25
Kredit
50 000 000,0
Bank vakillik hisob varag’i
50 000 000,0
Balans
90 000000,0
90 000000,0
TBAPBning dastlabki rivojlanish bosqichida ushbu usul keng qo’llanilgan,
keyinchalik esa aktivlar va passivlar o’rtasidagi nomutanosiblik bilan bog’liq
muammolar yuzaga kelganda boshqarish usulining gep-tahlil (gap analysis) usuli
keng qo’llanilgan.
Banklarning aktivlari va passivlarini boshqarishda gep-tahlilini qo’llanilishi
uning muddatli depozit mablag’lari va riskka tortilgan aktivlari o’rtasidagi farq
darajasiga e’tibor qaratiladi. Masalan, bankning 12 oyga jalb qilingan muddatli
mablag’lari 100,0 mln so’m, 12 oyga bergan kreditlari, ya’ni
riskka tortilgan
aktivlari esa 120,0 mln so’mni tashkil etiladi. Bu holatda bankning aktivlari va
passivlarini gep-tahlili asosida boshqarganda, bu holatda bankning 20,0 mln
so’mlik majburiyatni bajarmaslik ehtimoli mavjudligi ko’rinib turibdi. Chunki,
20,0 mln so’m riskka tortilgan aktivlarning summasi muddatli mablag’lar
hisobidan emas, balki talab qilingan mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan.
Buni quyidagi misolda batafsil ko’rib chiqamiz. Masalan, balansdagi
muddatsiz depozit hisobidan 40 mln so’m kreditni yillik 14 foiz to’lov
asosida
kreditga berdi, bankning marjasi (foydasi) 14 foizni tashkil etmoqda, chunki
muddatsiz depozitni qabul qilish shartida foiz to’lovi ko’zda tutilmagan.
Albatta, ushbu operatsiya natijasida bank foydasi yuqori bo’lsada, muddatsiz
depozit hisobidan berilgan kreditning risk darajasi ham yuqori bo’ladi, chunki
muddatsiz depozit sohibi kutilmagan paytda mablag’ni
qaytarish talabi bilan
bankka murojaat qilishi mumkin. Biroq, riskli aktiv va muddatsiz depozit o’rtasida
muddatlari bo’yicha vujudga kelgan nomuvozanatlik gep-tahlili yordamida
boshqariladi. Bu holat (gep-tahlili) da TBAPBning fondli usulida mavjud bo’lgan
muammolardan tashqari quyidagi muammolar vujudga kelishi mumkin:
kredit oluvchi o’z vaqtida kredit summasini qaytara olmasligi;
depozit sohibi muddatidan ilgari depozitni talab qilishi;
va boshqa ko’zda tutilmagan ziddyatli holatlar yuzaga kelishi mumkin.
26
TBAPBning gep-tahlili usulini qo’llaganda moliya bozorida foiz stavkalari
5-10 yillik davrga tahlil etilib,
foiz stavklarining eng past, eng yuqori, barqaror
yoki tez o’sib boradigan yoki pasayadigan stavkalarida bir necha (odatda 10
tagacha) stsenariylar ishlab chiqiladi.
TBAPBning gep-tahlili bo’yicha ishlab chiqilgan har bir stsenariy bank
balansi barqarorligi va likvidligiga ta’sir darajasi aniqlanadi. TBAPB bo’yicha
ishlab chiqilgan stsenariylarning ichida
bank foyda darajasi past, risk darajasi va
zarar ko’rish xavfi yuqori bo’lganlari bo’yicha bank balansi korrektirovka qilinadi,
shundan so’ng eng ma’qul stsenariy tanlanib riskli operatsiyalarni amalga oshirish
yuzasidan qaror qabul qilinadi.
TBAPBning fond va gep-tahlili usullaridan likvidlilik riskini baholashning
ayrim instrumenti sifatida foydalanish mumkin. Biroq, ushbu usullar likvidlik
riskini samarali boshqarish imkoniyatini bermaydi. Bundan ko’rinib
turibdiki,
TBAPBning usullari va yo’llari hozirgi kunga kelib jiddiy o’zgarishlarga yuz tutdi.
Ayniqsa, 1980 yillarda bank muassasalari TBAPBda asosan aktivlar va
passivlarning bozor qiymatiga e’tibor qaratadigan bo’lsa, 1990 yillardan keyin
aktiv va passivlarni bozor riski boshqarishning asosiy ob’ektiga aylandi.
Zamonaviy sharoitda TBAPBning an’anaviy (umumiy fond usuli, aktivlarni
taqsimlash usuli) usullari asosida banklarning quyidagi operatsiyalari boshqariladi
(2.1-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: