5 9
sug'orishni 15-20 sentabrdan kechiktirmay qo'llash zarur.
Janubiy tumanlarda esa
oktabr oyining boshlarida tugallanadi.
Ilgaridan belgilab quyilgan muddatlarga ko'ra ilmiy tizim (sxema) bilan
sug'orish yuqori hosil olish imkoniyatini va bu usul ishlab chiqarish sharoitida keng
qo'llaniladi.
Ammo ilgaridan belgilab qo'iligan muddatlarga ko'ra sxema bo'yicha sug'orish
vaqti yilning konkret sharoitini, tuproqning xususiyatini, o'simlikning
rivojlanishi
xusuiyatini aniq hisobga olib borish mikoniyati bo'lmaydi. Shu sababli ham
o'simlikning talabiga, ya‟ni
6 i
tuproqning namlik va o„simlikning holatiga qarab sug'orish muddatini belgilash
juda ham to„g„ri hisoblanadi.
Sug„orish muddatini to„g„ri va aniq begilashda eng yaxshi usul boMib, bu
tuproq tarkibidagi namlikni hisobga olishdan iboratdir.
Tuproq nami shartli ravishda ikki qismdan iborat bo„lib, bular quyidagilardan
iborat
-
o„simlik o„zlashtira olidigan.
-
o„sim!ik o„zlashtira olmaydigan (o'lik suv).
Tuproqning tarkibidagi o„simlik o„zlashtira olmaydigan namlik miqdori
nisbatan tuproq namligining oz qismini tashkil etadi. Tuproqda namlik qancha ko„p
boMsa, suvning harakat tezligi ham shuncha tez boMadi va o„simliklarga
shu qadar
tez yetib boradi. Tuproqning namligi kamayib borganda, o„simlik xujayralari
tarkibidagi suv miqdori ham shunga mos holada kamaydi, o'simlik xujayrasi
shirasining konsentratsiyasiga ortib ketadi. Bunda o„simliklar barglari qoramtir boMib
qoladi. Kunduz kuni so'lishib turadi, shona va tugunchalar to„kilib ketadi. 0„simlikda
boradigan bir qator fiziologik jarayonlar buzila boshlaydi
va nihoyat hosilni ham
kamaytirishga olib keladi.
Har-xil tuproqning suvni tutib qolish qobiliyati ham turlicha boMadi. Tuproq
sug„orilgan vaqtda suv tuproqning maMum joyiga qadar yetib boradi va bu hoi
sug'orish normasiga bogMiq boMmasdan, tuproqning turlicha boMishi bilan
xarakterlanadi. Tuproqning eng pastki qavatida boMgan
namlikning qanchaligi ham
dalaning nam sigMmiga qarab foiz bilan belgilanadi. Tuproqning yuqorigi va pastki
qatlami o„rtasidagi namlikning tafovuti g„o„zaning ikki marta sug'orish orasida
boMgan talabi fiziologik me‟yoridan iboratdir.
Sug'orishdan ilgari tuproqdagi shu namlikning foiz bilan ifodalangani quyi
chegarasini topish - g„o„zani yeming namiga qarab sug'orish tajribaning muhim
vazifasidir. Mana shu kabi tajribalarda sug'orish
muddati va normasiga nisbatan, shu
tuproqning nam sig'imiga nisbatan uning namlik foizi olg'a suriladi.
Dalaning nam sig'imiga qarab tuproqni 70-60 foiz namligida sug'orish paytida
ildiz yaqinidagi tuproq qatlamining namligi shu darajaga qadar pasayganda sug'oriladi.
Tuproqning nam sig'imiga qarabgina belgilangan namlik me‟yoridan 1-2% chetga
chiqishga yo'l qo'yiladi.
Tuproqning nam sig'imi bilan sug'orishgacha unda mavjud boMgan suv
o'rtasidagi tafovut sug'orish me‟yorini (normasini) tashkil qiladi. Tuproqning
namligiga qarab sug'orish muddatini belgilashda ildizlar
joylashgan tuproq qatlami
hisobga olinadi. Yer osti suvlari chuqur joylashgan yerlarda birinchi marta sug'orish
muddati yeming 0-50 sm qatlamidagi namlikka qarab belgilanadi. Ikkinchi sug'orishni
esa (shonalashda) tuproqning 0-70 sm qatlamidagi namligiga, gullay boshlaganda esa
0-100 sm qatlamidagi namligiga qarab o'tkaziladi.
Sizot suvlar chuqurligi 1,5-2 metrni tashkil etgan o'tloqi tuproqlar sharoitida
gullashga qadar 0-50 sm qatlamidagi namligiga, gullay j boshlaganda 0-70 sm
qatlamdagi namligiga qarab suv me‟yori belgilanadi. 1
Sizot suvlar satxi 1 metrgacha bo'lgan o'tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida butun
o'sish va rivojlanish davri davomida tuproq namligi hisobga olish uchun uning 0-50 sm
6 1
qatlami asos qilib olinadi.
Tuproq tarkibidagi namlik yetishmagan vaktlarda sug'orish normasini xisobga
olish uchun dastlab bir metr qatlamdagi suv j jamgarmasini hisobga olib shu ma‟lumot
asosida kerakli qatlamdagi I namlik miqdori hisoblab chiqiladi.
Tuproqlarni o'z tarkibida suvni ushlab qolish qobiliyati uning dala nam sig'imi,
deb hisoblanib bu ko'rsatkich tuproqning tipiga, mexanik tarkibiga va tarkibidagi
chirindi miqdoriga hamda sizot suv chuqurligiga ham bog'liq. Sug'orish me‟yorini
hisoblab chiqishda shu dala nam sigimi, tuproqning sug'orishdan oldingi namlik
miqdori asosiy ko'rsatkich bo'lib hisoblanadi.
Dala nam sig'imida 0-100 sm li qatlamdagi jamg'armasi gektariga 3460 kub
metmi
tashkil etsa, shu qatlamdagi suv miqdori esa har gektariga 2700 kub metrga
teng bo'lsa, u holda dala nam sig'imiga nisbatan namlik miqdori 80 % ga teng bo'ladi.
Sug'orish bilan bog'liq bo'lgan dala tajribalarida sug'orish normasini va
muddatini belgilashda o'rganilayotgan o'simlik uchun sug'orish rejimi belgilanib
chiqiladi. Shu sug'orish rejimiga mos holatda tuproq tarkibidagi namlik miqdoriga
qarab sug'orish zarur yoki zarur emasligi aniqlanadi.
Dala nam sig'imi o'rganilayotgan tuproq uchun 25% ga teng bo'lsa ; va sug'orish
rejimi 65-70-60% bo'lganda. sug'orish me‟yorini belgilash uchun tuproqdan namuna
olinib, namlik miqdori aniqlanadi. G'o'za gullaguncha
tuproq tarkibidagi namlik
miqdori 13% ga teng bo'lsa, u ! holda sug'orish kerakmi yoki yo'qligi va shu bilan
birga sug'orish me‟yori aniqlanadi.
Dala nam sig'imiga nisbatan aniqlangan namlik miqdori (52%) 65% dan kichik
bo'lganligi uchun demak o'simlik sug'oriladigan ekan. Mavjud bo'lgan tuproq
namligida bir marotaba sug'orish uchun talab qilinadigan suv miqdori yoki sug'orish
me‟yori quyidagicha aniqlanadi:
25- 100%
Do'stlaringiz bilan baham: