BIOLOGIYA
1. 18 yoshli bola ………
A) muskullari ayniqsa, jadal o`sadi
B) suyaklari o`sishdan to`xtaydi
C) muskullari massasi katta yoshli odam muskullariga teng bo`ladi
D) muskullari massasi katta yoshli odam muskullaridan ko`p bo`ladi
2. To`g`ri ma`lumotni aniqlang.
A) normal qad-qomatda bo`yin va dumg`aza qismida biroz oldinga egilma bo`ladi
B) yassioyoqlik faqat semirgan odamlarda paydo bo`ladi
C) muskullar tog`aylar orqali suyaklarga birikadi
D) uch boshli muskul oyoqni tovondan bukadi
3. Qaysi javobda bukuvchi muskullar to'g'ri ko'rsatilgan?
1) yelkaning uch boshli muskuli; 2) bilakning old sohasi muskullari; 3) yelkaning ikki boshli muskuli; 4) boldirning orqa sohasi muskullari; 5) boldirning old sohasi muskullari; 6) sonning old sohasi muskullari; 7) kaftning ichki yuzasidagi muskul
A) 1, 3, 7 В) 1, 4, 6 С) 2, 3, 5, 7 D) 3, 4, 6
4. Agar ..., odam nerv-muskul tizimining qo'zg'aluvchanligi ortib, qovoqlari, lablari pirpirab uchadi, qo'llari qaltiraydi.
A) paratgormon kam ishlab chiqarilsa
B) paratgormon ko'p ishlab chiqarilsa
C) timozin yetishmasa
D) tiroksin ortib ketsa
5. Juft ichki sekretsiya bezlarini aniqlang.
1.buyrak usti bezi 2.qalqonoldi bezi 3.tuxumdon 4. sut bezlari 5.moyaklar 6.ayrisimon bez
A) 1,3,5 B) 1,2 C) 1,3,4,5 D) 1,2,6
6. Aripov O`ktam Aripovich tomonidan qilingan fan sohasidagi ishini belgilang?
A) jarrohlikning ko`pgina sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borgan
B) hujayra metabolizmi va endokrin xastaliklarni o`rgangan
C) Me`daosti bezining bir qismini ko`chirib o`tqazish usulini ishlab chiqqan
D) Organizmda filtratsiya, sekretsiya va so`relish jarayonlarining hujayraviy mexanizmini ishlab chiqqan
7. Odam o`z aql va idroki bilan hayvonlardan farq qilishi tog`risidagifikrni ilgari surgan olimni belgilang.
A) A) Gippokrat B) Aristotel C) Vezaliy D) Galen
8. Gippokrat ……..
A) asarlari asosida klinik tibbiyotga asos solindi
B) tibbiyotda hayvonlar ustida tajribalarni kiritgan
C) psixologiyada tabiiy ilmiy yo`nalishga asos slogan
D) odam organizmining realistic tasvirini yaratgan
9. Galen ………
A) asarlari asosida klinik tibbiyotga asos solindi
B) tibbiyotda hayvonlar ustida tajribalarni kiritgan
C) psixologiyada tabiiy ilmiy yo`nalishga asos slogan
D) odam organizmining realistik tasvirini yaratgan
10. Neyrogliya bu - ………
A) yulduzsimon ko`p o`simtali yirik hujayralar
B) o`simtasimon bir o`simtali mayda hujayralar
C) yulduzsimon bir o`simtali yirik hujayralar
D) yulduzsimon ko`p o`simtali mayda hujayralar
11. Tana bo`shliqlarida (a) va tana tashqarisida (b) joylashgan organlarni belgilang.
1) yurak 2) quloq 3) buyrak 4) qo`l 5) taloq 6) ko`z 7) burun 8) o`pka 9) oyoq 10) oshqozon
A) a- 1,3,5,8; b-2,4,6,10
B) a-3,5,8,10; b-4,6,7,9
C) a-2,4,6,7,9; b-1,3,5,8,10
D) a-1,5,9,10; b-4,6,7,8
12. G`ovak tolali(a) va tig`iz tolali(b) biriktiruvchi to`qima xillarini aniqlang.
A) a-teri osti yog` kletchatkasi, yurak xaltasi; b-asl teri, paylar, qon tomirlari devori
B) a-asl teri, paylar, qon tomirlari; b- teri osti yog` kletchatkasi, yurak xaltasi
C) a-suyak, tog`ay, yurak xaltasi; b-qon, limfa, paylar
D) a-pay, teri osti yog` kletchatkasi; b-chin teri, qon tomirlari devori, yurak xaltasi
Do'stlaringiz bilan baham: |