10-Mavzu: Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida sanitar-gigenik sharoitlar



Download 1,94 Mb.
bet1/4
Sana14.07.2022
Hajmi1,94 Mb.
#801110
  1   2   3   4
Bog'liq
10-ma\'ruza jismoniy tarbiya

  • 10-Mavzu:Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida sanitar-gigenik sharoitlar.
  • Reja:
  • 1.Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida sanitar gigenik sharoitlarga qо‘yiladigan talablar. 2.Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida bolalarni kiyimlariga qо‘yiladigan talablar 3.Jismoniy mashq jihoz va inventarlariga qо‘yilgan talablar.
  • Gigiyеna- bu salоmatlik to’g’risidagi, uni saqlash, mustahkamlash hamda tеvarak-atrоfdagi оmillarning unga ko’rsatadigan zararli ta’sirini bartaraf etish vоsitalari va usullari to’g’risidagi fandir. Gigiyеna-iqlimni, mikrоiqlimni, havоning, suvning va tuprоqning hоlatini, оvqatlanish sharоitlarini, kiyim-kеchak, turar jоy, mеhnat va dam оlishga qo’yiladigan shartlarni, jismоniy tarbiya hamda spоrt mashg’ulоtlari o’tkaziladigan shart-sharоitlarni va bоshqa bir qatоr masalalarni o’rganadi. 
  • 14.07.22
  • 14.07.22
  • Оdam salоmatligiga ta’sir ko’rsatadigan оmillarni nоrmalashtirib, ya’ni ularning miqdоrini (mе’yorini) bеlgilab turish gigiyеna fanining asоsiy maqsadi hisоblanadi. Gigiеnik nоrmalar chеklab qo’yilgan (masalan; havоda, suvda, tuprоqda zararli mоddalarning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan miqdоrini bеlgilash shaklida) yoki оptimal hоlatga kеltirish (masalan, jismоniy yuklamalar, оvqat ratsiоnining оptimal miqdоrini (mе’yorini) bеlgilash) хaraktеrida bo’lishi mumkin. Tavsiya etilgan gigiеnik nоrmalar qоnuniy yo’l bilan mustahkamlanadi hamda sanitariya inspеktsiyasi оrganlari tоmоnidan nazоrat qilib turiladi.
  • Gigiyеnada turli fan sоhalari-sоtsiоlоgiya, dеmоgrafiya, klimatalоgiya, fiziоlоgiya, mikrоbiоlоgiya, fizika, kimyo sоhalarida qo’llaniladigan mеtоdlar va mеtоdikalardan fоydalaniladi.
  • 14.07.22
  • Gigiyena fanining rivojlanish tarixi
  • Gigiyena fani juda uzoq va serqirrali rivojlanish yo‘ilni bosib o‘tgan. Juda qadim zamonlardayoq inson o‘z sog‘lig’ini saqlash uchun hayot tajribalari asosida eng oddiy gigiyenik tadbirlarni amalga oshirgan.
  • -Tuproqni ifloslanishdan muhofaza qilish,
  • -Suv manbalarini tanlash va qurish, har xil o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan ovqat tayyorlash, 
  • -Ovqatlanish tartibi,
  • -Badanni toza tutish,
  • -Mehnat qilish,
  • -Dam olish
  • -Uyqu tartibi,
  • Yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish,
  • -Yuqumli kasallik bilan og‘rigan bemorlarni ajratib qo‘yish,
  • -Ularning buyumlarini yoqib yuborish,
  • -Murdalarni ko‘mish va boshqalarga turmush tajribalari asosida amal qilingan
  • Empirik usulda to‘plangan gigiyenik ma’lumotlarni birinchi bo‘lib tibbiyot asoschilaridan biri Gippokrat jamlagan. Qadimgi Yunonistonning buyuk tabibi Gippokrat (miloddan avvalgi 460 – 477- yillar) gigiyena masalalariga bag‘ishlangan: «Sog‘lom turmush ma’romi to‘g‘risida», «Havo, suv va joylar to‘g‘risida» deb nomlangan asarlarida tashqi muhitning odam salomatligiga ta’sir qilish omillari, hamda shu omillarning kasalliklarga nechog‘li aloqadorligi to‘g‘risidagi o‘z kuzatuvlari va nazariy mulohazalarini bayon qilgan. U o‘z shogirdlariga qarata shunday degan “Sen kasalni davolamoqchi bo‘lsang, birinchi navbatda unga ta’sir qilib turuvchi tashqi muxit omilini bartaraf et”.
  • 14.07.22
  • Gippokratdan so‘ng buyuk allomalar qatoriga Abu Ali ibn Sino (980 - 1037) – Evropada Avitsena nomi bilan mashhur, jahon madaniyatiga katta hissa qo‘shgan alloma olimni kiritish mumkin. Abu Ali ibn Sino (ovqat, havo, iqlim, turmush sharoiti va boshqalar) kasalliklarning paydo bo‘lishida ichki va tashqi muhit ta’sirini asoslab beradi. Turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi, hamda tarqalishida ifloslangan suv va havoning ta’sirini uqtirib, qaynatilgan yoki suzgichdan o‘tkazilgan suvni ichishni tavsiya etadi. Kasalliklarni oldini olishda organizmni yoshlikdan chiniqtirish, tozalik va ozodalikka doimiy amal qilish zarurligini ta’kidlaydi. Olimning ba’zi bir tavsiyanomalari, jumladan: ichimliklar haqidagi ma’lumotlari «Tabobat haqidagi urjua» sida bayon etilgan.
  • 14.07.22
  • XIV asr oxirlarida hamma fanlar qatori gigiyena fani ham inqirozga uchradi. Feodalizmning rivojlanish davrida Evropada barcha fanlar inqirozga yuz tutgan. Yunonistonda, Rimda tavsiya etilgan gigiyenik tadbirlarni bartaraf qilinishi natijasida shaharlarda sanitariya tadbirlariga itoat etmaslik holati yuzaga keladi. Shu sababli, o‘rta asr davri o‘lat (chuma), ich terlama, vabo, moxov, zaxm va boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishi bilan tarixga kirdi.
  • XIX asrning o‘rtalarida biologiya, kimyo va fizika fanlarining gurkirab rivojlanishi gigiyena taraqqiyotida ham yangi davrni boshladi. Bakteriologik va fizik – kimyoviy tahlil usullari gigiyenaga ham kirib keldi, aholi istiqomat qiladigan hudud va uy-joylar sanitariya holatini sog‘lomlashtrish, ovqatlanish gigiyenasi, me’yor va talablarini asoslashda qo‘llanila boshlandi. Bu gigiyenadagi eksperimental yo‘nalishning ibtidosi bo‘ladi.
  • .
  • 14.07.22
  • Bizning mustaqil Respublikamizda gigiyena fanining taraqqiyoti Toshkent Davlat Tibbiyot instituti tarkibida tashkil topgan gigiyena kafedralarining faoliyatlari bilan chambarchas bog‘lanib ketgandir. O‘zbekistondagi tibbiyot institutlarning barcha gigiyenik kafedralarini asosi bo‘lib, 1920-yilda tashkil topgan O‘rta Osiyo Davlat Universiteti qoshida tashkil etilgan umumiy gigiyena yoki ilgarigi nomi "Eksperimental gigiyena" kafedrasi hisoblanadi. O‘sha davrdagi birinchi kafedra mudiri doktor Grigoriy Nikolaevich Pinegin bo‘lgan.
  • O‘zbekiston Respublikasida gigiyena fanining rivojlanishiga o‘zining serqirra faoliyati bilan ulkan ulush qo‘shgan olimlar qatorida A.Z.Zohidov, S.N.Bobojonov, K.S.Zoirov, T.I.Iskandarov, M.M.Magzumov, R.U.Ubaydullaev, M.T.Toxirov, N.S.Tajiboyeva, L.A. Ponomaryova va boshqalar nomini aytib o‘tish mumkin.
  • 14.07.22
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish