Zaharlanish — zaharli modda organizmga ogʻiz, meʼdaichak, nafas yoʻllari orqali kirganda, teridan soʻrilganda, teri ostiga, orasiga, venaga yuborilganda roʻy beradigan kasallik holati. Organizm faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi. Zaharlanishning yuzaga kelishi va kechishi zaharlovchi moddaning organizmga qaysi yoʻl bilan kirganligiga, uning miqdori (dozasi), fizikkimyoviy holati (gaz, eritma, chang va h.k.), shuningdek, organizmning umumiy ahvoli va tashqi muhit omillariga bogʻliq, Odamlarda zaharlanishning oʻtkir va surunkali xili farq qilinadi. Oʻtkir zaharlanish tasodifiy va qasddan boʻlishi mumkin, ular zaharli moddaning organizmga bir marta kuchli taʼsiri tufayli yuzaga kelib, hayotiy muhim funksiyalarning izdan chiqishi bilan kechadi. Surunkali zaharlanish. zaharli moddaning organizmga uzoq vaqt ozozdan taʼsir etishi oqibatida roʻy beradi; dorilardan boʻladigan, shuningdek, kasbkorga aloqador zaharlanishlar kuzatiladi. Turmushda zaharlanish kundalik hayotda uchrab turadi. Maye, pechka yoqish va gaz plitalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganda is yoki yoritish gazidan zaharlanish; aynigan ovqat isteʼmol qilinganda zaharlanish (qarang Ovqatdan zaharlanish); alkogoldan zaharlanish; dezinseksiya, deratizatsiya va b. maqsadlar uchun ishlatiladigan ximikatlardan zaharlanish Dorilardan zaharlanish ular dozalanganda, yanglish ishlatilganda, notoʻgʻri tayyorlanganda kelib chiqadi. Odamning nechogʻli qattiq zaharlanishi shu doriga organizmning qanchalik sezgirligiga ham bogʻliq (qarang Idiosinkraziya). Kasbga aloqador zaharlanish baʼzi korxonalarda xavfsizlik texnikasi kridalari buzilib, qoʻrgʻoshin, simob, mis, mishyak birikmalaridan zaharlanganda roʻy berishi mumkin. Tasodifiy va qasddan (mas, oʻzini yoki birovni oʻldirish maqsadida) zaharlanish ham ajratiladi. Kuchli taʼsir etadigan moddalar va dorilar notoʻgʻri saklanganda koʻpincha bolalar zaharlanib qoladi. Shuning uchun zaharli dorilar bolalar boʻyi yetmaydigan joyda sakdanish kerak. Kislota va ishqorlardan zaharlanishda badanda qatgiq ogʻriq seziladi, lab va ogʻiz shilliq pardasi kuyadi. Suv yutganda, toʻsh orqasi va osti ogʻriydi; odam qon aralash qusadi. Ovqatdan zaharlangan kishi qornida ogʻriq sezadi, qusadi, ichi ketadi, boshi ogʻriydi, boshi aylanadi, darmoni quriydi, qattiq zaharlangan boʻlsa, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. Alkogol dan zaharlanishda mastlik, avval qoʻzgʻalish, yuz kizarishi, alkogol hidi anqib turishi, soʻngra alahlash, yuzning boʻzarishi, behushlik qayd qilinadi. Narkotik vauxlatuvchi doril ar (morfin, barbital, fenobarbital va h.k.)dan zaharlanishda mudrash, bosh aylanishi, quloq shangʻillashi, qusish, tomir urishining sust va zaif boʻlishi, tirishish kuzatiladi. Is gazi [uglerod §oksid] va yoritish gazidan zaharlanish shu gazlarning nafas yoʻllari orqali kirishidan boʻladi. Belgilari; bosh ogʻriydi, quloq shangʻillaydi, bosh aylanadi, bemorning darmoni quriydi, halloslaydi; pulsi susayadi, koʻngli ayniydi va qusadi; qattiq zaharlanganda tipirchilaydi, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. Zaharlanish alomatlari xilmaxil boʻlib, u jigar, buyrak, qon, markaziy va periferik nerv sistemasining qay daraja zararlanganiga bogʻliq. Davo zaharlanishga sabab boʻlgan zaharli moddani iloji boricha organizmdan tezroq chiqarish choralarini koʻrish, zaharli moddaning zaharini kesuvchi ziddizaharlardan foydalanish, zaharlangan aʼzolar faoliyatini tiklashdan iborat. Birinchi yordam: Zaharlanishga gumon tugʻilganda darhol vrach chaqirish yoki bemorni yaqin oradagi kasalxonaga olib borish kerak. Kislotalar (sirka essensiyasi, xlorid kislota va h.k.)dan zaharlanganda kuydirilgan magneziya bilan suv yoki suvning oʻzini koʻp ichirib, qustiriladi. Bemor behush yoki kollaps holatida boʻlsa, qustirish yaramaydi. Ishqorlar (novshadil spirti)dan zaharlanganda 3 % sirka (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) qoʻshilgan limonli suv ichirib qustiriladi. Soʻngra bir boʻlak muz yuttirib, sovuq qaymoq yoki sutni choy qoshiqlab ichiriladi, xom tuxum, bir boʻlak sariyogʻ yuttiriladi; toʻsh ostiga muzli xalta, qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi.
Ovqatdan zaharlanganda meʼda yuvilgandan keyin qorin va qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Koʻplab issiq ichimlik, quyuq kofe ichiriladi. Alkogoldan zaharlangan kishiga ehtiyotkorlik bilan novshadil spirta hidla tiladi, meʼdasini yuvgach, surgi beriladi, soʻngra bir stakan suvga novshadil spirtidan 3—5 tomchi qoʻshib ichiriladi. Boshiga muzli xalta qoʻyiladi. Koʻp choy yoki quyuq kofe ichiriladi. Narkotik va uxlatuvchi dorilardan zaharlanganda meʼdani yuvgach, bemorni bir oz yurgizish, ustidan sovuk, suv quyib, keyin issiq suvga tushirish, badanini issiq tutish, ishqalash, nafas toʻxtab qolganda sunʼiy nafas oldirish kerak. Is gazi va yoritish gazidan zaharlanganda sof havoga olib chiqib, novshadil spirti hidlatish, sunʼiy nafas oldirish, badanini ishqalash, achchiq choy, quyuq kofe ichirish kerak. Hayvonlar zaharli oʻt, buzilgan yemxashak yeganda, ogʻziga zaharli moddalar tushganda va zaharli gaz bilan nafas olganda zaharlanadi. Zaharlangan hayvon boʻshashadi, soʻlagi oqadi, ichi ketadi, nerv sistemasining faoliyati buziladi. Birinchi yordam: meʼdasi yuviladi, goʻshtxoʻr hayvon va choʻchqalarga qustiruvchi dori beriladi, surgi ichiriladi. Hazm yoʻlida zaharning soʻrilishini sekinlatish uchun adsorbsiyalovchi dorilar beriladi
Zaharli oʻsimliklar - tarkibida zaharli moddalar bor oʻsimliklar. 3. oʻ. 2 guruhga boʻlinadi: 1) haqiqiy 3. oʻ. — zaharlilik turning xususiy belgisi hisoblanadi; 2) shartli 3. oʻ. — turdagi ayrim oʻsimlik zaharli boʻladi (mas, zigʻir va oq joʻxori ayrim hollarda sianid kislota chiqaradi). Haqiqiy 3. oʻ.ning 10 ming turi bor. Asosan, subtropik va tropik mamlakatlarda oʻsadi, mas, zaqqum. Oʻsimliklarningzaharliligi ulardagi turli organik birikmalar — alkaloidlar, glikozidlar, glikoalkaloidlar, efir moylari, kislotalar, laktonlar, toksalbuminlar, smolali organik moddalarning miqdoriga bogʻliq. Bu moddalar oʻsimliklarning turli organida toʻplanadi (mas, parpi va morolquloqning , asosan, ildiz poyasida, angishvonagulning bargida va h. k.). 3. oʻ. barcha jonivorlarga bir xilda taʼsir etmaydi. Mas, odam uchun zaharli belladonna va bangidevona quyon va qushlarga mutlaqo zararsiz, piretrumning baʼzi turlari hasharotlarga zararli boʻlsa, isiqqonli hayvonlar uchun zararsiz; dengiz piyozi kemiruvchilarga zaharli, boshqa hayvonlar uchun zararsiz va h. k. Zaharli moddalar oʻsimlikning turli oʻsish davrlarida toʻplanadi. Oʻsimlikning zaharliligi ular koʻkarib turganida qurigandagisiga qaraganda koʻproq boʻladi, baʼzilarida esa kurigandan keyin zaharliligi butunlay yoʻqoladi. Maye, uchma, ayiqtovon va b. Koʻpchilik 3. oʻ.ning dorivorlik xususiyatlari ham bor (isparak, qizgʻaldoq, koʻknori, achchiqmiya va b.). Bulardan olinadigan preparatlar har xil kasalliklarni davolashda ishlatiladi.[1]
ZAHARLI O’SIMLIKLARDAN ZAHARLANISH
Zaharli o’simliklardan zaharlanish xollari zaharli xayvonlardan zararlanishga
qaraganda ancha ko’proq uchraydi. O’simliklarning mevasi, ildizi, urug`i, poyasi va
boshqa qismlari zaharli bo’lishi mumkin. O’simlik zaharlari odam organizmiga
asosan og`iz orqali tushadi, shuning uchun ham toksik gastroenterit birinchi navbatda
rivojlanadi. Zaharlar oshqozon va ichakning shilliq qavatiga qo’zg`atuvchi ta`sir
ko’rsatishi oqibatida qorinda og`riq, ko’ngil aynash, qusish, ich ketish alomatlari
kuzatiladi. Patomorfologik belgilar oshqozon va ichak devoriga qon quyilishi
ko’rinishida (gemorragik gastrit, enterit) yuzaga chiqadi. Ko’pchilik o’simlik
zaharlari qonga ingichka ichakning quyi bo’limlarida so’riladi.
Dalada qishda qolib ketgan yoki ko’karib chiqqan kartoshka tarkibida solanin
alkoloidi ko’pligi sababli yaqqol dispeptik o’zgarishlarni chaqiradi. SHunga o’xshash
ko’rinishlar ovqatga ham oq no’xot, shuningdek xom yong`oq ishlatilganda ham
kuzatiladi. Zaharli changlarga ega o’simliklardan yig`ilgan asalari asali ham toksik
bo’lishi mumkin. Bunday asalni istemol qilganlarning tana harorati oshadi, qusadi va
ichi ketadi, allergik toshmalar toshishadi .
Nerv tizimining shikastlanishi ko’pchilik zaharli o’simliklardan zararlanishda
etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Markaziy nerv tizimi funktsiyasining buzilishi
atropinga o’xshagan sindromlar (yurak o’ynashi, og`iz qurishi, kuz qorachig`ining
kengayishi, so’lak ajralishini to’xtashi, bronxlarning bo’shashishi, ichak tonusi va
qisqarishining kamayishi, terni chiqmay qo’yishi) yuzaga chiqadi. Intoksikatsion
psixoz karaxtlik va koma bilan birgalikda kuzatiladi.
Tarkibida yurak glikozidlari bo’lgan o’simliklar (misol uchun angishvona gul)
yurak o’tkazuvchanligi va ritmining buzilishiga olib keladi.
Ayrim o’simliklar tarkibida «jigar zaharlari» bo’lib, jigar funktsiyasini ishdan
chiqaradi. Bunday bemorlarda jigarning kattalashishi kuzatilib, teri sarg`ayadi,
gemorragik toshmalar toshadi. Zaharli o’simliklar orasida zaharli qo’ziqorinlar
alohida ahamiyatga ega, ular jigar va buyrakka zaharli ta`sir ko’rsatadi.
Qichitqi o’t toksik dermatitni chaqiradi, shunday bo’lsada ayrim xollardan
tashqari bunday ko’rinishdagi zararlanish ishsiz yo’qoladi.
O’simlik zaharlaridan o’tkir zaharlanishda ekzogen toksikozga qarshi kurash
usullari qo’llaniladi. Birinchi navbatda, o’z vaqtida organizmning ekstren
detoksikatsiyasi, simptomatik terapiyasi o’tkazilishi lozim.
Og`iz orqali zaharlanganda kasalxonaga borguncha oshqozonni zont orqali
yuvish va oshqozonga 80-100mg aktivlangan ko’mirning suv bilan yuborish katta
ahamitga ega, chunki ko’pchilik o’simlik zaharlari sorbtsiyalanish xususiyatiga ega.
YUrak zaharlari bilan zaharlanganda (ritm va o’tkazuvchanlikning yaqqol
buzilishlarida)
gemosorbtsiya
elektrostimulyatsiya
bilan
birgalikda
ishlatiladi.Gemosorbtsiya barcha og`ir zaharlanishlarda qo’llanilishi shart, chunki
bunday zaharlar yirik yoki og`ir molekulali bo’lib, biologik muhitdan sorbent
yordamida yaxshi tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |