5
KIRISH
Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish – bu pul mablag’larini
jalb qilish va ularni joylashtirishni tartibga solish yo’llari va usullaridir. Bank
foyda darajasi barqarorligini ta’minlash va ko’zda tutilmagan risklarni
minimallashtirish maqsadida balansning aktivlari va passivlarining tegishli
moddalarini doimo bir-biriga taqqoslab borishi zarur. Ushbu taqqoslash tijorat
banklari aktivlari va passivlarini tegishli usullar, mezonlar va me’yorlarni qo’llab
boshqarish orqali amalga oshiriladi.
«Bank faoliyatini boshqarishning usullarini doimiy takomillashtirmaslik
oqibatida, nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlar, balki rivojlangan mamlakatlar
banklari ham iqtisodiy inqirozga yuz tutishi tabiiydir»
1
. Buni XX asrning ikkinchi
yarmida Osiyo, Lotin Amerika, G’arbiy Evropa, Rossiya moliya tizimi hamda
2008 yil sentyabrda AQSh moliya tizimida bo’lib o’tgan moliyaviy-iqtisodiy
inqirozlar misolida ko’rish mumkin.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida banklarning kapitallashuv
darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va
ishonchligini mustahkamlash bank tizimini isloh qilish va yanada rivojlantirshning
ustuvor yo’nalishlari sifatida e’tirof etilgan
2
.
O’z navbatida, bank tizimini isloh qilish va yanada rivojlantirishning ustuvor
yo’nalishlari doirasida belgilangan vazifalarni hal qilish tijorat banklarining
aktivlari va passivlarini boshqarish amaliyotini takomillashtirish zaruriyatini
yuzaga keltiradi.
Tijorat banklarining aktivlari va passivlarini boshqarish amaliyotini
takomillashtirish banklar aktivlarining daromadliligi va risk darajalari o’rtasidagi
1
Диана МакНотон. Банковские учреждение в развивающихся странах. Пер. с англ.В 2-х т. -Вашингтон,
Д.С.:Всемирный банк, 1994. Т.1.-С. -2.
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли фармони. Ўзбекистон
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида//Ўзбекистон
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Тошкент, 2017. – № 6 (766). – 32-б.
6
hamda aktivlarning daromadliligi bilan likvidliligi o’rtasidagi mutanosiblikka
erishish, resurs bazaning etarliligi va barqarorligini ta’minlash imkonini beradi.
Shuningdek, tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish amaliyotini
takomillashtirish banklarning kapitallashish darajasini oshirish va banklar
kapitallari etarliligini ta’minlash imkonini beradi.
Mazkur darslikda tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishning
ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari o’z aksini topgan. Chunonchi, darslikda tijorat
banklarining aktivlarini boshqarish, majburiyatlari va kapitalini hamda
likvidliligini boshqarish kabi muhim masalalar o’z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |