha Britaniya Ochiq Universiteti tashkil etilgungacha davom etadi. Ushbu davrning o‘ziga xos xususiyati noan’anaviy universitetlar sonining keskin ko‘payishi edi.
Kelgusida YuNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlarning faoliyati oliy ta’limda innovasiyalarni umrbod ta’limning turli nazariyalari va tushunchalarini haqiqatga aylantirishning asosiy yo‘nalishiga aylantirish, qattiq, egiluvchan va elita oliy ta’lim tizimlarini hamma uchun ochiq bo‘lgan tizimlarga aylantirishdan iborat edi.
Auditoriyalarda o‘qishni muqobil tartibda ishlab chiqarish bilan birlashtiradigan ta’lim texnologiyalaridan (Buyuk Britaniyada aralash ta’lim (blended lerning) kurslari, AQShda o‘qitishning kooperativ shakllari) keng foydalanilmoqda. Asta-sekin kunduzgi ta’limga alternativ universitetlar tomonidan boshqariladigan va nazorat qilinadigan fuqarolarning o‘z-o‘zini o‘qitish ya’ni mustaqil ta’limdan samarali foydalana olishi mumkinligi tushunildi.
Ko‘pgina o‘quv yurtlari yanada moslashuvchan va samarali yangi texnologiyalarni izlamoqda, modullar tizimini va yagona kredit birliklarini takomillashtirishmoqda. Yangi texnologiyalar turli xil o‘qitish va qo‘shimcha har ajatlar evaziga ko‘proq ma’lumot olish uchun qo‘shimcha yangi imkoniyatlarni ochdi. Shunday qilib, 90-yillarning oxiridan boshlab ish joylarida o‘qitish mutaxassislar faoliyati bilan bog‘liq universitet dasturlari doirasida yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish joyida o‘qitish orqali kengaymoqda. Hozirgi vaqtda virtual ta’lim paydo bo‘ldi va faol rivojlanmoqda. Biroq, virtual o‘rganish sohasida tayyor tavsiyalar mavjud emas. Virtual universitetlar an’anaviy universitetlarga qaraganda yanada moslashuvchan bo‘lishi kerak. Bir qator ish beruvchilarning bunday universitetlarni bitiruvchilariga nisbatan noto‘g‘ri munosabati muqarrar. Virtual o‘qitish birinchi navbatda katta yoshdagi aholining, malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ishlaydigan mutaxassislarning, shuningdek mustaqil o‘qishni afzal ko‘rganlarning ehtiyojlariga javob beradi. Shu qatorda shuni ta’kidlab o‘tishimiz joizki nogiron, yura olmaydigan va ya’na boshqa sabablar bilan o‘qiy olmaganu ammo o‘qishni hohlaydigan insonlarimiz bor. Uzluksiz ta’limda masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish nogiron va yoshi katta insonlar uchun juda katta yo‘l ochib beradi. Ular orasida o‘qishga imkoniyati cheklangan ammo aqlli insonlar juda ko‘p. Oliy ma’lumotli bo‘lgan inson esa albatta jamiyatimiz rivojiga qaysidir ma’noda o‘z hissasini qo‘shadi. Ish tajribasiga ega bo‘lgan kishi masofaviy ta’lim tizimida o‘qitish ob’ekti hisoblanadi.
Auditoriyadan tashqari talaba, qoida tariqasida, ma’lum bir kasbiy bilim, ko‘nikma va ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan allaqachon shakllangan shaxsdir. U o‘zining kasbiy e’tiqodi, ustuvorliklari, ish uslubi va usullari asosini tashkil etadigan ma’lum bir ish va hayotiy tajribaga ega. O‘quv ob’ektining ushbu muhim xususiyati uni har doim yangi bilimlarga moyil bo‘lishga imkon bermaydi, tashkiliy va boshqaruv yangiliklariga nisbatan ma’lum bir shubha tug‘diradi, o‘qituvchi va talaba o‘rtasida o‘ziga xos psixologik to‘siqni keltirib chiqaradi. [38]
Uzluksiz ta’limda masofaviy ta’lim tizimidagi dars beradigan o‘qituvchining o‘quv jarayoni olib borishi kunduzgi ta’limdan ko‘ra samaraliroq bo‘lishi kerak, chunki minimal vaqt ichida mutaxassisni tayyorlash, moslashtirish va mutaxassisning shaxsini tarbiyalash kerak. Ta’lim jarayoni tabiiy ravishda shaxsning parallel jadal ijtimoiylashuvi bilan birga keladi. Keyinchalik to‘liq ish vaqtini 5-10% gacha qisqartirish tendensiyasini hisobga olgan holda, qisqa muddatli pedagogik o‘zaro munosabatlar (flipped classroom) sharoitida tashqi muhit talabalariga pedagogik muhitning ijtimoiy intensiv ta’sirini yanada jadallashtirish yo‘llarini izlash kerak.
Talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyati, talaba va o‘qituvchi (masofadan turib o‘qitish) o‘rtasidagi masofaviy o‘qitish va uzluksiz ta’limning o‘zaro aloqasi uchta asosiy ta’lim texnologiyalari bilan ta’minlanadi, ular amaliy o‘quv modellarida ham, o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berish tarkibi va usullarida ham mutlaqo farq qiladi:
-o‘quv materiallari maxsus to‘plamga (case) to‘ldirilib, talabaga mustaqil o‘qish uchun yuboriladigan o‘qituvchi-maslahatchilar;
-repetitorlar yoki trenerlar bilan davriy maslahatlashuvlar olib borish uchun
-ushbu maqsadda tashkil etilgan masofaviy (mintaqaviy) o‘quv markazlarida;
-televizion ma’ruzalardan foydalanishga asoslangan televizion texnologiyalar;
-Internet texnologiyalari (tarmoq)
-o‘quvchilarga o‘quv materiallarining elektron versiyasini taqdim etish, shuningdek o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi interfaol aloqalar.
Masofaviy pedagogik texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilish pedagogikaga katta qiziqish uyg‘otadi. Bularga quyidagilar kiradi:
-an’anaviy darslar va ma’ruzalarda o‘qitish samaradorligini oshiruvchi pedagogik texnologiyalarga allaqachon ma’lum bo‘lgan psixologiya, o‘yin texnologiyalari yutuqlari kiritilmoqda;
-ta’lim texnologiyalariga nisbatan yangi, kam o‘rganilgan usullarni joriy etish (gipnoz treningi, 25-chi usul, uyqu mashg‘uloti, axborot texnologiyalari, biokimyo, psixofiziologiya, bioenergiya sohasidagi so‘nggi yutuqlarni qo‘llash), ularning ba’zilari amaliy sinovlardan o‘tgan, yopiq ta’lim tizimlarida, masalan, razvedka xodimlari va diplomatlar tayyorlashda.
Talabalar asab tizimining sezgirligi va eslab qolish samaradorligi o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik bor. Bo‘lajak mutaxassis uchun bu yetakchilik fazilatlarini shakllantirish va barqarorlashtirish davri, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning boshlanishi. Bundan tashqari, talaba barcha ijtimoiy rollarni mukammal egallaydi. Ta’kidlash mumkinki, sirtqi ta’limni masofaviy ta’limga o‘zgartirish talabalar mehnat faoliyatiga jalb qilinishi bilan ajralib turadi. Kunduzgi ta’limda o‘qituvchilar va kursdoshlar bilan 5-10 foizga qisqartirish tendesiyasini hisobga olgan holda, kunduzgi mashg‘ulotlarni tashkil etishda pedagogik muhitning yanada intensiv ijtimoiylashuv yo‘llarini izlash kerak. [17], [21], [54]
Internet texnologiyalari masofaviy ta’lim va an’anaviy o‘qitish o‘rtasidagi tafovutni puchga chiqaradi va bu ikkala fikrning yaqinlashuvini ta’minlaydi va shu bilan masofadan turib o‘qitish bo‘yicha keng tarqalgan tushunchalar, atamalar, tadqiqotlar va nazariyalarda chalkashliklarni keltirib chiqaradi. 
Masofaviy o‘qitish tarixida (Mur va boshqalar, 1996, b.19; Simonson va boshqalar, 2000, s.22) Kiggan (1986) masofaviy o‘qitishni an’anaviy yuzma-yuz o‘qishga parallel va to‘ldiruvchi ta’limning o‘ziga xos shakli sifatida belgiladi. Amerika universiteti professorlari assotsiasiyasi (1998, 32-bet) masofaviy o‘qitishning an’anaviy ta’rifini berdi: «Talaba ta’limini o‘qituvchi va talaba geografik jihatdan bir-biridan ajralib turadigan sharoitlarda amalga oshiriladigan jarayon, texnologiyaning bir yoki bir nechta shakli bilan amalga oshiriladi. [37]
Masofaviy ta’lim va an’anaviy o‘qitish o‘rtasidagi farq yaqin vaqtgacha aniq bo‘lib kelgan. Ushbu dissertasiyada elektron ta’limning nazariy asoslari va masofaviy o‘qitishning an’anaviy tizimidan kelib chiqqan chalkashliklarni kamaytirish uchun bir nechta ma’lumot modellari kiritilgan: yangi paydo bo‘lgan onlayn va offlayn o‘quv rejimlarini har italash; ta’limning yangi va innovasion modellarini o‘rganish.

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish