8-AMALIY MASHG‘ULOT
AKUSTIK USULDA DVIGATELNI DIAGNOSTIKALASH PARAMETRLARINI
O‘RGANISH
Mashg‘ulotning maqsadi.
Akustik usulda dvigatellarni diagnostikalashni va uning
usullarini o‘rganish.
Nazariy tushuncha.
Mashinalarni vibroakustik diagnostikalash usuli quyidagicha
tushuniladi. Mashinalar ishlashi va xarakatlanishi vaqtida detallarni bir-biri bilan ishqalanishi,
hamda yeyilishi natijasida turli zarbiy kuchlar yuzaga keladi, bu o‘z navbatida mexanizmlarda
elastik tebranishlarni xosil etadi. Bunday tebranish tuzilish shovqini deyiladi va atrofga tar-
qalayotgan xavoyi shovqindan butunlay farq etadi.
Detallarning
yeyilishi,
yoki
ularda
qandaydir
nuqsonlarni yuzaga kelishi natijasida kinematik
tizimdagi detallarning aloqa etish darajasi buziladi va
bu shovqin tebranish daraja ko‘rsatkichlarini
o‘zgarishga olib keladi.
6.1- rasm. Dvigatelni diagnostikalash joylari
Ishlab turgan mexanizm o‘zidan tebranish impulsini tarqatish xususiyatiga ega. Detallar
oralig‘idagi tirqish masofasi o‘zgarishi va bu detallarni bir-biri bilan zarbalanishining ortishi,
undan tarqalayotgan akustik signallarning energiyasini yanada ko‘paytiradi. Bunday vibro-
akustik darakning amplitudasi kinematik juftlikning xolati to‘g‘risida yetarli ma'lumot berishi
mumkin. Bunday daraklarni qabul etish maqsadida mexanizm va agregatlarning korpuslariga
o‘rnatilgan maxsus datchiklar qo‘llaniladi va ular tizimdagi xamma elementlardan chiqayotgan
yakuniy tebranishlarni qabul qiladi. Xar bir kinematik juftlikni, yoki element xaqida to‘laroq
ma'lumotga ega bo‘lish uchun yesa, ularning xar biridan chiqayotgan darakni baholash lozim
bo‘ladi. Daraklarning turkumlashning bir necha usullari mavjud: amplitudali, vaqtli va chastotali.
Amplitudali turkumlashda bizni qiziqtirayotgan kinematik juftlikdan, yoki elementdan
tarqalayotgan daraklarning foydali qismi ajrata olinishi shart. Qanchalik tarqalayotgan foydali
darakning nisbati, boshqa shovqinga nisbatan katta bo‘lsa, shunchalik o‘lchash aniqligi yuqori
bo‘ladi. Shu maqsadda datchikni shunday joyga maxkamlanadiki, u yerdan tarqalayotgan foydali
darakning amplitudasi yuqori bo‘ladi.
Daraklarni vaqtinchalik turkumlanishda tarqalayotgan darakning paydo bo‘lish vaqti bir-
biridan ma'lum vaqtga farq etadi. Masalan, shatunning ostki va ustki kallaklaridan tarqalayotgan
daraklar, keskin ma'lum vaqt oralig‘ida almashib turadi, bu mexanizmning kinematikasiga va
tirsakli valning aylanishlar chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. Daraklarning chastotali turkumlanishida
xar bir tarqalayotgan darakning chastotasi, yoki vaqti xaqida ma'lumotga ega bo‘linishi lozim.
Turli elementlarning bir-biriga urilishi natijasida xosil bo‘layotgan impulslarning chastotasi,
odatda, bir-biridan farq qiladi. Masalan, SMD-14 dvigatelining porshennig tirqishda
xarakatlanishi natijasida xosil bo‘layotgan tebranish energiyasi 500-4000 Gs, porshen
xalqalarining porshen ariqchalariga urilish energiyasi esa 10 000 – 14 000 Gs oralig‘ida bo‘ladi.
Murakkab tebranishlarni tashkil etuvchilarga
taqsimlash spektrial taxsimlash, yoki spektrial
taxlil deb yuritiladi. Uning ma'nosi shundan
iboratki, hamma tizim elementlarida xosil
bo‘layotgan umumiy tebranish jarayonidan,
navbatma-navbat xar bir aniqlanadigan bo‘lakdagi
tebranishlar spektri aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |