Qadimgi janubiy sharqiy Osiyo sivilizatsiyasi Botqoqli vodiylar, kichik tog` daryolari, tropik o’rmonlar bilan qoplangan
baland tog`lar janubiy-Sharqiy Osiyo uchun xarakterli hol. Bu yerda eramizdan
avvalgi VIII ming yilikdayoq mezolit davrida o’troq manzilgohlar paydo bo’lgan.
Neolit davrida esa sholikorlik xo’jaligi qadimgi janubiy-sharqiy Osiyoda keng tarqalgan.
Janubiy-sharqiy Osiyoning kontinental qismida yashagan qadimgi xalqlar
austroosiyoliklar (monlar, kxmerlar va boshqalar) orollarda austroneyziylar
(malayalar, yavalilar va boshqalar), etnograflar ularning barchasini qo’shib austri
xalqlari deb ataydilar.
Qadimda eng rivojlangani austroosiyo viloyatlaridan janubiy hindi-xitoy
tekisliklaridir. Bu yerda eramizdan avvalgi III ming yillikda aholi dastlab mis
keyinchalik jez davriga mustaqil o’tadilar. Er. avv. II ming yillikda janubiy-
sharqiy Osiyo taraqqiyotda qo’shni viloyatlardan orqada qola boshlaydi.
Daryolarning murakkab tizimi xo`jalikning bosh yo`nalishi bo’lgan sholikorlik zarur bo’lgan sun'iy sug`orish tizimini barpo qilishni qiyinlashtirgan. Uzoq vaqt
jamiyatning asosiy bo`g`ini bo’lib, sholikorlik bilan shug`ullanadigan kichikroq
qishloq jamoalari qolavergan.
Faqat so’nggi jez asrida er. avv. I ming yillikda Dongshon sivilizatsiyasi
vaqtida (Dongshon qishlog`i yonida bu madaniyatning birinchi qabri topilgan)
janubi-sharqiy Osiyoning katta va o’rta daryolari vodiylarida katta-katta
dehqonchilik manzilgohlari paydo bo’ladi. Bu davrda omoch dehqonchiligi paydo
bo’ladi, jamiyat ijtimoiy tuzilmasi murakkablashadi.
Yaqinda topilgan juda kam sonli o’ziga xos iyerogliflarga o`xshash
yozuvlardagi qadimiy yozma manbalar mavjud. Janubi-sharqiy Osiyoning qadimgi
tarixini qayta tiklashda ilk o’rta asr (vyet, mon va boshqalar) xronikalari hamda
qadimgi Xitoy, qadimgi hind, antik mualliflar asarlari va manbalari muhim rol
o`ynaydi. Ilk sinfiy jamiyatlar qadimgi austroosiyo va ularga qarindosh qadimgi
vyetlarda paydo bo’lib Garbiy Hindixitoyda hozirgi shimoliy Vetnam orqali Yanszi quyi oqimigacha cho`zilib ketgan. Ularning orasida davlatlarning to’rt guruhini ko’rsatish mumkin: shimoli-sharqiy Hindixitoy va janubiy Xitoy dengiz qirg`og`i: janubiy Hindixitoy davlatlari; Malakka yarim oroli va arxipelagida qadimgi Indoneziya davlatlari; shimoliy Hindixitoyning markaziy qismi va tay tilli, birma tilli xalqlar joylashgan qo’shni hududlar davlatlari.