Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini


-BOB. TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINING



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/120
Sana05.06.2022
Hajmi6,47 Mb.
#639469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
bank aktiv va passivlarini boshqarishpdf

1-BOB. TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINING 
TARKIBIY TUZILISHI VA ULARNI BOSHQARISH ZARURLIGI 
1.1. Tijorat banklari aktivlarining tarkibiy tuzilishi 
Tijorat banklarining aktivlari likvidlilik darajasiga ko’ra quyidagicha 
tarkiblanadi: 
1. Kassali aktivlar 
2. Qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar 
3. Kreditlar 
4. Asosiy vositalar 
Kassali aktivlarning tarkibi: 
1. Kassadagi naqd pullar 
2. Bankning Markaziy bankdagi ―Nostro‖ vakilliy hisobraqamidagi pul 
mablag’lari 
3. Bankning boshqa banklardagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamlaridagi pul 
mablag’lari
4. Inkassatsiya jarayonidagi pul mablag’lari (flout)
E. Dolan tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda asosiy 
e’tibor yuqori likvidli aktivlar bilan yuqori daromadli aktivlar o’rtasidagi 
nisbatning oqilona darajasini ta’minlash lozim deb hisoblaydi.Dolan yuqori likvidli 
aktivlar tarkibiga tijorat banklarining kassasidagi naqd pullarni, ularning Markaziy 



bankdagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamining qoldig’ini, tijorat banklarining boshqa 
tijorat banklaridagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamlarining qoldiqlarini va 
inkassatsiya jarayonidagi pul mablag’larini kiritadi. Uning fikriga ko’ra, tijorat 
banklari aktivlarining optimal tarkibini shakllantirishda yuqori likvidli aktivlar 
bilan riskli aktivlar o’rtasidagi nisbatning oqilona darajasini ta’minlash lozim, 
degan xulosani shakllantiradi. 
Dolan ikkilamchi zaxiralarning quyidagi to’rt shaklini ajratib ko’rsatdi: 
a) Hukumatning qimmatli qog’ozlari; 
b) boshqa banklarning depozit sertifikatlari; 
v) tijorat qimmatli qog’ozlari; 
g) federal fondlar. 
Tijorat qimmatli qog’ozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori likvidli 
aktivlar qatoriga kiritish mantiqan to’g’ri emas. Chunki tijorat qimmatli qog’ozlari 
aniq moddiy kafolatga ega emas, ayniqsa, respublikamiz sharoitida ko’plab 
korxonalarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha to’lovsizlik muammosi mavjud. 
Bunday holatlarni ―O’zsanoatqurilishbank‖ ATBda, TIF Milliy bankida va boshqa 
tijorat banklarida kuzatish mumkin. Ana shu fikr va mulohazalardan kelib chiqqan 
holda tijorat qimmatli qog’ozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori livkidli 
aktivlar tarkibidan chiqarib tashlash zarur deb hisoblaymiz. 
Barltrop va MakNotonlar yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kassali 
aktivlardan tashqari tijorat banklarining balansidagi Markaziy bankda qayta 
hisobga olinadigan trattalarni ham kiritadi. 
Tijorat banklarining likvidli aktivlarining miqdorini depozitlarning 
nobarqaror qismiga nisbatan emas, balki joriy depozitlar va jamg’arma 
depozitlariga nisbatan belgilash maqsadga muvofiqdir. Chunki aynan shu 
depozitlarning nobarqarorlik darajasi yuqori bo’lib, tijorat banklarida likvidlilik 
riskini doimiy tarzda yuzaga keltiradi. Fikrimizcha, depozitlarning barqaror 
qismining jami depozitlarning 75 foizi miqdorida shakllanishi rivojlangan xorijiy 
davlatlarning amaliyotiga xos bo’lgan holat hisoblandi. Mazkur mamlakatlarda 
moliya bozorlarining rivojlanganligi, moliyaviy holati barqaror bo’lgan 



mijozlarning ko’pligi, Markaziy bank monetar siyosatining maqsadi va vazifalarini 
aniq hamda shaffofligi, korxonalarning soliq yukini mo’’tadil darajaga 
keltirilganligi va boshqa omillar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul oqimini 
barqaror darajasini ta’minlashga zamin yaratadi. Rivojlanyotgan davlatlarda esa, 
moliya bozorlari rivojlanmaganligi, Markaziy bankning monetar siyosatida 
noaniqliklarning mavjudligi, soliq siyosatini takomillashmaganligi va boshqa 
omillar xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy holatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga 
keltiradi. Bu holatlar, pirovard natijada, xo’jalik sub’ektlarining pul oqimining 
barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasida tijorat banklaridagi talab 
qilib olinadigan depozitlar va jamg’arma depozitlari qoldiqlarining nobarqarorligi 
kuchayadi. 
 
Bazel standartiga ko’ra, tijorat banklarining aktivlari to’rt risk darajasiga 
ko’ra to’rt guruhga bo’linadi: 
* 0 % risk darajasiga ega bo’lgan aktivlarga, ya’ni risksiz aktivlarga quyidagilar 
kiradi:
– tijorat bankining kassalaridagi naqd pullar;
– bankning Markaziy bankdagi «Nostro» vakillik hisobraqamidagi pul mablag’lari; 
– Markaziy bankda qayta hisobga olinadigan trattalar; 
– tijorat banki tomonidan hukumatning 90 kungacha muddatga chiqarilgan qimmatli 
qog’ozlariga qilingan investitsiyalar (O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari 
tomonidan hukumatning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalar, ularning 
muddatidan qat’iy nazar, risksiz aktiv hisoblanadi); 
– Hukumat va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga to’g’ridan-to’g’ri 
talablar va bu emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar;
 
– Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) kiruvchi mamlakatlar 
hukumatlari va markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar, 
shuningdek, bu mamlakatlar hukumatlari va markaziy banklariga qo’yiladigan boshqa 
talablar; 



– aktivlar yoki ularning IHTTga kiruvchi mamlakatlar milliy valyutalariga 
denominatsiya qilinib, naqd pul bilan ta’minlangan hamda bankda alohida cheklab 
qo’yilgan depozit hisobraqamda saqlanayotgan qismi. 
* 20 % risk darajasiga ega bo’lgan aktivlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
– tijorat bankining boshqa banklardagi «Nostro» vakillik hisobraqamlaridagi pul 
mablag’lari; 
– hukumatning 90 kundan ortiq muddatga chiqarilgan qimmatli qog’ozlariga 
qilingan investitsiyalar; 
– flout (inkassatsiya jarayonidagi pul mablag’lari); 
– IHTT mamlakatlarida ro’yxatdan o’tgan banklar va boshqa depozitar 
institutlarning kreditlari, kafolatlari bilan ta’minlangan kreditlar va boshqa aktivlar yoki 
ularning qismi; 
– bankning xalqaro kredit tashkilotlariga bergan kreditlari va boshqa talablari, 
shuningdek, ushbu tashkilotlarning qimmatli qog’ozlari bilan ta’minlangan talablar. 
* 50 % risk darajasiga ega bo’lgan aktivlarga quyidagilar kiradi: 
– ipoteka kreditlari; 
– IHTT davlatlarida ro’yxatga olingan depozitar institutlarga nisbatan talablar, shu 
jumladan, qarzlar va pul bozori vositalari; 
– IHTT davlatlarida ro’yxatga olingan depozitar institutlarning kreditlari bilan 
ta’minlangan boshqa barcha aktivlar;
 
– bankning IHTT davlatlari mahalliy hokimiyat organlariga nisbatan talablari, 
shuningdek, ular tomonidan kafolatlangan bank aktivlari. Bu talablar va kafolatlar 
bo’yicha to’lovlar alohida loyihalar bo’yicha tushumlardan emas, balki yuqorida 
ko’rsatilgan tashkilotlar byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.
 
– bankning xalqaro kredit tashkilotlariga nisbatan talablari, shuningdek, bu 
tashkilotlar tomonidan kafolatlangan bank aktivlari; 
– joriy bozor qiymatida baholangan va xalqaro kredit tashkilotlari tomonidan 
muomalaga chiqarilgan qimmatli qog’ozlar bilan ta’minlangan aktivlar va ularning 
qismlari; 


10 
– bankning IHTTga a’zo bo’lmagan mamlakatlarning milliy valyutalariga 
denominatsiya qilingan va milliy valyutadagi majburiyatlar bilan qoplangan, IHTTga 
a’zo bo’lmagan davlatlar Markaziy Hukumatlari va markaziy banklariga nisbatan
talablari. Milliy valyutaga denominatsiya qilinmagan va milliy valyutada moliyalashtirish 
summasidan oshib ketgan aktivlar qismi risk darajasi yuqori (100 foiz) bo’lgan aktivlar 
qatoriga kiritiladi. 
* Tijorat banklarining 100 % risk darajasiga ega bo’lgan aktivlariga quyidagilar 
kiradi: 
– korporativ qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar; 
– mijozlarga berilgan kreditlar; 
– asosiy vositalar; 
– boshqa aktivlar. 
Quyidagi balansdan tashqari aktivlar yuqori riskli, ya’ni risk darajasi 100 foizga teng 
bo’lgan aktivlar hisoblanadi: 
– bank tomonidan mijozlarning foydasiga ochilgan ta’minlanmagan akkreditivlar; 
– bank tomonidan berilgan kafolatlar; 
– forvard transaktsiyalari;
– bank tomonidan berilgan optsionlar va fyucherslar. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish