Ilyas(Integrated Learning, axborotlashtirish va ish hamkorlik tizimi) bir ochiq kodli veb-asoslangan o‘rganish boshqaruv tizimi(LMS). U o‘quv tarkibini boshqarish (shu jumladan SCORM 2004 muvofiqligini) va hamkorlik, aloqa, baholash va baholash vositalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Dastur GNU umumiy ommaviy litsenziyasi ostida nashr etilgan va uni PHP va MySQL-ni qo‘llab-quvvatlaydigan har qanday serverda ishlatish mumkin. Ilias -bu tizim ham erkin va ochiq kodli masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi. Dasturiy majmua 1998 yildan hozirgi vaqtgacha rivojlanib kelmoqda. Boshqa tizimlarda mavjud bo‘lgan o‘qitish modullari bu tizimda ham bor: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Student tracking, Calendar, Glossari, Wiki va boshqa modullari mavjud. Ushbu SCORM standartiga to‘liq javob beradi.
OpenELMS (Open engaging and dynamic learning management system) - bu ochiq qiziqarli va dinamik ta’limni boshqarish tizimi. Open Elms to‘plami elektron o‘quv kurslarining bepul kutubxonasini va vositasini o‘z ichiga oladi. Open Elms Britaniyaning e-Learning WMB dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyasi tomonidan yaratilgan xususiy dasturiy ta’minot sifatida ish boshladi. Dasturiy ta’minot ustida ishlash 2005 yilda boshlangan va mijozlar uchun ishlab chiqilgan elektron o‘quv kurslari bepul tarqatilgan.
Open Elms-ning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: kurs yaratish vositalari, ta’lim rivojlanishini kuzatish, sinov va ballarni to‘plash, hisobot berish, interfeys sozlanishi, elektron pochta integratsiyasi, SCORM muvofiqligi, ma’lumotlar importi va eksporti, foydalanuvchiga asoslangan xavfsizlik, 3D virtual o‘quv xonasi, hujjatlarni boshqarish, auditorlik ishlari
eFront –ta’limni boshqarish tizimlari (LMS - Learning Management System) va o‘quv materiallari (LCMS - Learning Content Management System) funksiyalarini birlashtirgan yangi avlod elektron ta’lim tizimlari. eFront-dasturiy majmua PHPni qo‘llab-quvvatlovchi barcha operasion tizimlarda ishlaydi. Ma’lumotlar bazasi sifatida MySQL va PostgreSQL dan foydalanish mumkin. Boshqa LMSlar singari IMS va SCORM standartlarni qo‘llab – quvvatlaydi. Tizim 30 dan ortiq tilga tarjima qilingan, shu qatorida o‘zbek tilidagi tarjimasi ham mavjud. eFront tizimining bir qancha versiyalari ishlab chiqarilgan, ular Editions, Enterprise, Educational va Open-source. Open-source versiyasidan foydalanish bepul hisoblanib, qolgan versiyalaridan foydalanish uchun ma’lum qo‘shimcha pul evaziga sotib olishingiz mumkin bo‘ladi. Lekin eFront dasturiy majmuasining Open-source versiyasi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirishingiz uchun yetarli hisoblanadi.
Endi esa asosiy LMS dasturimiz LMS moodle ga o‘tamiz.
LMS Moodle (modulli obektga yo‘naltirilgan dinamik o‘quv muhiti) o‘zida tizimning bir nechta sinflarini birlashtiradi:
- Saytni boshqarish tizimi (CMS);
- Ta’limni boshqarish tizimi (LMS);
- Ta’limning virtual muhiti (VLE);
LMS Moodle ochiq kodli platforma (GNU Public License ga asoslanib) sifatida keng tarqalgan. LMS Moodle tizimi SCORM 1.2 standartiga mos sertifikatga ega.
LMS Moodle – bu o‘qituvchilar tomonidan onlayn-kurslarni yaratish uchu maxsus ishlab chiqilgan sayt tarkibini boshqarish tizimi (Content Management System-CMS) dir. Uni ko‘pincha e-learning tizimlarni o‘qitishni boshqarish tizimlari (Learning Management Systems-LMS) yoki virtual o‘qitish vositasi (Virtual Learning Environments-VLE) deb ham ataladi.
LMS Moodle–bu alohida onlayn-kurslar kabi, ta’lim veb-saytlarini ishlab chiquvchi instrumentlar sohasidir. Loyiha asosida sotsial konstruktivizm nazariyasi va uni o‘qitishni ishlatish yotadi.
LMS Moodle avtori - Martin Dougiamas. U «The use of Open Source software to support a social constructionist epistemology of teaching and learning within Internet-based communities of reflective inquiry» mavzusidagi dissertasiyasini himoya qildi. Axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali ta’limni qo‘llab – quvvatlash platformasini yaratish g‘oyasi unda 1999 yilda Curtin University (Avstraliya) universitetida WebCT tijorat platformasi bilan ishlash tajribalaridan kelib chiqdi.
LMS Moodle keng tarqalgan Web CT va Black Board e-learning platformalarining o‘rnini bosish uchun emas, balki o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish vositasi sifatida yaratilishi kerak edi.
Ammo, LMS Moodle arxitekturasi va bu platformaga qo‘yilgan prinsiplar shunchalar omadli bo‘ldiki, uni jahon hamjamiyati tan oldi. Bu bepul tarqaladigan dasturiy majmua o‘zining funksional imkoniyatlari, o‘rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan masofaviy o‘qitish tizimlaridan foydalanuvchilarning ko‘pgina talablarini qanoatlantiradi.
LMS Moodle masofaviy sohada o‘qitish jarayonini to‘la qo‘llab-quvvatlash uchun keng doiradagi imkoniyatlarni beradi – o‘quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish nazoratini o‘z ichiga olgan dasturdir.
LMS Moodle (http://www.gnu.org/copyleft/gpl.html) GPL litsenziyasi ostida (http://www.opensource.org/docs/definition_plain.html) ochiq joriy kodi bilan dasturiy ta’minot sifatida foydalanish mumkin. Ochiq dasturiy kodli LMS Moodlega o‘zgartirishlar kiritish, yaxshilash, modifikasiyalash uchun http://www.lms.moodle.org manzili bo‘yicha kirish mumkin.
LMS Moodle so‘zi bu-Modular Object Oriented Dynamic Learning Environment so‘zining abbreviaturasidir. Rus tilida -Mudl va -Moodus (Modulnaya ob’ektno-orientirovannaya dinamicheskaya upravlyayuщaya sreda) nomlari ham qo‘llaniladi.
LMS Moodle Unix, Linux, Free BSD, Windows, Mac OSX, Netware operasion tizimlarida va PHP ishlatilishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy boshqa tizimlarda ham modifikasiyalarsiz qo‘llanilishi mumkin. Ma’lumotlar MySQL va PostgreSQL ma’lumotlar bazasida saqlanadi, ammo ma’lumotlar bazasini boshqarishning tijorat tizimlari ham ishlatilishi mumkin. LMS Moodle oson vositalar yaratish imkoniyatiga ega. Yangi versiyaga o‘tishda qiyinchilik va yangilanishlar kelib chiqmaydi. LMS Moodle masofiviy ta’lim tizimining yangi versiyalarini http://www.LMS Moodle.org dan olish mumkin. Bu dastur dunyo bo‘yicha masofaviy ta’limda qo‘llanilishda birinchilardan bo‘lib kelmoqda.
2.3-rasm. LMS dasturlarining dunyo bo‘yicha ishlatilishi.
https://lh3.googleusercontent.com/ saytidan olingan ma’lumotlarga(2.3-rasm) ko‘ra hozirgi kunlarda LMS moodle dasturi masofaviy ta’limda qo‘llaniladigan 20 ta dasturning ichida eng ko‘p qo‘llaniladigani hisoblanmoqda.
Ko‘rinib turibdiki yuqorida ko‘rib chiqilgan LMS tizimlarining imkoniyatlari bir-biridan qolishmaydi. Biroq, ular yordamida masofaviy ta’lim tizimlarini tashkil etish administratorning qobiliyatiga hamda tizimlarning imkoniyatlari yaratilayotgan masofaviy ta’lim tizimiga qay darajada mos kelishiga bog‘liq bo‘ladi. Masofaviy ta’lim tizimlarini yaratishda minimal holatda darsning nazariy qismlarini yaratish, turli shakldagi testlar tuzish, forum, izohli lug‘at, talabalarning reyting tizimini nazorat qilish bo‘limlarining bo‘lishliligi talab etiladi.
Ko‘rib chiqilgan LMS tizimlarining deyarli barchasi SCORM va IMS standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bunday standartlar taqdimotlarni namoyish qilish, elektron manbalarni ko‘rib chiqish hamda sodda va murakkab ko‘rinishdagi testlarni tuzish imkonini yaratadi. SCORM va IMS standartli fayllarni bir tizimda yoki bir bo‘limda emas, balki turli tizimlarning turli bo‘limlarida qayta-qayta foydalanish imkoni mavjud bo‘ladi.
Ta’lim tizimida eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlari quyidagilardir: 1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
2. O‘qitilgan materiallarni mustahkamlash darsi.
3. Talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirish va baholash darsi.
4. Takroriy-umumlashtiruvchi va kirish darslari.
5. Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nechtasini birga qo‘llanishi).
Har bir dars turining ma’lum tuzilishi va hususiyatlari bor bu narsa o‘qituvchining o‘quv materialini to‘g‘ri va samarali tushuntirishiga mustahkam esda qoldirishga takrorlashga va uning o‘zlashtirilishini nazorat qilib borishiga yordam beradi.
O‘qitishning aralash shakli. Blended learning (aralash ta’lim) Talaba o‘zining aniq sharoitlari va imkoniyatlariga eng ko‘p mos keladigan o‘quv jarayonini ongli ravishda tanlab olishi foydadan xoli emas. Bu ish darsning muhim tomonlarini tanlashdagi tavakkalchilikka bilim ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish jarayonini boshqarishga qandaydir tasodifiy yondashishga yo‘l qo‘ymaydi.
Amaliyotda talabalarning ishlarini tashkil kilishning aralash shaklini ham uchratish mumkin. Masalan: Bitta zvenodan tashqari qolgan talabalar frontal ishlashi o‘qitishning u yoki bu shaklini qo‘llash o‘qitish mazmunidan talabalarni bilim va malaka me’yoridan hamda o‘qitish metodlarini qaysi biridan foydalanishimizga bog‘liq. O‘qitishni bosqichlarida o‘qitishning frontal tashkil qilish undan keyin zveno formalari talabalar ma’lum tayyorgarlik olganlaridan so‘ng yakka-yakka ya’ni individual o‘qitish shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Aralash va masofadan o‘qitish. Aralashtirilgan ta’lim «integrasiyalashgan o‘qitish uslubini shakllantirish uchun kompyuter vositasida amalga oshiriladigan harakatlar bilan» yuzma-yuz uslublarni birlashtiradi (Pensilvaniya shtat universiteti, 2009). Har bir kursni noyob qiladigan «aralashma», aralashtirilgan/gibrid kurslar turli xil xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, kursda onlayn munozaralar, o‘quv qo‘llanmalari va tadqiqot ishlari hamda podkast yoki videoga talabalarning javoblari bo‘lishi mumkin.