I
Dala tajribasiga qo‟yiladigan falablar
Dala tajribasining boshqa tajribalardan farqi shundaki, dala tajribalarida
hamma omillar tabiiy tuproq va iqlim sharoitida , ya‟ni ishlab chiqarish sharoitiga
yaqin sharoitda olib boriladi.
Madaniy ekinlaming hosildorligi bilan unga ta‟sir etuvchi omil o„rtasidagi
aniq bog„liqlikni baholashda dala tajribasi to„liq ta‟savvur ko„rsatib borishi
mumkin. Bundan tashqari shunday maqsadlarda olib boriladigan tajribalar
mavjudki, faqatkina dala tajribasida aniq natijalarga yerishish mumkin. Masalan,
tuproqqa ishlov berish,' almashlab ekishni o„rganish, mineral o„g„itlar me‟yorini,
gerbitsedlaming ta‟sirini o„rganish shular jumlasidandir.
Dala
tajribasida
olingan
ma‟lumotlaming
aniqlik
darajasi
va
ma‟lumotlaming ilmiy kiymati ko„p jixatdan ta‟lab qilinadigan uslubiy talablarga
bogMiq boMib, bu talablar quyidagilardan iborat.
1
.Tajriba maydonining tipikligi
2.
Tajribalami
alohida ajratilgan uchastkalarda olib borish
3.
Hamma variantlarda sharoitlaming bir xilligi
4.
Hosilni yigMshtirish va hamma bajarilgan ishlarning aniqlik
darajasiga amal qilish.
Hamma dala tajribalarini oxirgi ko„rsatkichlaridan biri, ya‟ni amalga
oshiradigan ma‟lumotlaridan biri, bu hosildorlik ma‟lumotlaridir. Shuning uchun
dala tajribasi uchun shunday maydon tanlash kerak, uning hamma yerida
unumdorlik ko„rsatkichlari va tuproq tarkibidagi ozuqa moddalar miqdori bir xil
bo„lib, hosildorlikka o„rganilayotgan omildan boshqa narsa ta‟sir kilmasin yoki
tuprogMning hamma ko„rsatkichlari bir xil boMishini ta‟minlash lozim.
Tuproqning borcha unumdorlik ko„rsatkichlari deganda-tuproqning
agroqimyoviy, agrofizikaviy, meliorativ, biologik hossalarining, hamda
rel‟evfming bir xil bo'yishi tushuniladi.
Agrokimyoviy xossalariga: tuproq tarkibidagi gumus, makro (azot, fosfor,
kaliy ) va mikro (kalsiy, magniy, bor, mis, temir) elementlarining bir xil boMishi
i “
“ '
tushuniladi.
Agrokimyoviy omillar o„rganilayotgan dala tajribalarida, tuproq tarkibidagi
ozuqa moddalar miqdori bir xil ta‟minlangan boMishi maqsadga muvofiq. Bu
holat qoMlanilgan mineral o„gMtlarning iqtisodiy
samaradorligi va o„zlashtirish koeffitsientlarini aniq ko„rsatish imkoniyati
yaratiladi.
Agrofizikaviy
hossalariga-tuproqning
donadorligi,
qovushqoqligi,
g„ovakligi, suv va havo hossalarining bir xilligi tushuniladi.
Fizik-kimyoviy hossalarining bir xilligi deganda-tuproqning kislotalik
darajasining, ya‟ni uning bir xil bo„lishi nazarda tutiladi.
Melioratish hossalarining bir xilligi - bu sho„rlanish darajasining bir xilligi
tushuniladi. Meliorativ hossalariga ko„ra tuproqlar sho„rlanmagan, kuchsiz
sho„rlangan ,
0
„rtacha sho„rlangan yoki kuchli sho„rlangan bo„lishi mumkin.
Tuproqning biologik hossalari-bu tuproq tarkibidagi turli organizmlar
(chuvalchanglar, ko„ngMzlar va boshq.) va mikroorganizmlar (viruslar,
bakteriyalar, zamburugMar) tushuniladi.
Shuningdek tajriba dalasining bir xilligini ta‟minlashuchun tajriba
maydonining rel‟efi, ya‟ni kiyalik darajasi bir xil boMishini ta‟minlash lozim.
Dala tajribalarining tipikligi deganda
-
ya‟ni ma‟lumoi mintaqa uchun
xos bo'lgan o'simlik navini, uning agrotexnikasini va tuproq iqlim sharoitini
o'zgarishi tushuniladi.
Maydonlami va sharoit uchun mos boMgan ekinlami
ta‟minlashda ekologik muhit ham hisobga olinadi. Aks holda har qanday
tajribadan olingan yangi natija ham o„z kiymatini yo„qotadi. Madaniylashgan
yoki yangidan o„zlashtirilgan yerlarda tajribalar ayniqsa mineral o„gMtlar bilan
bogMiq boMgan dala tajribalari oMkazilganda eskitdan sug„oriladigan yerlarga
nisbatan aniqlik darajasi past boMadi. Shuning uchun imkoni boricha kadimdan
sug„oriladigan, madaniylashgan yerlarda dala tajribalari o„tkazilib, olingan
natijalar asosida ilmiy xulosalar kilinishi maqsadga muvofiq.
Dala tajribalarini to„g„ri va aniq bajarishda qo‟yiladigan talablardan yana
biri,
tajriba maydonida o'rganilayotgan omildan boshqa hamma sharoitlarni
bir xilligini ta ‟minlashdan iboratligi hisoblanadi va bu bir farqlilikprinsipi
deb ataladi.
Hamma turdagi dala tajribalarida ushbu talabga qat‟iy rioya qilinishining
sababi shundan iboratki, ko„p hollarda tajribalardan olinadigan ma‟lumotlami
xulosa qilishda chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Agar azotning yillik me‟yori
o'rganilayotgan boMsa, farq qilinayotgan omil bu faqat azotning me‟yori
boMishi kerak.
Qolgan shart -sharoitlar va omillar hamma variantlarda bir xil boMishi
kerak. Kultivatsiya, sug'orish, o„gMt solish, tuproqqa ishlov berish kabi omillar
boshlangan kunda tugashini ta‟minlash shart. Aks holda olingan q'shimcha hosil
azotning yillik me‟yori hisobiga etishtirilganiga ishonchsizlik (shubxa) vujudga
kelishi mumkin. Ushbu ta‟labga rioya qilinmasdan dala tajribasining
samaradorligini ham to„g„ri aniqlab boMmaydi.
Ba‟zi turdagi dala tajribalarida bu talabdan bir chetga chiqilganga o„hshaydi.
Misol uchun, tuproqqa chuqurlatib ishlov berish o'rganilayotgan dala tajribalarida
chuqur ishlov berilayotgan variantlarda tuproqning namligi , namlik rejimi va
harorati biroz o'zgaradi. Lekin bu holni ta‟siri juda katta bo„lmaydi. Baribir ta‟sir
etuvchi ko„shimcha omillar birga o„rganilsa maqsadga muvofiq bo„ladi.
Agar ikkita yangi g„o„za navi solishtirib o'rganilganda ko„chat qalinligiga
e‟tibor berish lozim. Ma‟lumki, har kaysi nav o„ziga xos oziqlanish maydoni va
ko'chat qalinligini ta‟lab etadi. Shuning uchun qolgan omillaming bir xilligini
saqlagan holda ko„chat qalinligi o„rganiladi. Demak, hamma turdagi dala
tajribalarida bir xillik prinsipiga amal qilgan holdagina aniq va ishonchli
ma‟lumotlar olish mumkin.
Yuqorida sanab o„tilgan
dala tajribalarini olib borilda amal qilinishi
zarur bo'lgan talablardan biri dala tajribalarini larixi aniq va alohida tajriba
uchun ajratilgan maydonlarda bajarilishdan iborat.
Dala tajribalarini alohida tajriba uchun ajratilgan maydonlarda o„tkazishning
qulay tomoni shundan iboratki, bu holatda tajriba maydonining tarixi,
o'tmishdosh ekinlaraniq bo„lganligi uchun , hamda o„tgan yili kancha miqdorda
kimyoviy moddalar va mineral o„g„itlar ishlatilganligi aniq boiib, ulaming kelgusi
yilda kayta ta‟sirini hisobga olgan holda ilmiy ishni rejalashtirilsagina olingan
natija fakatgina o'rganilayotgan omilning ta‟siri boMib hisoblanadi.
Olib borilgan dala tajribalaridan ma‟lumki , bir xil chuqur xaydash mineral
o„g„it va kimyoviy moddalarning kayta ta‟siri ekanligi 20-40% gacha ko„shimcha
hosil olish mumkin. Bundan tashqari tuproqning tabiiy unumdorligini aniqlash
uchun hamda almashlab ekish sxemalari bo„yicha olib boriladigan dala tajribalari
uchun asosan uzoq muddat talab qilishi bilan birga, endi o'rganilayotgan omillami
solishtirish yoki to„g„ridan - to„g„ri bajarish imkoni yaratiladi.
Dala tajribalari olib borishda nihoyat
oxirgi to „rtinchi ta ‟lab, bu olingan
hosilni va uning ishonchlilik darajasini aniqlashdan iborat
bo„lib, dala
tajribalarining yakunlovchi, iqtisodiy ko„rsatkichini baholovchi asosiy ta‟lab
bo„lib hisoblanadi. Dala tajribasidan olingan olingan hosildorlik bo„yicha
o'rganilayotgan omilning o„simlikka son va iqtisodiy jixatdan samaradorligini
aniqlash imkonini beradi. Lekin olingan bu xulosalar, tajribadan olingan hosil
olinganda va statistik baholanib, qoniqarli deb topilganda asosli bo„lib
hisoblanadi.
Dala tajribalarining sxemasi to„g„ri tuzilganda , olib borilgan kuzatuv ishlari
va bajarilgan ishlar uslub (metodika) asosida a malga oshirilgan hamma maydon
to„g„ri tanlanganda tajribadan olingan ma‟lumotlar va ular asosida qilingan
xulosalar qoniqarli deb hisoblanadi. Aks holda, tajriba qoniqarli deb topilib,
bekor kilinadi.
Dala tajribasini olib borayotgan kuzatuvchi ko„pincha uch xil xatolikka
duch kelishi mumkin:
1.
Tasodifiy
2.
Muntazam uchraydigan xato (doimiy)
3.
Qo„pol xato
Ko„p hollarda tajribalami olib borishda tasodifan biror kamchilikka yo„l
ko„yilib, kuzatish natijasida bu tasodifiy xatolik boMib shakllanadi. Agarda
kiymati juda kichik bo„lsa ham, tasodifiy yo„l
Do'stlaringiz bilan baham: |