Reja: Shok haqida tushuncha



Download 56 Kb.
bet1/2
Sana21.02.2023
Hajmi56 Kb.
#913455
  1   2
Bog'liq
SHOK.


Shok.


REJA:
1.Shok haqida tushuncha.
2.Shokning turlari:
-travmatik shok;
-gemorragik shok;
-gipovolemik shok;
-kardiogen shok;
-toksikoinfeksion shok;
-anafilaktik shok.

Shok haqida tushuncha. Markaziy nerv tizimi, qon aylanish, nafas olish, moddalar almashinuvi tizimlari funksiyasini buzilishi tufayli yuzaga keladigan nihoyatda og`ir, hayot uchun xavfli kasallik holatidir.


Shokning turlari. Yuzaga keltirgan sabablariga ko`ra shok 6 turda bo`ladi:
-travmatik shok;
-gemorragik shok;
-gipovolemik shok;
-kordiogen shok;
- toksiko infeksion shok;
-anafilaktik shok.
Shokning har bir turi uni yuzaga keltirgan sabablariga ko`ra, o`ziga xos belgilar bilan farq qiladi. Ana shu belgilardan kelib chiqqan holda, shok holatidagi bemorga birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi.
Travmatik shok.
Sababi.1.Mexanik ta`sirlar: urilish, yiqilish, transport hodisalari.
2.Kuyish(termik kuyish, kimyoviy kuyish).
3.Elektr toki ta`siri;
4.Sovuq ta`siri.
Belgilari. Yuqoridagi sabablarda ko`rsatilgan tashqi kuchli ta`sirlar natijasida shikastlangan odamning birinchi navbatda markaziy nerv tizimi zararlanib kuchli og`riq paydo bo`ladi. U karaxt holatiga tushadi, yoki butunlay hushini yo`qotadi. Markaziy nerv tizimi faoliyatining buzilishi, kuchli og`riq o`z navbatida yurak-tomir va nafas olish tizimlari faoliyatining buzilishiga olib keladi.
Agar travma natijasida jarohatlanish, ya`ni teri va to`qimalar butunligining buzilishi ham yuzaga kelgan bo`lsa, jarohatdan qon ketishi tufayli bemor qon yo`qotadi. Buning natijasida tomirlarda harakatlanayotgan qon miqdori kamayadi va organizmda qon aylanish jarayoni buziladi. Arterial qon bosimi pasayadi. Bu esa, o`z navbatida bosh miya nerv to`qimasini, tananing barcha to`qimalarining kislorod va oziq moddalar bilan ta`minlanishini buzilishiga olib keladi.
Shok 2 davrda kechadi:
1. Shokning erektil davri.
2. Shokning torpid davri.
Shokning eriktil davrida bemor qo`zg`aladi, alaklaydi, baqiradi, tipirchilaydi.Arterial qon bosimi normal bo`ladi, yoki biroz ko`tariladi.Yurak urishi tezlashadi.Nafas tezlashadi.Teri oqaradi, ko`z qorachiqlari kengayadi, ular yorug`likda torayish, qorong`ida kengayish xususiyatini yo`qotadi.
Shokning torpid davrida bemor karaxt holatida bo`ladi, u savolga javob bermaydi. Uning ko`z qorachiqlari kengaygan, qo`l-oyoqlari sovuq, terisi sovuq ter bilan qoplangan, tomir urishi kuchsiz, tezlashgan. Arterial qon bosimi normadan past (maksimal bosim 60-50-30 mm simob ustunigacha pasayadi, minimal bosim 30–10–0 gacha pasayadi. Normada maksimal bosim 110-130 mm, minimal bosim 65-80 mm simob ustuniga teng). Siydik ajratish juda kamayadi, yoki butunlay to`xtaydi, chunki buyrakda qon aylanishining buzilishi, o`tkir buyrak yetishmovchiligini vujudga keltirishi mumkin.
Tibbiy yordam. 1.Tez yordam chaqirib, travmatologiya shifoxonasiga yuboriladi.
2.Tez yordam yetib kelgunicha quyidagi tartibda birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- og`riq qoldiruvchilar: analgin (baralgin)-1-2 ml, demidrol-1 ml, novokain-2 ml bitta shpritsga muskul orasiga;
- gidrokortizon 80-100 mg muskul orasiga, yoki prednizolon 20-30 mg muskul orasiga;
- pasaygan arterial qon bosimini ko`tarish uchun: mezaton 0,5-1 ml yoki noradrenalin (adrenalin) 0,5-1 ml muskul orasiga yoki teri ostiga. Bu dorilar bo`lmasa: kofein, kordiamin, kamfora (bittasi)-1 ml teri ostiga;
- jarohatdan oqayotgan qonni to`xtatish (qon ketish mavzusiga qaralsin);
- qon oqish to`xtatilgach jarohat atrofi yod (spirt) bilan artilib, aseptik bog`lam qo`yiladi;
- bemor issiq ko`rpaga boshini past qilib yotqiziladi. Oyoqlariga issiq grelka qo`yiladi;
Gemorragik shok.
Sababi. Jarohatlanish yoki qon kasalligi natijasida ko`p qon yo`qotish.
Belgilari.Bemor karaxt holatida bo`ladi, yoki hushini butunlay yo`qotadi.Teri oqargan, qo`l-oyoqlari soviydi. Ko`z qorachiqlari kengayadi, nafas olish tezlashgan, yuzaki, tomir urishi kuchsiz, tezlashgan, arterial qon bosimi pasaygan, siydik ajralishi to`xtaydi (o`tkir buyrak yetishmovchiligi vujudga keladi).
Tibbiy yordam. 1.Tez yordam chaqirib, bemor shifoxonaning reanimatsiya bo`limiga yuboriladi.
2.Tez yordam kelgunicha quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- bemor issiq to`shakka boshini past qilib yotqiziladi. Oyoqlariga issiq grelka qo`yiladi.Agar bemor hushida bo`lsa va icha olsa, bir stakan issiq shirin, novvot, asal choy yoki shirin kofe beriladi.
- pasaygan arterial qon bosimini ko`tarish uchun mezaton 0,5 -1 ml yoki adrenalin (noradrenalin) 0,5-1 ml muskul orasiga yoki teri ostiga. Bu dorilar bo`lmasa: kofein, kordiamen, kamfora (bittasi) teri ostiga.
- Jarohatdan qon oqayotgan bo`lsa, to`xtatish (qon ketish mavzusiga qaralsin).
Qon ketish to`xtatilgach, jarohat atrofiga iod (spirt) surtiladi va aseptik bog`lam qo`yiladi.
Gipovolemik shok. Ko`p ich ketishi, qusish (vabo kasalligida, ovqatdan zaharlanishda, og`ir ichburug`da), issiq sharoitda og`ir jismoniy mehnat qilganda ko`p terlash natijasida ko`p suv va mineral tuzlarni yo`qotish natijasida qonning quyuqlashuvi, qon miqdorining kamayishi, organizmning suvsizlanishi, qoldiq moddalar bilan organizmni zaharlanishi kabilar.
Belgilari. Gemorragik shokka o`xshash.
Tibbiy yordam. 1.Tez yordam chaqirib, shifoxonaning reanimatsiya bo`limiga yuboriladi.
2.Tez yordam kelguncha quyidagicha birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- bemor issiq to`shakka boshini past qilib yotqiziladi, oyoqlariga issiq grelka qo`yiladi.
- issiq shirin choy, natriy xlorid 0,9 % eritmasi yarim stakan har yarim soatda ichiriladi;
- adrenalin, noradrenalin, mezaton (bittasi)-0,5-1 ml muskul orasiga, yoki teri ostiga. Bular bo`lmasa: kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) - 1 ml teri ostiga;
- iloji bo`lsa, natriy xlor 0,9 %-200 ml, glyukoza 5 %-200 ml (yoki reopoliglyukin-100 ml), askorbin kislota 5 %-3 ml, gidrokortizon 50-80 mg (prednizalon–20-30 mg) vena tomiriga tomchi usulida (bir daqiqada 10- 12 tomchi);
-iloji bo`lsa, shu suyuqlikka strofantin 0,05 %-0,5 - 1 ml qo`shib yuboriladi (agar tomir urishi bir daqiqada 100 marta va undan ko`p bo`lsa).
Kardiogen shok.
Sababi. Miokard infarkti kasalligining og`ir kechadigan turida bemorda kardiogen shok holati vujudga keladi.
Bemorda kardiogen shokning yuzaga kelishiga sababchi bo`lgan miokard infarktining huruji to`satdan paydo bo`ladi.Yurak sohasida, ya`ni ko`krak qafasini chap tomonida kuchli og`riq paydo bo`ladi.Bu og`riq chap yelka, chap qo`l, chap kurakka tarqaladi.Ayrim hollarda og`riq qorinning yuqori chap sohasiga ham tarqaladi, bunda qusish va chap qovurg`a yoyi ostida og`riq bo`ladi.
Bemor bezovtalanadi, hayajonlanadi, yuzlari oqaradi, lablari ko`karadi, sovuq ter bosadi, qo`l-oyoqlari sovuydi.
Arterial qon bosimi normaga nisbatan pasayadi, ayniqsa maksimal bosim minimal bosimga nisbatan ko`proq pasayadi.Ayrim hollarda maksimal bosim 30-20 mm simob ustunigacha pasayadi, minimal bosim esa 10 – 0 mm gacha tushishi mumkin. Tomir urishi juda kuchsiz, tezlashgan bo`ladi, ammo sinus aritmiyasi paydo bo`lganda, tomir urishi kuchsiz bo`lsada, normaga nisbatan sekinlashadi.
O`tkir buyrak yetishmovchiligi yuzaga keladi va siydik ajralishi kamayadi (oliguriya) yoki butunlay to`xtaydi (anuriya).
Birinchi tibbiy yordam. 1. Tez yordam chaqirilib, bemor kardiologiya shifoxonasiga yuboriladi.
2. Tez yordam kelgunicha, quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- bemorni qulay vaziyatda, boshini past qilib yotqiziladi;
- agar yurakda og`riq davom etayotgan bo`lsa, nitrogletserin yoki validol 1 tabletka tilning ostiga qo`yiladi. So`ngra valokardin (korvalol) - 25 – 30 tomchi ichiriladi;
- iloji bo`lsa,arterial qon bosimi o`lchanadi. Agar bosim normaga nisbatan pasaygan bo`lsa- mezoton yoki noradrenalin – 0,5 – 1 ml teri ostiga (muskul orasiga) yuboriladi;
- yurakda og`riq davom etaversa, nitrogletserin har 30 daqiqada til ostiga qo`yiladi (to og`riq to`xtaguncha);
- bundan tashqari og`riqqa qarshi analgin (baralgin) - 1-2 ml muskul orasiga;
- qaynoq shirin choy, yoki kofe ichiriladi;
- oyoqlariga issiq grelka qo`yiladi.

Toksikoinfeksion shok.


Sababi. Mikrob va viruslar yuqishi natijasida o`pka to`qimasining yallig`lanishi (pnevmoniya), buyraklarning yallig`lanishi (piyelonefrit), ichaklarning yallig`lanishi (salmonellyoz, botulizm, ich terlama, ichburug`), abortni septik sharoitda bajarilishi tufayli bachadonning yallig`lanishi (endometrit) kabi og`ir kasalliklarda toksikoinfeksion shok vujudga keladi.
Belgilari. Bemorda tana harorati ko`tariladi, qaltiraydi, sovuq qotadi, qo`l-oyoqlari soviydi, tomir urishi tez, kuchsiz, arterial qon bosimi normadan pasayadi, to`xtab-to`xtab nafas oladi.Bemor hushini yo`qotishi mumkin. O`tkir buyrak yetishmovchiligi natijasida, siydik kamayadi yoki butunlay to`xtaydi.
Tibbiy yordam: 1.Tez yordam chaqirib, shifoxonaning reanimatsiya bo`limiga yuboriladi.
2.Tez yordam kelgunicha quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- tana haroratini tushirish uchun badanga spirt (aroq) surtiladi;
- kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) 1 ml teri ostiga yuboriladi;
- arterial qon bosimi pasaygan bo`lsa: mezaton, adrenalin, noradrenalin (bittasi) 1 ml muskul orasiga yoki teri ostiga;
- antibiotiklar: sulfazolin, gentamitsin va boshqalar;
- bemorga shirin choy, mineral suv tez - tez ichiriladi.
Anafilaktik shok.
Sababi. Turli xil moddalarga organizmning sezuvchanligi oshishi, ya`ni og`ir kechadigan allergiya reaksiya natijasida anafilaktik shok yuzaga keladi.
Allergiyani yuzaga keltiruvchi moddalarga “Allergen”, yoki “Antigen” deyiladi. Ular quyidagilar:
1.Dorilar: antibiotiklar, vitaminlar B1, B6, kokarbaksilaza, sulfanilamidlar, aspirin, elenium, emlash uchun qo`llanadigan vaksinalar, qon zardoblari.
2.Hashoratlarning zahari (asalari, zambur, chumoli, ilon, chayon va hokazo).
3.Ovqat mahsulotlari – baliq ikrasi, asal, yong`oq, grechka, apelsin, mandarin, limon (ko`proq qizil rangli mevalar).
Belgilari: Bemor terisi qizaradi, shishadi, qizil toshmalar toshadi, qichiydi, ko`z qizaradi, burundan suyuqlik oqadi, aksiradi, nafas qisadi, xirillab nafas oladi, arterial qon bosimi pasayadi, yurak sohasida og`riq, ba`zida aritmiya (yurak to`xtab-to`xtab uradi). Ayrim hollarda abdominal sindrom yuzaga keladi (qorinning yuqori sohasida kuchli og`riq, qusish, ich ketish). Bemorga o`z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko`rsatilmasa hushini yo`qotadi, nafas va yurak to`xtaydi.
Tibbiy yordam. 1.Tez yordam chaqirib, bemorni shifoxonaning allergologiya yoki reanimatsiya bo`limiga yuboriladi;
2. Tez yordam kelgunicha, quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- demidrol – 1 ml muskul orasiga;
- kalsiy glyukonat 10 % 5 ml va novokain 0,5 % 3 ml muskul orasiga (shpritsga oldin kalsiy glyukonat olib, so`ngra novokain olinadi);
- adrenalin (noradrenalin) -0,5 - 1 ml muskul orasiga yoki teri ostiga. Agar bular bo`lmasa: kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) - 1 ml teri ostiga;
- prednizolon 20 – 30 mg yoki gidrokortizon 70 - 100 mg muskul orasiga.



Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish