5-mavzu: Qurilish pudrati shartnomasi. Reja



Download 48,38 Kb.
bet1/5
Sana31.05.2022
Hajmi48,38 Kb.
#623523
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-маъруза


5-mavzu: Qurilish pudrati shartnomasi.
REJA

  1. Pudrat shartnomasi, qurilish pudrati shartnomasi, uni tuzish, o’zgartirish va bekor qilish asoslari.

  2. Qurilish pudrati shartnomasi bo’yicha taraflar, ularning huquq va majburiyatlari.

  3. Loyiha-smeta hujjatlari.

  4. Shartnoma shartlarini bajarmaslikning oqibatlari.

1. Pudrat shartnomasi, qurilish pudrati shartnomasi, uni tuzish, o’zgartirish va bekor qilish asoslari
Pudrat shartnomasi bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’p uchraydigan hamda kishilarning turmush hayotida juda ko’p qo’llaniladigan shartnomalardan biri hisoblanadi. Pudrat shartnomasi tuzish orqa­li ishlab chiqarish texnikasiga oid texnika vositalarini tayyorlash, yasab berish, uy-joylar, binolar, inshootlar qurib berish, qayta tiklash, ta’mirlash, loyihalash, qidiruv ishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarish kabi munosabatlar vujudga keladi.
Pudrat munosabatlari turli davrlarda aholining maishiy ehtiyojlarini qondirishning asosiy vositasi hisoblangan. Bu shartnoma turi har qanday “izm”larda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan, aksincha turli normativ hujjatlar orqali tartibga solingan va takomillashtirilib borilgan. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq pudrat ishlarini bajarish iqtisodiy islohot­larni amalga oshirish borasida ichki va tashqi siyosatning asosiy me’zonlaridan biriga aylangan desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu sabab ham bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida pudrat ishlarini bajarish hayotiy zaruratga aylanib bormoqda.
Xozirgi kunda pudrat munosabatlari alohida shartnoma turi sifatida huquqiy asoslari va nazariy jihatlari yaxshi ishlangan. Bu shartnoma alohida shartnoma turi sifatida fuqarolik qonunchiligi­da maxsus normalar bilan tartibga solinadi. Pudrat shartnomasi munosabatlari maxsus qonunlar – FKning 37-bobi (Pudrat to’g’­risida umumiy qoidalar (631-655-moddalar), maishiy pudrat (656-665-moddalar), qurilish pudrati (666-685-moddalar), loyixa va qidiruv ishlari pudrati (686-692-moddalar), ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalari (693-702-moddalar)), Shaharsozlik kodeksi (masalan, ShKning 16-moddasi obyektlar qurilishi bo’yicha pudratchilarning huquqiy hola­tini belgilab beradi), Qurilish sohasidagi huquqbuzarlik uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to’g’risidagi qonun va boshqa qonunlar bilan tartibga solinishi bilan birga qonun osti hujjat­lari asosida ham huquqiy tartibga solinadi.
Pudrat shartnomasi bo’yicha shaxslarning mehnat natijalari tovar topshirish yoki xizmat ko’rsatish emas, muayyan ishni bajarishga qaratilgan bo’ladi. Pudrat shartnomasi orqali bir necha turdagi ishlar bajariladi. Aynan mana shu bajariladigan ishlar pudrat shartnomasining predmeti hisoblanadi. Pudrat shartnomasiga maishiy ta’minlash, muayyan obyektni qurish va ta’mirlash, loyihalash va rejalashtirish, ilmiy-tekshirish, tajriba konstruktorlik va tajriba ishlari kiradi.
Pudrat shartnomasi tushunchasi FKning 631-moddasida berilgan. Pudrat shartnomasi deb pudratchi hisoblangan bir tarafning buyurtmachi (ikkinchi taraf) topshirig’iga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilish va buning uchun haq to’lash majburiyatini olish bilan bog’liq shartnomaga aytiladi.
Pudrat shartnomasi bilan tuziladigan majburiyatlarning konstitutiv belgilari quyidagilardan iborat:
-pudratchi buyurtmachining topshirig’i bo’yicha buyurtmachining u yoki bu individual topshiriqlarini qondirish maqsadida ishni bajaradi;
-pudratchi yangi ashyoni yaratish yoki qayta tiklash, yaxshilash, mavjud bo’lgan ashyoni o’zgartirish kabi natijaga ega bo’lgan belgilangan ishni bajarishga majburiyatini oladi;
-pudrat shartnomasi bo’yicha yaratilgan ashyo to buyurtmachi bajarilgan ishni qabul qilgunga qadar pudratchiga mulk huquqi asosida tegishli bo’ladi;
-pudratchi shartnomaga asoslangan natijaga erishish usul va vositalarini mustaqil tanlash huquqiga ega (shartnomada va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
-pudratchi ishni bajarish jarayonida uning natijasiga nisbatan tavakkalchilik qiladi.
Pudrat shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilardan iborat:
Pudrat shartnomasi ikki tomonlama shartnoma hisoblanadi. Chunki, pudrat shartnomasida shartnoma taraflarining har birida o’ziga xos huquq va majburiyatlar mavjud. Pudratchida shartnomada belgilangan ishni bajarish majburiyatini va bajarilgan ish haqini talab qilish huquqi mavjud bo’lsa, buyurtmachi shartnomada belgilangan, bajarilgan ish uchun haq to’lash majburiyati va ishni bajarishni talab qili huquqi mavjud bo’ladi.
Pudrat shartnomasi konsensual shartnoma hisoblanadi. Chunki, shartnoma taraflar o’rtasida kelishuvga erishilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi va shu paytdan boshlab kuchga kiradi.
Pudrat shartnomasi haq baravariga tuziladigan shartnomalar turkumiga kiradi. Pudrat shartnomasida buyurtmachi pudratchi tomonidan amalga oshirilgan ishlar uchun shartnomada belgilangan haqni to’lashi lozim bo’ladi. Bajarilgan ishning bahosi taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
Taraflarning kelishuviga ko’ra, pudratchi tomonidan bajariladigan ishlar pudrat shartnomasining predmeti hisoblanadi. Pudrat shartnomasi bo’yicha bajariladigan ish ma’lum bir ashyoni tayyorlash, masalan, ishlab chiqarish texnikasiga oid bo’lgan mahsulot yetkazib berish shartnomasi bo’yicha olishi mumkin bo’lmagan asbob-uskunalar va shunga o’xshash mahsulotlarni yasatib olish, fuqarolarning maishiy ehtiyojlari uchun buyumlar tayyorlab berish yoki ashyolarni qayta ishlab, ta’mirlab, xom ashyoga qayta ishlov berish yoxud boshqacha tartibda ishni bajarib, buyurtmachiga topshirish yo buyurtmachining topshirig’iga muvofiq, uning tomonidan ko’rsatilgan, vakil qilin­gan shaxslarga topshirishdan iborat hisoblanadi.
Qurilish pudrati shartnomasi pudrat shartnomasini bir turi hisoblanadi. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodek­sining 666-moddasida qurilish pudrati shartnomasi bo’yicha pudrat­chi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig’i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to’lash majburiyatini oladi. Qurilish pudrati shartnomasi mamlakat iqtisodiyotida ko’p qo’llanishi bilan va o’ziga xos jihatlarga egaligi bilan maishiy pudrat, loyiha va qidiruv ishlari pudrati, ilmiy tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati shartnomalaridan ajralib turadi.
Qurilish pudrati shartnomasi murakkab tuzilishga ega. Chunon­chi ushbu shartnoma boshqa pudrat shartnomalaridan farqli ravishda tartibga solish doirasi keng qamrovli hamda boshqa shartnomalar­ning ham elementlarini o’zida mujassam etadi.
Qurilish pudrati shartnomasi korxonalarni, turar-jorylarni bino va inshoatlarni qurish, qayta tamirlash va rekonstruksiya qilish, montaj ishlarini amalga oshirish maqsadida tuziladi.
Pudrat shartnomalari ichida qurilish pudrati huquqiy tartib­ga solish manbalariga boyligi bilan ajralib turadi. Chunki bu shartnomaviy munosabatlarni, uning subyektlarini huquqiy tartib­ga soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan.
Pudrat shartnomasi tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak sobiq ittifoq davrida qurilish pudrati bilan bog’liq munosabatlar umuman rivojlanmasdan qoldi. To’g’ri bu davrda qurilish pudrati shartnomasi alohida shartnoma ekanligi aytilsada, unda albatta rejali asos majburiy ekanligi va sosialistik korxonalar o’rtasida amalga oshirilishi aytib o’tilgan. Faqatgina 1952 yilga kelib qurilish pudrati shartnomasi pudrat shartnomasini bir shakli emas balki alohida shartnoma ekanligi ta’kidlandi va bunga huquqiy asos yaratildi.
Qurilish pudrati shartnomasining asosiy huquqiy belgilari:
birinchidan, bu shartnoma sonsensual, ya’ni taraflar o’rtasida o’zaro kelishuvga erishilgan va shartnomada tuzilgan paytdan boshlab taraflarda huquq va burchlarni vujudga keltiradigan shartnomalar guruhiga mansabdir;
ikkinchidan, haq baravariga tuziladigan shartnomadir;
uchinchidan, qurilishga oid pudrat shartnomasi har ikki taraf uchun ham muayyan va burchlar belgilaydigan ikki tomonlama shartnoma hisoblanadi.
Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni, inshootni bir obyektni qurish yoki qayta qurish, shuningdek, montaj, sozlash, ishga tushirish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa ishlarni bajarish haqidagi tuzilishi mumkin.
Pudratchi, odatda tegishli obyektni to’la asosda tamomlash uchun shartnoma tuzadi. Bunga loyihalashtirish, qurish, ekspulatasiyaga toshirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa muhim ishlar, obyektni to’la ekspulatasiyaga topshirish ishlari kiradi. Qurilishi pudrti shartnomasida shartnoma bahosi va uni bajarish muddati muhim aha­miyatga ega. Shartnomada ularning ko’rsatilmasligi shartnomaning haqiqiy emasligiga olib keladi. Shuningdek, buyurtmachi tomoniddan shartnomaning bajarilishi uchun pudratchiga zarur bo’lgan sharoitlarni berish majburiyati ham uning o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi.
Shartnoma predmeti ko’chmas mulk obyektlari – turar joy, bino, inshoat, korxona va uning bir qismi kabi obyektlarni qurishi, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hisoblanadi.
Qurilish pudrati shartnomasi odatda yozma shaklda tuziladi. Taraflar o’zaro kelishib olishgach, uni imzolaydilar va shu vaqtdan e’tiboran ularda huquq va majburiyatlar vujuga keladi. Shartnoma buyurtmachi va pudratchining o’zaro munosabatlari qanday amalga oshirilishi lozimligi to’g’risida aniq va tushunarli kelishuvga erishishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Pudrat to’g’risidagi qoidada bir qurilishda barcha umumiy qu­rilishi va maxsus ishlarni bajarishni z zimmasiga oladigan faqat bitta bosh pudratchi bo’lishi mumkinligi belgilanadi.
Pudrat shartnomasida quyidagilar ko’rib chiqilishi lozim:
a) shartnomaning kirish qismida shartnomaning qachon va qayerda tuzilganligi, qaysi qurilish tashkiloti pudratchi va qaysi tashkilot buyurtmachi bo’lishlgi ko’rsatiladi;
b) barcha umumqurilish va maxsus qurilish ishlarini tasdiqlay­digan loyiha, smeta va qurilish obyektlarining shartnomaga ilova qilingan ro’yxatga muvofiq ravishda qurib bitkazishni puddratchi o’z zimmasiga olganligi ko’rsatiladi;
v) shartnomada ko’rsatilgan ishlarni loyiha-smeta va qurilish hujjatlariga muvofiq ravishda shartnoma bo’yicha belgilangan muddat ichida o’zining moddiy-texnika bazasi va qadrlari bilan bitkazib topshirish majburiyatini pudratchi o’z zimmasiga olganligini yoki subpudratchilarni jalb qilish huquqi ko’rsatib o’tiladi;
g) shartnomada smetaga muvofiq pudratchi zimmasiga yuklatil­gan ishlarning qiymati qancha summani tashkil qilinishi ko’rsa­tiladi;
d) shartnomani bajarishda taraflar “Qurilishga oid pudrat shartnomalari haqidagi qoidalar”ga rioya qilishlari lozimligi ko’rsatiladi;
ye) shartnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qoidalar ko’rsatiladi;
j) shartnoma shartlarini bajarmagan yoki o’z vaqtida lozim darajada bajarmagan tomon uchun qo’llaniladigan jarima miqdori ko’rsatiladi;
z) shartnoma taraflarning bank hisob raqamlari, adreslari, vakillarining imzolari va muhrlari bilan tasdiqlanadi.
Qurilishga oid pudrat shartnomasi 3 nusxada tuzilib, ikki nusxasi taraflarda qoladi, bir nusxasi esa qurilishni mablag’ bilan ta’minlovchi bankka yuboriladi. Yillik pudrat shartnomasi umumiy pudrat shartnomasining bajarilishi yuzasidan bir yil mobaynida amalga oshiriladigan qurilish ishlarini belgilash uchun tuziladi. Yillik shartnoma umumiy pudrat shartnomasiga qo’shimcha bo’lib, ma’lum bir xo’jalik yili ichida bajariladigan qurilish ishlarining hajmini, bajarilishning kalendar planini aniqlab beradi. Umumiy va yillik shartnomalar mazmun jihatidan bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Umumiy pudrat shartnomasida ko’rsatilgan ishlarning hajmi va muddati yillik shartnomalarda aniqlashtiriladi. Yillik shartnoma ma’lum bir xo’jalik yili ichida bajarilishi lozim bo’lgan qurilish ishlari yuzasidan taraflarning huquq va majburiyatlarini belgila beradi. Hozirgi vaqtda qurilish bo’yicha shartnoma munosabatlarida yillik pudrat shartnomasi asosiy o’rin egallaydi.
Qurilish bo’yicha pudrat shartnomasi umumiy pudrat shartnomasisiz ham tuzilishi mumkin. Jumladan, agar quriladigan obyekt bo’yicha barcha qurilish ishlarini bir yil ichida ko’rib birkazish mumkin bo’lsa, yillik shartnoma tuziladi. Yillik shartnomada tas­diqlangan loyiha-smeta, barcha subyektlar ro’yxati, bu obyektlarni qurishni boshlash va qurib bitkazish muddatlari, ishlab chiqarish­ning kalendar plani, buyurtmachi tomonidan pudratchiga ish chizmasi va smetalarni topshirish muddati, shartnomaning boshqa alohida shartlari ko’rsatiladi va qurilishga oid hujjatlar ilova qilinadi. Yillik shartnoma ishlar plani tasdiqlangandan so’ng ikki oy muddat ichida qurilishga oid namunaviy pudrat shartnomasi shaklida tuzilishi lozim.
FKning 667-moddasiga muvofiq, topshirilmagan pudrat obyektining nobud bo’lishi yoki shikastlanishi xavfi pudratchi zimmasida bo’ladi. Shuningdek, pudrat obyektida bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun ham pudratchi javobgar bo’ladi.
Shuning uchun qurilishi pudrati shartnomasida taraflar bosh­qacha tartib va shartlar qo’ygn bo’lmasalar shartnomada nazarda tutilgan obyektni yoki ishlar majmuini pudratchi o’z hisobidan sug’urta­lashi shart.
Sug’urtalash majburiyati yuklatilgan taraf qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan tartibda ikkinchi tarafga shartnoma shartlariga muvofiq sug’urta shartnomasi tuzganini tasdiqlovchi dalillarni, shu jumladan sug’urta qiluvchi, sug’urta summasi miqdori va sug’urtalangan tavakkalchiliklar to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak.
Sug’urtalash tegishli tarafni sug’urta hodisasi yuz berishining oldini olish chora-tadbirlarini ko’rish majburiyatidan ozod qil­maydi. Pudratchi yoki buyurtmachi qurilayotganligi, undan nima maq­sadda foydalanish rejalashtirilganligi haqida sug’urtalovchiga sug’urta qildiruvchidan obyekt bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha ma’­lumotlarni ham talab qilishi va ular bilan tanishib chiqishi mumkin.



Download 48,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish