1.1-jadval
Tijorat banklari aktivlarining tarkibi
3
, mlrd so’m
Ko’rsatkichlar nomi
01.01.2017 y.
01.01.2018 y.
01.01.2019 y.
mlrd.
so’m
ulushi,
foizda
mlrd.
so’m
ulushi,
foizda
mlrd.
so’m
ulushi,
foizda
Kassadagi naqd pul va
boshqa to’lov hujjatlari
1 336
1,6
4 841
2,9
5 269
2,5
Markaziy bankdagi
mablag’lar
11 958
14,2
14 909
8,9
11 429
5,3
Boshqa banklardagi
4 281
5,1
6 713
4,0
6 374
3,0
3
www.cbu.uz
(Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг расмий веб-сайти) маълумотлари асосида
тайѐрланди
11
mablag’lar-rezident
Boshqa banklardagi
mablag’lar-norezident
6 588
7,8
18 347
11,0
13 545
6,3
Investitsiyalar va
boshqa qimmatli
qog’ozlar
1 492
1,8
1 649
1,0
2 277
1,1
Mijozlarning
moliyaviy
instrumentlar bo’yicha
majburiyatlari
1 129
1,3
2 466
1,5
1 879
0,9
Kredit qo’yilmalari,
(sof)
52 045
61,9
108 467
65,1
164 670
76,8
Asosiy vositalar, (sof)
1 794
2,1
2 335
1,4
3 488
1,6
Aktivlar bo’yicha
hisoblangan foizlar
593
0,7
1 413
0,8
2 842
1,3
Bankning boshqa
xususiy mulklari
386
0,5
298
0,2
230
0,1
Boshqa aktivlar
2 474
2,9
5 193
3,1
2 416
1,1
Jami aktivlar
84 075
100,0
166 632
100,0
214 420
100,0
1.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, O’zbekiston Respublikasi tijorat
banklari aktivlarining tarkibida kreditlar salmog’iga ko’ra eng yuqori salmoqni
egallaydi.
Shuningdek, keltirilgan jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, respublikamiz
tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan investtsion
operatsiyalari rivojlanmagan. Chunki, tijorat banklarining qimmatli qog’ozlarga
qilingan investitsiyalari ular aktivlarining atigi 1,1 foizni tashkil etgan.
1.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, pul shaklidagi kam daromadli
aktivlar tijorat banklari aktivlari tarkibida nisbatan yuqori salmoqni egallaydi.
Bazel-1 tizimiga binoan risk darajasini o’lchash standart koeffitsientlari
aktivlarning keng toifalariga, chunonchi: davlat (suveren), bank va korporativ
12
aktivlarga beriladi. Masalan, korporativ riskni qoplash uchun qarz oluvchining
kredit sifatidan qat’i nazar kapitalga 8% (ya’ni riskni o’lchash koeffitsientining
100%) miqdorida ajratmalar qilish nazarda tutiladi.
Bazel-II standartida 150 % risk darajasiga ega bo’lgan aktivlar paydo bo’ldi:
– sud jarayonidagi aktivlar;
– bankning balansiga olingan, ammo 2 yil ichida sotilmagan aktivlar;
– VV- dan past reyting darajasiga ega bo’lgan mijozlarga berilgan kreditlar.
Tijorat banklari aktivlari va majburiyatlari muddatiga ko’ra quyidagi
turkumlanadi:
* muddatsiz
* 1 kundan 30 kungacha muddatdagi
* 31 kundan 180 kungacha muddatdagi
* 181 kundan 365 kungacha muddatdagi
* 365 kundan ortiq muddatdagi aktivlar va majburiyatlar.
1.2. Tijorat banklari passivlarining tarkibiy tuzilishi.
Tijorat banklarining passivlari talab qilib olinish darajasiga ko’ra quyidagi
tarkibiy qismlarga bo’linadi:
* talab qilib olinadigan depozitlar;
* boshqa banklarning ―Vostro‖ vakillik hisobraqamidagi pul mablag’lari;
* muddatli depozitlar;
* jamg’arma depozitlar;
* bankning qimmatli qog’ozlarini sotishdan olingan mablag’lar;
* boshqa banklardan olingan kreditlar;
* regulyativ kapital.
Usoskinning fikriga ko’ra, transaktsion depozitlardan resurs sifatida
foydalanish tijorat banklarining likvidliligiga jiddiy ziyon etkazadi. Shu sababli,
Glass-Stigoll qonuniga asosan1933 yilda transaktsion depozitlarga foiz to’lashning
ta’qiqlanishi oqilona tadbir hisoblanadi. Lekin muddatli va jamg’arma depozit
13
hisobraqamlariga tijorat banklari tomonidan to’lanadigan foiz stavkalarining
yuqori chegarasining belgilanishi tijorat banklarining depozit bazasiga salbiy ta’sir
qiladi.
V. Usoskinning transaktsion depozitlardan tijorat banklari tomonidan
to’g’ridan-to’g’ri resurs sifatida foydalanishning maqsadga muvofiq emasligi
xususidagi ilmiy xulosasi hozirgi davrda ham o’zining amaliy ahamiyatini
yo’qotgan emas. Xususan, respublikamiz tijorat banklarida transaktsion
depozitlardan to’g’ridan-to’g’ri, ya’ni muddatli depozit shartnomasi tuzmasdan
turib, resurs sifatida foydalanish hollari mavjud. Buning natijasida tijorat
banklarining faoliyatidagi likvidlilik va kredit riski kuchaymoqda. Chunki
transaktsion depozit nobarqaror passiv hisoblanadi va shu sababli istalgan vaqtda
hisobraqam egasi tomonidan talab qilib olinishi mumkin. Kredit esa, muddatli
bo’lib, uni muddatidan oldin qaytarib olish mumkin emas. Bundan tashqari,
transaktsion depozitlardan resurs sifatida foydalanish tijorat banklarining depozit
bazasini mustahkamlashdan bo’lgan manfaatdorligiga salbiy ta’sir qiladi.
Tijorat banklarining qimmatliqog’ozlar bozoridagi ishtiroki:
1. Emitent sifatida
2. Investor sifatida
3. Vositachi sifatida
Tijorat banklari emitent sifatida quyidagi qimmatli qog’ozlarni muomalaga
chiqaradi:
1. Emission qimmatli qog’ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, optsionlar)
2. Noemission qimmatli qog’ozlar (depozit sertifikatlari, jamg’arma
sertifikatlari)
Qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish 5 bosqichdan iborat:
1. Qimmatli qog’ozlarni joylashtirish to’g’risidagi qarorni qabul qilish
2. Qimmatli qog’ozlarni chiqarish to’g’risidagi qarorni tasdiqlash
3. Chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish
4. Qimmatli qog’ozlarni joylashtirish
14
5. Qimmatli qog’ozlarni chiqarish yakunlari to’g’risidagi hisobotni davlat
ro’yxatidan o’tkazish
Tijorat banklariga qimmatli qog’ozlarni chiqarishga ruxsat beradigan
organlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
2. O’zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi Qimmatli
qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi
Tijorat banklari ustav kapitalini shakllantirish uchun oddiy va imtiyozli
aktsiyalarni muomalaga chiqaradi.
Bankning barcha aktsiyalari tartib raqami va chiqarilgan vaqtidan qat’iy
nazar bir xil nominal qiymatga ga bo’lishi shart.
Muomalaga chiqarilgan aktsiyalar to’liq sotib bo’linmagunga qadar yangi
aktsiyalarni muomalaga chiqarishga ruxsat etilmaydi.
Qimmatli qog’ozlar prospekti bank Boshqaruvi tomonidan tayyorlanadi va
Boshqaruv raisi va Bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Qimmatli qog’ozlar prospektida quyidagi ma’lumotlarning bo’lishi shart:
1. Emitent to’g’risidagi ma’lumotlar
2. Emitentning moliyaviy holati to’g’risidagi ma’lumotlar
3. Qimmatli qog’ozlarni oldingi emissiyasi to’g’risidagi ma’lumotlar
Tsessiya – sertifikat bo’yicha talab qilib olish huquqidan boshqa shaxs
foydasiga voz kechish.
Tsedent – sertifikat bo’yicha talab qilib olish huquqidan boshqa shaxs
foydasiga voz kechayotgan tomon.
Tsesssionariy – sertifikat bo’yicha talab qilib olish huquqini oluvchi tomon.
Bazel standartiga ko’ra, tijorat banklarining regulyativ kapitali 3 qismdan
iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |