Enriched Virtual model. virtual boyitilgan model - bu kunduzgi onlayn maktabga alternativ bo‘lib, u o‘quvchilarga uyda va maktabdan tashqarida kurs ishlarining ko‘p qismini onlayn ravishda bajarish imkonini beradi, ammo o‘qituvchisi bilan zarur yuzma-yuz o‘qish mashg‘ulotlari uchun maktabga qatnaydi. Boshqa modellardan farqli o‘laroq, boyitilgan virtual dasturlar odatda maktabga har kuni qatnashishni talab qilmaydi; ba’zi dasturlar, masalan, haftasiga ikki marta qatnashishni talab qilishi mumkin.
2.11-rasm. Enriched Virtual model.
Ta’limning innovasion rivojlanish davrida ko‘pchilik talabalarning XXI-asrdagi o‘quv ehtiyojlarini yaxshiroq aks ettirish uchun o‘rta maktabni raqamli texnologiyalar orqali virtual ta’lim bilan boyitish haqida o‘ylash kerak. O‘rta maktablarda o‘quv tarkibiy qismlarni, shuningdek, malaka va ishtiyoqni rivojlantirish imkoniyatlari, stajirovka, loyihaga asoslangan o‘qitish, kuchli kompyuter fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari va vakolatlarga asoslangan o‘quv tizimlarini o‘z ichiga olgan maktab tajribasini qayta ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi. Albatta, chuqur o‘rganishni qo‘llab-quvvatlashdagi bunday tajribalar an’anaviy maktabga mos kelmaydi. Ushbu noan’anaviy amaliyotni keng miqyosda maktablarga kiritish uchun o‘quvchi qaerda, qachon, qanday qilib va qaysi metodda o‘rganishi muhim. [106]
Raqamli texnologiyalar tufayli o‘rganish har qanday joyda, har qanday vaqtda va (bazan) turli shakllarda bo‘lib o‘tadi. Ushbu model doirasida talab qilinadigan an’anaviy ta’lim odatda ikkita asosiy maqsadga xizmat qiladi: 1) talabalarning o‘quv tajribalarini guruhli ish yoki o‘qituvchilar rahbarligi ostida olib boriladigan darslar bilan boyitish; 2) talabalarni muntazam ravishda o‘qituvchi nazorati orqali o‘qitish. Uyda onlayn qo‘llanmadan foydalangan holda o‘qish
2.11-rasm. Onlayn ta’limda virtual boyitilgan ta’lim metodi.
Boyitilgan Virtual model amaliyoti bugungi kunga kelib o‘sib borayotgan o‘quvchilarga foyda keltirishi mumkin. Boyitilmagan holda virtual uzluksiz aralashtirilgan ta’lim tizimi, moslashuvchanlikni rejalashtirish, maktabdan tashqari joyda o‘qish, tajriba, paydo bo‘lgan qiziqishlarni o‘rganish uchun imkoniyatlar va boshqalar ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilmaydi. [109]
Ta’lim muassasalarining boyitilgan virtual modellarining samaradorligi talabalar uchun birgalikdagi o‘quv tajribasini yaratishga olib keladi. Aralash ta’lim va ta’lim muassasasidan tashqari ta’lim bir-birini ilmiy boyitadi.
Ushbu modelni qabul qiluvchilar nafaqat o‘rta maktab konsepsiyasini o‘zgartirishda, balki barcha o‘quvchilarni muvaffaqiyatga erishishda qo‘llab-quvvatlashda katta yutuqlarni namoyish etishsa, shubhasiz boyitilgan virtual aralash ta’lim modeli o‘rta maktabning kelajagini shakllantirishda davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |