DORIXONA SHAROITIDA DORI VOSITALARINI TAYYORLASH. DORI VOSITALARINI ISHLARINI TASHKIL QILISH
Reja:
Dorixona sharoitida dori vositalari ishlab chiqarishning me’yoriy asoslari
Ishlab chiqarish xonalari uchun sanitar tartib qoidalari. Nosterill dori vositalarini tayyolash uchun sanitar talablari
Aseptik blok va jihozlari uchun sanitar talablar.
Aseptik sharoitda dori vositalarini tayyorlash uchun qo’yiladigan sanitar talablar
Dorixonada dori vositalariuni ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan xodimlarga qo’yiladigan sanitar gigiyenik talablar
Dorixona sanitar tartib qoidalarini nazorat qilish.
Ishlab chiqarish xonalarini moddiy texnik taminoti
Dorixonaga kelib tushgan dori vositalari va tibbiy texnika sifatini qabul qilishdagi nazorat
Dorixonaga sifatsiz mahsulot kelib tushuishini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar.
Yozma nazorat, og’zaki nazorat, organoleptik nazorat, fizik nazorat, kimyoviy nazorat
Dori vositasini berishdagi nazorat
Steril dori vositalarini tayyorlash va nazorat qilishni alohida turlari
Tayanch iboralari: moddiy texnika bazasi, San-Pin, aseptik blok, aseptik xona , og‘ish meyorlari, organoleptik nazorat, yozma nazorat, og‘zaki nazorat, kimyoviy va fizikaviy nazoratlar
Dorixona sharoitida dori vositalari ishlab chiqarishning me’yoriy asoslari Ishlab chiqarish xonalari uchun sanitar tartib qoidalari. Nosteril dori vositalarini tayyolash uchun sanitar talablari
Ma’lumki, dorixonalarning asosiy vazifalari - dorilarni sifatli tayyorlash; -aholini, davolash profilaktika muassasalarini, poliklinika va ambulatoriyalarni dori vositalari bilan ta’minlash, aholini kundalik dori-vositalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish. aholini va turli davolash profilaktika muassasalarini sifatli dori vositalari bilan ta’minlash ko‘p jihatdan dori-vositani tayyorlaydigan shaxslarning sanitariya nuqtai nazardan ularning saviyasiga, maxsus tartib qoida va qonunlar to‘la-to‘kis bajarilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
San-Pin – bu tayyor dori vositalarini sotishda dorixona qurilishidagi sanitar qoidalar va me’yorlar aks ettirilgan xujjat. ushbu xujjat 5 ta bo‘limdan iborat.
1 bo‘lim – umumiy holatlar.
2 bo‘lim – dorixona joylashishi va qurilishiga qo‘yiladigan talablar
3 bo‘lim – dorixonaning jihozlanishi va xonalariga bo‘lgan talablar
4 bo‘lim – dorixona xonalarining sanitar qurilishi
5 bo‘lim – dorixona xodimlarining shaxsiy gigienasi va xonalarni tozalashdagi qo‘yiladigan sanitar talablar.
Dorixona o‘z faoliyatini farmatsevtik faoliyatga berilgan litsenziya asosida olib boradi. farmatsevtik faoliyatni litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 31 oktyabrda chiqan 477 sonli qaroriga muvofik va boshqa me’yoriy xujjatlar asosida olib boradi.
Assistentlar, analitiklar va distilyasiya xonalari bir biriga yaqin joylashtirilishi kerak. aseptik majmua xonalari texnologik jarayon bosqichlari bilan mos ravishda bevosita bog‘liqlikni ta’minlashi kerak. ishlab chiqarish xonalarining devor va potoloklari dizenfeksiya vositalari bilan nam lattada artilishi kerak. pollar linolium yoki keramik plitkalar bilan qoplanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |