5-mavzu: Qurilish pudrati shartnomasi. Reja


Qurilish pudrati shartnomasi bo’yicha taraflarning huquq va majburiyatlari



Download 48,38 Kb.
bet3/5
Sana31.05.2022
Hajmi48,38 Kb.
#623523
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-маъруза

Qurilish pudrati shartnomasi bo’yicha taraflarning huquq va majburiyatlari.
Buyurmachi bajarilayotgan ishlarning hajmi, qiymati va sifati loyiha va smetalarga muvofiq bo’lishi ustdan tekshirish va texni­kaviy nazoratni amalga oshirish, istagan vaqtda qurilish va montaj ishlarining bajarilishi va sifatini, shuningdek, foydalanilayot­gan materiallarning sifatini, ishlarning grafikka mos ravishda olib borilayotganligini, buyurtmachi bergan materiallardan opera­tiv xo’jalik faoliyatiga aralashmasidan tekshirish mumkin. Buyurt­machi (yoki uning vakili) qurilish obyektida yo’l qo’yilgan har qanday kamchiliklar to’g’risida pudratchiga e’tiroz bildirishi va ularni bartaraf etishni talab qilishga haqli bo’ladi. Bunday tarzda buyurt­machi tomonidan aniqlangan va pudratchiga yozma ravishda bildiril­gan, texnik hujjatlarga mos bo’lmagan ishlar shartnomada ko’rsatil­gan shartlar asosida yoki oqilona muddatda bartaraf etilishi lozim.
Buyurtmachi (yoki uning vakili) qurilishi obyektida yo’l qo’yil­gan kamchiliklarni aniqlagan holda bu haqda pudratchini ogohlan­tirmasa va ularni bartaraf etishni talab qilmasa, ularni bartaraf etish imkoni yo’qolganidan so’ng da’vo qilish imkonidan mahrum bo’ladi. Qonun shu tariqa obyektning yetarli darajada sifatli bo’li­shi uchun buyurtmachiga ham mas’uliyat yuklaydi. Lekin qolgan hol­larda obyektdagi kamchiliklarning bartaraf etilishini talab qilish huquqini saqlanib qoladi.
Buyurtmachi ishning lozim darajada sifatli, chidamli va o’z vaqtida tugallanib topshirilishidan manfaatdor bo’lgani uchun pudratchi bilan hamkorday harakat qiladi.
Buyurtmavchi qurilishning loyiha, ish chizmasi va smetasini tasdiqlatish, qurilishni mablag’ bilan ta’minlash uchun zarur bo’lgan hujjatlarni bankka taqdim etish, vakolatli organlardan qurilish uchun yer uchastkasi ajratish haqida aktni olish, qurilish maydonida qurilish ishlarini olib borish uchun tegishli organlardan ruxsatno­ma olish va qurilish maydonini bo’shatish ishlarini amalga oshirish;
shartnomada nazarda tutilgan hollarda o’z vaqtida qurilishni texnologiya, energetika, elektrotexnika va umumzavod uskunalari hamda apparaturalari bilan ta’minlash, shuningdek, bino va inshootlarni foydalanishga berishi shart. Shurtnomaga muvofiq, buyurtmachi zimmasiga qurilish materiallari bilan ta’minlash vazifasi ham yuklanishi mumkin, lekin ulardan to’g’ri foydalanish va ularni saqlash pudrati zimmasida bo’ladi.
Buyurtmachi shartnomada nazarda tutilgan hollarda o’z ixtiyorida bo’lgan temir yo’l transportidan, suv, bug’, elektr quvvati yordamida ishlaydigan qurilmalaridan pudratchi uchun foydalanishga berishi lozim. Pudratchi uning uchun tarif bo’yicha belgilangan bahoda haq to’laydi.
Agar qurilishni va u bilan bog’liq ishlarni amalga oshirishda qurilish pudrati shartnomasini tegishli tarzda bajarishda to’siq­lar borligi ma’lum bo’lsa, ularni bartaraf etishda buyurtmachi o’ziga bog’liq choralarni ko’rishi va pudratchi bilan hamkorlik qilishi shart. Ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda buyurtmachi o’zi ko’r­gan zararni pudratchidan talab qilish huquqini yo’qotadi. Ushbu harakatlarni amalga oshirishda qilingan xarajatlarni buyurtmachi pudratchiga to’lashi lozim bo’ladi.
Pudratchi shartnomada ko’rsatilgan barcha qurilish va maxsus ishlarni, shuningdek, mashina va uskunalarni montaj qilish ishla­rini qurilishning tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga, ish chizmasi hamda uning smetasiga muvofiq ravishda bajarib, buyurt­machiga topshirishga majbur. Pudratchi bajarilgan qurilish ishlari­ning buyurtmachi tomonidan qabul qilinishini talab etishi mumkin.
Pudratchi qurilish va u bilan bog’liq ishlarni amalga oshirayot­gan vaqtda atrof-muhitni muhofaza qilishi va qurilish ishlarini xavfsiz olib borishga doir qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi shart.
Tugallangan qurilish obyektini qabul qilish shartnoma va tegishli qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Qabul qilish davlat vakolatli organlari vakillari tashkil qilgan davlat qabul komissiyasi tomonidan buyurtmachi, bosh pudratchi va subpudratchilar ishtirokida amalga oshiriladi. Topshirilayotgan obyekt xususiy sektor hisobidan moliyalashtirilgan va davlat uchun muhim ahamiya kasb etmasa, qabul qilish davlatning mutasaddi tashkilotlari va mahal­liy o’z-o’zini boshqaruv organlari ishtirokidagi komissiyasi tomonidan tegishli taraflar qatnashgan holda amalga oshiriladi.
Shartnomada ko’rsatilgan bo’lsa, qabul komissiyasini tashkil etish buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Shartnomaga binoan qurilish obyekti to’la yoki qismlarga bo’linib topshirilishi mumkin. Buyurtmachi tomonidan qabul qilingan obyekt pudratchining aybi bo’lmagan holda nobud bo’lsa, zarar buyurtmachi zimmasida bo’ladi. Shuning uchun buyurtmachi o’zi qabul qilgan obyektni yoki uning bir qismini saqlash va sug’urta qilish uchun tegishli harakatlarni amalga oshirishi lozim bo’ladi.
Qabul qilish vaqtida tegishli texnika, dastgoh va agregatlar dastlabki sinovdan o’tkazilishi lozim. Buyurtmachining talabi bilan bino va inshootlarni qabul qilishda, uning hisobidan vujudga keltirilgan sun’iy ravishdagi yer silkinishlarida ham sinab ko’rilishi mumkin.
Qurilish obyektini qabul qilish, topshirish tegishli tarzda akt tuzilishi orqali amalga oshiriladi. Uni, odatda, buyurtmachi, pudratchi, tegishli komissiya a’zolari imzolaydilar. Barcha kamchiliklar aktda ko’rsatib o’tiladi. Aniqlangan barcha kamchiliklar kimning aybli harakatlari tufayli yetkazilgan bo’lsa, o’sha tomonning hisobidan pudratchi tomonidan oqilona bartaraf etilishi lozim.
Bajarilgan ishda qurilish pudrati shartnomasida ko’rsatilgan foydalanish imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar borligi aniq­langan va ularni pudratchi, buyurtmachi yoki uchinchi shaxs bartaraf etishi mumkin bo’lmagan taqdirda, buyurtmachi ishlar natijasini qabul qilishdan bosh tortishga haqli bo’ladi.
Pudratchi shartnoma yoki qonunga muvofiq topshirilayotgan obyektni ekspulatasiya qilishga kafolat muddati berishga majbur. Kafolat muddati qurilish qabul qilingan kundan boshlab shartnomada boshqacha holat ko’zda tutilmagan bo’lsa, 10 yildan iborat.
Qonun qurilish obyektini buyurtmachi yoki pudratchiga bog’liq bo’lmagan holda to’xtatilishini nazarda tutadi. FKning 679-modda­siga binoan, agar taraflarga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra quri­lish pudrati shartnomasi bo’yicha ishlar to’xtatilgan bo’lsa, qurilish obyekti konservasiya qilingan bo’lsa, buyurtmachiga konservasiya qilingan paytga qadar bajarilgan ishlar haqining hammasini to’la­shi, shuningdek, ishlarni to’xtatish va konservasiya qilish zaruriyati tufayli qilingan xarajatlarni to’lashi shart.
Obyekt buyurtmachi tomonidan konservasiya qilingan hollarda pudratchi tegishli haq va konservasiya xarajatlaridan tashqari olinmay qolgan foydasini, obyekt konservasiya qilinishi natijasida ko’rgan zararlarini ham talab qilishi mumkin.
Qurilish pudrat shartnomasi quyidagi hollarda bekor bo’lishi mumkin:
vakolatli davlat organlarining qarorlari bilan;
tomonlardan birining tashabbusi bilan;
pudratchi tomonidan qurilish-montaj ishlarini bajarish muddatlari, qurilish grafigida ko’zda tutilgan vaqt sistematik ravishda buzilganda;
qurilish-montaj ishlari sifat jihatdan yomon holatda borayotgan bo’lsa;
pudratchining hamkorlikda faoliyat ko’rsatish to’g’risidagi taklifi doimiy ravishda buyurtmachi tomonidan rad qilib kelinganda;
buyurtmachi tomonidan shartnomada ko’rsatilgan majburiyatlar sistematik ravishda buzilganda;
moliyalashtiruvchi bank tomonidan buyurtmachi to’lovga qobi­liyatsiz deb e’lon qilingan holatda.
Fuqarolik qonunchiligi qurilishga oid pudrat shartnomasini to’la va o’z muddatda bajarish maqsadida shartnomaning bajarilishini ta’minlash maqsadida taraflarning javobgarlik holatlarning javobgarligi pudrat to’g’risidagi umumiy qoidalar asosida tartibga solinadi. Lekin, qurilish pudratining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, unga javobgarlikni belgilovchi qo’shmcha holatlar ham tatbiq etilishi mumkin. Qurilish ishlarini olib boruvchi yuridik shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan mulkiy javobgarlik shartnoma talablarini buzishda aybdor bo’lgan tarafga nisbatan penya, aybona, jarima kabi sanksiyalarni qo’llash bilan jabrlanuvchining ko’rgan zararini qoplash imkonini beradi. Qurilishga oid pudrat shartnomasida mulkiy sanksiyalarning qo’llanishi taraflarning shartnomani bajarishdan manfaatdorligini oshirishga imkon beradi. Shuningdek, ikkinchi tomonni o’z majburiyatlarini real bajarishga majbur qiladi. FKning 680-moddasida buyurtmachi pudrat shartnomasi bo’yi­cha bajarilgan ishlar natijasida yoki agar shartnomada nazara tutilgan bo’lsa, ishlar bajarilgan bosqichi topshirishga tayyor ekanligi to’g’risida xabar olgach, uni qabul qilishga kirishishi shart.
FKning 681-moddasiga muvofiq, bajarilgan ishning sifati uchun pudratchining javobgarlik masalalari ko’rsatilgan. Unga muvo­fiq, pudratchi qurilish-pudrat shartnomasida, texnikaviy loyihada va taraflar uchun majburiy loyihada va taraflar uchun majburiy bo’lgan qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan talablardan chekinishga yo’l qo’yilganligi, shuningdek, qurilish obyektining loyiha-smeta hujatlarida belgilangan ko’rsatkichlarga, jumladan, korxonaning ishlab chiqarish quvvatiga erishilmaganligi uchun buyurtmachi oldida javobgar bo’ladi.
Pudratchi obyektning loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlarga, shu jumladan, korxonaning ishlab chiqarish quvvati­ga erishmaganligi uchun o’zining aybi yo’qligini isbotlab berib, javobgarlikdan ozod bo’lishi mumkin. Uning aybsizligiga buyurtmachi tomonidan tayyorlangan loyiha materiallari, buyurtmachi ajratgan va qurilish obyekti joylashgan yer, atrof-muhit, korxona quvvatini hisoblashdagi buyurtmachi tomonidan yo’l qo’yilgan jiddiy xatolar va boshqa holatlar asos bo’lishi mumkin.
Pudratchi pudrat to’g’risidagi umumiy qoidalarga muvofiq, qurilish obyektining kafolat muddati davomida aniqlangan barcha kamchiliklari uchun javobgar bo’ladi. Buyurtmachi aniqlangan kamchiliklar haqida pudratchini o’z vaqtida ogohlantirish va ularni bartaraf etish uchun pudratchiga lozim bo’lgan sharoitlarni yaratib berishi zarur. Pudratchi tegishli obyektni ekspulatasiya qilishagi jiddiy nuqsonlar yoki ta’mirlash ishlarining noto’g’ri olib borilishi natijasida obyektga zarar yetkazilganligini isbotlasa, javobgarlikdan ozod bo’ladi.
Bino yoki inshoot rekonstruksiya qilinganda (yangilangan, qayta qurilgan, restavrasiya qilinganida va hokazo) binoning, inshootning yoki uning bir qismining mustahkamligi, barqarorligi, ishonchliligi pasaygani yoki yo’qolgani uchun javobgarlik pudrati zimmasiga yuklanadi, ya’ni pudratchi tegishli ishlarni bajarishga kirishgan hollarda rekonstruksiya, restavrasiya, kapital ta’mirlash natijasida mazkur obyektga yoki uning bir qismiga yergan zarar uchun to’liq javobgar bo’ladi.
Pudratchining qurilish obyekti bo’lgan korxona ishlab chiqarish quvvatiga erishmaganligi uchun buyurtmachi oldida javobgarlik masalasi qonunchilikda yangi holatdir. Shuning uchun tomonlar obyektning ekspulatasiya qilish texnik talablari va kafolat muddati to’g’risida shartlarning shartnomada ko’rsatilishiga erishishlari lozim.
Qurilish pudrati shartnomasini tartibga solishdagi nizolarga barham berish uchun maxsus qonunlarda va hukumat qarorlarida taraflarning mulkiy javobgarlik darajasi o’rnatilishi ham mumkin. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiq­langan “Qurilishni kontrakt asosida tashkil qilish to’g’risida”gi Nizomda pudratchi va buyurtmachining mulkiy javobgarligi ko’rsa­tilgan. Pudratchi buyurtmachi oldida shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarmaganligi uchun quyidagi moddiy javobgarlikka tortilishi mumkin:
obyektni, uning qismlarini, binoni o’z vaqtida qurib tamomlamasa, mahsulot chiqarishga tayyorlash yoki xizmat ko’rsatishni o’z vaqtida amalga oshirmasa, har bir kech qolgan kuni uchun asosiy bahoning 0,05% miqdorida jarima to’laydi, lekin jarima obyektni buyurtmachiga topshirilgan kunigacha minimal oylik ish haqining 15 barobaridan oshib ketmasligi kerak;
ishlab chiqarishga, xizmat ko’rsatishga tayyorlanayotgan bino, inshoot yoki uning bir qismini qurib bitirish kechiktirilgan taqdirda to’lanaigan jarima hajmi asosi qiymatning har bir kechiktirilgan kuni uchun 0,05% bo’lishi, lekin bir kunlik jarima miqdori 15 barobaridan ko’p bo’lmasligi kerak;
buyurtmachi bilan shartnoma tuzgan boshqa maxsus muassasalarga maydonni o’z vaqtida topshirmaslik asosiy qiymatning 0,03% miqdorida jarima to’lashga sabab bo’ladi, lekin to’lanadigan jarima miqdori eng kam oylikish haqining 5 barobaridan oshmasligi kerak;
yerlarni qayta tayyorlash bo’yicha ish hajmining va muddatining buzilganligi uchun loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq, uning qiymatini hisobga olmagan holda har bir kechiktirilgan kun uchun eng kam ish miqdorining 2 barobar miqdorida jarima to’laydi;
buyurtmachi va boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan qurilish davomida yoki oralik qabul vaqtida ishlarnin chalaligi, konstruksiyalarda defekt borligi aniqlanganda, ular 10 kun ichida bartaraf qilinmasa, pudratchi har bir kechiktirilgan kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida jarima to’laydi;
agar pudratchi buyurtmachi bilan kelishgan holda belgilangan muddatda kamchiliklarni yo’qotmasa, buyurtmachi yoki ekspulatasiya qiluvchi tashkilot defektni o’z kuchi bilan pudratchi hisobidan yo’qo­tishi va bajarilgan ish qiymatining 50%i miqdorida neustoykani pudratchidan talab qilishi kerak.
Buyurtmachi bosh pudratchi oldida shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini to’liq yoki qisman bajarmaganligi uchun quyidagi hollarda moddiy javobgar bo’ladi:
buyurtmachi tegishli nazorat organlarining ruxsati haqidagi hujjatlarni yoki qurilishi uchun ajratilgan joyda ish boshlashga ruxsat beruvchi geodezik masalalarning ruxsatnomasini o’z vaqtida bermaganida, har bir kechiktirilgan kun uchun minimal oylik ish haqining 2 barobari miqdorida jarima to’laydi;
montaj qilish uchun lozim bo’lgan jihozlarni, material va mahsulotlarni, shuningdek, jihozlarni montaj qilish uchun lozim bo’lgan material va mahsulotlarni kechiktirib topshirganligi uchun tegishli jihoz va materiallar qiymatining 1%idan 4%igacha miq­dorda jarima to’laydi;
kopmlekt bo’lmagan jihozlarni montaj uchun topshirganda, top­shirilgan jizohning 5%i miqdorida jarima va yetishmagan detalning qiymatini to’liq to’laydi;
qo’shimcha shartnomani tuzishga tayyorgarlik ko’rish uchun lozim bo’lgan qayta tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarini o’z vaqtida topshirmaganligi sababli har bir biriktirilgan kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida jarima to’laydi;
suv, gaz, issiqlik, bug’ va elektr quvvatidan foydalanish uchun qurilish boshlangunga qadar bir oy oldin tegishli tashkilotlarning ruxsatnomasini taqdim qilmagan holda har bir kechiktirilgan kun uchun eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida jarima to’laydi;
buzilishi lozim bo’lgan binolarni o’z vaqtida topshirmaganligi, qurilish maydonidan magistral elektr liniyasi, temir yo’l, yer osti kommunikaiyasi va boshqa injenerlik inshootlarini boshqa joyga ko’chirish to’g’risidagi ruxsatnomani o’z vaqtida topshirmaganligi sababli har bir kechiktirilgan kuni uchun eng kam oylik ish haqining 2 barobarida jarima to’laydi;
qurilish to’xtatilgan va konservasiya qilingan obyektlarni qabul qilishni va bajarilgan ishlar uchun ish haqini o’z vaqtida to’lamagani uchun har bir kechiktirilgan kun uchun kelishilgan to’liq narxning 0,05%i miqdorida jarima to’lanishi lozim, lekin bu jarima eng kam ish haqining 5 barobaridan oshmasligi kerak;
qurlishni moliyalashtirish shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab 15 kundan ko’p vaqtda kechiktirilgan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun eng kam oylik ish haqinin 2 barobari miqdorida jarima to’laydi.



Download 48,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish