38
Dala tajribasini olib borish. Dala tajribalarini tashkil etish, tuproq va
o„simlik na‟munalari olish
Tajriba olib borishda-tajriba uchun yer tayyorlash eng muhim va
mas‟uliyatli tadbirlardan biri hisoblanadi.Tajriba dalasi bir qator talablarga javob
berishi lozim.Bu talablarga : tajriba dalasining tipikligi, agroximik,
agrofizik,
meliorativ xususiyatlarining bir xilligi, bir xil o„tmishdosh ekinlardan keyin
eqilishi, sizot
suvlarining joylashishi, relefi bir xil boMishi lozim.
Tuproq xossalarini o„rganish uchun tajriba dalasining turli joylarida konvert
usulida beshta joydan , ikkita qatlamdan (xaydalma va xaydalma osti) jami 10
tuproq namunalari olinadi. Olingan tuproq namunalari asosida tuproqning
agrofizik, agrokimyoviy va meliorativ xossalari aniqlanadi.
Tajriba olib borishda va dala tanlashda shunngdek
dalaning kattaligi va
tuzilishiga e‟tibor berilishi lizim. Ya‟ni, bunda barcha variant va qaytariqlami
dalaga jaylashtirilishi hisobga olinadi. Masalan ekish me‟yori
3,
3.5, 4, 4.5, 5, 5.5,
6
mln.ga boMgan 7 ta variantdan iborat dala tajribasi uchun
yer tanlashimiz lozim.
Tajribada har bir variantning maydoni 100 m
2
, ya‟ni eni 3.6 metr, uzunligi
27.8 metrdan iborat. Tajriba 4 ta qaytariqda olib borilsa va barcha qaytariqlar bir
yarusda joylashtirilsa tajriba uchun quyidagicha dala maydoni ta‟lab etiladi.
Tajribada jami variantlar 7 x 4 = 28 ta delyankada joylashtiriladi va bunda
delyankaning eni 28 x 3.6 = 100.8 metmi tashkil etadi.Dalaning ikki tomonidan 5
metrdan 10 metrdan ximoya maydoni ajratiladi. Demak, tajriba dalasining
umumiy kengligi 111 metmi tashkil qiladi. Har bir delyankaning uzunligi 28
metrdan iborat. Ximoya maydoni uchun 5x2 =
10
metr, o„q ariq va tashlama ariqlarlar uchun 2 mert, yoMaklar uchun 2 metr
ajratiladi.
28+ 10 + 2 + 2 = 42
metr Biroq, sug„oriladigan
sharoitda har bir egatning uzunligi 70 - 80 metrdan kam boMmasligi maqsadga
muvofiq. Demak , tajriba dalasining umumiy maydoni 0.8- 1.0 gektami tashkil
qiladi. Agar har bir delyankaning maydoni 200 m
2
boMganda bu ko„rsatkich ikki
barobar yuqori, ya‟ni
1.6
-
2.0
gektarni tashkil qiladi.
Ilmiy tadqiqotlarda o„rganilayotgan variantlarga to„g„ri
baho berishda
miqdoriy kuzatishlaming ahamiyati katta. Buning uchun ma‟lum bir tartibda
o„rganilayotgan variantlaming hisobli maydonlaridan o„simlik na‟munalari
olinadi. Na‟munalar asosan 3 hit usulda , ya‟ni
diogonal , konvert va aylana
shaklida olinadi. Tajribada variantlar bo„yicha na‟munalar olish tartibi 3- rasmda
keltirilgan.
39
Variantlar
bo„yicha
tuproq
va
o„simlik
na‟munalari
olinishi
mumkin.Tuproq na‟munalari maxsus bur yordamida tuproqning xaydalma
0-
30 sm va xaydalma osti 30-50 sm qatlamlaridan 200-300 gram miqdorda
olinadi.
0
„simlik na‟munalari esa
10-20
dona o„simliklardan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: